Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik va muzeyshunoslik


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 3,96 Mb.
bet3/12
Sana14.07.2022
Hajmi3,96 Mb.
#797184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI.Ataxan Allabergenov ijodi

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida ko‘plab ilmiy adabiyotlar, katalog, ilmiy jurnal, dissertatsiya va turli ilmiy maqolalardan hamda quyida keltirib o‘tilgan manbalardan foydalanildi.
O‘zbekiston rangtasvirining shakllanishi o‘ziga xos davrlarga ega bo‘lib, uning rivojlanishi tarixiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur sohani chuqur o‘rganish va rivojlantirishda ko‘plab san’atshunos olimlar ijodiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan, R.Taktashning “Искусство Советского Узбекистана (1917-1972)”2 kitobida Turkistonga kelib ijod qilgan rassomlar haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Bu manba ikki bobga ajratilgan bo‘lib, asosan O‘zbekistondagi badiiy hayot, ya’ni rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, teatr dekoratsiyasi va xalq amaliy bezak san’atining shakllanishi va ularning asoschilari borasida to‘xtalib o‘tilgan.
R.Taktashning “Художественно-критические этюды. Пути и проблемы становления узбекского изобразительного искусства”3 mazkur monografiya 1920 – 1980-yillar O‘zbekiston tasviriy san’atidagi badiiy jarayonlari, ijtimoiy taraqqiyoti qamrab oladi. Monografiyada kitob grafikasi, haykaltaroshlik, rangtasvirdagi yutuq va kamchiliklar borasida to‘xtalib o‘tilgan. Unda mazkur davrlarda ijod etgan yosh rassomlar ijodi hamda tashkil etilgan ko‘rgazmalar borasida yoritilgan. Muallif tomonidan yozilgan tanqidiy maqolalar ham mazkur monografiyada keltirib o‘tilgan. Monografiya uchta yirik bob va bo‘limlardan tashkil topgan.
T.Rogovaning “Молодые художники Узбекистана”4 albomida 1970 – 1980-yillar tasviriy san’ati va muammolari rangtasvir, haykaltaroshlik va amaliy bezak san’ati asarlarining illyustratsiyalari berilgan. Ma’lumotlar rus va ingliz tillarida yozilgan.
N.Oydinovning “Ўзбекистон тасвирий санъати тарихидан лавҳалар”5 nomli kitobida qadimdan to XX asrning 70-yillariga qadar bo‘lgan davridagi tasviriy san’atning tur va janrlari, O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos tarixdan lavhalar tahlil etilgan. O‘quv qo‘llanma kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan tashkil topgan.
X.Karamatovning “O‘zbekiston san’ati (1991-2001 yillar)”6 adabiyot va san’atning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyoti tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1991-2001 yillarda O‘zbekiston san’atida, badiiy-madaniy hayotida kechgan jarayonlar, yangi ijodiy yo‘nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligiga qaratilgan. Kitobda san’atning mavjud sohalari – tasviriy va amaliy san’at, me’morlik, musiqa, teatr, kino, televidenya va bu sohalarning taraqqiyoti, badiiy izlanish jarayonlari va asosiy rivojlanish tamoyillari aks ettirilgan. “O‘zbekiston san’ati” (1991-2001) kitobi kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va yilnomadan iborat.
N.Axmedovaning “Живопись Центральной Азии ХХ века: традиции, самобытность, диалог”7 monografiyasida XX asrning murakkab jarayonlari fonida kechgan Markaziy Osiyo davlatlari rangtasvirining shakllanishi va rivojlanishdagi muammolari ko‘rib chiqilgan hamda tahlil etilgan. Rassomlar ijodida etnik madaniy o‘ziga xoslikni izlash va yangilangan uslubiy yondashuvlar asaosida mintaqa san’atidagi tarixiy, madaniy o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari talqin etilgan. Monografiya uchta katta bobdan iborat bo‘lib, har bir bobda Markaziy Osiyo davlatlari san’atidagi zamonaviy izlanishlar hamda tarixiy madaniy jarayonlar kesimida mintaqa rangtasvirining rivojlanishi, sharq va g‘arb badiiy tizimlarining dialogi keng yoritib o‘tilgan.
T.Qo‘ziyev tahriri ostida “Ijodimiz haqida gapirsak”8 1-j. Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik albomlar turkumi nomli kitobida Ataxan Allabergenovning o‘z ijodi haqidagi fikrlari yoritilgan bo‘lib, bitiruv malakaviy ishida foydalanildi.
N.Abdullayevning “O‘zbekiston san’ati tarixi”9 kitobida O‘zbekiston hududida san’at shakllanishining qadimdan to yurtimizning istiqlol yillariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Kitobda me’morlik, tasviriy, amaliy bezak san’ati turlarining evolyutsion tarraqiyot bosqichlari yoritilgan. Mazkur adabiyot kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan iborat bo‘lib, bitiruv malakaviy ishini yoritishda uchinchi va to‘rtinchi bo‘limlardan foydalanildi.
A.Hakimovning “Искусство Узбекистана: история и современность”10 nomli kitobida Markaziy Osiyo mintaqasining, ko‘proq O‘zbekiston san’atidagi zamonaviy badiiy jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Mazkur kitobning asosini O‘zbekiston san’atining tarixiy rivojlanishidagi yo‘nalishini va umumiy badiiy harakatining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, o‘tmish va zamonaviy rassomlarning ijodiy izlanishlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Monografiya beshta katta bobdan iborat bo‘lib, asosan XX asr O‘zbekiston rangtasviridagi o‘zgarishlar, badiiy jarayonlar yoritib berilgan.
A.Hakimovning “Новая узбекская живопись”11 mustaqillik davri milliy rangtasvir fenomenini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, kitobda XX-XXI asrlar boshlarida O‘zbekistonning yetakchi rassomlari ijodidagi mavzu va uslubdagi o‘zgarishlarning mohiyati respublika hayotidagi muhim tarixiy va ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sharoitida ko‘rib chiqilgan. Mazkur kitob bo‘limlarga bo‘lingan va har bir qismida keng qamrovli tahliliy ma’lumotlar berib o‘tilgan.
U.Mamatovning “Ўзбекистон маданиятида тарихий жанрдаги тасвирий санъат асарлари (ХХ аср иккинчи ярми-ХХI аср бошлари)”12 monografiyasida XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi tarixiy mazmunga ega bo‘lgan asarlar yoritilgan bo‘lib, ushbu asarlar O‘zbekistonda ijod etgan va ijod qilib kelayotgan san’at ustalari tomonidan yaratilgan asarlar tashkil etadi. Mazkur monografiyada aynan madaniy merosni, mustaqillik yillari O‘zbekiston madaniyatidagi tasviriy san’atning tarixiy janrlardagi asarlarini obyektiv nazariy jihatdan yoritib berilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanishdagi badiiy jarayonlar, mazkur yillar oralig‘ida amalga oshirilgan ishlar va rassomlarning ijodiy faoliyatlari borasida ham ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Monografiya kirish, to‘rt bob va bo‘limlardan iborat.
D.Alimkulovaning “1920 – 1930-yillar rangtasviri O‘zbekiston tasviriy san’atining rivojlanish jarayoni kesimida”13 monografiyasida 1920 – 1930-yillarda shakllangan badiiy-uslubiy jarayonlar tadqiq etilgan. 1920 – 1930-yillar rangtasvirida bir paytining o‘zida ham realistik, ham avangard badiiy uslubning shakllanganligi va oqimlarning mavjudligi borasida, unda O‘zbekistonda tasviriy san’atning shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar ikki davr talqinida rassomlarning ijodiy jarayonlari va faoliyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, 1920 – 1930- yillar rangtasviri O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’atining milliy o‘ziga xosligi shakllanishida xizmat qilganligi va uslubiy xilma-xillik, Sharq va G‘arb an’analarining o‘zaro ta’siri va badiiy jarayonlarning bog‘liqligi xususida to‘xtalib o‘tilgan. Monografiya kirish, uchta yirik bobdan iborat bo‘lib, har bir bob bo‘limlardan tashkil topgan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bob II.2 qismini yoritishda teatr faoliyati, xususan, teatr bezagi bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar, ilmiy maqolalar va kataloglardan ham keng foydalanildi.
D.Rahmatullaeva, B.Ibragimovning “Teatr maketi”14 o‘quv qo‘llanmasida birinchi eskizlardan to spektakl dekoratsiyasi yaratilguncha bo‘lgan jarayon, birinchi eskizlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan dastlabki amaliy, nazariy ko‘nikmalardan tortib spektakl maketi yaratilgungacha bo‘lgan jarayonlar yoritilgan. Bundan tashqari, o‘quv qo‘llanmada teatr vujudga kelish tarixiga va teatr tushunchasiga urg‘u berib o‘tilgan. Yurtimizda faoliyat olib borgan dastlabki teatr rassomlari nomlari ham keltirib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanma olti bobdan tashkil topgan.
Bundan tashqari, ikkinchi bobni yoritishda “Istiqlol va milliy teatr”15, S.Tursunbaevning “XX asr O‘zbek teatri”16 singari bir qator adabiyotlardan foydalanildi.
Shular jumlasidan “SAN’AT”, “MOZIYDAN SADO” jurnallari maqolalar to‘plamlari asos bo‘lib xizmat qildi. Xususan, Ataxan Allabergenov ijod faoliyatini yoritish borasida N.Normatovning “SAN’AT” jurnali17 2009 yil №4 sonidagi “Otaxon Olloberganovning ruhiy makoni” nomli maqolasidan ham foydalanildi. Mazkur maqolada rassomning o‘ziga xos bo‘lgan ijod yo‘li, rassom tomonidan yaratilgan asarlar va ularning talqini yoritilgan. Bundan tashqari, mazkur maqolada rassom Ataxan Allabergenovning ruhiy olami, ichki tuyg‘ularining o‘z asarlarida namoyon bo‘lishi borasida ham so‘z borgan.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish