LABORATORIYA ISHI №1
KAMERALI QARSHILIK PECHINING ISH REJIMLARINI
TADQIQ QILISH (4 soat)
Reja:
1. Nazariy qism.
2. Laboratoriya qurilmasining tasnifi.
3. Topshiriq.
4. Tajriba ishini bajarish tartibi.
5. Tajriba natijalarini qayta ishlash.
6. Hisobot tayyorlash tartibi.
7. Nazorat savollari.
Elektr qarshilik pechining qizdirish jarayonini oʻrganish, tajriba yoʻli bilan qizdirish va sovutish grafiklarini qurish.
Elektr pechining ish rejimi, elektr boshqarish sxemasi, qarshilik pechi kamerasidagi haroratni rostlashning turlicha usullari va pechning energetik koʻrsatkichlari bilan tanishish.
I. Nazariy qism.
Elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga oʻzgartirib, shu bilan bir paytda qandaydir texnologik jarayonni amalga oshiruvchi qurilmalar elektr-texnologik qurilmalar deyiladi.
Elektrotexnologik jarayonlar sanoatda keng qoʻllaniladi. Bu jarayonlardagi qurilmalar ish rejimi, quvvati va elektr energiyani iste’mol qilish xarakteristikasi boʻyicha turlichadir. «Elektrotexnologiya» soʻzi ichiga quyidagi texnologik jarayonlar va materiallarga ishlov berish metodlari kiradi:
Elektrotermik jarayonlar.
Elektr payvandlash jarayonlari.
Materiallarni elektr kimyoviy ishlov berish usuli.
Elektrofizik ishlov berish usuli.
Aerozol texnologiyasi.
Yuqorida sanab oʻtilgan jarayonlardan sanoatda elektrotermik jarayonlar keng tarqalgan.
Elektrotermik qurilmalar elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish jarayonlarida foydalaniladinadi. Elektrotermik qurilma deganda elektrotermik ob’ekt, uni ta’minlash manbasi va uning ishini avtomatik boshqarish qurilmalaridan iborat kompleks tushuniladi.
Elektrotermik qurilmalar - elektr pechlari elektr qizdirish qurilmalari va priborlar sanoatda, transportda, qishloq va uy xoʻjaligida keng tarqalgan.
Ushbu tajriba ishida koʻrib chiqiladigan kamerali pech bilvosita qizdirish elektr qarshilik pechlari sinfiga kiradi. Kamerali qarshilik pechlari tuzulishi boʻyicha oddiy va qoʻllanilishi sohasi boʻyicha universaldir. Ular asosan metall mahsulotlarga turli xildagi termik ishlov berish uchun moʻljallangan.
Sanoatda ishchi harorati 700 ˚S, 1000 ˚S va 1250 ˚S boʻlgan kamerali pechlar maxsus qotishmalardan qilingan metall qizdirgichlar bilan, 1300 ˚S va 1600 ˚S ishchi haroratlar uchun esa qizdirgich elementlari karborund va disilitsid molibdendan qilingan qarshilik pechlari seriyali ravishda ishlab chiqiladi (1.1-rasm).
1.1 – rasm. Kamerali elektr pechi:
Maksimal harorati 700 ˚S dan yuqori boʻlgan kamerali pechlar qizitish jarayonini intensifikatsiya qilish va pechning ishchi fazosida haroratning bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash uchun ventilyatorlar bilan jihozlanadi.
Kamerali pechlarning ekspluatatsiya qilishdagi asosiy kamchilik unga mahsulot yuklash va olishdagi qiyinchilikdir. Pechning issiqlik boʻyicha foydali ish koeffitsienti texnologik jarayonga bogʻliq boʻlib, u koʻpincha 65-70 % dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |