Kambarov jamoliddin xikmatillayevich korxonani boshqarish



Download 383,99 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2022
Hajmi383,99 Kb.
#681681
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Корхонанги бошқариш УМК(1)





KAMBAROV JAMOLIDDIN XIKMATILLAYEVICH

KORXONANI BOSHQARISH


FANIDAN
AMALIY MASHG’ULOTLARDA FOYDALANISH UCHUN KEYSLAR VA MASALA MASHQLAR BAJARISHGA DOIR


USLUBIY QO’LLANMA




2018

KAMBAROV JAMOLIDDIN XIKMATILLAYEVICH

KORXONANI BOSHQARISH

FANIDAN
AMALIY MASHG’ULOTLARDA FOYDALANISH UCHUN KEYSLAR VA MASALA MASHQLAR BAJARISHGA DOIR


USLUBIY QO’LLANMA


Farg’ona-2018 йил



«TASDIQLANGAN»
«Ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti uslubiy kengashi raisi
___________ I.T. Yormatov
«___» _________ 2017 y.



«TASDIQLANGAN»
Farg’ona politexnika instituti
uslubiy kengashi raisi
___________ __________________
«___» _________ 2017 y.





















«TAVSIYA ETILGAN»
«Menejment» kafedrasi
majlisi raisi__________ Yu.S. Shokirova
(kafedra majlisining № ____ sonli bayonnomasi
«___» _______________ 2017 yil)






Taqrizchilar:


E. Mo’minova i.f.n. – FarPI “Iqtisodiyot” kafedrasi kata o’qituvchisi
A. Tojimatov – Farg’ona soliq kolleji o’qituvchisi

Tuzuvchi:


i.f.n. J.X. Kambarov. «Korxonani boshqarish» fanidan (Amaliy mashg’ulotlarni bajarishga doir uslubiy ko’rsatma). FarPI, 2018 yil.

KIRISH
Ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy iqtisodiyotning kichik yacheykasi bo’libgina qolmasdan, uni harakatga keltiruvchi kuch va o’sishni ta’minlovchi asosiy omil sifatida qarali. Korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalasi qadimdan iqtisodiyot va boshqaruv sohasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. CHunki, korxonadagi asosiy omil hisoblangan mehnat va u tomonidan boshqariladigan resurslar jamiyatning o’zigarib borish jarayonida muntazam takomillashib yangi innovatsion yondoshuvlarni o’zida mujjasam etib kelmoqda.


Korxonada ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ishlarni bajarish masalalari mehnat resurslari, asosiy vositalar, aylanma mablag’lar, axborot va kommunikatsiya, shuningdek, tadbirkorlik g’oyalariga tayangan holda hal etib kelinadi. Sababi, korxona faoliyatining borishi va boshqarilishi aynan shu resurslarni boshqarish bilan olib boriladi.
Korxonani boshqarish masalasi o’zining dolzarbligini shu davrga qadar yo’qotmay kelishiga yana ta’sir etuvchi omillardan biri, bozor kuchlarining harakatini ham to’xtovsiz o’sib borishidir. Bozordagi narx-navo, raqobat, iste’molchilar va Hukumatning me’yorlari korxonalarni muntazam o’z ustida ishlab borishi va rivojlanishiga undovchi turtki vazifasini bajaradi.
Ushbu fan 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishiga talaba tanlovi fanlari sifatida kiritilgan bo’lib, korxonani boshqarish bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha talabalar bilimini oshirishga qaratilgan.

O’quv fanining maqsadi va vazifalari


Talabalarda korxonani boshqarishning zamonaviy nazariyalari haqida tushuncha hosil qilish, korxonada mavjud bo’lgan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar, va boshqa aktivlarni samarali boshqarishni o’rgatish, zamonaviy korxonalarning korxonani boshqarish sohasidagi tajribalari bilan tanishish, mehnat resurslarini va korxona majburiyatlarini samarali boshqarishning usullarini o’zlashtirib borish ushbu fanning asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib fan quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Zamonaviy korxonalarning boshqaruv kontseptsiyalarini o’rgatish.

  • Korxonada mavjud bo’lgan, aktivlar va passivlar, shuningdek, boshqa resurslarni samarali boshqarish yo’llarini tanishtirish.

  • Korxona faoliyatini tashkil etish, biznes rejalarini tuzish hamda korxonani tashkil etish bo’yicha fundamental masalalarni tushuntirish.

  • Korxona hodimlariga ish haqi belgilash va shu orqali ularni samarali boshqaruv yo’nalishlari bo’yicha faoliyatlarini tartibga solishning zamonavyi usullarini tushuntirish.

  • Korxonani mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida davlat iqtisodiyotiga va boshqa tarmoqlarga ta’sirini baholash va o’rganish.

  • Talabalarda ushbu soha bo’yicha kerakli bilimlarni shakllantirish.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma, malakasiga qo’yiladigan talablar
a) Ushbu fanni o’zlashtirilishi natijasida talabalar quyidagi masalalarni bilishi kerak:

  • Korxona tushunchasi va uni iqtisodiyotga ta’siri.

  • Korxonaning axborot ta’minoti.

  • Korxonadagi mavjud resurlar va ularning korxona faoliyatiga ta’siri.

  • Korxonalardagi ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari.

  • Korxona nazariyalari.

  • Korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy usullari.

  • Korxonada xo’jalik jarayonlarini nazorat qilish.

  • Korxona faoliyati samaradorligi.

b) Fanni o’zlashtirish natijasida talabalar quyidagilarni bajarishlari lozim:

  • Korxonalar xo’jalik faoliyatidagi resurslarning bir-biridan farqini ajrata bilish;

  • Korxona faoliyatini tashkil etishda aniq yo’nalishni topa bilish va faoliyatiga qarab qanday korxonalarni tashkil etishni bilishi;

  • Korxona ishchilariga belgilanadigan va hisoblanadigan ish haqini tushunishi va o’zi hisoblay bilishi;

  • Korxonaning davlat strukturasi va boshqa tashqi muhit bilan aloqalarini tushunishi;

  • Korxona faoliyatini rejalashtirishning fundamental asoslarini bajara olishi.

v) Talabalar tasavvurga ega bo’lishi kerak:

  • korxona va tashkilotlarning boshqaruv tizimi;

  • quyi, o’rta va yuqori pog’ona menejerlari va ularning mas’uliyati va javobgarligi o’rtasidagi farq;

  • korxona va tashkilotlarning funktsional vazifalari, asosiy maqsadi va ishlarni amalga oshirish mexanzmi;

  • tashkilot va korxonalar ierarxiyasi;

  • korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish vakolati, maks’uliyati va javobgarligi.

  • Korxonalarning bozor bilan olib boradigan faoliyati va aloqalari.

Talabalar kursni uzlashtirishda ularga qo’yilgan talablarni yaxshi bilishlari kerak. Menejment (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishini bitirib chiquvchi bakalavrlar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarida faoliyat olib boradilar. SHu sababli korxonada qabul qilinadigan qarorlar, korxona boshqaruv tizimi, unga ta’sir etuvchi omillar, korxona resurslarining joylashuvi, korxonada ta’minot tizimining tashkil etilganligi va tovarlariga bo’lgan ehtiyojning hisob-kitoblari, ularning mohiyati va xarakterini puxta o’zlashtirib olishlari zarur.

1-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANI MUSTAQIL XO’JALIK SUB’EKTI SIFATIDA BOSHQARISHNING O’ZIGA XOS TOMONLARI (2 SOAT)



  1. Korxona tushunchasi va uni iqtisodiyotdagi o’rni

  2. Korxona faoliyatini boshqarishning maqsadi

  3. Raqobat sharoitida korxonani boshqarish



Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin:

  • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;

  • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

  • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo’g’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta’minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun birinchi o’rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo’ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to’laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar.
Korxona o’ziga xos bo’lgan ma’lum xususiyatlarga ega:

  • birinchidan, korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;

  • ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo’ladi;

  • uchinchidan, korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;

  • to’rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;

  • beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;

  • oltinchidan, korxona o’z nomiga ega bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o’z aksini topadi.

Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo’ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo’ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat) larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko’zga ko’rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o’zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko’rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag’lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Ichki muhitning o’zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo’ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko’rsatiladi, ya’ni to’g’ri yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash faoliyati yuzaga keladi.
Korxonalarning tashqi muxit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg’ining o’z vaqtida etkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste’molchilari, xom ashyo va boshqa material etkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o’rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talablarini aniqlash;

  • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

  • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

  • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

  • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko’rsatish va hokazolarni boshqarish.

Albatta, zamonaviy korxonalarning ko’p qirrali faoliyati yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to’ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o’tilganlardan qat’i nazar, xo’jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

  • korxona egasining daromad olishi;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

  • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

  • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;

  • mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish;

  • sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;

  • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

  • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;

  • soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to’lovlarni amalga oshirish;

  • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.

Bu funktsiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funktsiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko’rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo’llash mumkin bo’lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan.
Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo’lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumikn.
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi; ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog’liq bo’ladi.
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko’mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo) sohalariga mansub bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko’rinishiga ko’ra, korxonalar sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo’linadi.
Texnologik umumiyligiga ko’ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo’linadi.
Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko’ra, korxonalar mavsumiy va yil bo’yi faoliyat yurituvchilarga bo’linadi.
Hajmiga ko’ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog’ining o’rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo’lgan hamda xizmat ko’rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o’rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo’lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.
Kichik korxona hisoblanadi:

  • engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan;

  • mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;

  • fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.

Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo’linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o’rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko’ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo’linishi mumkin.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko’ra, korxonalar to’liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo’l-mashina va faqat qo’l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo’linadi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo’shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo’lishiga olib keldi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko’rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo’yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo’jalik huquqi normalarida ko’zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo’lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog’liq bo’lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko’rinishlari xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.
Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo’lib, ular o’zlariga biriktirib qo’yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko’ra ham tasniflanadi.
Xo’jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo’lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o’zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko’maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko’rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo’ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o’z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo’jalik o’rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo’lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik (kommandit o’rtoqligi) ko’rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo’ladi.
Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi.
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko’rsatmoqda.
Nizom jamg’armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko’rishlari mumkin.
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo’jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.
Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo’jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo’ladi.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi.
Asosiy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar tsexi).
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko’rsatuvchi tsex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo) tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv tsexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir tsex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor tsexi, shassi tsexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:

  • texnika va texnologiyaning xususiyatlari;

  • ishlab chiqarish hajmi;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;

  • mulk shakli;

  • raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.

Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.


1-masala. Tadbirkor g’oyasiga muvofiq, non mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha kichik korxona tuzish ko’zda tutilgan. Ushbu loyihada quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi:
Investitsion loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushum - 116 mln so’m.
To’liq xarajatlar-25 mln so’m.
shu jumladan:
o’zgaruvchan xarajatlar – 14 mln so’m,
doimiy xarajatlar – 11 mln so’m.
Topish kerak:
Ushbu loyihani zarasizligini hisoblab chiqing.


2-masala. Avtomashinalarni ta’mirlash bo’yicha xususiy korxona tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha integral effekti (NPVK) oldindan hisoblab chiqilgan 5 ta stsenariyni o’z ichiga oladi, ularni amalga oshirishning ehtimolligi koeffitsenti (PK) keltirilgan.






NPVK (mln. so’m)

PK

№1 stsenariy

8,5

0,2

№2 stsenariy

3,24

0,3

№3 stsenariy

-0,5

0,2

№4 stsenariy

2,5

0,2

№5 stsenariy

-1

0,1



Topish kerak :
Loyiha bo’yicha kutilayotgan umumiy integral effekt.
Loyihaning samara bermaslik tavakkalchiligi.
Loyihani amalga oshirishdan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararning o’rtacha miqdori.
Barcha hisob-kitoblarni bir jadvalga umumlashtiring.
1-test masala. V. ismli fuqaro, oylik maoshi 50 ming so’m bo’lgan muxandis lavozimidan voz kechib, kichik korxona tashkil etdi va buning uchun 150 ming so’m miqdoridagi shaxsiy jamg’armasini sarfladi. Bundan tashqari u 500 ming so’m miqdorida kredit olib, uning 300 ming so’mini asbob uskunalar sotib olishga sarfladi. Agar olingan kredit bo’yicha yillik foiz 200 % ni, fuqarolar jamg’armalari bo’yicha esa 120% ni tashkil etsa, iqtisodiy va buxgalteriya xarajatlari miqdori qanchani tashkil etadi? quyidagi keltirilgan javoblardan to’g’ri variantni tanlang.
A) 1,7 mln va 1,65 mln.
B) 0,650 mln va 1,5 mln.
V) 1,5 mln va 0,5 mln.
G) 2,43 mln va 1,65 mln.

AMALIY MASHG’ULOT UCHUN SAVOLLAR



  1. Yangi korxonalarni tashkil etish – iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning muhim sharti.

  2. Yangi korxonalarni tashkil etishning asosiy maqsad va tamoyillari.

  3. Korxonalarni tuzish qo’llaniladigan ta’sis hujjatlari va ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibi.

  4. Korxonalar faoliyatini to’xtatishning asosiy sabablari.

  5. Tarkibiy o’zgarishlar (restrukturizatsiya) va uning korxona iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi roli.

3-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHNI BOSHQARISH (2 SOAT)

  1. Rejalashtirishning boshqaruvning aniq funktsiyasi sifatida

  2. Rejalashtirish asoslari

  3. Korxonani rivojlanish rejasining asosiy bo’limlari

  4. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va boshqarish



O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin korxona iqtisodiyotini boshqarishni tubdan o‘zgartirish asosiy muammolardan biriga aylandi.
Hozirgi sharoitda respublika korxonalari va tashkilotlarida boshqaruv rolining oshib borishi kuyilagi omillar bilan belgilanadi:

  • bozor iqgisodiyotining barpo qilinishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan turli mulk shakllarining vujudga kelishi (davlat, xususiy, aksioner jamiyatlar, ko‘shma korxonalar, mahalla va hokazolar);

  • xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini vujudga kelishi (aksioner jamiyatlar, konsern, konsorsium, xususiy korxonalar va
    hokazo);

- iqtisodiyotimiz hajmining o‘sishi, undagi sifatli o‘zgarishlar, sanoatimiz ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulotlarni
ishlab chiqarishi, fan-texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llashning keng avj olishi;
- xo‘jalik yuritishni noiqtisodiy yo‘nalishlari rolining oshib borishi (ijtimoiy mehyorlar, istehmol mezonlari, atrofdagi muxit muammolari va hokazo);
- bilim hajmining oshishi va ularni tuzilishining o‘zgarishi, yangi fan sohalarining paydo bo‘lishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini kuchaytirilishi;
-mustaqillik natijasida ulkan darajada odamlarni mehnat faoliyatlari doirasini kengaytirilishi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarini xilma-xilligini ko‘paytirishi;

  • bozor sharoitida boshqaruv tizimining o‘zidagi o‘zgarishlar hamma sohalarda demokratik tamoyillarning kirib kelishi.

Mag‘lumki, yuqorida qayd qilingan ijtimoiy-iqgisodiy jarayonlar ixtiyoriy ravishda, o‘z-o‘zicha kechmaydi. Ularni tartibga solish, muvofiqlashtirish, yo‘naltirish uchun boshqaruv zaruriyati tug‘iladi.
Uz-o‘zidan ma’lumki iqtisodiyotni boshqaruv, jumladan korxonalarni boshqarish tushunchalari kundalik hayotda bizning tanish hodisa va voqealardir. Kundalik hayotimizda insonlar uni ko‘radi, his qiladi. Ba’zi bir jarayonlar insonlarning xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda harakat qiladi. Ayniqsa, bu hol tabiatda ko‘proq sodir bo‘lib turadi. Ushbu jarayonlar fizik va biologik qonunlar asosida amal qiladi. SHu bilan birga tabiat va jamiyatda inson ta’siri natijasida uning harakatini bir maqsadga qarab yo‘naltirish mumkin bo‘lgan jarayonlar kechadi. Masalan, odamlar daryo oqimini o‘zgartiradi, bulutlarni tarqatadi, ishlab chiqarishni tashkil qiladi, yangi obg‘ektlar barpo qiladi, o‘zi xohlagan tomonga qarab transport vositalari harakatini yo‘naltiradi, mehnat jamoalarini ishga undaydi, mablag‘larni taqsimlaydi, insonlarning mahnaviy hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Bunday holatlarda insonlarning voqealar jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi. Boshqaruv tushunchasi aynan ana shu ma’nolardan kelib chiqadi.
Shunday qilib, boshqaruvni alohida bir faoliyatning turiga aylanishi iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu bosqich mexnat taqsimoti va uning ixtisoslashishi, ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarining murakkablashishi bilan xarakterlanadi. Xuddi shu vaziyatda ularni tartibga solish va muvofiqlashtirish zaruriyati ko‘ndalang bo‘lib turadi. Bunday sharoitda ularni boshqarib turadigan rahbar xodimlarga talab paydo bo‘ldi.
Boshqaruv tushunchasining nazariy jihatdan taxlil qilinishi bizga bevosita korxonalarni boshqarish masalasiga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Korxonalarni boshqaruv bir qator xususiyatlarga ega.
1. Qaysi mulk shakliga asoslanganligiga qaramasdan korxonalarni boshqarish o‘zining murakkabligi va alohida xususiyatlarga ega bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Korxonaning tarkibida mehnat taqsimoti asosida aloxida guruhlar tashkil qilinib, har biri o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqqan vazifalarni bajaradi. Ushbu guruh maqsadlari korxona va jamiyat maqsadlari bilan zid kelmasligi kerak. Ularni nazorat va muvofiqlashtirib turish boshkaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanali.
2. Korxona turli harakatlar va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan inson guruxlaridan tashkil topadi. Har bir jamoa ahzosining istagi, ehtiyoji, mahnaviy talablari va manfaati mavjud. SHuning uchun ham har bir boshqaruv sohasida band bo‘lgan xodimlarning vazifasi ishni aynan shu xususiyatlarga qarab tashkil qilish va ularga shaxsiy yondashishdan iborat bo‘ladi. Bu esa boshqaruvchilardan psixologiya sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi.
3. Hozirgi turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar murakkab xo‘jalik organizmi hisoblanadi. Korxona egasiga nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan, balki marketing, investisiya masalalari bilan ham shug‘ullanish zaruriyati tug‘iladi. Ishlab chiqarish jarayonida korxona ichidagi turli bo‘g‘inlar ishini tashkil qilish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash, harakatlarni muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Faqat shu holatda ular xarakatini bir maqsadga karab yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.
4. Korxonalarda juda ko‘p miqdorda jihozlar o‘rnatiladi. Xozirgi paytda ularning aksariyati xorijiy davlatlardan olibkelingan. Masalan, "Samarqand SHarqsanoat" va "Oriyon- 3” konsernlarida Italiyadan, Rossiyadan, "Tohiriy K°" konsernida Germaniyadan olib kelingan ish jihozlar o‘rnatilgan. Ko‘p hollarda ushbu korxonalar ichidagi turli mamlakatlardan olib kelingan jihozlarning tashkil darajasi va unumdorligi turlicha bo‘ladi. Lekin jihozlar unumdorligi qay darajada bo‘lishidan qatg‘iy nazar ularni harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. SHuning uchun ham korxona boshqaruvi korxonadagi jihoz va texnikadan samarali foydalanishni ta’minlashi zarur. Bunga korxonada inson uchun qulay mehnat sharoitlari yaratib berish orqali erishiladi.
5. Ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda qar kuni ko‘plab operasiyalar bajariladi. Ushbu operasiyalar bir-biridan bajarish shakli, texnologiyasi bilan farq qiladi. Masalan, "Oriyon-3" konserniga qarashli konservalash zavodida yuzlab operasiyalarni talab qiladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bunday sharoitlarda boshqarish har xil operasiyalarni bajaradigan odamlarning ishini tashkil qilish, turli ish joylardagi odamlar xarakatini muvofiqlashtirish, ishlarini bir maromda olib borish vazifalari bilan shug‘ullanadi.
6. Ishlab chiqarish jarayonida korxona juda ko‘p miqdorda turli xil materiallarni ishlatadi. Materiallarga korxonalarga ikki yo‘l bilan olib kiriladi: mamlakatni ichkarisidan va xorijiy mamlakatlardan biron- bir materialni kechikib korxonaga kirishi ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatib, katta moddiy zarar yetkazishi mumkin. Demak, boshqarish bu kamchilikni o‘z vaqtida sezib, uni bartaraf qilish uchun oldindan chora ko‘rib qo‘yishi lozim. Bundan tashqari korxonani bir maromda ishlashi uchun korxona ichidagi transport va yordamchi ishlab chiqarish ob’ektlari faoliyatini tashkil qilish kerak. Bu joylarda ham odamlar ishlaydi. Ushbu faoliyat soxalarida ishlab chiqarishning samaradorligi aynan shularning harakatiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham bunday odamlarning faoliyatini tashkil qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Boshqaruv ikki tarkibiy qismning birligidan iborat: 1. Boshqaruv sub’ekti. 2. Boshqaruv ob’ekti.
Boshqaruv sub’ektlariga boshqarishni amalga oshiradigan tashkilotchilar, raxbarlar, turli soxa boshliqlari kiradi. Boshqaruv ob’ektlariga korxonalar, turli mulk shaklidagi mehnat jamoalari, xodimlar, ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan mehnat qurollari va predmetlari, pul vositalarining harakat jarayoni, tabiat resurslari, ilmiy-texnik va axborot imkoniyatlari kiradi. Boshqaruv sub’ekti turli ma’muriy ko‘rsatmalar, xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni boshqaruv ob’ektiga uzatadi. Boshqaruv ob’ekti yuqoridagilarga asoslanib, o‘zini harakat yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Komandani qabul qilganligi va unga o‘z munosabatini bildirganligi to‘g‘risidagi axborotni boshqaruv sub’ekti qayta aloqa orqali bilib oladi. Ana shu axborot orqali sub’ekt kelajakdagi harakatning yangi yo‘nalishini belgilaydi. Ma’lum vaqtda bu ob’ektni keyingi rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Qayta aloqa kanallari doklad, xabarlar, yozma hisobotlar shaklida bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, qayta aloqa amaliyotda bu sub’ekt tomonidan o‘rnatilgan bevosita tuzatishlar va nazorat qilish natijasidir. Bu o‘z ifodasini statistik va kundalik hisobot va buxgalter xujjatlarida topadi.
Hozirgi paytda korxonalar amaliyotida bozor iqtisodiyotiga mos kuyidagi tamoyillar qo‘llanilmoqda: 1.Oliy maqsadga qarab intilish; 2.Mehnat taqsimoti; 3. Vakolat va javobgarlik; 4. Ishda yaxshi sharoit yaratib berish; 5. Intizom; b. Ishlab chiqarishni takomillashtirish; 7. Xodimlarga adolatli munosabat, aqli raso bo‘lmoq; 9. YAkka boshqarish; 10. Tez, ishonchli, to‘la, aniq va doimiy xisob; 11. Yo‘nalishning birligi; 12. Ijtimoiy manfaatning shaxsiy manfaatdan yuqori bo‘lishi; 13. Xodimlarni rag‘batlantirish; 14. Operasiyalarni normalash; 15. Markazlashtirish; 16. Tartib; 17. Haqiqat; 18. Puxta bilimli maslahat berish; 19. Xodimlar ish joyini barqarorligi; 20. Tashabbus; 21. Korxonaga sadoqat; 22. Yozma standart; 23. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. 24. Samaradorlik.
Boshqarishni o‘z oldiga ko‘ygan maqsadlariga erishish uchun boshqarish ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishning qulay uslublarini tanlash katta ahamiyatga egadir. CHunki aynan uslublar boshqarish vazifalari va maqsadi qay darajada bajarilganligini ko‘rsatib beradi. Boshqarish uslublarini ko‘llash natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talabi va ularning amaliyotda ko‘rinishi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham boshqarish uslubi ana shu qonunlarning amal qilish mexanizmi rolini bajaradi.
Boshqarish uslublari o‘zini mazmuni jihatidan iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, ijtimoiy-psixologik uslublardan tashkil topadi.
Korxonalarda tashkiliy ta’sir ko‘rsatish birinchidan, xo‘jalik ishlab chiqarish texnologiyasi, investisiya va marketing faoliyatini takomillashtirishni, tashkiliy va texnologik mehyorlar va nizomlarni ishlab chiqarishni tahminlaydi. Ikkinchidan, tashkiliy ta’sir ko‘rsatish, korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayrim mehnat turlarini bajarish uslublarini aniqlaydi. Uchinchidan, tashkiliy ta’sir ko‘rsatish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, kompg‘yuter texnologiyasidan foydalanish, berkitilgan vositalardan unumli foydalanishni tahminlaydi.
Qaerda va qaysi vaqtda korxonalarda tashkiliy jihatdan o‘zgarishlar sodir bo‘lib qolsa (bu jarayonda doimo rivojlanish va takomillashtirish tendensiyasi mavjud) o‘sha yerda tashkiliy ta’sir ko‘rsatishga amal kilish zaruriyati tug‘iladi.
Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish o‘z samarasini faqat uni ma’muriy ta’sir bilan to‘ldirilgandagina beradi. Chunki, har qanday korxonani tashkiliy tuzilmasi ichida o‘zining turli xizmatga oid sifatlari, xususiyatlari, dunyoqarashi va hatto ba’zi vaqtda qo‘yilgan umumiy vazifani turlicha tushunishi bilan bir-biridan farq qiladigan insonlar harakat qiladi. Bunday sharoitlarda bo‘g‘inlar o‘rtasidagi tashkiliy aloqalarni saqlab turish uchun korxona jamoalariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatish zarur bo‘lib qoladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish amaliyotda buyruq, farmoyish va ko‘rsatma shaklida namoyon bo‘ladi.
Buyruq - bu ma’muriy-ijrochi faoliyatni tartibga solib turuvchi boshqarish akti hisoblanadi. Bajarilishi muqarrar bo‘lgan buyruqlarni faqat korxona rahbari beradi. Buyruqlarni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilgan masalalarni chuqur taxlil qilish va shu soha bo‘yicha bilimdon mutaxassislar maslahatni inobatga olishga e’tibor berilishi lozim.
Buyruqlardan farqli farmoyishlarni rahbarlardan tashqari ularning muovinlari va o‘zining vakolat doirasida funksional bo‘lim boshliqlari berishi mumkin. Farmoyishda ham xuddi buyruqdagidek masalalar aniq va tushunarli yoritilishi, ijrochilar, ijro sanasi va nazorat shakllari ko‘rsatilishi lozim. Farmoyishlarda uni bajarilishining aniq muddati ko‘rsatiladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning amalga oshirish vositasi ko‘rsatma hisoblanadi. Odatda ular og‘zaki shaklda beriladi. Unda ko‘yilgan vazifalarning bajarish muddati aniq ko‘rsatiladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish organlarining qo‘ygan vazifalarini amaga oshirish uchun uzluksiz nazorat qilishni yo‘lga ko‘yish kerak. Har bir buyrug‘i bajarilish nazoratini shaxsan rahbar yoki uning vakolati bilan uning vakili amalga oshiradi. Ayniqsa, rahbarning shaxsiy nazorati haddan tashqari muhim hisoblanadi. CHunki, bu o‘z vaqtida buyruqni bajarish bo‘yicha paydo bo‘lgan chetlanishlarni payqab, uning oldini olish imkoniyatini beradi.
Boshqarish uslublari ichida ijtimoiy-psixologik uslublar muhim o‘rin egallaydi. Ijtimoiy-psixologik uslublar bu mexnat jamoalari va ayrim xodimlarga turli psixologik mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarishni amalga oshirishdir.
Har bir insonda mehnatga, mulkka, pul, boylikka, iqtisodiy munosabatlarga nisbatan qarashlar tizimi shakllanib va tarbiyalanib boradi.
Korxona taraqqiyotning hamma bosqichlarida iqtisodiyotning asosiy va birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Albatta, konkret korxonani boshqarish fanlarining tuzilmasi, uni boshkarish shakli va uslublari uning masshtabi va ixtisosligiga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qilib aytganda, iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar bir-birovi bilan o‘xshashligi va farqlari mavjud. O‘xshashligi shundaki har qanday korxona mahsulot, tovar, xizmatlar ishlab chiqaradi, ma’lum faoliyatni amalga oshiradi. Aynan ana shunda uning bosh maqsadi va vazifasi o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ham ularni shakl va turlaridan qatg‘iy nazar, korxonalarni boshqarish asosida texnologik jarayonlarni boshkarish yotadi.
Umumiy o‘xshashligidan tashqari iqtisodiyotnint turli soxalaridagi korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu, birinchi navbatda turli soxadagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil qilishdagi o‘ziga xos sharoitlardir. Masalan, ba’zi korxonalarda ishlab chikarish jarayonini uzoq muddatga cho‘zilishi va jarayonlarning murakkabligi, ularni tayyorlash va xizmat qilish operasiyalarining o‘ziga xos xususiyati va xokazolar. Korxonalar o‘rtasidagi fark, xuddi shunday ishlab chikarishni tayyorlash jarayonining bosqichlarida ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, yangi mahsulotlarni loyihalash va uskunalash, loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan xisoblarni amalga oshirish, mehyoriy xisoblarni amalga oshirish va xokazolar.
Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini xisoblangan korxonalar mamlakatimiz va chet el tahminlovchilar bilan ko‘plab aloqalarni amalga oshiradilar. Ushbu aloqalar xom ashyo bilan tahminlovchilar va istehmolchilar bilan amalga oshiriladi. Ana shu o‘zaro aloqalarni saqlab turish va muvofiqlashtirish korxona boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Biron-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalar ishlab chiqarishning turli omillaridan foydalanadi. Bularga ishchi kuchi, jixozlar, xom ashyo, materiallar, axborot, pul mablag‘lari kiradi. SHunga qarab korxonani boshqarish bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadi. Bular quyidagilardan iborat:

  1. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga ko‘yish, ularni madaniy-texnik darajasini oshirish, (personalni) kadrlarni boshqarish;

  2. Korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatini texnik-iqtisodiy rejalashtirish;

  3. Ishlab chikarishni operativ boshqarish;

  4. Korxonani texnik rivojlanishini va ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi;

  5. Maxsulotlar sifatani nazorat kilish;

  6. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi;

  7. Ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minoti;

  8. Tayyor mahsulotni sotishni tashkil qilish;

  9. Moliya faoliyatini amalga oshirish;

  10. Ishlab chiqarishga texnik va tashkiliy-xo‘jalik xizmatini tashkil qilish.

Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning yig‘indisini chet mamlakatlar amaliyotida korxona menejmenti deb ataladi. Administratorlar, korxona faoliyatining boshqaruvchilarini menejerlar deyish qabul qilingan. Ushbu atama hozirgi paytda bizning respublikamizda chop qilingan iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda keng ko‘lamda ishlatilmokda.
Hozirgi sharoitda respublikamizda bir qator korxonalarni boshqarish tuzilmasining turlari mavjud. Korxona, kompaniya, konsernlar odatda boshliq yoki prezident tomonidan boshqariladi. Kompaniya va konsernlarni prezidenti strategik rahbarlikni amalga oshiradi. Operativ boshqarish ijrochi direktorlar tomonidan olib boriladi. Direkgor ko‘p holatlarda korxona faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zining muovinlariga ega. Masalan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish, fan, iqtisod, moliya va xokazolar bo‘yicha.
Korxonalarni boshqarish apparatiga turlicha xizmatga oid bo‘limlar mavjud bo‘ladi. Ularni amaliyotda ma’muriy-boshqarish xodimlari deb qaraladi. Odatda, korxona bo‘limlarini boshqarish ishlab chiqarish (korxonani boshqaradgan) va funksional qismlarga (moliya, tahminot, sotish, kadrlar, texnologiya, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish) bo‘linadi. Hammasini umumlashtirib rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilar deb ham atasak bo‘ladi.
Korxona tuzilmasida bo‘linma,tsex, bo‘lim, laboratoriyalar va boshqa bo‘limlarni ko‘rsatish mumkin. Hammasida o‘zining boshqarish organlari mavjud.
Korxonani boshqarish asosida chiziqli va funksional tamoyillar yotadi. SHuni qayd qilish joizki, xar qanday ishlab chiqarishni boshqarish tizimida chizikli tamoyil yotadi. Tizimning ichida bo‘g‘in va pog‘onalarni bir-biridan farq qilish lozim. Bo‘g‘in bu alohida funksiyalarni bajaruvchi mustaqil bo‘linmadir. Boshqarish bo‘g‘ini tushunchasiga, shuningdek, bir necha tashkiliy tuzilmalarning faoliyatini rahbarligini amalga oshiruvchi rahbarlarni ko‘rsatish mumkin. Bularga bosh muhandis, bosh texnolog, smena boshliqlari va hokazolar kiradi.
O‘z vaqtida menejment nazariyasi klassiklari har qanday davlatni rivojlanishi uchun uchta asosiy omilga amal qilishni alohida ta’kidlab o‘tgan edilar. Bularga insonlar, moliya siyosati, texnika va texnologiya kiradi. Birinchi o‘ringa insonlarning qo‘yilishi bejiz emas. Yapon, Amerika va Yevropadagi ko‘zga ko‘ringan menejerlarning biznes sohasida erishgan yutuqlarini ana shu omillarga tayanib, ish ko‘rganlari bilan bog‘lash mumkin.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona tashkilotlarni yaxshi, sifatli boshqarish uchun rahbar nimalarga ega bo‘lishi kerak?
Tashkilotchilik qobiliyatiga, tadbirkorlikka, boshqarishning pastki darajalarida rahbarlik qilish tajribasiga, ma’lum pedagog mahoratga, aniq va ma’lumotli qilib o‘z fikrini yetkazish uchun so‘zlashish qobiliyatiga, o‘z xatolarini mardlarcha tan olishga.
Nimalardan xabardor bo‘lishi kerak?
1. Iqtisodiyotdan, tashkil qilishdan, boshqarishda rejalashtirishdan, moliyadan, hisobdan, texnika va texnologiyadan, pedagogikadan, psixologiyadan, xuquqshunoslik va hokazolardan.
2. O‘z sohasi bo‘yicha oxirgi fan-texnika yutuqlaridan.
3. Boshqarishning ob’ektidan, shu soha bilan bevosita aloqador xodimlarning ma’lumotidan, jamoadagi munosabatlardan ulardagi norasmiy peshqadamlarning (liderlarning) ma’lumotidan.
Nimalarni bilish kerak?
Ilm-fandan foydalanishni, yangklikni, ilg‘or yutuqlarnn aniq, tez ishlashni, shu bilan birga jamoada sokin, ishchanlik vaziyatni ta’minlashni, har bir vaziyatda asosiy muammoni ko‘ra bilishni, vaziyatni to‘g‘ri baholash va optimal qarorlar qabul qilishni", yuqori mehnat intizomini ta’minlashni.

Seminar mashg’ulotlari uchun savollar



  1. Boshqaruvning mohiyati, turlari va vazifalari.

  2. Korxonada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi.

  3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

  4. Boshqaruvni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.

Mustaqil yechish uchun masalalar


1-masala. Neftni qayta ishlash zavodida 22 ta tsex faoliyat ko’rsatadi, ulardan 4 tasi – asosiy. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining ro’yhat bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichi – 5802 kishini tashkil etsa, ulardan 5007 kishi ishchilardir. Korxonaning butun mehnat jamoasi yillik maosh jamg’armasi – 6,1 mlrd. so’m. Zavodning ma’muriy harajatlari bir yilda 3,5 mln. so’mni tashkil etdi.

Topish kerak:



  1. Zavodning boshqaruv xodimlari soni;

  2. 22 foizlik qisqartirishdan so’ng zavodning boshqaruv xodimlari soni qanchani tashkil etadi;

  3. Boshqaruv xodimlarini qisqartirish hisobiga mehnatga haq to’lash jamg’armasini taxminan qanchaga tejab qolish mumkin.

2-masala. Korxonada muxandis-boqaruv mehnatini mexanizatsiyalash darajasi quyidagi jadvalda keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlardan iborat.



Ko’rsatkichlar

Mexanizatsiyalash darajasi, yillar bo’yicha.




Hisobot yili

Avvalgi yilda

1. Tayyorlangan texnik hujjatlar soni, ming dona,
shu jumladan mexanizatsiyalashgan usul bilan bajarilgan



197


50,2



180


-

2. Hisob-kitob ishlari, operatsiyalar soni, mln.
shulardan mexanizatsiyalashgan usul bilan



300
142



270
70

3. Alohida risolalarda to’plangan hujjatlar soni, ming dona,
shu jumladan mexanizatsiyalashan usul bilan



20
30



28
10

4. Ushbu ishlarni bajarishda band bo’lgan ishchi-xodimlarning umumiy soni, kishi.
SHu jumladan:
Texnik hujjatlar tayyorlashda
Hisob-kitob ishlarida
Hujjatlarni alohida risolalarga ajratish



300


80
200
20



340


90
220
30

Topish kerak:



  1. Hisobot va undan avvalgi yillarda boshqaruv ishlarining mexanizatsiyalash darajasini aniqlang.

  2. Ko’rib chiqilayotgan davrlarda boshqaruv ishlarining mexanizatsiyalash darajasi qanday o’zgarishini aniqlang.

3-masala. Zavod bo’yicha joriy aprel oyiga quyidagi ma’lumotlar mavjud (mln.so’m).

  1. Yalpi mahsulot ..............................................465

  2. Ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar .............124

bundan chetga sotilgani .................................32

  1. Korxonaning chetga ko’rsatgan xizmatlari .........24

  2. Yakunlanmagan ishlab chiqarish qoldig’i:

oy boshiga .............................. 186
oy oxiriga ..............................157
Topish kerak:

  1. Tovar mahsulot hajmi.

  2. Tayyor mahsulot hajmi.

4-masala. Mashinasozlik korxonasi faoliyatini quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar tavsiflaydi (mln.so’m):



TSexlar

Mahsulot ishlab chiqarish-ning umumiy hajmi

Mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmidan

Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i

Boshqa tsexlarga berilgan

Kapital qurilishga yo’naltirilgan

CHetga sotishga ajratilgan

Yil boshiga

Yil oxiriga

Yig’ish tsexi

400

-

-

400

60

50

Mexanik tsex

900

200

-

100

30

25

quyish tsexi

120

100

-

20

8

5

Temirchi presslash tsexi

150

100

-

50

4

5

Asbobsozlik tsexi

60

15

10

35

5

8

Jami

1630

415

10

605

107

93

Topish kerak:



  1. Yalpi mahsulot hajmi.

  2. Tovar mahsulot hajmi.

5-masala. Hisobot yilida korxona 400 mln. so’mlik mahsulot tayyorlab sotdi, 20 mln. so’mlik asbob-uskunalar tamirlash ishlarini bajardi, buyurtmachi xom ashyosidan 45 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqardi (shu jumladan buyurtmachi xom ashyosi bahosi 28 mln. so’m), kerakli asboblar tayyorlab, ularni asosiy vositalar hisobiga 12 mln. so’m deb kiritib qo’ydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i yil boshiga 30 mln. so’m, yil oxiriga 15 mln. so’m. Hisobot yili boshida ombordagi tayyor mahsulot qoldig’i va haridorga yetkazilgan, biroq haqi to’lanmagan tovarlar 25 mln. so’mlik, hisobot yili oxirida 17 mln. so’m.

Topish kerak:


tovar, yalpi va sotilgan mahsulot hajmi qancha?

4-masala. Neftni qayta ishlash zavodi bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar mavjud.



Ko’rsatkichlar

Ulgurji narx so’m/t

Ishlab chiqarilgan mahsulot, ming tonna

Avvalgi yil

Hisobot yili

Topshiriqda

Amalda

1. qayta ishlangan xom-ashyo -
Jami
SHu jumladan:
Neft
Yarimfabrikatlar (chetdan keltirilgan)



120


150





8700


8300


400





9100


8550


550



9500


8900


600



2. Ishlab chiqarilgan mahsulot
jami
shu jumladan:
AI-93 benzini
AI-76 benzini
AI-72 benzini
Kerosin
Dizel yoqilg’isi
O’z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg’i
Talofatlar (yo’qotishlar)



-


360
320
300
180
200



7830


200
800
1570
105
195


670
200



8235


250
900
1630
180
205


665
200





8615


270
985
1565
160
200


685
200

Topish kerak:


quyidagi omillarning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha olingan majburiyatni bajarishga ta’siri qanday?

  1. Neftni qayta ishlash hajmining o’zgarishi;

  2. Sotib olinadigan yarimfabrikatlar hajmining o’zgarishi;

  3. Xom ashyodan neft mahsulotlari chiqishining o’zgarishi;

  4. Ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari turlarining o’zgarishi.

4-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANING UZOQ MUDDATLI AKTIVLARINI BOSHQARISH (4 SOAT)


Reja:

    1. Korxona aktivlari tushunchasi

    2. Korxona aktivlarining joylashuvi, tarkibi va boshqarish yo’nalishlari

    3. Korxona aktivlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar

    4. Korxona aktivlaridan samarali foydalanish va boshqarish yo’llari



Alohida korxonalar doirasida xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish, umuman iqtisodiyot doirasida bo’lgani kabi, uch turdagi resurs – moliyaviy, moddiy va mehnat zahiralarini birlashtirishsiz amalga oshirilishi mumkin emas. Bunda moddiy resurslar xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya bilan bir qatorda texnologik asbob-uskunalar, binolar, qurilmalar, transport va boshqa mehnat qurollarini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish va xalqaro andozalardagi milliy hisoblar tizimi kiritilganidan so’ng «kapital» tushunchasi ko’proq ishlatilmoqda. Xo’jalik yuritishning avvalgi rejali tizimida har bir korxonaga markazlashgan tarzda ajratilgani bois, bu tushunchani ishlatish mumkin emasdi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga o’tish «asosiy fondlar» tushunchasini bekor qilmaydi va u xozircha korxonalarning xo’jalik faoliyatida saqlanib qolmoqda.
Demak, asosiy fondlar deb - binolar, qurilmalar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalariga aylantirgan ishlab-chiqarish kapitalining bir qismini tushunish mumkin. Kapitalning bu qismi ishlab chiqarish jarayonida ko’p bor ishtirok etadi va belgilangan amortizatsiya me’yorlari asosida o’z qiymatini asta-sekin tayyor mahsulotdan chiqarib oladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ham asosiy fondlar bilan bog’liq.
Asosiy fondlar ekspluatatsiya (ishlatilish) jarayonida asta-sekin eskiradi va shu bois turlicha baholanadi. Ularni baholash odatda, qiymat birligida amalga oshiriladi.
Dastlabki qiymat – asosiy fondlarning ishga tushirilishi paytidagi qiymatidir.
Tiklanish qiymati – asosiy fondlarning u yoki bu vaqtda tiklash uchun kerak bo’lgan xarajatlarni aks ettirgan qiymatidir.
Ma’naviy eskirish ikki turdagi bo’lishi mumkin: birinchisi – xuddi shunday konstruktsiyadagi (tuzilishdagi) mashina va asbob uskunalarni qaytadan ishlab chiqarish arzonlashgani natijasida, ikkinchisi esa - xuddi shunday mahsulot chiqaruvchi zamonaviyroq, yangiroq va takomillashgan asbob- uskunalarning yaratilishi bois eskirishdir.
Qoldiq qiymati – boshlang’ich qiymat va amortizatsion to’lovlar o’rtasidagi farq (eskirish darajasi chiqarib tashlangandan so’ng qolgan boshlang’ich qiymat).
Asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymati va amortizatsiyaning tasdiqlangan me’yorlari xaqidagi ma’lumotga ega bo’lgan holda asosiy fondlarni to’liq tiklash uchun zarur bo’lgan amortizatsion to’lovlarni (Av) aniqlash mumkin.
Yangilanish koeffitsienti – (Kyan) asosiy vositalarning yangilanish tezligini ko’rsatadi. U tahlil qilinayotgan vaqtda (Ta) ishga tushirilgan asosiy fondlar qiymatining (Sit) ularning yil oxiridagi (Syo) umumiy qiymatiga nisbatidan iborat.
Ishdan chiqish koeffitsienti – (Kch) asosiy fondlarning ishlab chiqarishga yaroqsiz bo’lib qolish darajasini aks ettiradi. U tahlil etilayotgan davrda (Ta) ishdan chiqqan asosiy vositalar qiymatining (Sch) ushbu davr boshlanishiga nisbati (Sn) sifatida hisoblab chiqariladi.
Asosiy fondlarning texnik ahvolining umumlashgan ko’rsatkichi bo’lib eskirish koeffitsienti (Kesk) xizmat qiladi. U eskirish qiymati(Iaf)ning asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati (Sp)ga nisbatiga teng.
Asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsienti (Kya) – ularning qoldiq qiymatining boshlang’ich qiymatiga nisbatiga teng:
Asosiy fondlarning qay darajada ishlanganini umumiy va xususiy ko’rsatkichlar aks ettiradi. Umumiy ko’rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalar, xususiy ko’rsatkichlarga esa asosiy fondlarning faol qismi - ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mashinalar, agregatlar va hakozolarning quvvat va vaqt bo’yicha ishlatish koeffitsientlarini kiritish mumkin.
Bu ko’rsatkich va uslublar «Korxona iqtisodiyoti» kursi bo’yicha tayyorlangan ko’plab darsliklarda batafsil ta’riflangan.
Seminar mashg’ulotlari savollari:

  1. Asosiy fondlar, ularning mohiyati, ahamiyati va turlari tashkil etdi.

  2. Korxona asosiy fondlarining baholanishi, eskirishi va amortizatsiya qilinishi.

  3. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslublari.

  4. Asosiy fondlarning korxona ishlab chiqarish quvvati bilan bog’liqligi.

Mavzuga doir masalalar va ularning echimlari


1-masala. Parmalash dasgohining bahosi 120000 so‘m. Korxonaga olib kelish uchun 26000 so‘m, o‘rnanish uchun 30000 so‘m sarflangan. SHu dastgoxning dastlabki to‘liq narxi topilsin:


Echish:
Dasgoxning dastlabki to‘la narxi:
Nto‘l=120000+26000+30000=176000 so‘m.
2-masala. Termoplastavtomatning ishlash davri 10 yil, texnika ekspertizasi tomonidan uning texnikaviy holati sinchiklab tekshirilib chiqqanda, uning qo‘shimcha yana uch yil ishlashi aniqlangan. Termoplastavtomatning maonaviy (fizik) eskirganlik darajasi topilsin:
Echish:
Termoplastavtomatning maonaviy (fizik) eskirganlik darajasi:
3-masala. Tayyorlov kasabasi uchastkasining ishlab chiqarish maydoni 145m2 ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 4194 dona. Shu uchastkaning 1m2 maydonidan olingan mahsulot miqdori topilsin:
Echish:
1m2 maydonda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori:
dona

Mustaqil yechish uchun masalalar


1-masala. Korxona 1995 yilda ulgurji narxda 360 ming so’mga asbob-uskunalar sotib oldi, transport va montajga harajatlar 14 ming so’mni tashkil etdi. 2004 yilda o’tkazilgan inventarizatsiya chog’ida asosiy fondlarni qayta baholash o’tkazildi va asbob uskunalarning narxi 325 ming so’m miqdorida belgilandi. Asbob uskunalardan foydalanish davrida 500 ming so’m miqdorida amortizatsion to’lovlar yig’ildi, kapital ta’mirlashga harajatlar esa 220 ming so’mni tashkil etdi.
Topish kerak:
Asbob-uskunalarning tiklash va qoldiq qiymatini toping.
2-masala. Yil boshiga kichik korxnaning asosiy fondlari boshlang’ich qiymati 200 mln. so’mni tashkil etdi. Aprel oyida 1,9 mln. so’mlik, iyunda esa 1,5 mln. so’mlik, noyabrda 4,4 mln. so’mlik asosiy vositalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Mart va aprel oyida 1,1 va 1,7 mln. so’mlik asosiy vositalar ishdan chiqish ko’zda tutilgan.
Topish kerak:

  1. Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati.

  2. Asosiy vositalar yil oxiriga qiymati.

  3. Asosiy vositalarning ishdan chiqish koeffitsienti.

  4. Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsienti.

3-masala. 1-mashinasozlik zavodida asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati 100 mln. so’mga teng; yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish 220 mln. so’mni, yillik foyda esa 6 mln. so’mni tashkil etadi.
2-mashinasozlik zavodida esa sanab o’tilgan ko’rsatkichlar 80, 168 va 4 mln. so’mni tashkil etadi.

Topish kerak:



  1. Fond sig’imi va fondga qaytish hamda asosiy fondlarning har 1 so’miga to’g’ri keladigan daromadni aniqlang.

  2. qaysi zavodda asosiy ishlab chiqarish fondlardan yaxshiroq foydalaniganligini aniqlang.

4-masala. TSexning ish maroma yiliga 256 kun, kuniga ikki smenada, bir smenaning o’rtacha davomiyligi – 8 soat. Stanoklarni rejali ta’mirlashga sarflangan vaqt – 2%. TSexda 40 ta stanok o’rnatilgan va ishlaydi. Mahsulot birligini tayyorlash uchun 30 daqiqa kerak. Yillik mahsulot tayyorlash dasturi 80 ming donadan iborat.
Topish kerak:
Tsex quvvati va asbob-uskunlarning bandlik koeffitsienti qancha?


dona
5-masala. Mashinasozlik korxonasning mexanika kasabasi uchastkasiga detallarning bir ish joyidan boshqa ish joylariga uzatish uchun konveyer liniyasi quriladi. Bunda konveyerning liniyasi yig‘uv birliklari va detallarini sotib olish uchun 25 mln.so‘m, ularni etkazib kelish uchun 1.5 mln so‘m sarflanadi. Konveyterning amortizatsiya ajratmasining yillik me’yori 10% konveyer ishlab chiqarishda 8 yil ishlagan, shu davr ichida unita’mirlash uchun 1 mln so‘m sarflangan. SHu konveyterlililikning dastlabki to‘liq va qoldiq narxlari topilsin.
Javob:
To‘l=370000000 so‘m.
Nq=17840000 so‘m.

6-masala. 2.Mashinaning dastlabki to‘la narxi 25000 so‘m, ishlash muddati 10 yil. Mashina ishlab chiqarishda 3 yil ishlagan. SHu mashinaning qoldiq narxi topilsin.


Javob:
Ay = 175000 so‘m.
3. Korxona mashinani sotib olish uchun 2500 so‘m, uni olib kelish uchun 2000 so‘m, o‘rnatish uchun 4000 so‘m sarflab ishga tushirdi. Mashinaning ishlash muddati 10 yil. U ishlab chiqarishda 4 yil ishladi. SHu mashinaning dastlabki to‘la narxi, yillik amortizatsiya ajratmasi miqdori va qoldiq narxi topilsin.
Javob:
8500 so‘m, 850 so‘m, 5100 so‘m.
7-masala. .Payvandlash kasaba (sexi) uchastkasining asosiy fondlarining dastlabki narxi 760000 so‘m. Yil boshida shu fondlar maonaviy eskirgan qismining miqdori 120000 so‘mni tashkil qiladi. 1 apreldan boshlab, 30000 so‘mlik asosiy fondlar ishga kiritilgan. 20 maydan boshlab dastlabki narxi 60000 so‘mlik eskirgan asosiy fondlar ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadi. Uning eyilganlik qiymati 40000 so‘mni. asosiy fondlarni takomillashtirish uchun sarflangan yillik xarajatlar 36000 so‘mni tashkil qildi. Asosiy fondlarni kapitalta’mirlash uchun amortizatsiya ajratmasining me’yori 6%. Uchastkadagi asosiy fondlarning yil oxiridagi dastlabgi va qoldiq narxlari topilsin.
Javob:
730000 so‘m, 44850 so‘m, 561250 so‘m.

II. Korxonaning asosiy fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi uning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi.


Korxona ishlab chiqarish quvvatini – mavjud ishlab chiqarish jixozlari va maydonlaridan to‘liq foydalangan, ilg‘or texnalogiyani qo‘llangan, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilagan holda, vaqt birligi ichida rejani bajarilgan turlarda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan maksimal ishlab chiqarish hajmidir.
Ishlab chiqarish quvvatlarini mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan natural birliklarda o‘lchanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini belgilovchi asosiy elementlarga quyidagilar kiradi:

  • Jixozlar tarkibi va ularning turlari bo‘yicha soni.

  • Mashina va jixozlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

  • Jixozlarning ish vaqti fondi.

  • Korxonani ishlab chiqarish maydoni.

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nominklaturasi va assortimenti.

Ishlab chiqarish quvvatlarini xarakterlaydigan bir nechta tushunchalar mavjud:

  • Kirish quvvati - yil boshidagi quvvat;

  • CHiqish quvvati – yil oxiridagi quvvat – kirish quvvati va kirilayotgan quvvat bilan chiqib ketayotgan quvvat orasidagi farqqa teng.

  • Loyiha quvvati - korxonani qurish, rekonstruksiyalash, kengaytirish loyihasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan quvvat.

Ishlab chiqarish dasturining mavjud quvvatiga moslashni aniqlash maqsadida o‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagicha hisoblanadi:


bunda,
- korxonaning o‘rtacha yillik quvvati.
- yil boshidagi quvvat.
- yil davomidagi kiritilayotgan quvvat.
-yil dovomida chiqarilayotgan quvvat.
, n2- mos ravishda quvvatlarning kiritish (chiqarish) momentidan yil oxirigacha to‘liq sonlar soni.
2. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsenti quyidagicha hisoblanadi.
; bunda,
Q - yil davomida ishlab chiqargan maxsulatning natural yoki qiymat ifodasidagi hajmi.
-o‘sha birliklarda hisoblangan o‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati.
3. Ishlab chiqarish quvvatini xisoblashda jixozlarning yillik haqiqiy ish vaqti Fh fondi muhim ahamiyatga ega.
U quyidagicha topiladi;
Fh=n*c*g(1-0.01* ) bunda,
n-rejalashtirilgan davrdagi ish kuchlarining soni.
s- bir kecha-kunduzgi smenalarda ishlagan uskunalar soni.
g-smenaning o‘rtacha davomiyligi.
-rejaga asosan uskunalar ta’minlashda yo‘qotilgan vaqt, mexanik resurslar uchun =3%dan8%gacha
4. Zarur dastgohlarning hisobiy soni quyidagicha topiladi:
; bunda,
N - rejaga asosan ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori.
t-mahsulot birligilarini tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt normasi.
-rejalashtirilgan normaning ortig‘ibn bajarish koeffitsenti.
5. Dastgohlarning yuklanganlik koeffitsentini topish farmulasi.


; bunda,
-mavjud dastgohlar soni.

  1. Maydondan foydalanish koeffitsenti quyidagicha topiladi:

;
Mavzuga doir masalalar echish.


1. Mexanika sexi frezerlash uchastkasining oylik ishlab chiqarish rejasi 6000%. Frezerlash operatsiyasining mehnat hajmi 1,5 norma soat. Dastgohlarning ikki smenali ish tartibi, normani ortig‘i bilan bajarish koeffitsenti 1.2. Dastgohlarning oylik haqiqiy ish vaqti fondi 330 soat. Dastgohlarning hisobiy va qabul qilingansonlari va ularning yuklangnlik koeffitsenti topilsin.
Echish:
1 hisobiy soni:
dastgoh,
xisoblash natijasida olingan sonni, 22,7 ni yaxlitlab, 23 dastgoh deb qabul qilingan. Demak, qabul qilingan dastgohlar soni Rk=3
2. Dastgohlarning yuklanganlik koeffitsenti:

2. Yillik rejaga asosan mashinasozlik sexi 40ta mashina yig‘ishi kerak. Bitta mashinani yig‘ish uchun 180 m2 maydon talab qilinadi, yig‘ish davri 10 kun. sexning yillik ish vaqti fondi 260 kun, ish tartibi 1 smenali, yig‘uv sexining ishlab chiqarish maydoni 280 m2. SHu sex maydonidan foydalanish koeffitsenti topilsin.
Echish:
1. Tsexning o‘tkazuvchanlik imkoniyati:
Ro‘t=280*260=72800 m2 kun.
2. Yillik rejasini bajarish uchuchn zarur maydon:
Ry.s=40*10*180=72000 m2 kun;
3. Maydondan foydalanish koeffitsenti;

Echish uchun masalalar:





  1. Rejalashtirilgan yilda ish kunlari 260 kun, ish tartibi 1smenali, xaftasiga 5 kunlik ish kunida smena davomiyligini 8,2 soat, dastgohlarnita’mirlash uchun yo‘qotiladigan vaqt 6%.

Rejalashtirilgan yilda dastgohlarning yillik haqiqiy ish vaqti fondi topilsin.
Javob: Fh =2004 soat.

  1. Dastur bo‘yicha uskunasi bir yilda 120ta mashina ishlab chiqarish zarur, foydali vaqti fondi 260kun.

Bitta mashinani yig‘ish uchun 90m2 maydon zarur, yig‘ish davri 10 kun. Yillik dasturni bajarish uchun yig‘uv maydoni topilsin.
Javob: Ry = 415,3 m2
Yig‘uv sexi uchun zarur bo‘lgan uskunalar (stapelp) soni topilsin.

  1. Samolyotsozlik zavodi qanot yig‘uv sexining yillik ishlab chiqarish dasturida 24 kompleks qanot ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Har bir komplent qanotini yig‘ish uchun 2100 norma soat vaqt talab qilinadi. Ish tartibi 1smenali. Uskunalar yillik foydali ish vaqti fondi 2020 soat. Normani ortig‘i bilan bajarish uchun koeffitsenti 1,2.

Javob: R=20,7 uskuna.

  1. Dastur bo‘yicha yig‘uv sexi bir yilda 30 ta mashina ishlab chiqarish lozim. Yig‘uv davri 20 kun. Bitta buyumni yig‘ish uchun 160m2 maydon zarur. sexning yillik ish vaqti fondi 260 kun, ish tartibi 1smenali. Ishlab chiqarish maydoni 570m2. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsenti topilsin.Javob: Km= 0,64.

Asosiy fondlardan foydalanish davomida, ular eskirib boradi. Eskirishning jismoniy va maonaviy turlari farqlanadi.
Jismoniy eskirish degan asosiy fondlarning tashqi taosir natijasida o‘zining dastlabki iste’mol qiymatini yo‘qotib borish jarayoni tushuniladi.
Maonaviy eskirish tufayli asosiy fondlar o‘zlarining texnik eskrishi xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha qoloq bo‘lib qoladilar.
Amortizatsiya – asosiy fondlar eskirishining qoplash usuli bo‘lib, u jismoniy va maonaviy eskirishning puldagi ifodasidir.
1. Asosiy fondlar yillik amortizatsiya ajratmalarining ular qiymatiga nisbatining fonddagi ifodasiga amortizatsiya normasi deyiladi va quyidagicha topiladi:
bunda:
- mos ravishda asosiy fondlarning dastlabki va chiqarib tashlash qiymatlari so‘m
- asosiy fondlarning normativ ishlash muddati, yil
2. Asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi:
; bunda,
f – asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymati, so‘m

  1. Asosiy fondlarning amortizatsiya ajratmalari miqdori quyidagicha topiladi:

; bunda,
T-asosiy fondlarning xizmat qilish davri, yil.
4.Asosiy fondlarning mukammal ta’minlash va takomillashtirish umumiy yillik qiymati quyidaga ifoda orqali topiladi:
bunda,
- asosiy fondlarning butun ishlash davrida mukammalta’mirlash va takomillashtirish uchun qilingan jami xarajat miqdori.

  1. Asosiy fondlarning to‘liq tiklash (renavatsiya) uchun umumiy yillik amortizatsiya ajratmalari quyidagicha aniqlanadi:



  1. Ishlab chiqarish fondlarining rivojlantirish uchun amortizatsiya ajratmasining yillik miqdori quyidagi ifoda orqali topiladi:

; bunda,
N-ishlab chiqarish fondlarining rivojlanish uchun amortizatsiya ajratmasi, % hisobida.

  1. asosiy fondlarning ekstensiv bandlik ko‘rsatkichini ulardan vaqt bo‘yicha foydalanishni ko‘rsatadi va quyidagicha aniqlanadi;


- dastgohlarning haqiqiy ishlagan vaqti,
- dastgohlarning rejada ko‘rsatilmagan ishlash vaqti,

  1. asosiy fondlar intensiv bandlik ko‘rsatkichlari ulardan quvvati bo‘yicha foydalanishni ko‘rsatadi;

bunda,


- vaqt birligida ma’lum dastgoxda haqiqiy ishlab chiqarish mahsulot miqdori,
- rejaga asosan vaqt birligida mazur dastgohda ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori;
9. asosiy fondlarninig integral bandligi ko‘rsatgichi intensiv va ekstensiv bandlik ko‘rsatkichlariningko‘paytmasiga teng;
Kint=Keks*Kin
10. Asosiy fondlarning smenalik koeffitsenti:


Download 383,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish