Yoyli poʻlat eritish pechning(YOPEP) elektr jihozlari
YOPEPning asosiy elektr jihozlariga quyidagilar kiradi:
– pech elektrodlariva vanna;
– pasaytirish transformatori;
– drossellar;
– qisqa tarmoq;
– kommutatsiyali, oʻlchovva himoya aparatlari.
Pechning birlamchi zanjiri ketma-ket ulangan simlardan va yuqori kuchlanishli apparatlar, drossellar va transformatorning birlamchi chulgʻamlaridan tashkil topgan. Ikkilamchi zanjir ketma-ket ulangan ikkilamchi transformator chulgʻamlaridan, tok uzatuvchi qisqa tarmoqlar, transformatorni ikkilamchi chulgʻamlarini pech elektrodlari bilan ulovchi chiqishlari, elektrodlar va elektr yoyi.
Pech transformator podstansiyasini elektr ta’minoti 6(10)-35 kV, yirik podstasiyalar esa 110 kV amalga oshiriladi. Oʻlchash va himoya zanjirlari tok va kuchlanish transformatoriga ulangan.
Pechning normal rejimini ushlab turish uchun pech quvvatini avotatik rostlagichlar oʻrnatiladi. Bunday rostlagichlar elektrodlarni harakatlantiruvchi mexanizmlarga ta’sir koʻrsatadi, yoy uzunligini oʻzgartiradi va belgilangan yoyli pechning quvvatini ushlab turadi. Rostlagichlarni aniqligini orttirish uchun YoPEPni boshqarishga avtomatk rostlash tizimi yaratilgan.
Elektrodlar. Yoyli pechlarda elektrodlar elektr energiya pechni ichki ishchi fazosi mintaqasiga kiritishga shixtani eritish uchun va kerakli materiallar olish uchun xizmat qiladi. Koʻmirli yoki grafitlashgan elektrodlar qoʻllaniladi. Koʻmirli elektrodlarni antratsit va koksdan, grafitlashgani esa maxsus elektr pechlarda sun’iy grafitdan tayyorlanadi. Zamonaviy yirik pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qoʻllaniladi.
5.1 – rasm. Yoyli pech va uning grafitli elektrodlari
Ayrim holatlarda grafit koʻmirli elektrodlar 100-1200 mm diametrli qilib antrasitdan, termoantrasitdan (toblangan antrasitdan) tayyorlanadi, neftli tosh koʻmir qumidan va maxsus pechlarda yelimli tayorlamani pishirish yoʻli bilan kislorod kiritishsiz 1600 K haroratda tayyorlanadi. Koʻmirli elektrodlar grafitlashgan elektrodlarga nisbatan kichik mustahkamlikka ega va katta solishtirma qarshilikli. Shu sababli koʻmirli elektrodlarni odatda faqat kichik sigʻimli 3 t gacha pechlarda qoʻllaniladi.
Pech transformatori quyidagi xususiyatlarga ega:
– Pastki kuchlanish tarafda nominal tok yuqori qiymatli (oʻnlab va yuzlab kiloamper);
–transformatsiya koeffisiyenti katta;
– kuchlanishni rostlash oraligʻi kuch transformatorlarnikiga qaraganda bosqichlar soni juda katta (taxminan kuchlanish 500%) rostlanadi,
– transformatorlar ishlatishdagi qisqa tutashuv karraligi (2,5÷3) IN, bardoshli va yuqori mexanik mustahkamlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |