CHokli payvandlash
CHokli (rolikli) payvandlash – bu kontakli payvandlashning shunday turi, unda birikadigan detallar roliklar yordamida payvandlanadi (7.5- rasm).
Bu mashinalarda elektrodlar boʻlib, 40-350 mm li mis roliklar- I oʻrnatilgan. Payvandlanadigan yassi qatlamlar 2-roliklar bilan oʻzaro siqilgach, transformatordan kichik kuchlanishli katta tok (10000-20000A) yuborilganda kontakt yuzasi zarur haroratgacha qiziydi. Roliklar qarama-qarshi tomonga aylanganda tayyorlamalar roliklar orasiga surilib, payvandlana boshlaydi.Chokli payvandlash nuqtali payvandlashga oʻxshaydi.
Quyidagi holatlari boʻladi: a- roliklar, hamda tok uzluksiz suriladi va oqadi;b- roliklar uzluksiz suriladi, tok esa uzlukli oqadi; d- roliklar va tok uzlukli boʻladi (qadamli payvandlash).
Koʻrsatilgan holatlardan birinchisi past uglevodli poʻlat, latun, alyuminiy va ularning qotishmalaridan qalinligi 1,5-2 mm tayyorlamalarni payvandlashda qoʻllaniladi.
Ikkinchi holat eng keng tarqalgan choklar ozgina boʻrtib chiqadi va ESS eng kichkina boʻladi.
Chokli payvandlash mashinalari: koʻchmas va koʻchma; boʻylama va koʻndalang (rolikli); richagli prujinali va siqishi mexanik yuritmali; roliklari bir va ikki taraflama joylashgan; bir, ikki va koʻp roliklilarga boʻlinadi.
|
7.5-rasm. CHokli payvandlash sxemasi:
1-payvandlash transformatori, 2-kontaktli roliklar, 3-qisgich moslama,
4-payvandlanadigan tayyorlamalar.
|
|
7.6-rasm.
Turli payvandlash usullari uchun payvandlanadigan roliklar va qismlarning joylashishi
|
7.5 va 7.6 –rasmlarda chokli payvandlash sxemasi keltirilgan. Chokli payvandlash mashinalar quvvati 75 dan 200 kVA gacha, 10-32 kA, 63 va 120 kAgacha boʻladi (buyumlar qalinligi 6 mm gacha).
Bu usulning kamchiliklari sirt yuzasining tayyorlanishi, payvandlanuvchi metall qalinliklarining bir xilligi va boshqalardan iborat.
Metallarni uchma-uch payvandlashda MS-403, MS–502, nuqtali payvandlashda MT-400I, rolikli payvandlashda MSH-1001, MSH-1601 rusumli mashinalardan foydalaniladi
II. Topshiriq
1. MT-1277 – nuqtali payvandlash va MSH-3204 – chokli payvandlash transformatorini konstruksiyasi bilan tanishish.
2. Tajriba qurilmasi sxemasini chizish
3. Tajriba stendida sxemani yigʻish
4. Salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalarini oʻtkazish;
5. Nuqtali payvandlash bajarilish davrida aktiv quvvatning vaqtga va tok kuchining vaqtga bogʻliqlik grafigini quring.
Do'stlaringiz bilan baham: |