Kafedra mudiri ___________ N.D.Kultasheva
San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining 2022-yil “____” _____________ dagi №_____-sonli fakultet Kengashida muhokama etilgan va himoyaga tavsiya etilgan.
Fakultet dekani ___________ K.S.Nishanova
M.О‘.
Taqrizchi: ____________________________________________________
(F.I.Sh.)
____________________________________________________
(lavozimi)
____________________________________________________
(ilmiy darajasi, ilmiy unvoni)
Bitiruv malakviy ishi himoyasi 2022-yil “____” _____________
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayin institutida о‘tkazildi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshox kо‘chasi, 123- uy.
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….4
I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI RIVOJI
I.1. O‘zbekiston tasviriy san’atiga doir adabiyotlar sharxi………………………..12
I.2. Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining o‘ziga xosligi……………….25
II BOB. O‘ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATIDA RASSOM ATAXAN ALLABERGENOV IJODINING ROLI
II.1. Ataxan Allabergenov ijodining shakllanishi ………………………………...38
II.2. Ataxan Allabergenovning “Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri”dagi faoliyati ……..........................................58
XULOSA…………………………………………………………………………68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….72
ILLYUSTRATSIYALAR……………………………………………………….76
KIRISH
San’atning eng qadimiy va keng tarqalgan shakllaridan biri bu - tasviriy san’at bo‘lib, inson ongiga tez ta’sir etib, teran fikrlashga undaydi. Xalqimizning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi bugungi kunga kelib yuksak darajada ortdi. Ayniqsa, Mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida tubdan o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bu yutuq O‘zbekiston san’ati uchun ijodiy erkinlik davri sifatida muhrlandi. Natijada, jamiyat hayotida yangi yutuqlar, o‘zgarishlar, turli yo‘nalishlar, ijodiy tajribalar davri sifatida namoyon bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida tasviriy san’atga bo‘lgan e’tibor yanada yuksaldi. Rassomlik san’atining mavzusi kengaydi va bu san’atning barcha turlari rivoj topdi. Rassomlar ijodida milliy tariximizni, qadiriyatlarimizni chuqurroq o‘rganish va talqin etish yanada ortdi. Shu davrdan yangi-yangi mavzular eng avvalo, milliy tarix bilan bog‘liq voqealar ko‘pchilik rassomlarni o‘ziga jalb etdi. Tasviriy san’atda rangtasvir yetakchi o‘rinni egallab, ko‘plab izlanishlar olib borildi. Bugungi kunga kelib ham tasviriy san’at borasida juda ko‘plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-4688-son qaroriga muvofiq:
…2021-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining asosiy binosi atrof hududida qo‘shimcha o‘quv binosi va zamonaviy axborot-kutubxona markazi, ko‘rgazmalar galereyasini o‘z ichiga qamrab oluvchi yordamchi bino qurish ishlari uchun zarur kapital qo‘yilma mablag‘larini nazarda tutsin.1
Buning zamirada yurtimizda tasviriy san’atga bo‘lgan yuksak e’tibor, sohani rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan sanaladi.
Tasviriy san’at sohasida bo‘layotgan har bir yangiliklar, mamlakatimizda ijod etib kelayotgan rassomlarning yaratayotgan asarlari, yangi-yangi yutuqlari, ijod olamiga kirib kelayotgan yosh iste’dod vakillarining ijodiy izlanishlari rangtasvirning ravnaqidan dalolat beradi.
Mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ijodiy erkinliklar rangtasvirda ijod etuvchi rassomlarga katta imkoniyatlar eshigini ochdi, shu bilan birga ular o‘z ichki kechinmalarini tasvirda yorqin ifoda etish va mavzular xilma-xilligining keng qamrovli bo‘lishiga erishdilar. Xususan, Xorazm vohasida yashab ijod etgan Ataxan Allabergenov ijodiy faoliyati borasida ham shunday deyish mumkin. Ataxan Allabergenov ijodi keng qamrovli bo‘lib, rassom tomonidan yaratilgan asarlarda o‘z ifodasini topgan.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi (2003), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1981), Mehnat shuxrati ordeni va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Kumush medali” sohibi (2000) rassom Ataxan Allabergenov muhim o‘rin tutadi. Rassomning rangtasvirdagi o‘ziga xos uslubini tahlil etish, o‘zining ijodiy maktabini shakllantira olganligi, san’at va madaniyat sohasidagi samarali faoliyatini yoritish, shuningdek, uning ijodida nafaqat rangtasvir balki o‘ziga xos tarzda yaratgan teatr dekoratsiyalari O‘zbekiston san’atida katta ahamiyat kasb etishi, rassomning ijodiy rangbarangligini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Bundan tashqari, rassom Ataxan Allabergenov ijodi orqali rangtasvir asarlarini markaziy mavzu sifatida o‘rganib, uni san’atshunoslik nuqtai nazardan yoritish ishning zaruratini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |