Kambarov jamoliddin xikmatillayevich korxonani boshqarish



Download 383,99 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2022
Hajmi383,99 Kb.
#681681
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Корхонанги бошқариш УМК(1)


partiyalar soni

1

2

3

4

5

Partiya kattaligi ,kg

20000

10000

6667

5000

4000

Urtacha yillik zaxira, kg

10000

5000

3333

2500

2000

Urtacha yillik zaxira narxi, ming rub

100000

50000

33333

25000

20000

Saklash xarajatlari,yiliga ming rub

20000

10000

6667

5000

4000

Sotib olish buyicha xizmatlar kursatish,
yiliga ming rub



1250



2500



3750



5000



6250

Saklash va sotib olish buyicha xizmatlar kursatish
ning umumiy xarajatlari,yiliga ming rub



21250



12500



10417



10000



10250



Jadvaldan kurinishicha, bu misolda yillik sotib olinadigan partiyalarning optimal mikdori 4 ga teng, chunki bu holda saqlash va xizmat ko’rsatish xarajatlari yig’indisi eng kichikdir.
Xuddi shunday qoidalar ishlab chiqishga kiritilayotgan mahsulot seriyasining optimal kattaligini aniqlashda ham amal qiladi. Mahsulotning ko’p sonli kichik seriyalar bilan ishlab chiqarishda tayyor maqsulotni omborda saqlash xarajatlari minimal bo’ladi. Lekin ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlari oshadi. Ishlab chikarishga kiritiladigan seriyaning optimal kattaligani hisoblaymiz.
jadval




Seriyalar soni

1

2

3

4

5

Seriya kattaligi, dona

3000

4500

3000

2250

1800

Tayyor mahsulotning o’rtacha yillik zaxirasi, dona

3375

1688

1125

844

675

Urtacha yillik zaxira qiymati, ming rub

47250

23632

15750

11816

9450

Tayyor maxsulotni omborda saqlash xarajatlari, yiliga ming rub

11813

5908

3938

2954

2363

Ishlab chikarishni tayyorlash xarajatlari, yiliga ming rub



3000



6000



9000



12000



15000

Tayyormaxsulotni saklash va ishlab chikarishni tayyorlash buyicha jami xarajatlar, yiliga ming rub



14813



11908



12938



14954



17363



Jadvaldan ko’rinishicha, ishlab chiqarishga kiritish seriyalarning optimal kattaligi har biri 4500 donadan bo’lgan ikkinchi seriyadir, chunki buning natijasida tayyor mahsulotni saqlash va ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlari yig’indisi minimal – 11908 ming rub ni tashkil etadi.
Albatta, bunday hisob – kitoblarni yetarli darajada ob’ektiv deb bo’lmaydi, lekin ma’lum darajadagi yaqinlik bilan ularni qabul qilish mumkin.
Xarajatlarini kamaytirishning anoanaviy usullari bilan bir qatorda yangi paydo bo’lgan omillarni ishga solish kompleks tarzda ishlab chiqarish xarajatlarini optimal darajaga yetkazishga imkoniyat yaratadi.

15-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONA FAOLIYATI RENTABELLIGINI BOSHQARISH



              1. Sof foyda va uning shakllanishi

              2. Rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

              3. Rentabelikka ta’sir etuvchi omillar



Bugungi kunda korxona sof foydasining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

  • mahsulot, ish va xizmatlarni sotish xajmining o’zgarishi;

  • mahsulot, ish va xizmatlar baxosining o’zgarishi;

  • mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish xparajatlarining o’zgarishi;

  • davr xarajatlarining o’zgarishi;

  • moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlarning o’zgarishi;

  • favqulodda foyda va zararlar o’zgarishi;

  • foydadan olinadigan soliqlar va soliqli to’lovlarning o’zgarishi va xakozolar.

Tahlil etishda xar bir omilning sof foyda o’zgarishidagi mutloq qiymatlari aniqlanadi. Ularning o’zgarishlariga baxo berish orqali korxonada foydani o’stirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o’rganiladi.
-jadval
Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
(ming so’mda)

Ko’rsatkichlar

o’tgan yili

xisobot yili

Farqi (+,-)

1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda



522905

872059

+349154

2. Davr xarajatlari

-201985

-388162

+186177

3. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va yo’qotishlar



-79617

-82828

+3211

4. Moliyaviy faoliyatdan foyda va zararlar



34354

51975

+17621

5. Favquloddagi foyda va zararlar

-



-

-

6. Foydadan soliq va boshqa soliq xamda ajratmalar

245414

427644

+182230

Joriy yilning sof foydasi

30243

25400

-4843



Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa kilish mumkinki, tahlil qilinayotgan «AVS» aktsionerlik jamiyatida xisobot davrida sof foyda xajmi o’tgan yilga nisbatan 4843 ming so’mga kamaygan. Uning o’zgarishiga xar bitta ko’rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baxolash mumkin. Sof foydaning kamayishiga asosan davr xarajatlarining keskin oshib ketganligi xamda foydadan to’langan soliq summasining o’tgan yilga nisbatan deyarli ikki marta ko’payganligi sabab bo’lgan. Masalan, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda summasining o’tgan yilga nisbatan 349154 ming so’mga o’sishi sof foyda summasining shuncha o’zgarishiga olib kelgan. Davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan zararlar summasining, favqulodda zararlar summasining, foydadan soliqlar summasining o’tgan yillarga nisbatan o’sishi natijasida korxona sof foydasi o’tgan yilga nisbatan 371618 ming so’mga kamaygan.
Barcha omillar ta’sirida sof foyda summasi o’tgan yilga nisbatan 4843 ming so’mga kamaygan. Demak, korxonada foydani o’stirish yuzasidan 371618 ming so’mlik ichki rezerv mavjud deyish mumkin. Agar korxona ushbu qatorlar bo’yicha o’zining oldingi yil ko’rsatkichlarini saqlaganda edi yana qo’shimcha tarzda shuncha foyda olishi mumkin edi.
Korxona faoliyat natijaviyligiga baxo berishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri rentabellik ko’rsatkichi xisoblanadi.
Rentabellik - korxona foydalik darajasini xarakterlaydi. Odatda uning bir necha turlari xisob kitob qilinadi. Bu bevosita mulkning shakli bo’yicha daromadlarning yuzaga chiqish o’rni yoki bazasi bo’yicha, foydaning o’zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar bo’yicha yoki mustaqil birliklar bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabellikning quyidagi turlari aniqlanadi:
1. Ishlab chiqarish xarajtalariga nisbatan rentabellik;
sof foyda
R=------------------------------------------- x100%
Ishlab chiqarish xarajatlari


Ushbu ko’rsatkich bir so’mlik ishlab chiqarish xarajati xisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.

  1. Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi xar bir so’mlik yoki ming so’mlik asosiy vosita xisobiga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.


Sof foyda
R=----------------------------------------------------------- x 100 %
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati



  1. Sotish bo’yicha rentabellik. Sotish bo’yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo’lish asosida aniqlanadi. Ya’ni

Sotishdan olingan foyda


R=---------------------------------------------------------------x100%
Sotishdan olingan tushum summasi



  1. Oborot aktivlar rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich oborot aktivlarning xar bir sumiga to’g’ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Oborot aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini oborot aktivlarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.

Sof foyda


R=-------------------------------------------------------------x100%
Oborot aktivlar o’rtacha yillik qiymati



  1. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkich xisoblanadi. Bu ko’rsatkich xar bir so’mlik mulkka to’g’ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.

Sof foyda
R=-----------------------------------------------------------x100%
Korxona mulki jami



  1. O’z mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’larning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Korxona sof foydasini uning o’zlik mablag’lari manbaiga bo’lish asosida o’zlik kapitalining foydalilik darajasi o’rganiladi.

Sof foyda


R=-----------------------------------------------------------x100 %
Korxona o’zlik mablaglari



  1. Qarz mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag’lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich xar bir so’mlik qarz mablag’iga to’g’ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.

Sof foyda
R=-----------------------------------------------------------x100%
qarz mablag’lari jami



  1. Asosiy vositalar va moddiy oborot mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy oborot mablag’lari o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. U xar bir so’mlik asosiy va oborot mablag’iga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.

Sof foyda


R=------------------------------------------------------------x100%
Asosiy va oborot mablag’lari o’rt. yil. qiym.


Bugungi kunda amaliyotda keng tarqalgan rentabellik ko’rsatkichlarining ayrimlarini quyidagi jadval misolida tahlil qilib chiqamiz.
-jadval
«AVS» aktsionerlik jamiyatining rentabellik ko’rsatkichlari, ularning turlari va ta’sir etuvchi omillar tahlili



Ko’rsatkichlar

Utgan yili

xisobot yili

Farqi (+,-)

1

2

3

4

5

1

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum, ming so’m

1452513

3040381

+1587868

2

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi, ming so’m

929608

2168322

+1238714

3

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi foyda, ming so’m

522905

872059

+349154

4

Sof foyda, ming so’m

30243

25400

-4843

5

Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati (qoldiq qiymatda), ming so’m

80892

91253

+10361

6

Oborot mablaglarining o’rtacha yillik qiymati, ming so’m

531756

689066

+157310

7

Korxonaning jami mulki, ming so’m

718546

892557

+174011

8

o’zlik mablaglari manbai, ming so’m

460499

729410

+268911

9

qarz mablag’lari, ming so’m

258047

163147

-94900

10

Mahsulot sotish rentabelligi, %

36,0

28,68

-7,32

11

Asosiy vositalar rentabelligi, %

37,98

27,83

-9,55

12

Oborot mablag’lari rentabelligi, %

5,69

3,69

-2,0

13

Ishlab chiqarish tannarxi rentabelligi, %

56,25

40,22

-16,03

14

o’z mablag’lari rentabelligi, %

6,57

3,48

-3,09

15

Mol-mulk rentabelligi, %

4,21

2,85

-1,36

16

Umumiy rentabellik, % (4\5+6)*100

4,94

3,25

-1,69

17

qarz mablag’lari rentabelligi, %

11,72

15,57

+3,85



Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, biz tahlil qilayotgan AVS aktsionerlik jamiyatida xisobot yilida o’tgan yilga nisbatan aksariyat rentabellik turlari bo’yicha pasayish kuzatilgan. Bu shundan dalolat bermoqdaki, korxonaning samaradorligi pasayib borayotganligidan xamda uning moliyaviy xolati yomonlashayotganligidlan dalolatdir. Ma’lumotlardan ko’rinadiki, joriy yilda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum miqdori +1587868 ming so’mga ortgan bo’lsada, bunga mos ravishda mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi xam, boshqa turdagi aktivlar xam o’sgan. Sof foyda miqdori esa o’tgan yilga nisbatan 4843 ming so’mga kamaygan. Natijada aksariyat rentabellik ko’rsatkichlarida pasayish tendentsiyasi xosil bo’lgan. Korxonada faqatgina qarz mablag’lari rentabelligi 3,85 foizga o’sishi kuzatilgan xolos. Korxona ma’muriyati rentabellik ko’rsatkichlarini yaxshilash choralarini ko’rishi lozim bo’ladi. Aks xolda, korxonaning moliyaviy xolati tang axvolga tushib qolishi mumkin.
Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda aloxida axamiyat beriladi. Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o’zgarishiga sotishdan olingan yalpi foyda summasining o’zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o’zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof foydasining o’zgarishi va asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi, umumiy rentabellikka bir so’mlik tushumga to’g’ri keladigan sof foyda summasining o’zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o’zgarishi va moddiy oborot mablag’lar qaytimining o’zgarishlari ta’sir qiladi va x.k.
Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida xam aniq ko’rish mumkin.
-jadval
Mol-mulk rentabelligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Ko’rsatkichlar

o’tgan yili

SHartli
ko’rsatkich (rentabellik)

xisobot yili

Jami
o’zgarish (+,-)

SHu jumladan

Foydani o’zgarishi xisobiga

Mol-mulk qiymati-ning o’zgarishi xisobiga

1

2

3

4

5

6=4-3

7=3-2

Rentabellik, %

4,21

3,53

2,85

-1,36

-0,68

-0,68



Biz tahlil qilayotgan korxonada xisobot yilida mol-mulk rentabelligi o’tgan yilga nisbatan 1,36 foizga pasaygan. Bunga asosan ikkita omil, ya’ni, sof foyda miqdorining o’zgarishi xamda mol-mulk qiymatining o’zgarishi ta’sir etgan. Ma’lumotlardan ko’rinadiki, sof foydaning xisobot davrida kamayganligi xisobiga mol-mulk rentabelligini o’tgan yilga nisbatan 0,68 foizga pasayishiga, mol-mulk qiymatining joriy davrda o’zgarganligi esa 0,68 foizga pasayishiga olib kelgan. Bunday natijalar odatda korxona uchun salbiy xolat sifatida baxolanadi. SHu sababli korxona ma’muriyati rentabellikni oshirish choralarini va mavjud imkoniyatlarni izlab topishi lozim bo’ladi.
16-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANING INNOVATSION FAOLIYATINI BOSHQARISH

        1. Innovatsiyalar tushunchasi

        2. Innovatsiyani boshqarish yo’nalishlari

        3. Innovatsion loyihalar va ularning samaradorligini baholash usullari



Rossiyalik olimlar P. N. Zavlin va A. V. Vasilev innovatsiya klassifikatsiyasini quyidagi xususiyatlar bo’yicha bo’lishgan:
1. Ishlov xududi.
1) boshqaruv
2) tashkil etish
3) ijtimoiy
4) sanoat va x.o.
2. ITP etaplari.
1) ilmiy
2) texnik
3) texnologik
4) konstruktorlik
5) ishlab chiqarish
6) informatsion
3. Modellashtirish surati.
1) «Bum»
2) bir maromli
3) kuchsiz
4) yalti
4. Innovatsiyalarni amalga oshirish tezligi.
1) tez
2) sekinlashtirilgan
3) so’niyatgan
4) o’sib boruvchi
5) bir maromli
6) to’lqinsimon. (sakrovchi)
5. Innovatsiya masshtabi.
1) trans kontinental
2) trans milliy
3) regional
4) katta
5) o’rtacha
6) kichik
6. Natijaviylik
1) baland
2) kichik (past)
3) o’rtancha
7. Innovatsiya samaradorligi.
1) iqtisodiy
2) ijtimoiy
3) ekologik
4) integratsion
Jahon miqyosida klassifikatsion sxema asosida innovatsiya 2 xususiyatga ega:

  1. tarkibiy tavsif

  2. maqsadli o’zgarishlar

Tarkibiy tavsif bo’yicha innovatsiyalar 3 guruhga bo’lingan:

  1. korxonaga «kiruvchi» innovatsiyalar

  2. korxonaga «chiquvchi» innovatsiyalar

  3. korxona tarkibidagi innovatsiyalar

Maqsadli o’zgarishlar bo’yicha innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo’lingan:

  1. texnologik

  2. iqtisodiy

  3. ishlab chiqarish

  4. savdo

  5. ijtimoiy

  6. boshqaruvdagi innovatsiya.

Innovatsiyani maqsadi nimada?

  1. Innovatsiyani sotuv shakllari qanaqa?

  2. Innovatsiyani qo’llash joyi nimadan iborat?

Ushbu uchta vaziyat (maqsad, shakl, qo’llash joyi) klassifikatsion xususiyat tizimini tashkil qiladi va ushbu tizim o’z tarkibiga quyidagilarni oladi:

  1. maqsadli xususiyat

  2. tashqi xususiyat

  3. tarkibiy xususiyat

1. Maqsadli klassifikatsion xususiyat bo’yicha innovatsiyalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1) inqrozli innovatsiyalar
2) rivojlanish innovatsiyalari
Tashqi klasifikatsion xususiyat bo’yicha innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. mahsulotli

2) jarayonli
Tarkibiy klasifikatsion xususiyat bo’yicha innovatsiyalarni quyidagi turlarga bo’lish kerak:

  1. ishlab chiqaruvchi va sotuv

  2. ijtimoiy – iqtisodiy

  3. moliyaviy

  4. boshqaruvdagi

Innovatsiya turi – bu innovatsiya guruhi bo’lib, ular bir xil xususiyatga ega bo’lgan yangiliklar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning maqsadi yangi mahsulot turiga zaruriy hujjatlar majmuini tayyorlashdan iborat. Bu hujjatlar majmui grafik ko’rinishdagi tekstli hujjatlar to’plamidan tashkil topib, yangi mahsulot turini tarkibi va tuzilishini aniqlovchi, uni tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Korxonaning konstruktorlik ishlari bir necha bosqichda bajariladi.
Birinchi bosqich - texnik topshiriq (TT)ni ishlab chiqishni yoki buyurtmachi tashkilot yoki bajaruvchi tashkilot amalga oshiradi.
Topshiriqda ishning maqsadi ayni turdagi mahsulotning asosiy texnik ekspluatatsion tavsiflarining ruxsat etilgan qiymatlari oralig’i belgilanadi. Barcha holatlarda texnik topshiriq barcha tomonlar o’rtasida (buyurtmachi, ishlab-chiqaruvchi, tayyorlovchi) kelishiladi.
Ikkinchi bosqich – texnik taklifni (TTF) ishlab chiqish. Bu bosqichda TTni tahlil qilish asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qo’yilgan masala yechimi eng qulay variantini aniqlanadi va yangi mahsulot turi maqsadiga aniqlik kiritiladi.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqarishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Uchinchi bosqich - eskizni loyihalashtirish. Eskizni loyihalashtirishning asosiy vazifasi TT va TTFlarda shakllantirilgan talablarni amalga oshirishning texnik imkoniyatlarini asoslab berish va qo’yilgan maqsad yechimlari ichidan eng yaxshi variantini tanlashdan iborat. Loyiha eskizini hujjatlashtirish o’z ichiga mahsulotning umumiy ko’rinishi, tashkil qiluvchi qismlari , kinematik, elektrik, gidravlik, pnevmatik sxemalari chizmalari, buyumning asosiy texnikaviy ekspluatatsiya tasniflash, uni tayyorlash tannarhi va ishlatish bilan bog’liq harajatlar kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikning taxminiy hisob-kitoblarini oladi.
To’rtinchi bosqich - texnik loyihalashtirish. Bu bosqichda yangi mahsulot turining tuzilishi va ishlatilishi to’g’risida to’la tasavvur beradigan barcha muhim texnik yechimlar to’liq ishlab chiqiladi. Ayni shu bosqichda amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarga aniqlik kiritiladi, material tanlash to’g’risidagi masala uzil kesil hal qilinadi, buyumning barcha hisob kitoblariga aniqlik kiritiladi, material tanlash to’g’risidagi masala uzil-kesil hal qilanadi, buyumning barcha uzellari va eng murakkab detallarning chizmalari ishlab chiqiladi, sotib olinadigan buyumlar ro’yhati tuziladi. Texnik loyihalashtirish hujjatlari tarkibiga sinash usuli dasturi va hamda unga doir hujjatlar to’plami albatta kiritiladi.
Beshinchi bosqich - ishchi loyihalashtirish. Bu bosqich konstruktorlik tayyorgarlikning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bunda yangi mahsulotni tayyorlash uchun ishlab chiqarishni tayyorlashga kirishishga imkoniyat beradigan hujjatlar majmui tayyor bo’lishi kerak. Bu bosqichda barcha yig’ma chizmalar, yig’ish va montaj qilish sxemalari, ishlov birga aniqligi va nuqsonsizligiga doir ko’rsatmalar bilan barcha original detallar chizmalari ishlab chiqiladi, barcha texnik shartlar, to’liq tafsilotli ro’yhati tuziladi, barcha tekshiruv hisoblari bajariladi, ishlatish va ta’mirlash bo’yicha ko’rsatma va boshqalar ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning har bir bosqichida bajariladigan ishlarning aniq mazmuni va bosqichlarning soni bir qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan eng muhimlari ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulot turining yangiligi va murakkabligi, kelgusida ishlab chiqarish miqyosi, bajaruvchi-tashkilotlar o’rtasida ishlarni taqsimlanish xususiyatlari, tajriba bazasini mavjudligidir. Odatda o’rtacha murakkablikka ega bo’lgan buyumlarni loyihalashda texnik va ishchi loyihani tayyorlash bosqichlari birlashtiriladi. Nisbatan sodda buyumlarni ishlab chiqarishda barcha konstruktorlik tayyorlash jarayoni ikkita bosqich-texnik taklif va loyihalashning o’zi (eksiz, texnik va ishchi loyihalashsiz) amalga oshiriladi. Murakkablik va yangilik darajasi yuqori bo’lgan buyumlarni katta hajmda ishlab chiqarishni tashkil qilinayotganda konstruktorlik tayyorgarlik uning turli bosqichlaridagi tajriba ishlari hisobiga murakkablashadi. Tajriba ishlari asosan maishiy, model, tajriba nushalari yordamida yangi konstruktsiyani tayyorlash va sinashdan iborat. Tajriba nusxasi konstruktsiyani obdon qayta ishlash, tayyorlash va uning hisobiy mustahkamligi, ishonchliligi va chidamliligini oshirish uchun ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunda eng muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlov berishga qulayligi va sifatini oshirish bo’lganligi sababli ixtisoslashgan guruh va buyumlardan tashqari bosh konstruktor bo’limida standartlashtirish va me’yorlashtirish byurosi, ishonchlilik byurosi, ekspluatatsiya qilish byurosi va boshqa byurolar tashkil qilinadi. Bo’lim tarkibiga nusxa ko’chirish, nushalarni ko’paytiruvchi texnik vositalar guruhi, texnikaga oid adabiyotlar kutubxonasi, ilmiy-texnik axborotlar byurosi, tajriba uchastkasi, modellashtirish va takomillashtirish loborotoriyalari kiradi. Bu byurolar faoliyatini korxona direktori muovini boshqaradi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yangi mahsulot turini ishlab chiqarish jarayonini loyihalash va moddiy bazasini yaratish bo’yicha ishlar majmuini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bo’yicha ishlar mazmuni va sermehnatliligi kelgusida ishlab chiqarish miqyosi va mavjud ishlab chiqarish holatiga bog’liq.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash to’rtta asosiy bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqich - chizmalarni texnologik nazorat qilish. CHizmalarni texnologik nazorat qilishning maqsadi ishlab chiqilgan konstruktsiyalarni texnologik jihatdan amalga oshiriluvchanligini tekshirishdan iborat. Bunday tekshiruvni yuqori malakali texnologlar amalga oshiradilar.
Ikkinchi bosqich - texnologik jarayonlarni loyihalash. Bu bosqichda qilinadigan ishlarning asosiy mazmunini ishlab chiqariladigan mahsulot turi belgilaydi. Murakkab tarmoqlar (masalan mashinasozlik) uchun texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi tartibda olib boriladi. Eng avvalo, detallarning tsexlararo texnologik harajatlari yo’nalishlari ishlab chiqariladi. SHu bilan birga detallarni yig’ish sxemasi va grafigi ishlab chiqiladi. Yig’ish grafigi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish ketma-ketligini aniqlash imkonini beradi. Avval har bir detalga zagotovka olish texnologiyasi, so’ngra- mexanik ishlov berish, issiqlik bilan ishlov berish, qoplash texnologiyalari ishlab chiqiladi. SHu bilan bir vaqtda yiьish texnologiyasi ham ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqich- maxsus asbob-uskunalar va nostandart (original) dastgohni loyihalash. Bu eng qimmat va sermehnat bosqich bo’lib, harajatlari uning texnologik tayyorlashga ketgan barcha harajatlarning 70% ni tashkil qiladi.
To’rtinchi bosqich-loyihalashtirilgan texnologik jarayonlarni sozlash va tadbiq etish. Bu jarayonlar bevosita asosiy tsexlardagi ishchi o’rinlarida amalga oshiriladi. Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishni tayyorlashda jarayonlarni sozlash va tadbiq qilish, seriyali texnologik jarayon bo’yicha buyumlarning belgilangan partiyasi va tajriba nusxasini tayyorlash vaqtida olib boriladi. Texnologik jarayonni tadbiq qilinganligi to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va texnologik tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati tsexga topshiriladi va texnologik tayyorgarlik nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash jarayoni ishlab chiqilayotgan har qanday mahsulot turining foydaliligi, takomillashtirish darajasi nafaqat uning texnik balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori bo’lgan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Har bir mahsulotga qo’yiladigan umumiy talablar - loyihalash, tayyorlash, ekspluatatsiya qilishda belgilangan harajatlar doirasida texnik xususiyatlarning yuqori darajasiga erishishdan iborat.
Konstruktorlik tayyorlashning har bir bosqichida har qanday konstruktiv qarorlar iqtisodiy asoslangan hisob-kitoblarga tayangan holda qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Samaradorlik ko’rsatkichlari tizimi tarkibidagi eng muhim ko’rsatkichlardan biri – ishlab chiqilayotgan mahsulotning o’ziga xos xususiyatlari va uni texnik takomillashtirish darajasidir. Har qanday holatda bu ko’rsatkichlar mahsulot xususiyatlarini bir tomondan ekspluatatsiya ob’ekti sifatida, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish ob’ekti sifatida ta’minlashi lozim.
Boshqacha qilib aytganda, yangi konstruktsiyaning iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish va iste’molchining yangi konstruktsiyadan foydalanishda barcha ishlab chiqarish resurslaridan qilgan jami iqtisodini aks ettiradi.
Texnologik tayyorgarlik jarayonidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilishdan maqsad barcha texnik shartlar va talablarga rioya qilgan holda uni amalga oshirish uchun eng kam harajat talab qiladigan konstruktiv variantlarni tanlashdan iborat. Hozirgi kundagi texnologik taraqqiyot darajasi bir xil turdagi mahsulotni bir necha usullar bilan tayyorlash imkonini beradi, shuning uchun har bir texnolok texnologik jarayonlarni loyihalashda eng optimal va samarali variantlarni tanlashga harakat qiladi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni har bir bosqichi davomiyligi (bosqich tsikli) ayni bosqichda bajariladigan ishning umumiy sermehnatligi asosida aniqlanadi.
Bosqichlar bo’yicha ishlarning sermehnatliligini bir-birlik texnik hujjatga yoki texnologik uskunaga belgilangan ishning hajmi va murakkablik me’yoriga asosan topiladi.
Konstruktsiyalash va tayyorlash zarur bo’lgan maxsus uskunalar miqdori bu original detallar sonidan va ayni ishlab chiqarish turi uchun qurollanganlik koeffitsienti kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qurollanganlik koeffitsienti buyumdagi bitta original detalga to’g’ri keladigan uskuna predmetlari sonini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishni texnik bosqichi tsikli (kunlarda) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Tbos= ,


bunda, Q-ayni bosqichdagi ish hajmi, dona;
bos-ayni bosqichdagi ishning o’rtacha sermehnatliligi, soat/dona;
A-qo’shimcha ishlarga vaqt sarfi, soat;
R-ayni bosqichda ish bilan band bo’lgan ishlovchilar soni;
d-ish kuni davomiyligi, soat;
kv.n.-normani bajarish koeffitsient.


Bosqichning davomiylik muddati belgilangan bo’lsa, u holda zarur bo’lgan ishchilar soni quyidagicha aniqlanadi:
R= ,
bunda, Fd-bitta ishchining hisobiy davrdagi haqiqiy ish vaqti foizi.
Bosqichlarning hisobiy tsikli bo’yicha ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning kalendar grafigi tuziladi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda band bo’lgan ishlovchilarning ish haqi, ish haqiga ajratma, qo’shimcha ish haqi va boshqa harajatlar miqdoriga ko’ra ishlab chiqarishni texnik tayyorlash smeta harajatlari tuziladi.
Yangi mahsulotni o’zlashtirishda mahsulot tayyorlash to’g’ri chiziq bo’yicha (III) o’sib boradi (7.1.1-rasm). Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash jarayoni tashkiliy va texnik tadbirlar, jumladan texnologik uskunani o’zlashtirish va tayyorlash muddati tezroq tugatilsa yangi mahsulotni o’zlashtirish muddatini qisqaradi. Bu holda mahsulot tayyorlash (I) to’g’ri chiziq bo’yicha o’sadi.
I va II to’g’ri chiziqlar grafigida maydon (Nqo’sh) yillik ishlab chiqarish dasturiga (Ny) mos keladi. Qo’shimcha chiqarilgan mahsulot (Nqo’sh) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Nqo’sh=Ny/12*(T2-T1)/2,
T2-yangi mahsulot chiqarishni o’zlashtirishning rejadagi muddati, oy;
T1-tezlashtirilgan muddati, oy;
Texnikaviy tayyorlar va buyumni o’zlashtirish muddatini tezlashtirish natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
Eg=N(Sr/Nrega-Sr/N)
Yangi mashinalarni o’zlashtirish natijasidagi samaradorlikka ham unumdorligi yuqoriroq bo’lgan mashinalardan tezroq foydalanish hisobiga erishiladi.
Qiyoslanayotgan variantlar bo’yicha yillik iqtisodiy samaradorlik amaldagi va loyihalanayotgan variantlarga qilingan harajatlar farqini aniqlash orqali hisoblanadi.
Yangi konstruktsiyani qo’llashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Ey=[(S1+EmK1) - (S2+EmK2)] N2;




Bunda, S1 va S2 mos holda amaldagi va loyihadagi mashinalarda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhi, so’m;
K1 va K2 - mos holda yangi mashinani qo’llashdan oldin va keyingi kapital harajatlar, so’m;
N2-loyihalanayotgan mashinada ishlab chiqariladigan yillik mahsulot (ish) hajmi, dona;
Em-kapital harajatlar samaradorligining me’yoriy koeffitsienti (Em=0,12).
Yangi texnologik jarayonlarni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullarini qo’llash mahsulot sifatini oshirishga olib keladi. U holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:

E=[(S1+EmK1) - (S2+EmK2)+(N2-N1)] N2;




Bunda, N1, N2-mos holda tadbirlar qo’llanishidan oldingi va keyingi mahsulot birligining ulgurji bahosi (mahsulot navlarini hisobga olgan holda), so’m;
N2-tadbirlarni qo’llash yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona;
Bordiyu, mahsulotni ilgarigi iste’mol maqsadlari qoldirilib, lyokin yuqori sifatli (ancha yuqori narh) ishlab chiqarish loyihalashtirilgan bo’lsa, u holda bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:

E=[(F2+F1) – Yem Kq] N2;




Bunda, F2, F1-mos holda yuqori sifatli va oldingi sifat ko’rsatkichlari bilan ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotni sotishdan olingan foyda, so’m;
Kq-mahsulot sifatini oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarga qo’shimcha kapital harajatlar, so’m.
Bir birlik mahsulotni sotishdan olinadigan foyda quyidagicha aniqlanadi:

F=N-S



Yuqorida aytib o’tganimizdek, hozirgi zamon texnika taraqqiyotiga mos holda ishlab chiqarishni yangi, takomillashgan mehnat vositalari (mashina, dastgoh va ‘.k.) bilan qurollantirish ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning asosini tashkil qiladi. Yangi mehnat vositalarini ishlab chiqarish va uni qo’llashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik esa quyidagi formula orqali aniqlanadi:

E=[X1 V2]




Bunda, X1, X2-mos holda amaldagi va yangi texnikani qo’llagan holda bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlar, so’m;
V1, V2- mos holda amaldagi va yangi texnikani qo’llash ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi,
R1, R2-amaldagi va yangi mehnat vositalarini to’la tiklash uchun balans qiymatidan ajratma ulushi (ya’ni, renovatsiya koeffitsienti bo’lib, u texnikaning xizmat muddatiga qarab, jadval ma’lumotlaridan olinadi).
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda yangi loyihalanayotgan dastgohga qilingan qo’shimcha kapital harajatlarni qoplash muddati muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Tq.m=(K2-K1)/(S-S2)




K1 va K2 - taqqoslanayotgan variantlarga o’rtacha kapital harajatlar, so’m.
Kapital harajatlarni qoplash muddati har bir tarmoqning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, mashinasozlik sanoatida kapital harajatlarni qoplash muddati 5 .yildan oshmasligi kerak.
17-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANING INVESTITSION FAOLIYATINI BOSHQARISH

  1. Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.

  2. Korxonada investitsiyalashning asosiy manbalari va yo’nalishlari.

  3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.

Tarmoq (korxona) bo’yicha kapital qo’yilmalarning rejalashtirilayotgan hajmining yiriklashtirilgan hisob – kitobi quyidagi formula asosida amalga oshiriladi.


KR = M1 · K1 + M2K2 +M3K3 – TK1 + TK2


Bunda:
M1, M2, M3 – mos ravishda texnik qayta qurollantirish, rekonstruktsiya, mavjud korxonalarni kengaytirish, yangilarini qurish natijasida ishlab chiqarish quvvatlarining o’sishi
K1, K2, K3 – ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yo’nalishlari bo’yicha solishtirma kapital qo’yilmalar.
Tk1 va Tk2 – rejalashtirilayotgan davr boshiga va oxiriga tugallanmagan kapital qurilish.


Kapital qurilishning yillik rejalarining shakllanishida kapital qo’yilmalar hajmi smeta va smeta moliya hisob – kitoblari asosida o’rnatiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tushirishning reja topshirig’ini aniqlash uchun rejali davrda ishga tushiriladigan korxonalarning smeta narxidan undan asosiy fondlar qiymatini oshirmaydigan bir vaqtli xarajatlar chegirib tashlanadi. Ushbu xarajatlarga yangi qurilayotgan ob’ektlar uchun kadrlar tayyorlash, vaqtinchalik binolar va inshootlarga sarflangan xarajatlar, konstruktsiyalarni, binolarni buzishdan qoladigan materiallar qiymati va boshqalar kiradi.
Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi birinchi navbatda ularni sarflashdan xalq xo’jaligi erishadigan iqtisodiy natijada namoyon bo’ladi. Bunday bevosita natija bo’lib ishlab chiqarish quvvatlarining va asosiy fondlarning oshishi hisoblanadi. SHuning uchun kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ular kattaligini kapital qo’yilmalar oshishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara bilan taqqoslash asosida o’lchanadi.
Xalq xo’jaligi, uning tarmoqlari, iqtisodiy hududlar bo’yicha kapital qo’yilmalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi IM milliy daromadning o’sishining MD tegishli davrdagi kapital qo’yilmalarga K nisbati bilan aniqlanadi





a) Sanoatning alohida tarmoqlari, korxona, ishlab chiqarish birlashmalari, qurilish ob’ektlari bo’yicha kapital qo’yilmalarning nisbiy iqtisodiy samadorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib kapital qo’yilmalarning qoplanishi muddati T yoki kapital qo’yilmalarning samaradorlik koeffitsienti Ye bo’lib hisoblanadi. ular quyidagicha hisoblanadi:



Bunda:
K – rejalashtirilayotgan davrga kapital qo’yilmalar;
P1 – rejalashtirilayotgan davrning oxirgi yilidagi foyda;
P0 – bazis yilidagi (rejalashtirilayotgan davrdan oldingi davrning oxirgi yilidagi) foyda.


b) Qurilish ob’ektlari, alohida tadbirlar va texnik iqtisodiy muammolar bo’yicha:





Bunda:
Tqx – hisob bo’yicha qoplanishi muddati
K – qurilayotgan ob’ektning smeta narxi (tadbirni o’tkazish bilan bog’liq kapital qo’yilmalar)
N – yillik mahsulot ishlab chiqarish narxi (loyiha bo’yicha), korxona narxlarida
T – yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmining tannarxi.


Kapital qo’yilmalar nisbiy iqtisodiy samaradorligining me’yoriy ko’rsatkichlari kattaligi Rossiya Federatsiyasi qurilish Davlat Qo’mitasi tomonidan o’rnatiladi. 1995 yilda ko’p hisob – kitoblar uchun Yen – 0,16 qabul qilingan, bunda Tqm = 1/En = 6,2 yilga teng. Yangiliklar va tadbirlar varianti Tqm ≤ Tqm bo’lsa, samarali hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning haqiqiy samaradorligining aniqlash uchun ularni ishlatishdan olingan foydaning o’sishi ko’rinishidagi iqtisodiy samarani asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’sishi bilan taqqoslash kerak.





Bunda:
F1 – asosiy fondlarni tahlil qilayotgan davr oxiriga qiymati;
F0 – asosiy fondlarning bazis davridagi kattaligi.


Kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini har tomonlama tahlil qilish maqsadida olinadigan samaraning ayrim tomonlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar ham hisobga olinadi: solishtirma kapital qo’yilmalar, kapital qaytimi, fond sig’imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi va boshqalar.
Kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rib chiqamiz. Kapital qo’yilmalarning samaradorligi to’rtta bosqichda: kapital qo’yilmalarni rejalashtirishda, kapital qurilish loyihasini tuzishda, qurilish ishlab chiqarishda, ishga tushirilgan quvvatlar va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zlashtirishda shakllanadi.
Rejalashtirish bosqichida – kapital qo’yilmalar tarmoq strukturasini takomillashtirish, ularni birinchi navbatda sanoatning hal etuvchi tarmoqlariga yo’naltirish, kapital qo’yilmalarning tarmoq korxonalarini texnik qayta qurollantirish, rekonstruktsiya qilish va kengaytirishga sarflanadigan ulushini oshirish, kapital qo’yilmalarning ishga tushadigan ob’ektlarda to’planuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni ratsional joylashtirish.
Sanoat ishlab chiqarishini loyihalashtirish bosqichida fan – texnikaning ilg’or yutuqlarini keng qo’llash, tipik loyihalardan keng foydalanish, loyihalashtirishning komplektligi printsipiga amal qilish, sanoat birikmalarini hududiy joylashtirishning ratsional sxemalarini tuzish, bitta hududda korxonalar guruhini birlashtirish:
Sanoat korxonalarini qurish bosqichida – qurilish ishlab chiqarishini har tomonlama industrlashtirish; qurilish – montaj ishlarini tashkil etish va texnologiyasini takomillashtirish; qurilishda ixtisoslashuv va kooperatsiyasi darajasini oshirish; qurilish sifatini oshirish; qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish, boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini takomillashtirish.
Yangi ishga tushgan korxona va ob’ektlardan foydalanish bosqichida – asosiy fondlar va o’zaro bog’liq ishlab chiqarishlarning kompleks ishga solishga erishish; yangi qurilayotgan korxonalar uchun kadrlar va aylanma fondlar elementlarini (xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i) avvaldan tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirilgan texnologiyasini o’z vaqtida o’zlashtirishni tashkil etish;
Kapital qo’yilmalar va asosiy fondlar samaradorligini oshirishning ko’p yo’nalishlari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun umumiydir. Lekin u yoki bu qonuniyatlarining aniq namoyon bo’lishi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotning qanday maqsad uchun yo’naltirilganligi va qo’llanilayotgan mehnat predmetlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. SHuning uchun kapital qo’yilmalar va asosiy fondlardan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning umumiy yo’nalishlarining tahlili bir vaqtning o’zida mavjud, tarmoqlar asosiy fondlari samaradorligini oshirishni ta’minlashi mumkin bo’lgan eng muhim omillar va tadbirlarni belgilovchi alohida tarmoqlarning moddiy texnika xususiyatlarini o’rganish bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, mashinasozlik va metalga ishlov berishda asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning xarakterli ko’rsatkichlaridan biri fond qaytimidir. Uning bir qator omillari mavjud:

  • mashinasozlik tarmoqlari tarmoq strukturasini takomillashtirish (priborsozlik, radiotexnika, elektron sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish), bu ishlab chiqarish jarayonlarini elektron nur va optik metografiya, lazer va ionplazmali jihozlar bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi;

  • asosiy fondlar faol qismining ulushini oshirish va ular texnologik strukturasini yaxshilash;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsientini oshirish;

  • yangi mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish qo’yish muddatlarini qisqartirishga imkoniyat beradigan konstruktorlik xujjatlar (ESKD), texnologik xujjatlar (ESTD) va ishlab chiqarishni texnik tayyorlash (ESTPP) xujjatlarini yagona tizimini qo’llash;

  • yopiq shtamplar, prokatning fasonli turlaridan tayyorlangan aniq quyish va shtamplash uslublari bilan olingan materiallardan detallarni ishlab chiqarish;

Mashinasozlikda ishlab chiqarish intensivlashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri jihozlarni ularning yangi, yuqori unumli turlariga o’z vaqtida almashtirish, tezda qayta sozlanadigan texnologik qurollantirish va jihozlash vositalarini qo’llash, sifatni texnik nazorat qilishning ob’ektiv va faol vositalarini joriy etish, raqamli, dasturli boshqaruvli stanoklardan, «ishlov beruvchi markaz» turkumidagi stanoklardan foydalanish, asosiy va yordamchi operatsiyalarni robotlashtirish. Jihozlardan foydalanish samaradorligini oshirishda mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni qo’llash muhim rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishga, so’zsiz, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishni yaxshilash, jamoaning yuqori natijalariga erishish uchun har bir ishlovchining manfaatdorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish katta taosir ko’rsatadi.
Yangi tashkil etilgan ishlab chiqarishda ishlab chiqarishni intensivlashtirish rezervlarini qidirish va ishga solishga doimiy eotibor beriladi.
Fond qaytimining tahlili, masalan, ushbu ko’rsatkichning o’zgarishi qanday omillar hisobiga yuz berganini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda Fq fond qaytimining o’zgarishi quyidagi aniqlanadi:

∆ Fq = ∆ Q/AFo’y




bunda:
∆ Q – mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi;
AFo’y – asosiy fondlarning o’rtachi yillik qiymati;


Agar asosiy fondlarning o’rtachi yillik qiymati o’zgarsa, hisob – kitoblar quyidagi formula asosida olib boriladi:

∆ Ff = AFo’y · Fq/ AFo’y;


bunda:
∆ Ff – asosiy fondlar o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;
Fq – fond qaytimi;


Kimyo sanoatida kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini oshirish shu bilan bog’liqki, tayyor mahsulot tarmoq asosiy fondlarining tarkibida ishchi mashina va jihozlarning katta ulushini tashkil etgan holda ishlab chiqariladi, ishchi va kuch mashinalari jihozlarining umumiy ulushi faqatgina bitta tarmoq elektroenergetikadagidan kichikdir.
Kimyo sanoati uchun ishlatilayotgan jihozlarning birlik quvvatini oshirish hisobiga amalga oshishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi harakterlidir. TSex darajasida kontsentratsiyaning taosiri fond sig’imi, mehnat sig’imi va material sig’imi ko’rsatkichlarida seziladi. Kimyo sanoatida ishlab chiqarish kontsentratsiyasi ixtisoslashgan ishlab chiqarishlarning qayta ishlash ketma – ket bosqichlari, xom-ashyodan kompleks foydalanish yoki turli kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yagona birlamchi xom-ashyoni ishlatish bo’yicha kombinatsiyalash orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Engil va oziq – ovqat sanoatida kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish birinchi navbatda asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liqdir. Ushbu tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarishning yuqori bo’lmagan fond sig’imi va iqtisodiy ko’rsatkichlarning xom-ashyo miqdori va sifatiga to’liq bog’liqligi xarakterlidir. Xom-ashyo ayrim turlarini qayta ishlashning mavsumiy xarakteri va bu tarmoqlardagi ishlab chiqarishlarning turli – tumanligi ham muhim omillardan bo’lib hisoblanadi.
Bu yerda kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirish yo’nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: asosiy fondlar umumiy strukturasida faol qismining ulushini oshirish; kapital qo’yilmalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya, texnik qayta qurollantirish, jihozlarni modernizatsiya qilishga yo’naltirish; xom-ashyoni qayta ishlash uchun yuqori texnik – iqtisodiy xarakteristikaga ega bo’lgan o’z va chet el jihozlarini qo’llash; texnologik jarayonlarni doimiy tarzda takomillashtirish, kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish.

18-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONA BANKROTLIGI VA TUGATISH JARAYONINI BOSHQARISH





        1. Bankrotlik tushunchasi

        2. Bankrotlikni tashxislash jarayoni

        3. Bankrotlik taomillari



Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar xo’jalik faoliyatini uzluksiz tartibda faol ishlashi qaror qabul qilish jarayoniga bog’liq. Qaror qabul qilish mexanizmini ishlab chiqarish korxonalarida to’g’ri tashkil etilganligi esa uni ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tizimning axborotlarini ishonchliligi va o’z vaqtida yetkazib berilishi bilan tavsiflanadi. Bu tizimining ajralmas qismlaridan biri korxonalarni tashxislash jarayonidir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida korxonalarda, aynan shu tizimni kamchiliklardan holi faoliyat yuritishi korxonaning muvaffaqiyatli biznes kaliti va uni yo’lga qo’yish muhim tadbir ekanligi davr talabiga aylandi. Keyingi vaqtlarda bozorning va umuman iqtisodiyotning tezkorlik bilan o’zgarishi jarayonida korxonalar ham shu tezlikda ildamlik bilan xarakat qilishlari, aks holda esa qarorlarning kech qabul qilinishi natijasida ishlab chiqailgan mahsulotning raqobatbardoshliligini pasayib ketishi ayni haqiqatdir.
Korxona faoliyatiga tahdid solayotgan omillar tashxislash natijasida aniqlanadi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga uzatiladi. Aks holda korxona yaqinlashayotgan inqirozni payqamasdan qo’yib yuborish mumkinki, bu keyinchalik yomon oqibatlarga olib keladi.
Inqirozni korxonaning moliyaviy barqarorligiga qanchalik asosda jiddiy ta’sir qilishini anglash qiyin emas. SHu sababdan ham, inqirozga qarshi boshqaruvning eng birinchi bosqichi, uni vaqtida aniqlash va unga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Inqiroz havfini aniqlash jarayoni tashxislash(diagnostika) deb ataladi.
Global inqiroz davrida tashxislash o’z dolzarbligini yanada oshirdi. Bu uni bevosita maqsadidan ham kelib chiqadi. Tashxislashning maqsadi – o’rganilayotgan ob’ektni holatiga aniq va to’g’ri baho berish, undagi yutuqlarni takomillashtirish, kamchiliklarni tugatish borasida qilinadigan ishlarni strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishdir. SHuningdek, tashxislashning maqsadi korxonaning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatidagi mavjud bo’lgan muammolarni, ularni hosil bo’lish sabablarini aniqlash hisoblanadi.
Vazifasi – korxona tuzilmasini tashkil qiluvchi barcha elementlarga chora-tadbirlar ishlab chiqishdir. SHunday ekan, inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil etishning talablaridan biri ham tashxislash jarayonini tashkil etilish darajasiga bog’liq.
Tashxislash tushunchasi avval tibbiyotda paydo bo’lgan bo’lib, quyidagicha ta’riflanadi: tashxis, diagnoz – kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli haqida vrachlar bergan qisqacha ta’rif, ta’rif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni to’g’ri davolash uchun tashxis aniq qo’yilishi shart. To’g’ri tashxis qo’yish uchun bemorda kasallikning o’tish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan o’rganish va boshqa kasallik belgilariga taqqoslab ko’rish kerak. Tashxisni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qo’shilgan yo’ldosh kasalliklar ham ko’rsatiladi. Erta qo’yilgan (kasallikning boshlang’ich belgilariga ko’ra) klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib, differentsial (farqlash) funktsional (a’zolar funktsiyasini tekshirib)), davo natijalariga qarab qo’yilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa tashxislar farq qiladi. Har qanday kasallikni o’z vaqtida aniqlab to’g’ri tashxis qo’yilgandagina davolash natijasi samarali bo’ladi1.
Kundalik hayotda tashxis so’zini qo’llanilishida biz birinchidan, kimnidir yoki nimanidir tadqiq qilish natijalarini qayd qilishni, ikkinchidan, mazkur natijalarning ko’rsatkichlariga, me’yorlariga va xarakteriga qarab xulosa berishni tushunamiz.
Tashxis qo’yish tashxislash kategoryasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Tashxislash tibbiyot nuqtai nazaridan, kasallikni davolashga mo’ljallangan kompleks choralarni ishlab chiqish uchun kasalikka aniqlik kiritish jarayonidir. SHu kabi korxonalar faoliyatida iqtisodiy-moliyaviy barqarorlik darajasini o’rganishni tashxislash amaliyoti natijasida qo’lga kiritiladi. Tashxis qo’yishni iqtisodiy kategoriya sifatida tushunish uchun avvalo iqtisodchi olimlarni bu haqdagi fikrlarini va qarashlarini o’rganish lozim.
Tashxislashni amalga oshirish uchun korxona holati turli xil uslublar orqali uning faoliyatini ko’p tomonlama baholash va ko’rib chiqish uchun moliyaviy tahlil qilinadi. Tahlilni o’tkazish uchun buxgalteriya hisobotlari bazasi ostida hisoblanadigan moliyaviy ko’rsatkichlardan foydalaniladi2.
Rossiyalik olimlardan Ye.A.Babushkina3 bankrotlik kelish ehtimolini bashorat qilish uchun avvalo uni tashxislash kerakligi haqida aytadi. SHundan so’ng, tashxislashda foydalaniladigan umumiy ko’rsatkichlar haqida fikr yuritadi.
E.P.Jarkovskaya4 esa tashxislashni uning maqsadi asosida yoritib, uni korxona faoliyatidagi muammolarni aniqlashni bajarishi bilan izohlaydi. U ham bu o’rinda alohida ta’rif bermagan bo’lib, tashxislash qachonki, korxonada inqiroz havfi sezilganda amalga oshiriladigan hodisa ekanligiga ishora qiladi. Lekin tashxislashni o’rganish uchun 4 ta tahliliy ko’rsatkichlar sinfiga kiruvchi 30 dan ortiq koeffitsientlar orqali tashxislash mumkinligini beradiki – bu aynan moliyaviy tahlilning o’zidir.
V.I. Orexov va yana bir guruh olimlar: “Inqirozga qarshi boshqaruvni shakllantirish uchun korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyati va undagi debitorlik, kreditorlik qarzlari, xususiy mablag’lar bilan ta’minlanganligi, mavjud va bo’lishi mumkin bo’lgan buyurtmalar, mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talab va korxonani tahlil qilish kerak bo’ladi. Bu inqiroz sababini aniqlashtiradi va uni bartaraf etishga imkoniyat yaratadi”5 deb ma’lum ma’noda tashxislashni tahlil qilish jarayonining aynan o’zi ekanligini ko’rsatib o’tadilar.
N.Yu. Kruglova6 esa tashxislash jarayonini rasmiy va norasmiy talablar asosida bajarilishi va bu talablar bevosita korxona xo’jalik faoliyatni moliyaviy mustahkamligini tahlil qiluvchi koeffitsientlardan iborat ekanligini tushuntiradi.
Yun G.B., Talь G.K., Grigorьev V.V. o’z asarlarida7: tashxislash – bu mashina, organizmlar holatini tavsiflovchi alomatlarni o’rganish, o’rnatish va ularning me’yoriy ish foaliyati rejimini buzilish holatining yuzaga kelishi hamda bo’lishi mumkin bo’lgan og’ishlarni oldinidan aytish tizimi. Korxona holatini tashxislash esa – bu qonunchilik tomonidan belgilangan vaqt ichida korxona to’lov qobilligini tiklay olishligini aniqlash uchun amalga oshirilgan chora-tadbilar kompleksi hisoblanadi deb ta’rif berganlar. Ular ta’riflari davomida tahlilga ham ta’rif berib, uni – hal etish, tarkibiy qismlarga ajratish, muhokama qilish deb tushuntirganlar.
Korxonalar xo’jalik faoliyatni tashxislash jarayoni haqida keng ma’lumot bergan olimlardan biri professor Ya.A.Fomin hisoblanadi. U moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni tashxislashning matematik modellarini ham ilimy yoritib bergan. Uning fikricha8, bankrotlik – bu inqiroz holatining shunday ko’rinishiki, unda firma kreditorlik qarzlarini to’lashga hech qanday imkoniyat qolmaydi va to’lov qobiliyatini o’zining xususiy kapitali hisobiga qoplay olmaydi. SHu sababdan ham, tashxislash inqirozdan avval amalga oshiriladi. U yana shuni ta’kidlab o’tadiki, tashxislash jarayoni korxonaning umumiy hayotiy tsikli bilan bog’liq hodisa bo’lib, u turli jadval va chizmalarda aks etishi kerak.
M.Meskon, M.Alьbert F.Xedourilar tomonidan chop etilgan Amerikaning mashhur maenejmentdan darsligida9 yozilishicha, har bir muammo uchun ratsional qaror uni aniqlashtirish yoki to’liq va to’g’ri tashxislashdan boshlanadi. U inqirozni tashxislash u bilan kurash boshlanishini anglatishini aytib, quyidagi –rasmdagi kabi inqirozga qarshi boshqaruvning tashxislash tizimini qisqartirilgan ko’rinishda tushuntirgan.
-rasmdan ko’rinib turibdiki, korxoning inqirozli holatida tashxislash inqiroz bor yoki yo’qligini angalatadi. Agarda inqiroz bo’lsa, tashxislash jarayonidan boshqaruv qarorlari asosida boshqaruvning inqirozli holatidagi tizimiga o’tiladi va himoya strategiyasini ishlab chiqish hamda qo’llash uchun tezkorlik bilan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tadbirdan so’ng yana tashxislash jarayoni takrorlanadi. Agarda inqiroz bo’lmasa, boshqaruv nazorati davom ettirilaveradi va jarayon birorta alomatni aniqlash davrigacha davom etaveradi. Qaror qabul qilishni ma’lumotlar bilan ta’minlash jarayonida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida tashxislash jarayoni to’xtamasdan faoliyat yuritadi.
Ko’rinib turibdiki, inqirozga qarshi boshqaruvni strategik va taktik vazifalari inqirozni o’z vaqtida tashxislash vazifasiga munosabatan bo’ladi.
Tashxislash o’zida 3 talabni aks ettiradi:

  1. O’z vaqtida inqiroz alomatlarini tan olish;

  2. Tan olish natijalarining ishonchliligi;

  3. Tashxislash jarayonini uzluksizligi.

Inqirozning alomatlari tabiatan turli xil bo’lishi mumkin. Lekin ular kutilmaganda kelib chiqadi. Korporativ boshqaruv bo’yicha taniqli nazariyotchi I.Ansoff ularni strategik kutilmaganliklar deb nomlashni taklif qiladi: “Bu huddi radar tizimi orqali kuzatishga o’xshaydi, ba’zi muammolar kuzatuvchilardan qutulib qoladi, kuzatuvchilar qancha harakat qilmasin ular strategik kutilmaganliklarga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, a) muammo to’satdan va kutilmaganda paydo bo’ladi; b) firmaning oldinigi tajribalarini mavjudligiga qaramasdan u yangi vazifalarni qo’yadi; v) tezkor tadbirlarni qo’llay bilmaslik katta moliyaviy zararga yoki korxonaning foydaga ega bo’lish imkoniyatlarini pasayishiga olib keladi; g) nazorat tadbirlari uchun tezkorlik bilan qaror qabul qilinishi kerak lekin odatda firmadagi tartib bunga yo’l qo’ymaydi”10.
O’tkazilgan tadqiqotlardan ko’rinadiki, korxona faoliyatini tashxislash – bu korxonaning iqtisodiy faoliyatini har tomonlama tahlil qilish, holatni aniqlash va havf-xatarni oldini olishning chora tadbirlarini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar kompleksini o’z ichiga oladi. Tashxislash natijasida boshqaruv shakli va uslubi ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq qilinadi.
Tashxislash – bu boshqaruv emas, balki, boshqaruvning uslubini tanlash vositasidir. Ya’ni, tashxislash amaliyoti natijasida korxona foliyatidagi barcha yaxshi va yomon tomonlar aniqlanadi. Yaxshi taraflar takomillashtiriladi, salbiy holatlar esa bartaraf etiladi. SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda uning ahamiyati katta va u orqali bir ko’rishda ilg’ab bo’lmaydigan holatlar ko’riladi va tadqiq qilinadi.
Korxonaning moliyaviy holatini tashxislashga bo’lgan umumiy yondoshuvlar korxonalarda inqirozli vaziyatlarni sabablarini aniqlash, oldindan oghlantirish va profilaktikasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu tashxislashda inqirozga qarshi boshqaruv texnologiyasinining mavjudligidan dalolat beradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bankrotlik holatidan chiqish va to’lov qobiliyatini tiklash uchun juda ko’p chora-tadbirlardan foydalanadilar. Yuqorida inqirozdan chiqishni davlat tomonidan amalga oshirilish mukin bo’lgan chora-tadbirlarini huquqiy xujjatlari bilan tanishib chiqildi, unda faqatgina xujjatlar strukturasi ko’rildi, endi inqirozga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan amlga oshirilishini, ya’ni “Bankrotlik to’g’risida”gi qonun asosidagi taomillarda ko’rib chiqiladi. Unga asosan bankrotlik taomillari kuzatuv taomilidan to tugatishga doir ish yuritish taomiligacha korxonani holatidan kelib chiqib qo’llanilaveradi. Uni quyidagi rasmda aks ettirish mumkin(4-rasm).
Bankrotlik taomillarini umumiy turkumlaydigan bo’lsak, sanatsiyalash ikkiga bo’linganini ko’rish mumkin:

  • Sud sanatsiyasi;

  • Sudgacha sanatsiya.

Qonunning 3-moddasida keltirilishicha: sudgacha sanatsiya qilish – bu qarzdor yuridik shaxsning muassislari yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash, hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar majmuasidir;
Sud sanatsiyasi esa – xo’jalik sub’ektlari tomonidan qarzdor yuridik shaxaxsga nisbatan to’lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qrazini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o’tkazmagan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili.
Bankrotlikka qarshi tashqi boshqaruv taomili ham ko’p natija beradigan taomillardan biridir.
Tashqi boshqaruv – xo’jalik sub’ektlari tomonidan yuridik shaxslarga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o’tkazgan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Tugatishga doir ish yuritish — xo’jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo’llaniladigan bankrotlik taomili;
Kelishuv bitimi — taraflarning sud nizosini o’zaro yon berish asosida tugatish to’g’risidagi bitimi;
Kuzatuv — xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o’tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo’llaniladigan bankrotlik taomili11.
Taomillar qonuniy tartibda quyidagi bosqichlarda qo’llaniladi. Bankrotlik to’g’risidagi ish xo’jalik sudi tomonidan ko’rib chiqiladi. Bankrotlik to’g’risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo’lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o’ttiz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan qo’zg’atilishi mumkin, pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega. Qarzdor, agar uning ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo’lsa, o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Kuzatuv — sud tomonidan bankrotlik to’g’risidagi ish qo’zg’atilgan kundan boshlab qo’llaniladigan birinchi sud taomilidir. Kuzatuv mol-mulkni saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish maqsadida qo’llanilib, shu bilan birga qarzdorning mulkiy ahvoli yomonlashuvini oldini olish taomili hisoblanadi. Qarzdorning katta hajmdagi mulki va kreditorlarning mavjudligi kuzatuv joriy etilishiga ehtiyoj tug’diradi. Kuzatuv mobaynida muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning talablari reestrini yuritadi (Qonunning 67-moddasi birinchi qismi), qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etadi, qarzdorning majburiyatlari bo’yicha masalalarni hal qiladi, qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligini o’rganadi (Qonunning 69-moddasi birinchi qismi). Aynan u kreditorlarning birinchi yig’ilishiga qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida xabar berishi va korxonaning keyingi taqdirini tanlash uchun hujjatlarni taqdim etishi shart (Qonunning 67-moddasi uchinchi qismi). Kuzatuv birinchi sud majlisi o’tkazilgunga va bankrot korxonaning keyingi taqdiri hal qilingunga qadar amalda bo’ladi. Keyingi taomilni tanlash kreditorlar yig’ilishi fikriga bog’liq bo’ladi. Ushbu sud taomilidan so’ng quyidagi taomillar joriy qilinishi mumkin: sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish yoki kelishuv bitimi. Umumiy qoida bo’yicha kuzatuv uch oydan ortiq bo’lmagan muddat cho’zilishi mumkin (Qonunning 49-moddasi), lekin alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Biroq, ishni o’z vaqtida hal qilish maqsadida muvaqqat boshqaruvchi tomonidan barcha tartib-qoidalarga amal qilgan holda kuzatuv qisqa muddatlarda olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Kuzatuv taomili shaxsning soddalashtirilgan bankrotlik taolmillarida qo’llanilmaydi (Qonunning 186-moddasi ikkinchi qismi, 189-moddasi ikkinchi qismi), chunki kuzatish taomilini o’tkazish uchun qonunda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati mavjud bo’lmaydi va tugatishga doir ish yuritishdan o’zga taomilni tanlash imkoniyati bo’lmaydi. Kuzatuv shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda ham qo’llanilmaydi.
Sud sanatsiyasi — tiklash tusidagi taomil hisoblanib, qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxslarning qarzdor korxonani to’lovga qobiliyatliligini tiklash va qarzdor faoliyatini boshqarishni qarzdor rahbarining o’zida g’oldirish yo’li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirish maqsadida murojaat qilish natijasida kreditorlar yig’ilishi tomonidan qabul qilingan qaror asosida xo’jalik sudi tomonidan joriy etiladi. Ushbu taomil qarzdorning to’lovga qobiliyatlilik holatini tegishli choralar qo’llash yordamida tiklashning iloji bo’lsa hamda bankrotlikning sababi qarzdor rahbarining boshqaruvchanlik qobiliyati bilan bog’liq bo’lmagan bo’lsa, o’z maqsadiga yetishishi mumkin. Boshqaruvchining boshqaruv chanlik qobiliyatiga nisbatan gumon mavjud bo’lgan taqdirda Ushbu chorani qo’llash maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Sud sanatsiyasi joriy etilgan vaqtdan e’tiboran muassislar (ishtirokchilar), qarzdor molmulkining egasi o’zlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xo’jalik yuritishga oid bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullanishga yoki mulkning boshqa shaxsga o’tkazilishiga yo’l g’o’ymaslik maqsadida qarzdor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishlari kerak. Sud sanatsiyasi xo’jalik sudi kuzatuvi va sanatsiya g’iluvchi boshqaruvchi harakatlari ustidan nazorat ostida amalga oshiriladi. Xo’jalik sudi qarzlarni to’lash bo’yicha jadvalni tasdiqlaydi va unga o’zgartirishlar kiritadi, sanatsiya taomilida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni (shikoyatlarni), sanatsiya g’iluvchi boshqaruvchi hisobotini ko’rib chig’adi. Sud sanatsiyasi yigirma to’rt oygacha bo’lgan muddatda qo’llaniladi. Sud sanatsiyasini joriy etish haqida qarzdor bo’lmagan boshqa shaxslar murojaat g’ilsa uni joriy etishning sharti sifatida ushbu shaxslar hisobiga qarzdor majburiyatlari bajarilishini ta’minlash va qarzlarni to’lash bo’yicha reja va jadval tasdiqlash hisoblanadi. Majburiyatlarni bajarish bo’yicha asosiy majburiyat qarzdorga yuklatiladi, ta’minot bergan boshqa shaxslarning majburiyatlari sud tomonidan sudgacha sanatsiya qilishni to’xtatish yoki tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilingandan so’ng vujudga keladi (Qonunning 88-moddasi birinchi qismi).
Kelishuv bitim — miqdor, ijro etish tartibi va boshqalar bo’yicha o’zaro murosalar asosida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish bo’yicha kreditorlar va qarzdorlar o’rtasida kelishuvga erishilganda xo’jalik sudi tomonidan qo’llaniladigan taomildir. Kelishuv bitimi bankrotlik to’g’risidagi ishlarning har qanday bosqichida kreditorlar yig’ilishining barcha kreditorlar umumiy ovozining ko’pchilik ovoz berishi orqali qabul qilingan qarori asosida tuzilishi mumkin. Xo’jalik sudi kelishuv bitimini Qonunning VIII bobida belgilab qo’yilgan shartlarning taraflar tomonidan bajarilishi, garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bo’yicha barcha kreditorlarning roziligi, Qonunning 134-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan barcha talablarning qondirilishi hamda ish haqi bo’yicha barcha qarzdorlikni to’lanishidan so’ng tasdig’lashi mumkin.
Kelishuv bitimining aksariyat kreditorlar va garovga oluvchilar rozi bo’ladigan shartlarini ko’rib chiqish va qabul qilish juda muhim, chunki bu kelishuv natijasida bankrotlik to’g’risidagi ish tugatiladi hamda keyinchalik shu orqali ancha murakkab bo’lgan bankrotlik taomilining oldini olish mumkin. Agar qarzdorning kreditorlari soni ko’p bo’lsa, u holda kelishuv bitimini tuzishda yirik kreditorlarning fikri muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’atto kelishuv bitimi qabul qilingandan so’ng ham, uni haqig’iy emas deb topish uchun asoslar bo’lganda, ya’ni kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzallik berilishini yoki ayrim kreditorlarning hug’ug’lari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarga ega bo’lsa, u tegishli ariza asosida haqig’iy emas deb topilishi mumkin (Qonunning 153-moddasi), bunday holda ish qayta tiklanishi mumkin.
Kelishuv bitimini — tiklash ko’rinishidagi taomil deb ham hisoblanadi, chunki ish yuritish tugatiladi, qarzdor tashkilot esa o’z faoliyatini davom ettirishi va tiklanishi mumkin. Lekin, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomillaridan farqli ravishda kelishuv bitimini tuzish uchun qandaydir reja yoki jadval tuzish talab etilmaydi. SHuningdek, kelishuv bitimining qabul qilinishi va ishning tugatilishi bilan sud boshqaruvchisining vakolatlari ham tugatiladi va kelishuv bitimi talablarining bajarilishi sud tomonidan nazorat qilinmaydi. SHuning uchun qarzdor tomonidan kelishuvning biror-bir sharti bajarilmasligi xavfi mavjud bo’lganda, kreditorlar qarzdorni o’ziga olgan majburiyatlarni bajarish yuzasidan faoliyati ustidan nazoratni o’z qo’llariga olishlari lozim. Ammo shu o’rinda kreditorlar shuni anglashlari kerakki, kelishuv bitimining shartlari bajarilmasa, ular o’z talablarini qoniqtira olmaydilar, shuning uchun uni tuzishga rozilik berishning foydasi yo’q.
Tashqi boshqaruv — kreditorlar yig’ilishining qaroriga yoki bankrotlik to’g’risidagi ish bo’yicha davlat organining arizasiga binoan xo’jalik sudi tomonidan kiritiladigan tiklash tusidagi taomil. Tashqi boshqaruv yigirma to’rt oygacha muddatga joriy etiladi (91-modda uchinchi qism). Tashqi boshqaruvning maqsadi ham qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash, kreditorlar talablarini qanoatlantirishdir. Bunda yuridik shaxsni boshqarish va uning mulkini tasarruf etish bo’yicha qarzdor rahbari vakolatlarini majburiy ravishda tashqi boshqaruvchiga beriladi. Tashqi boshqaruv maqsadlariga tashqi boshqaruvchi tomonidan o’tkaziladigan g’ator tiklashga g’aratilgan tadbirlar natijasida erishilishi mumkin. Rahbarni chetlatishga va qarzdor faoliyatini boshqarish bo’yicha vakolatlarni sud boshqaruvchisiga berish uchun zarurat bo’lgan taqdirda, masalan, qarzdor rahbari tomonidan qarzdor mol-mulkini maqsadga nomuvofiq boshqarilishi og’ibatida qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli nochor bo’lib g’olganda, tashqi boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, qarzdorning rahbari ega bo’lgan ishlarni boshqarish bo’yicha «nou-xau»ni korxona uchun joriy qilish zarur bo’lganda tashqi boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiq emas. CHunki, tashqi boshqaruv jarayonida mavjud insoniy munosabatlar va ularning izchilligi bilan bog’liq afzalliklardan foydalanish birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Tashqi boshqaruv joriy etilgandan keyin joriy to’lovlar bo’yicha va mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chig’uvchi va boshqa talablardan tashg’ari (93-moddaning birinchi, beshinchi va oltinchi qismlari) kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga moratoriy o’rnatiladi, shu sababdan bunday talablari ko’p miqdorda bo’lganda tashqi boshqaruvni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Talablarni qanoatlantirishning ikkita asosiy usuli mavjud:

  • Tashqi boshqaruv rejasining bajarilishi natijasida to’lov qobiliyati tiklangan sari muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisobkitoblarni boshlash to’g’risidagi xo’jalik sudining ajrimi asosida kreditorlar talabini qanoatlantirish (Qonunning 120-moddasi);

  • Sudning tashqi boshqaruvni tugatish va kreditorlar bilan hisobkitoblarga o’tish to’g’risidagi ajrimiga asosan, barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblar olib borishi (Qonunning 119-moddasi).

Tugatishga doir ish yuritish — sudning qarzdorni bankrot deb topish to’g’risida qarori e’lon qilingan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdan boshlanadigan taomildir (Qonunning 124-moddasi birinchi qism). Bunday holda qarzdor mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish huquqidan mahrum bo’ladi (Qonunning 125-moddasi uchinchi qism). Ushbu taomilni tugatish boshqaruvchisi olib boradi, tugatishga doir ish yuritishning umumiy muddati bir yil qilib belgilangan (Qonunning 124-moddasi ikkinchi qism).
Mazkur taomilning maqsadi qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish hamda tashkilotni tugatish yo’li bilan kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirishdan iboratdir. Qarzdor tomonidan mol-mulkni yashirish yoki o’zga shaxsga taqdim etish yo’li bilan keltirilishi mumkin bo’lgan to’sig’larni oldini olish mag’sadida tugatuvchi boshqaruvchi barcha buxgalteriya hujjatlarini, muhrlarni, shtamplarni qarzdorning oldingi boshqaruvchisi g’o’lidan o’z yurituviga oladi, kreditor talablari reestrini yuritadi (Qonunning 128-moddasi to’rtinchi qism yettinchi xatboshisi), kechiktirmagan holda mulkni inventarizatsiya qiladi va baholaydi hamda tugatish rejasini qabul qiladi (Qonunning 131-moddasi birinchi qismi), tugatish rejasini tuzib chig’adi (Qonunning 129-moddasi). Tugatish rejasida bankrotning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ma’lumotlar, talablarni qanoatlantirish shartlari, mol-mulkni sotish tartibi aks ettirilgan bo’lishi zarur. Reja umumiy talablar yiG’indisining 3/2 qismini tashkil g’iluvchi kreditorlar tomonidan tasdig’lanishi shartligi sababli, rejani ishlab chiqishda kreditorlarning fikrlari hisobga olinishi zarur. Mol-mulk realizatsiyasini adolatli va qonuniyligini ta’minlash maqsadida realizatsiya ochig’ kimoshdi savdosi orqali o’tkaziladi (Qonunning 135—137- moddalari).
Tugatishga doir ish yuritish tamomlanganda mol-mulk sotilgandan keyin kreditorlar o’z talablarining to’liq yoki qisman qanoatlantirilishidan qat’i nazar kreditorlarning barcha talablari qondirilgan deb hisoblanadi (Qonunning 138-moddasi beshinchi qismi). SHu bilan bir qatorda tugatishga doir ish yuritish xo’jalik faoliyatini davom ettirish imkoniyati bo’lgan taqdirda kelishuv bitimini tuzish yoki kreditorlar talabini to’liq qanoatlantirish orqali tugatilishi mumkin, shuningdek qarzdorning qarzini to’lash imkoniyati tiklangan taqdirda tashqi boshqaruvga o’tish imkoniyati ham mavjud bo’ladi.
SHarhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida yakka tartibdagi qarzdorga nisbatan qo’llaniladigan taomillar sanab o’tiladi: bu faqat kelishuv bitimi yoki tugatishga doir ish yuritishdir. Kelishuv bitimi yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan bankrotlik to’g’risidagi ishni mazkur tadbirkor hamda kreditor o’rtasida o’zaro murosaga kelish asosida tugatish maqsadida tuziladi. Kelishuv bitimini tuzish uchun kreditorlar tomonidan kreditorlar yig’ilishida barcha kreditorlar umumiy sonining ko’pchiligini tashkil etuvchi kreditorlar, shuningdek talabi garov bilan kafolatlangan barcha kreditorlar roziligi olinishi lozim (Qonunning 145-moddasining ikkinchi qismi).
Kelishuv bitimi o’zida tiklash ko’rinishidagi taomilni aks ettirib, albatta yozma shaklda tuzilishi lozim (Qonunning 147-moddasining birinchi qismi) va xo’jalik sudi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi (Qonunning 145-moddasining oltinchi qismi). yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan kuzatuv taomili qo’llanilmasligi tufayli, kreditorlarni belgilashda ma’lum bir qiyinchiliklar mavjud. Xususan, Qonunning 182-moddasida belgilanishicha, kreditorlar va ularning talablari miqdori sud tomonidan belgilanadi. yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan sudgacha sanatsiya qilish yoki tashqi boshqaruv taomillari ham qo’llanilmasligi tufayli uni tiklashga fag’at kelishuv bitimi tufayli erishish mumkin. Kelishuv bitimi bankrotlik to’g’risidagi ish yuritishning istalgan bosqichida tuzilishi mumkin bo’lsada (Qonunning 145-moddasining birinchi qismi), lekin uni tuzish imkoniyati har doim ham bo’lavermaydi. SHuning uchun o’z ishini tiklamog’chi bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkor kelishuv bitimini tuzishda va ular bilan muzokaralarga tayyorlanishda kreditorlarning fikri va pozitsiyasini sinchkovlik bilan o’rganib chiqishi zarur.
Yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan tugatishga doir ish yuritish taomilini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Kreditorlarning e’tirozlari bo’lmagan taqdirda sud tomonidan tadbirkorning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qarzni uzish rejasi tasdiqlanishi mumkin (Qonunning 176-moddasi ikkinchi qism). Bu holda kreditorlar talabini qanoatlantirish maqsadida ish yuritish ikki oygacha bo’lgan muddatga to’xtatilishi mumkin. Agar mazkur rejani bajarish asosida kreditorlarning barcha talablari g’ondirilsa, bankrotlik to’g’risidagi ish yuritish tugatiladi (Qonunning 176-moddasi beshinchi qismi). SHu yo’l orqali qarzdor o’zini bankrot deb topish holatidan g’utilishi va tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi mumkin. Qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklanishi fag’atgina haqig’iy amalga oshirish imkoniyati bo’lgan qarzlarni uzish rejasi mavjudligiga bog’liq bo’lganligi uchun yakka tartibdagi tadbirkor qarzdor mazkur rejani amalga oshirish mumkin-mumkin emasligini e’tiborga olishi kerak.

TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR


Asosiy adabiyotlar



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.– T.:O’zbekiston, 2010.

  2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. – 56 b.

  3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: O’zbekiston, 2010. – 80 b.

  4. Abdukarimov B.A., Jabriev A.N. va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti. – T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. “Fan nashriyoti”.Darslik. 2005.

  5. Ziyavitdinova N.M., O’rinov Y.M., Hayitov SH.N. Menejment. Tafakkur bo’stoni. T.:2012.

  6. Zaynutdinov SH.N. va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. T., Moliya, 2002

  7. Meskon M., Albert M., Franklin X. Osnovы menedjmenta. - M.: Delo, 1997.- 466 s.

  8. Ulashev I.O., Atamuradov SH.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. Tafakur bo’stoni. O’quv qo’llanma. T.:2013. 232 b.

  9. SHarifxo’jaev M, Abdullaev Yo. Menejment. - T.: O’qituvchi, 2002.

Qo’shimcha adabiyotlar



  1. Vixanskiy O. S., Naumov A. I. Menedjment. Uchebnik. M.: Gardariki, 2003.

  2. Gorfinkelya V.Ya, prof. SHvandara V.A. Ekonomika predpriyatiya. Uchebnoe posobie. – M.:YuNITI-DANA, 2008, 718 str

  3. Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi. Darslik. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: CHo’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2012 – 240 b.

  4. Nurimbetov R.I.Menejment. Amaliy mashqlar. Musiqa nashriyoti. T.:2007.

  5. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi nashriyoti. T.:2004.

  6. Sobirjonova D., Sulaymonov B. Menejment. O’quv qo’llanma (bakalavriat uchun) Toshkent “Iqtisod-moliya” – 2008. – 217 b.

Internet saytlari



  1. http://lex.uz– O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

  2. http://www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining Xukumat portali.

  3. http://www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim tarmog’i.



1 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 8-jild. Solnoma-To’ytepa. Tahrir Hay’ati: A.Azizxo’jaev, M.Aminov, T.Daminov va b. T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 704 b. (306-bet)

2 Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie: konspekt lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova, L.S.Vereshagina. – M.: Eksmo, 2008. – 160 s. – (Ekzamen v karmane)

3 Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie: konspekt lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova, L.S.Vereshagina. – M.: Eksmo, 2008. – 160 s. – (Ekzamen v karmane)

4 Jarkovskaya Yelena Pavlovna Antikrizisnoe upravleniya: Uchebnik – 4-e izd., - M.: Omega – 2007.– 365 s.

5 Orexov V.I., Baldin K.V., Gaponenko N.P. Antikrizisnoe upravlenie: Uchebnik.-M.:INFRA-M, 2006. – 544 s. – (Vыsshee obrazovanie)

6 Kruglova N.Yu. Antikrizisnoe upravlenie: uchebnoe posobie / N.Yu.Kruglova. – M.:KNORUS, 2009. – 512 s.

7 Yun G.B., Tal G.K., Grigorev V.V. Slovar po antikrizisnomu upravleniyu. – M.: Delo, 2003.448 s.

8 Fomin Ya.A. Diagnostika krizisnogosostoyaniya predpriyatiya: Ucheb. Posobie dlya vuzov. – M.: YuNITI – DANA, 2003. – 349 s.

9 Meskon M., Albert M., Xedouri F. Osnovы menedjmenta. – M.: Delo, 1998

10 Ansoff I. Strategicheskoe upravlenie: Sokr.per.s: angl./pod nauch.red. L.I.Evenko. – M.:Ekonomika, 1989.

11 O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”(yangi tahrirda)gi qonuni. – T.: “O’qituvchi”. – 2003


Download 383,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish