LABORATORIYA ISHI №5
POʻLAT ERITISH PECHLARINING ASOSIY VA TARKIBIY QISIMLARINI TADQIQ QILISH (4 soat)
Reja:
1. Nazariy qism.
2. Laboratoriya qurilmasining tasnifi.
3. Topshiriq.
4. Tajriba ishini bajarish tartibi.
5. Tajriba natijalarini qayta ishlash.
6. Hisobot tayyorlash tartibi.
7. Nazorat savollari.
Ishning maqsadi
Poʻlat eritish pechlarining elektrjihozlari va turlarini oʻrganish. Pechni boshqarish yuqori va past kuchlanishli himoya jihozlarini oʻrganish.
Nazariy qism.
Bilvosita ishlovchi yoyli pechragli metallarni va ularning qorishmalarini qayta eritish va yana bazi chuyan sortlarini va nikelni eritish uchun moʻljallangan. Uning asosiy afzalligi – metallning kam kuyishi, chunkielektrodni yoyli razryadi eritilayotgan material bilan toʻqnashmaydi. Bir fazali bilvositali yoyli pech (1 – rasm) da keltirilgan, u gorizontal oʻrnatilgan vannadan tashkil topgan, olovbardosh materialda ichi futirovkalangan. Qarama qarshi yon devorlarida grafitlashgan elektrodlar oʻrnatilgan, kuyishga koʻra siljitish mexanizmlarda uzatiladi. Qayta eritiladigan material tana yon tarafdagi daracha orqali vanna tagiga yuklanadi. Elektrodlarga kuchlanish beriladi soʻng elektrodlar toʻqnashgunicha siljitiladi va zanjirda tok paydo boʻladi va orqaga siljitiladi, bu elekt yoy paydo boʻlishiga olib keladi. Yoy ajratib chiqargan energiyani yutish natijasida qizish boshlanadi va metall eriy boshlaydi. Metall erigach engashtirish mexanizm yordamida engashtiriladi va pechdan eritma toʻkiladi. Pech quvvatini rostlash, tokni va yoy uzunligini rostlash bilan bajariladi.
Yoyli pech jihozlariga quyidagilar kiradi: pechtransformatori, rostlanadigan reaktor i elektrodlarni harakatlantirvchi elektr yuritma mexanizmi. Elektrodlarga pech transformatoridan qayishqoq kabellarda tok uzatiladi. Elektrodlar oraliq masofalari elektr yuritma yordamida masofadan xodim, yoki avtomatik rejimda rostlanadi.Bilvosita ishlovchi pechlar sigʻimi quydagicha yaratiladi: 0,25 va 0,5 t. Ular 175–250 va 250-400 kVA quvvatli pech transformatorlari bilan ta’minlangan.
Eritish jarayoni metalli tersaklarni eritishda pech maksimal quvvatda ishlaydi, metall erib talab qilingan suyuq kimyoviy xossaga kelganida pech quvvati deyarli yuqori emas.
5.1- rasm. Bivosita ishlovchi pechning sxemasi
Pechni rejimi elektrodlarda kuchlanishni rostlash bilan yoki yoy uzunligini oʻzgartirib, ya’ni tok kuchini oʻzgartirib amalga oshiriladi.Pechga kuchlanish keltirish transformatorni kuchlanishni rostlash uchun, transformator, birlamchi chulgʻamlarida bitta asosiy va qoʻshimcha bir nechata chiqish – 25 tagacha chiqish bosqichlari koʻzda tutilgan). Yoy uzunligini oʻzgartirish elektrodlarni avtomatik tizim yordamida yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish bilan bajariladi. Pechni 6-10 kV uch fazali sanoat chastotali tarmoqqa ulanadi. Elektr energiya isrofini kamaytirish maqsadida pech transformatorlari pechga juda yaqin joylashtiriladi.
Yuqori kuchlanish zanjiriga reaktor (drossel) ulanadi, u elektrodlar metallga qisqa tutashganida tok kuchini chegaralaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |