Kambarov jamoliddin xikmatillayevich korxonani boshqarish



Download 383,99 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2022
Hajmi383,99 Kb.
#681681
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Корхонанги бошқариш УМК(1)

M-mahsulot miqdori
T- barcha mahsulot miqdoriga sarf qilingan ish vaqtining umumiy sarfi
-mexnat sarfi.
B) Mehnat unumdorligini qanchaga oshsa, mehnat sarfi shunchaga kamayadi:

v) unumdorlikni oshirish fondi:

2. ijtimoiy mehnat unumdorligini eng mukammallashgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi bo‘lib, u quyidagicha hisoblanadi.

a) boshqa ko‘rsatkich bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad xajmi bo‘lib, u jamiyatdagi faqat jonli mehnat samaradorligini ifodalaydi:

b) asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ( ) quyidagicha aniqlanadi:

Mavzuga doir masalalar



  1. Agar bir - birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt normasi 13.8 soat bo‘lsa, (IV razryad tarif stavkasi – 53.9tiy)

  2. Quyidagilarni bilgan holda.

1) Mehnat unumdorligi o‘sish foizi – 104.8%
2) Ish haqining o‘sish foizi - 102.1%
3) Hisobot yilida mahsulot birligini tayyorlash mehnat sig‘imi 7% ga kamaygan. Mehnat unumdoriligini o‘sish foizini hisoblang.
4) Fabrika personalining rejadagi sonini hisoblang quyidagi ma’lumotlar berilgan:

  1. Hisobat yilidagi hizmatlar hajmi – 806 m.s

  2. Ishlovchilar soni – 242 kishi

  3. YAngi yil uchun rejalashtirilgan hizmatlar hajmi – 887 m.s

  4. Mehnat unumdorligining o‘sishi – 7%

5) Ko‘rsatilgan xizmat hajmi – 1570 m.s ni tashkil etadi. Ishlovchilar soni esa 406 kishi. Bir ishlovchining ish unumini hisoblang.
6) Atelpdagi ushbu ma’lumotlar asosida, bir ishlovchining o‘rtacha oylik ish unumini toping:

  1. Ishlovchilar soni – 46 kishi, jumladan asosiy ishchilar – 38 kishi.

  2. Bir birlik mahsulotni tayyorlash uchun ketgan haqiqatdagi vaqt normasi – erkaklar palptosi – 15.6 soat.

  3. Korxonaning smenalik koeffitsienti – 2.

  4. Ish kunlari soni – 23 kun.

  5. Ish smenasining davomiyligi – 8.2 soat.

  6. Ishchilarning smenali ish vaqtidan yo‘qotishlari – 10%.



7) Korxona bo‘yicha ko‘rsatilgan ish va hizmatlar hajmi


Ishchilarning haqikatdagi soni bu kishi bo‘lmaganda 426 m.sni tashkil etdi. Oy davomida ishchilar tomonidan 8000 kishi, kunlar va 70500 kishi, saotlar ishlangani ma’lum. Bir ishchining o‘rtacha soatlik, o‘rtacha kunlikva o‘rtacha oylik ish unumini toping?


8) Atelpdagi ayollar kuzgi palptosini tikish uchun o‘rtacha 16.8 soat vaqt sarflanadi. Bir qator tadbirlar kiritilgandan so‘ng vaqt sarfi 14.5 statga qisqardi. Mehnat sig‘imining pasayishi va mehnat unumdorligini o‘sish foizlarini hisoblang.


9) III razryadli ishchi 1 oyda 22 kun ishladi (III razryadning soatli taorif stavkasi – 46.3 tiy). Smena davomidagi 8.2 soat. Ishchining oylik ish haqini toping.


10) Ikki korxona bo‘yicha mexnat unumdorligi rejasining bajarilishini toping?
Quyidagilar berilgan:
a) 1- korxonadagi ishlovchilarning haqiqatdagi soni – 550 kishi 2 – korxonada 840 kishi
b) 1- korxonada mehnat unumdorligi bo‘yicha reja – 102% ga, 2 – korxonada 105%ga bajarilgan.


11) Soatli taorif stavka – 59.6 tiy, bir mahsulotga sariflanadigan vaqt normasi – 0.09 soat. Ish esa IV razryadli. Bitta mahsulotning ishbay rassenasini toping.


12) Bir ishlovchining ish unumini hisoblang, agar korxonada hizmatlarni sotishning yilik hajmi – 1mln. so‘m, ishlovchining o‘rtacha ro‘yhatdagi soni – 500 kishi bo‘lsa.
Agar korxonada mehnat unumdorligi 5% ga o‘ssa, hizmatlarni sotish hajmi qanchaga oshadi?
13) Neftni qayta ishlash zavodi hisobot yilini quyidagi ko’rsatkichlar bilan yakunlanadi.



Mahsulot

Ishlab chiqarish hajmi, ming tonna

Mahsulotning 1 tonnasi narxi, ming so’m.

Reja bo’yicha

Amalda

Benzin
Kerosin
Dizel yoqilg’isi
Mazut

1500
620


2500
3200

1550
630


2600
3200

320
185


170
145



Korxona ishchilarining o’rtacha ro’yhat soni reja bo’yicha 2760 kishi, amalda 2710 kishini tashkil qiladi. Kelasi yilga (bashorat) benzin ishlab chiqarish hajmini 15% ga, kerosinni 10% ga, dizel yoqilg’isini 6% ga, mazutni 8% ga ko’paytirish rejalashtirilayapti.
Bunda ko’rsatilgan mahsulot narxi quyidagicha ortish lozim:

  • Benzin – 15 so’mga;

  • Kerosin – 10 so’mga;

  • Dizel yoqilg’isi - 10 so’mga;

  • Mazut – 6 so’mga.

  • Topish kerak:

  1. Hisobot yilida mehnat unumdorligining o’zgarishi.

  2. Rejalashtirilayotgan davrda ishlab chiqarish hajmi ortishi va mahsulot narxi o’zgarishini hisobga olgan holda mehnat unumdorligining o’zgarishi qanday bo’ladi?



14) Ishlab chiqarishga yangi asbob-uskunalar joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi 3% ga ortdi. Ishni ilmiy tashkil etish choralari tufayli ish vaqtidan foydalanish 2% ga yaxshilandi. Bunda ish hajmi va ishchilar sonining ortgani bois ularning mehnat jamoasidagi umumiy ulushi 1,2% ga ortgan.
Topish kerak:
mehnat unumdorligining umumiy o’sishi qancha bo’ladi?


15) Mehnat unumdorligini oshirish bo’yicha o’tkazilgan chora-tadbirlar natijasida mashinasozlik zavodining yig’ish tsexida 23 kishi ozod bo’ldi. Ushbu choralar ko’rilmaganda rejadagi ish hajmini bajarish uchun 350 kishi kerak bo’ladi.
Topish kerak:
mehnat unumdorligining o’sishi qancha bo’lgan?
16) Korxonaning shtat ro’yhati bo’yicha ishchilar soni 1950 kishini tashkil etgan. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar dasturida quyidagilar ko’zda tutilgan:

  • Ishlab chiqarishda tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish.

  • Ishlab chiqarishning texnik darajasini yuksaltirish.

  • Boshqaruvni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish.

  • Ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish.

  • Yangi quvvatlarni ishga tushirish va o’zlashtirish.

  • Tarmoqlarga oid boshqa omillar.

Yuqoridagi omillar natijasida mehnatdan ozod bo’lgan ishchilar soni 75 kishini tashkil etadi, jumladan, yuqoridagi bandlar bo’yicha tegishli ravishda 26, 44, 12, 7, 9, 5 kishi ozod bo’lgan.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:

  1. Har bir omil bo’yicha mehnat unumdorligining o’sishi (o’zgarishi).

  2. Umuman korxona bo’yicha mehnat unumdorligi qanday o’zgargan (omillar yig’indisi bo’yicha).

9-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANING KADRLAR SIYOSATI VA MEHNATGA HAQ TO’LASH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH



  1. Korxonada kadrlar

  2. Kadrlar strukturasi

  3. Kadrlar siyosatining turlari

  4. Ish haqi tushunchasi

  5. Ish haqi turlari

  6. Ish haqini hisoblash usullari



Xodimlar mehnatiga xaq to‘lash- ishlab chiqarishda band bo‘lgan mehnat resurslarining bahosidir
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarishda band bo‘lgan mehnat resurslarning bahosidir. Ko‘p jihatdan ish haqi sarflangan mehnatning miqdori va sifati bilan belgilanadi, lekin unga bozor omillari bo‘lgan talab va taklif o‘rnatilgan bozor konskturasi, xududiy jihatdan, qonunchilik me’yorlari ham katta taosir ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti mehnat bozoriningmavjudligini mehnat resurslarining hududiy harakati yaoni ularning mehnatga talab borjoyda to‘planib, ortiqcha taklif ko‘rsatilgan joydan ketishni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi omillarning barchasi mehnatga haq to‘lash xarakterini shakllantiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to‘lash batomom Yangi prinsiplarga asoslanadi. Avvalgi tizimdagi mehnat vadamolish huquqining davlat tomonidan kafolatlanishi prinsiplari bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchini yo‘qotdi. Jamoa ham alohida ishlovchi ham shahsiy iste’mol uchun ijtimoiy mahsulotning bir qismiga uni ishlab chiqarish bilangina emas, balki keyin ega bo‘lish imkoniyatiga sazovar bo‘ladi.
Turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarda hozirda ish haqining quyidagi ikki shakli keng tarqalgan;

      1. Ishbay ish haqi – bir birlik mahsulot yoki bajarilgan ish uchun haq to‘lash.

      2. Vaqtbay ish haqi – taorif tizmida ko‘zda tutilgan ish vaqti uchun haq to‘lash.

Ish haqining shakl va tizimlari

  • Ishbay ish shakli.

  • Oddiy ishbay tizim.

  • Bilvosita ishbay tizim.

  • Akkord tizimi.

  • Ishbay progresi tizim.

  • Vaqt bay shakli.

  • Odiy vaqtbay tizimi.

  • Vaqtbay mukofat tizimi.

Oddiy ishbay ish haqida uning kattaligi ishlab chiqarilgan bitta buyum yoki ish uchun ishbay ratsenka quyidagicha aniqlanadi:
yoki
- bajarilayotgan ish razryadga mos soatli taorif stavkasi.
- mahsulot ishlab chiqarishning saotli normasi.
- bir buyum ishlab chiqarishga sarflanadigan norma bo‘yicha vaqt, soat.


Ishchi ishbay ishhaqini ishbay – mukofat tizimida o‘z ishi uchun to‘g‘ri ishbay ratsenkalar bo‘yicha haq oladi va qo‘shimcha tarzda mukofatlanadi. Buing uchun mukofatlash ko‘rsatkilari aniq o‘rnatilishi va ular har bir ishchiga etkazilishi kerak.
Ish hakini to‘lashning bilvosita ishbay tizimida ishchining ish haqi miqdori u hizmat ko‘rsatayotgan asosiy ishbay ishchilar mehnati yakuniga bog‘liq holda keltiriladi. Ushbu tizim asosan yordamchi ishchilarga ish haqi to‘lashda qo‘laniladi.
Akkort tizimida ishbay rassenka ishning butun hajmi ( alohida operatsiya uchun emas) uchun amaldagi vaqt me’yorlari yoki ishlab chiqarish me’yorlari va rassenkalar asosida o‘rnatiladi.Ish xaqi to‘lashning ishbay – progressiv tizimda ishchimexnatiga ular tomonidan ishlab chiqarish normallashini bajarish miqyosida to‘g‘ri ishbay rassenka, normadan yuqori ishlab chiqarganda esa oshirilgan rassenka asosida haq to‘lanadi.
Hozirgi sharoitda ish xaqining pudrat shakli keng qo‘lanilmoqda. Uning mohiyati ikki tomonlama shartnoma tuzilib, unda bir tomon ma’lum ishni bajarish majburiyatini yoki pudrat oladi, ikkinchi tomon esa ish tugatilganidan so‘ng, unga xaq to‘lash majburiyatini oladi.
Ishchilar brigadasini ish xaqi quyidagicha aniqlanadi.


Ibr = Rbr * Vbr*x bunda:


Rbr – bir mahsulotning birligida ishbay rassenkasi
Vbr – brigadatomonidan xaqiqiy bajarilgan ish xaqi.
Ish xajmi
Ish haqining vaqtbay shaklida ishlovchi ishlangan ish vaqti miqdoriga bog‘liq holda pul ifodasida taqdirlanandi. Vaqtbay ish xaqining oddiy vaqtbay va vaqtbay mukofat tizimlari mavjuddir.
Oddiy vaqtbay ish xaqini to‘lashda ishchining ish haqi quyidagicha aniqlanadi:
Iv = Tst * tu


Iv – ishchining ish xaqi.
Tst – ma’lum razryad ishchisining soatli yoki kunlik taorif stavkasi.
tu – berilgan davrda ishlangan vaqt, soatda yoki ish kunlarida.
Korxona raxbarlari, mutaxassislari va xizmatchilariga ish haqi to‘lashda mansab maoshlari tizimidan foydalaniladi. Mansab maosh deganda ish haqining mutloq miqdori tushiniladi.
1) ishlab chiqarish hajmi va ishlovchilar sonining o‘zgarishi natijasida mehnat unumdorligining oshish normasi (%)



Ro‘ – ishlab chiqarish hajmining rejada ko‘rsatilgan o‘sish normasi (%)
Isu – reja bo‘yicha ishlovchilarning o‘sish (%)
2) Ro‘yxatdagi yordamchi ishchilarning soni quyidagicha aniqlanadi:



Ju – yordamchi ishchilarning xizmat qiladigan umumiy ish joylarining soni.
Jb – bitta ishchining norma bo‘yicha xizmat qiladigan ish joyi.
S - ishlab chiqarish uchastkasidagi smenalar soni.
K – ish fondidan foydalanishni hisobga oluvchi koefitsient.


3) Vaqtbay ishchilarning tarif ish xaqi fondi FV qo‘yidagicha aniqlanadi:

Bunda:
ST – ishchining soatli tarif stavkasi.
FM – bita ishchini xisoyuyuot davridagifoydali ish vaqti fondi.
n – ma’lum razryaddagi ishchilar soni.
4) Bevosita ishbay narx bo‘yicha ish xaqi fondi:

Bunda:
NM – mahsulot birligining ishbay narxi.
I – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
5) Ish xaqining soatli fondi:

Bunda:
M - mukofot miqdori.
HQ – bayram kunlari, tunda ishlaganligi, shogirdlarni o‘rgatganligi uchun ishchilarga to‘lanadigan qo‘shimcha haq.
6) Ish xaqining kunlik fondi FK:

HQ.E – emizikli onalar, voyaga etmaganlarning qisqartirilgan ish vaqti, bayram kunlari ishlaganligi uchun ishchiga to‘lanadigan qo‘shimcha haq.
7) Oylik, chorak va yillik ish haqi fondi FT:

- davlat va jamoat ishlarini bajarilganligi uchun beriladigan qo‘shimcha haq.
- navbatdagi va qo‘shimcha tahtillarga beriladigan qo‘shimcha haq.
8) O‘rtacha ish haqi miqdori quyidagiformula orqali topilsin:

Bunda:
IXO‘ – soatlik, kunlik, oylik yoki yillik ish haqi fondi.
F – ish haqi fondi.
n – ishchilar soni.

Mavzuga doir masalalar va ularni echish;


1. Yig‘uvchi chilangar bir oy davomida 176 soat ishlab, 5-razryad bo‘yicha 350 yig‘ilmani tayyorlagan. Har bir yig‘ilmaning donabay vaqti 42 min. Ishchi bundan tashqari qo‘shimcha 5-razryad bo‘yicha 50 soatli ish hajmini bajargan. Ishchining vaqt normasini bajarish foizi topilsin.
Echish:
1) Ishchining haqiqiy ishlagan normasi soati.
IV xak = * 350+50=295 norma soat
2) Ishchining vaqt normasini bajarish foizi.
KB = =167,6%
2. Tokar bir oy davomida 4-razryad bo‘yicha 270 dona detalp tayyorlagan, detallarning donabay vaqti 20 daqiqa; 5-razryad bo‘yicha esa 600ta detal tayyorlagan. Har bir detalning vaqt normasi 30 daqiqa. Mavjud mukofotlash xujjatiga asosan ishchi berilgan topshiriqni 100%ga bajarganda, unga 12% mukofot beriladi.
Ishchi bir oyga jadvalga asosan 175 soat ishlagan. Ishchining ishbay mukofotli maosh miqdori topilsin.
Echish:
1) Ishchining normani bajarganlik miqdori;
KB= *100=137,1%
2) Ishbay narx:
NM1=20*5,14:60=1,7so‘m
NM2=30*6,70:60=3,35so‘m
3) Ishchining ishbay mukofot usulida ishlagan maosh miqdori:
IX=(1,7*270+3,35*600)*(1+12:100)=2765,5so‘m


3. Presslarga shtampalarni o‘rnatuvchi 3-razryadli ishchi 4ta pressga xizmat ko‘rsatadi. har bir pressga bir soatda 80ta detal ishlab chiqarish norma qilib belgilangan. Ishchilar kun davomida 2560ta detal ishlab chiqarganlar. Ishchining bilvosita ishbay ish haqi topilsin.
Echish:
1) Bilvosita narx:
NB= =0,02so‘m
2) Ishchining kunlik ish haqi:
IX=0,02*2560=51,2so‘m


4. Xizmatchi xodimning oylik maoshi miqdori 1200 so‘m. U ma’lum oyda jadvalda ko‘rsatilgan 24 ish kunining o‘rniga xaqiqiy 22 kun ishlagan unga ishni sifatli bajarganligi uchun 40% mukofot belgilangan. xizmatchi xodimning oylik maoshi topilsin.
Echish:
1) xizmatchi hodimning oddiy oylik maoshi:
IX= *22=1100 so‘m
2) xizmatchi xodimning mukofotli maosh miqdori:
IX=1100+ =1540 so‘m
Echish uchun masalalar.


1.Ishchi oy davomida jadvalga asosan 160 soat ishlab, 800ta detal tayyorladi. U ratsionalizatorlar taklifini kiritib, ishlab turgan texnologiyani tokomillashtirishga erishdi. Natijada 1ta detalga sarflanadigan mehnat harajatini 0,03 soatga kamaytirdi. Ishchining ish foizi necha foizga oshgan:
Javob: 17,6%
2. Ishchi 7 soatlik ish kunida 18ta detalp tayyorladi. Ularning har birining vaqt normasi 15 minut edi. Bundan tashqari YAna har birining vaqt normasi 48 minutga teng 6 ta detal ham tayyorladi. Ishchi smenada normasini necha foizga bajarganligini aniqlang.
3. ishbay haq to‘lash usulida ishlaydigan 4-razryadli tokarp bir oy davomida donabay vaqti 45minut bo‘lgan 540ta detal va donabay vaqti 20 minutga teng 340ta detal tayyorladi. Ishchi ishni sifatli bajarganligi uchun unga 20% mukofot beriladi. Ishchining oylik maoshi topilsin.
Javob: 3475,2 so‘m
4. Ishlov berish jarayonining vaqt normasi 12 minutni tashkil etadi. Mazkur jarayonni 3-darajali stanokchi bajaradi. SHu jarayonning ishbay narxi topilsin.
Javob: 0,92 so‘m
5. Dastgohlarni sozlovchi 4-razryadli chilangar 8ta dastgohga hizmat ko‘rsatadi. har bir dastgohning 1 soatlik ishlab chiqarish normasi 50ta detaldan iborat. Smena davomida jami asosiy ishchilar 3200 dona detalg‘ ishlab chiqargan. Ishchining kunlik maoshi topilsin.
6. Yig‘uv sexining uchastkasida 46 ishchi mavjud bo‘lib bulardan 4 ishchi 3-daraja bo‘yicha ishlashadi. Ishchilarning o‘rtacha taorif razryadi topilsin.
Javob: 4,4
7. Yillik rejaning mehnat hajmi 480000 norma soatni tashkil qiladi. Normaning ortig‘i bilan bajarilish koeffitsienti -1,2 ga teng. Yilning foydali ish vaqti fondi 1878 soat. Ishchilar soni topilsin.
Javob: 213 kishi.
8. sex ishchilarining kunlik ish haqi fondi 48078,8 so‘m. Ish vaqtining yillik samarali fondi – 277 kun. Mehnat tahtilining o‘rtacha davomiyligi 24 kun. Davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish uchun 3 kun rejalashtirilgan. Uzoq muddatli xizmat uchun to‘lanadigan pul – 2700 so‘mni tashkil qiladi. sex ishchilarining yillik ish haqi fondini aniqlang.
Javob: 52766 so‘m
9. Mashinasozlik korxonasida mahsulot chiqarish reja bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 12% ga, ishchilar soni esa 1,8% ga ortishi kerak. SHu korxonaning rejada ko‘rsatilgan mehnat unumdorligining o‘sishi topilsin.
Javob: 10%
10. Yil davomida ishlab chiqarish uchastkasida 10000 mashina komplekt detal tayyorlanishi kerak. Bitta komplekt detalni tayyorlash uchun tokar 4 soat mehnat hajmi sarflaydi. Normani ortig‘i bilan bajarish koeffitsienti -1,2.
Yilda 252 ish kuni, taotilga 18 kun rejalashtirilgan, ishga kelmaslik 8 kunni tashkil qiladi. Tokarlar soni topilsin.
Javob: Qt=18 kishi.
Korxona ishchi-hodimlarining mehnatiga haq to’lash tarif razryadlari (toifalari), koeffitsient va ma’lumotnomalardan iborat tarif tizimi asosida amalga oshiriladi.
Ta’rif toifasi ishchi (hodim)ning malakasi yoki bajarilgan ishning murakkabligini tavsiflaydi. Tarif koeffitsientini ushbu toifaga haq to’lash darajasi birinchi toifa bo’yicha haq to’lashdan necha barobar yuqoriligini ko’rsatadi.
Tarif – malaka ma’lumotnomalari ishchi kasblari va ularning ta’rifidan iborat ro’yxatlar ko’rinishida bo’ladi.

10-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONADA ISHLAB CHIQARISH STRUKTURASINI BOSHQARISH



        1. Ishlab chiqarish strukturasi haqida tushuncha

        2. Ishlab chiqarish strukturasining turlari

        3. Ishlab chiqarishni tashkil etish turlari

        4. Ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish yo’llari

        5. Korxonaning bosh rejasi

Ishlab chiqarish – jamiyatning paydo bo’lishi va rejalanishi uchun kerakli bo’lgan, moddiy neomatlar yaratish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning asosini mehnat faoliyati tashkil etib, u quyidagi uch elementdan iborat bo’ladi:

  • Maqsadga muvofiq ish yoki mehnat.

  • Insonning ratsional faoliyatiga yo’naltirilgan barcha narsalar, ya’ni mehnat predmetlari.

  • Mehnat vositalari (o’z ehtiyojlarini qondirishi maqsadida mehnat buyumlarini yaratish uchun kerakli mashina, jihoz, uskunalar).

Moddiy ishlab chiqarish mahsuloti – bu tabiiy va mehnat buyumlarining o’zaro muvofiqlashuvidan kelib chiqqan moddiy neomatdir.
Zamonaviy ishlab chiqarish fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida rivojlanib, uning asosini ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tashkil etadi.
Har bir korxona turli tsex, uchastka va xo’jaliklardan, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi.
Korxona ishlab chiqarish bo’g’inlari, shuningdek boshqaruv va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’linmalar, ularning soni va ishlovchi xodimlari soni korxonaning umumiy strukturasini tashkil etadi.
TSex uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar (ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi) korxonaning ishlab chiqarish bo’linmalari hisoblanib, ular o’rtasidagi aloqalar esa ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish strukturasi moddiy ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy va iqtisodiy-geografik sharoitlarida mehnat unumdorligi darajasini, ishlab chiqarish xarajatlarini, tabiiy boyliklar, eksplutatsiyasi samaradorligini namoyon etadi.
Korxonaning ratsional ishlab chiqarish strukturasi esa quyidagi tartibda tuziladi.

  • korxona tsexlarini tarkibi, ularning quvvati belgilangan miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishga mosligini belgilash;

  • har bir tsex maydonlarini o’lchab, korxonaning bosh rejasidagi o’rnini belgilash;

  • korxona ichkarisidagi va tashqarisidagi (davlatlararo) barcha transport aloqalarini rejalashtirish;

  • tsexlararo ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositalarining eng qisqa marshrutlarini qo’llash.

Korxonaning ishlab chiqarish bo’linmalari tarkibiga asosiy mahsulot, asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan, jihozlarni taomirlash, material, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash bilan bog’liq tsex, uchastka va laboratoriyalar kiritiladi.
Korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkiliy bo’linmalariga uy-joy, kommunal xo’jaliklar, bolalar bog’chalari, oshxonalar, sanatoriy-prafilaktoriyalar, dam olish uylari, o’quv yurtlari tarmoqlari kiradi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasining birligi tsex hisoblanib, u korxonaning mahsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab chiqarishning ma’lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan chegaralangan bo’limidir.
TSexlar to’la huquqli bo’linma hisoblanib, ular o’z faoliyatlarini xo’jalik hisobi asosida olib boradilar.
TSexlar to’rt guruhdan iborat: asosiy, yordamchi, yondosh va tomorqa xo’jaligi.
Asosiy tsexlarda sotish uchun mo’ljallangan mahsulotlarni tayyorlash operatsiyalari bajariladi. Asosiy tsexlar: tayyorlov, qayta ishlovchi va yig’ishdan iborat.
Tayyorlov tsexlarida quyish, temirchilik - shtamplash, temirchilik, presslash, baozan payvandlash konstruktorlik tsexlari kiradi. Qayta ishlovchi tsexlarga mexanik ishlov berish, yog’ochni qayta ishlash, detallarni galpvanik, lak bo’yoqli, himoya va dekorativ qoplash tsexlari kiradi. Yig’ish tsexlariga buyumlarni agregatli va yakuniy yig’ish, bo’yash, ehtiyot qismlar va olinadigan jihozlar bilan komplektlash tsexlari kiradi.
Yordamchi tsexlarga - asbob uskuna, nostandart jihozlash, taomirlash, energetika va transport tsexlari kiradi.
Yondosh tsexlar - presslash usuli yordamida metall chiqindilariga qayta ishlov berish, keng iste’mol buyumlari ishlab chiqarish tsexlari kiradi.
Ko’mak beruvchi tsexlarga buyumni o’rash uchun tara, arralangan yog’och ishlab chiqaruvchi, mahsulotni konservatsiya qilish, o’rash, yuklash va iste’molchiga jo’natish bilan shug’ullanuvchi tsexlar kiritiladi.
Yuqoridagi tsexlar bilan bir qatorda har bir mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarish tsexlari xizmat ko’rsatuvchi tsexlar va xo’jaliklar ishlab chiqarishiga ma’lum turdagi xizmatlarni ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning tarkibiga ombor, transport xo’jaliklari, sanitar-texnik moslamalar (suv ta’minoti tarmog’i, kanalizatsiyalar, nasos stantsiyalari, tozalash inshootlari) kiradi.
Bulardan tashqari korxonaning ishlab chiqarish strukturasida konstruktorlik va texnologik bo’linmalar, ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalar ham asosiy rolp o’ynaydi. Ular chizmalar yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tajriba o’tkazish va konstruktorlik ishlarini olib borish bilan shug’ullanadi. Ushbu bo’linmalarda fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
TSexlar tarkibiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchastkalari kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish uchastkalari texnologik va buyumli jarayonlar asosida tashkil topadi. Texnologik jarayonlar mujassamlashgan uchastkalarda, faqat belgilangan turdagi texnologik operatsiyalar bajariladi. Masalan, mexanik tsexlarda – tokarli, frezerli, slesarli uchastkalar, yig’ish tsexlari esa – mahsulotning qismlar bo’yicha va yakuniy yig’ish, uning qismlari va sistemalarini sinovdan o’tkazish, sinov-kontrolp stantsiyalari, bo’yoqlash uchastkalari majmuidan iborat bo’ladi.
Buyumli jarayonlar mujassamlashgan uchastkalarda esa, alohida turdagi operatsiyalar bajarilmaydi, natijada berilgan uchastka uchun kerakli texnologik jarayonlardan to’liq o’tgan tugallangan mahsulot olinadi.
Yordamchi uchastkalarga quyidagilar kiradi: bosh mexanik va bosh energetik uchastkalari; asbob-uskuna tarqatuvchi uchastkaga ega bo’lgan ombor; transport xizmati; texnologik jarayonni ishga tayyorlash va taomirlash ustaxonasi. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning markazlashtirilgan sistemasi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, tsexlarda yordamchi uchastkalar tuzishning xojati bo’lmaydi.
Ushbu tsex va uchastkalar asosiy ishlab chiqarishdagi yordamchi tsex va uchastkalar qanday tashkil etilgan bo’lsa, ular ham shunday tashkil etiladi.
Ma’lumki, korxona ishlab chiqarish strukturasi uch xil ko’rinishda bo’ladi; buyumli, texnologik va aralash (buyumli-texnologik).
Buyumli strukturaga ko’ra tsexlarning alohida turdagi mahsulotlari, mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirish jarayonlari tushuniladi. Bunda maxsulotlarga to’liq ishlov berish faqat bir tsex doirasida amalga oshiriladi va yakunlanadi. Masalan: mashinasozlik (avtomobilsozlik) korxonalarida shassi va kuzov motor ishlab chiqarish tsexlari, tikuvchilik va hokazo.
Buyumli struktura tsexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarini soddalashtiradi. Detallar yo’li harakatini qisqartiradi. Ya’ni, tsex ichidagi va tsexlararo transportni arzonlashtiradi. Ishlab chiqarish tsiklini qisqartiradi, rejalashtirish soddalashadi, ishchilarning ishning unumiga bo’lgan masouliyati oshadi. Buyumli struktura texnologik jarayonning strukturaviy kechikishlar bo’yicha jihozlarlarni joylashtirish yuqori unumli instrumentlar, stanoklar moslamalarni qo’llash imkoniyatini yaratadi.
Bular esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarishning ortishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga va mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Texnologik strukturaga ko’ra tsexlarda texnologik jihatdan bir xil jarayonlar bajariladi. Masalan: to’qimachilik korxonalarida to’quv, bezak berish tsexlari, mashinasozlik korxonalarida quyish, termik ishlov berish ishlari mavjud.
Ishlab chiqarishning ushbu turida ish o’rinlarining ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya’ni, har bir uchastkaga ma’lum bir texnologik operatsiyalar biriktiriladi. Natijada ishlab chiqarishga maxsus jihozlarlarni joriy etish imkoniyati keladi. Ishlab chiqarish strukturasining ushbu turida texnik rahbarlikning soddaligi va asosiy vositalar va materiallardan to’liqroq foydalanish imkoniyati mavjud. Lekin ayrim kamchiliklar ham bor, ularga: tsexlar orasidagi kooperatsiya aloqalarining murakkablashuvi, ishlab chiqarish tsiklining uzunligi, transport harajatlarining ortishi misol bo’la oladi.
Bular asosida mahsulot tannarxi pasaysada, mehnat unumdorligi bir me’yorda turadi.
Aralash (buyumli texnologik) struktura turli belgilarga ko’ra ixtisoslashgan tsexlar o’zaro birga tashkil etiladi. Masalan, mashinasozlik tsexlarida tayyorlov tsexlari texnologik belgiga ko’ra, ishlov beruvchi va buyumli belgiga ko’ra yig’uvchi tsexlardan tashkil topadi.
Aralash (buyumli texnologik) struktura mashinasozlikda, yengil sanoatda (tikuvchilik, mebelpsozlik) keng tarqalgan. Ushbu strukturaning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: tsex ichidagi tashish ishlari kamayadi, ishlab chiqarish tsikli qisqaradi, mehnat sharoitlari yaxshilanadi, mehnat unumdorligi o’sadi va mahsulot tannarxi kamayadi.
Ishlab chiqarish tipi ixtisoslashuv darajasi va tashkiliy-texnik xususiyatlar yig’indisi bilan xarakterlanadi.
Tanlangan ishlab chiqarish tipi ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnik tayyorlash, rejalashtirish, nazorat qilish usullarini tanlash, tsex uchastkalarini tashkiliy tuzilmasini tuzish, joylashtirish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish me’yorini ishlab chiqarishga taosir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishning uchta asosiy turini farqlash mumkin: yakka tartibli seriyali, ommabop.
Yakka tartibli ishlab chiqarishda cheklangan miqdordagi turli xil va doimiy bo’lmagan nomenklaturadagi maxsulotlar ishlab chiqariladi. Bularga Novokramatordagi mashinasozlik zavodi, Uraldagi og’ir mashinasozlik zavodlari misol bo’la oladi.
Ushbu tipning asosiy belgilari quyidagilar:

  • Takrorlanmas keng nomenklaturadigi mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • Ishchi o’rinlarini texnologik moslamalar yordamida tashkil etish;

  • Ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan yuqori malakali universal – ishchilar sonini oshirish;

  • Katta hajmda qo’lda yig’ish va yakuniy operatsiyalarning mavjudligi;

  • Ishlab chiqarish tsiklining uzunligi;

  • Tugallanmagan ishlab chiqarishning bo’lishi;

  • Operativ ishlab chiqarishni rejalashtirish va ishlab chiqarishni boshqarish markazlashtirilganligi;

  • Avtomatik jarayonlarning mahsulot sifati ustidan nazoratini bir xil maqsadda emasligi;

  • Mahsulot sifati ustidan boshqarishda statistik usulning qo’llanmasligi;

  • Jonli mehnat uchun ko’pgina harajatlar;

  • Mexanizatsiyalashtirish darajasining pastligi;

Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka tartibli usulida jihozlarni qayta sozlashga ko’p vaqt sarflanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori ko’p bo’ladi. Ushbu kamchiliklarni mehnat buyumlarining harakat yo’nalishlarini soddalashtirish, operatsiyalararo uzilishlar vaqtini qisqartirish orqali qisman bartaraf etish mumkin.
Yakka tartibdagi ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga misol qilib, kosmik ob’ektlar tayyorlashni keltirish mumkin.
Seriyali ishlab chiqarishga bir nechta detallar ustida ma’lum bir ketma-ketlikda muntazam ravishda bir nechta doimiy operatsiyalarni bajaradigan ish o’rinlari xosdir.
Seriyali ishlab chiqarish seriya miqdoridan (ishlab chiqarish masshtabidan) hamda nomenklaturaning turlicha ekanidan kelib chiqib, cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarishning takrorlanib turishi bilan ajrab turadi.
Seriyali ishlab chiqarish quyidagi umumiy belgilari bilan harakterlanadi:
— ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan nisbatan katta nomenklaturadagi qaytariladigan mahsulotning doyimiyligi;
— bir nechta yopiq turdagi operatsiyalarni bajarish uchun ish o’rinlarini to’liq ixtisoslashtirish;
— mahsulot tayyorlashning mavsumiyligi seriyada, detallarga qayta ishlov berish partiyalab amalga oshiriladi.
— jihozlar texnologik jarayon yo’nalishida emas, balki texnologik konstruktsiya jihatidan o’xshashlik belgilariga ko’ra joylashtiriladi;
— seriyali usulni qo’llash samaradorligiga ixtisoslashtirishning chuqurlashtirish, ishlov berilayotgan mahsulot nomenklaturasini kamaytirish orqali erishish mumkin. Buning uchun esa:
— partiya miqdori, zadellar, tsikl davomiyligi, normativlarni qo’llash, buyumni ishlab chiqarishga kiritish va chiqarishning standart grafiklarini qo’llash orqali barcha bo’linmalarning bir maromda ishlashini ta’minlash.
Seriyali ishlab chiqarishga motorsozlik va samolyotsozlik zavodlarini misol qilishimiz mumkin.
Faqat bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga qarab, seriyali ishlab chiqarish kichik seriyali, o’rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishga bo’linadi.
Ommaviy ishlab chiqarish bir turdagi, cheklangan nomenklaturadigi, uzoq muddatga mo’ljallangan va katta hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Ommaviy ishlab chiqarishdagi korxonalarga avtomobilp, traktor zavodlarining avtomobilp, traktor qishloq xo’jalik mashinalari ehtiyot qismlari zavodlarini misol qilishimiz mumkin.
Ommaviy ishlab chiqarish – ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning oliy shakli bo’lib, bir xil detallar ustida bir xil operatsiyani bir hil bajarishga ixtisoslashgan ish o’rinlaridan iborat.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning ommaviy usuli quyidagi umumiy belgilar bilan harakatlanadi.

  1. Mehnat buyumlarining qat’iy tartiblashuvi

  2. Ish o’rinlarining texnologik jarayon yo’nalishida joylashtirish va maxsus jihozlar instrument hamda moslamalar bilan jihozlash

  3. bir yoki bir nechta konstruktsiya va texnologik jihatdan yaqin bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish.

  4. Ishlab chiqarish jarayoni mehnat sig’imi bo’yicha teng yoki karrali operatsiyalarga taqsimlash

  5. Operatsiyalar uchun tayyorlovchi – oluvchi yakunlovchi vaqtning minimalligi

  6. Aniq mehnat taqsimoti

  7. Ish o’rniga bir operatsiyani biriktirish

  8. Seriyali ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish tsiklining qisqaligi

  9. Korxonani boshqarishda avtomatlashtirilgan sistemalardan foydalanish

  10. Mahsulot sifatini nazorat qilishda statistik ma’lumotlardan keng foydalanish

  11. Mahsulot sifatini nazorat qilishda avtomatizatsiya darajasining yuqoriligi (ASUP)

  12. Boshqaruvni markazlashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish.

11-AMALIY MASHG’ULOT. ISHLAB CHIQARISHNING KONTSENTRATSIYASI VA KORXONA KATTALIGINI BOSHQARISH



  1. Ishlab chiqarish kontsentratsiyasining mohiyati

  2. Ishlab chiqarish kontsentratsiyasining iqtisodiy ahamiyati

  3. Ishlab chiqarishning optimal kattaligi va uni boshqarish

  4. Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi darajasi ko’rsatkichlari



Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi darajasi mehnat taqsimoti va uning ijtimoiylashuvining rivojlanish bilan xarakterlanadi.
Mehnat taqsimoti va ijtimoiylashuvi bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha operatsiyalarning tabaqalashuvi va kontsentratsiyasida, jami ijtimoiy ishlab chiqarish darajasida esa tarmoq bo’yicha tabaqalashuv va kontsentratsiyada o’z aksini topadi.
Mehnat vositalari tabaqalashuvi bilan ular ishlab chiqariladigan tarmoqlar ham tabaqalashadi.
Tarmoq tabaqalashuvi ishlab chiqarish tarmoqlari sonining oshishida, kontsentratsiya esa ishlab chiqarishning yirik korxonalarda tarmoq yoki kengroq chegara bo’lgan turli tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonlari miqyosida joylashuvini anglatadi.
Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi to’rtta shaklga ega: korxonalarni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalashuvi va kombinatsiyalashuvi.
Korxonalarni yiriklashtirish – ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi bo’lib, fan – texnika taraqqiyoti (mashina, agregatlar, apparatlar, birlik quvvatlari unumdorligining oshishi, boshqaruv texnikasining takomillashuvi) va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmlarining oshishi bilan aniqlanadi.
Ixtisoslashuv – ommaviy yoki yirik seriyali tipga taalluqli bo’lgan bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishning to’planuvidir (kontsentratsiyasi).
Kooperatsiyalash – ma’lum mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishda ishtirok etadigan korxonalar orasidagi to’g’ridan – to’g’ri ishlab chiqarish aloqalaridir.
Kombinatsiyalashuv – bitta korxona (kombinat) da xom-ashyoga ketma – ket ishlov berish bosqichlari, xom-ashyoni kompleks qayta ishlash yoki ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaanishani o’zida namoyon qiluvchi turli ishlab chiqarishlarning birlashuvidir.
Yuqoridagilar ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari ko’pincha bir – birini to’ldiradi va faqat ularni ko’rib chiqishga bo’lgan tizimli yondashuv ulardan foydalanish bo’yicha ob’ektiv qarorni taminlashi mumkin.
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini rivojlantirishni rejalashtirishda quyidagilar ko’zda tutiladi.

  • agregat va mashinalar birlik quvvatining o’sishiga mos holda korxonalarni yiriklashtirish;

  • yangi ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirish;

  • mahsulot ishlab chiqarishning sanoatning maxsus tarmoqlarida jamlashuvi;

  • konstruktiv va texnologik jihatdan bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishning turli tarmoq korxonalarida tarqalib ketganligini oldini olish;

  • yo’nalishiga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarishdan korxonalarni xalos etish;

  • umumtarmoq yo’nalishiga ega bo’lgan buyumlar va zagatovkalarni ishlab chiqarish agregatini taomirlashni markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladigan maxsus korxonalarni tashkil etish va rivojlantirish;

  • kooperatsiya bo’yicha iqtisodiy jihatdan sasmarali aloqalarni o’rnatish;

Ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini takomillashtirish bo’yicha rejalarda xarajatlar hisoblanadi va umlaraning xalq xo’jaligi samaradorligi aniqlanadi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqarishda amal qilayotgan ishlab chiqarishlarning ixtisoslashuviqvmni chuqurlashtirish va yangi ixtisoslashganlarni yaratish yo’li bilan tarmoq va tarmoqlararo ixtisoslashuvini amalga oshirish ko’zda tutiladi.
Alohida sanoat tarmoqlari rivojlanishni rejalashtirishda ishlab chiqarishlarning optimal kattaliklari va ushbu tarmoqda eng samarali kontsentratsiya shakllari ishlatiladi.
Kontsentratsiya yirik ishlab chiqarishlar va korxonalarning tashkil etilishi va rivojlanishida, har bir tarmoq mahsulotining katta qismi ixtisoslashgan korxonalarda jamlanuvida o’z aksini topadi. Ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi zamonaviy, yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish va ijtimoiy mehnat unumdorligini muttasil oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Quyidagi ikkita o’zaro bog’liq tushunchalarni farqlash lozim: ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va boshqaruvni markazlashtirish.
Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi muammolarini ko’rib chiqishda amalda «korxona kattaligi» tushunchasida foydalaniladi.
Ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi darajasini (istalgan daraja uchun) eng aniq tarzda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining mutloq ko’rsatkichlari xarakterlaydi.
Sanoatda kontsentratsiya jarayonlarini rejalashtirish va tahlil qilishda odatda birlashma va korxonalarni mahsulot (tovar, sotilgan) hajmi, ishchilar yoki ishlovchilar soni asosiy fondlar qiymati, elektr energiyasining iste’moli ko’rsatkichlari bo’yicha guruhlash amalga oshiriladi. CHuqurroq tahlil maqsadlarida ushbu turdagi mahsulotning natural yoki shartli – natural o’lchovlarda ishlab chiqarish hajmlari bo’yicha guruhlardan farqlaniladi.
Ma’lum mahsulot ishlab chiqaruvchi ham bir tarmoq yoki uning tarkibiy qismida ishlab chiqarish kontsentratsiyasi mahsulotning konstruktiv – texnologik xususiyatlariga bog’liqdir. Masalan, qora metallurgiya, elektroenergetika va baozi boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarish kontsentratsiyasi, demakki korxona kattali ham, ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha resurslardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi asosiy agregatlar kattali va ularning soniga bog’liq, mashinasozlik, tekstil, poyabzal sanoatlarida ishlab chiqarish kattaligi va korxonalar kontsentratsiyasi ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyatlariga mos ravishda mashina va jihozlarning alohida komplekslari va tashkil etish shakllarining optimal birlashuvi orqali aniqlanadi.
Kontsentratsiya samaradorligining asosiy mezoni bo’lib sanoatada ishlab chiqarish omillaridan maksimal foydalanish hisoblanadi.
Tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlari ularning barchasi uchun yagona bo’lgan ishlab chiqarishlar va korxonalarning optimal kattaligini o’rnatishga imkon bermaydi.
Qazib olish sanoatida ishlab chiqarishning optimal kattaligiga tabiiy sharoitlar va foydali qazilmalarni iste’mol qilish hajmi eng katta taosir ko’rsatadi. Foydali qazilmalarning zaxiralari, yer usti va orsi inshootlarining (karperlar, shaxtalar va b) ishlash muddati, iste’mol hajmlari asosida qazib olish hajmi, demakki, korxona kattaligi ham aniqlanadi. Masalan, agar ko’mir yoki ruda zaxiralari hajmi va bino, inshootlarning ishlash muddati 30 yil bilan chegaralangan bo’lsa, shaxta yoki karperlarning kattaligi yiliga foydali qazilmaning 3-3,5%ni qazib olishga muljallangan bo’lishi kerak.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan qayta ishlash sanoati tarmoqlarida (metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, tsement, shakar sanoatalari va b) optimal quvvatlar kattaligi zamonaviy agregatlarning, eng kichigidan tortib eng kattasigacha, birlik quvvatlarining (boshqa agregatlar va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar bilan kompleksda) yig’indisi bilan anaqlanadi. Alohida tsexlarning optimal ishlab chiqarish quvvatlari o’rnatilgan agregatlarning birlik quvvatlari asosida, korxonaning umumiy quvvati esa tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko’ra o’rnatiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish ega bo’lgan qayta ishlash sanoataning mashinasozlik, yog’ochga ishlov berish, poyabzal, tekstil tarmoqlarida ishlab chiqarishning optimal kattaliklari mahsulotni mehnatning minimal sarfi bilan ishlab chiqarilishini ta’minlovchi turli stanok va jihozlar, potok va avtomatik liniyalar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar va boshqa bo’linmalarning ratsional to’plami asosida aniqlanadi.
Sanoat ishlab chiqarish kontsentratsiyasi 3 ta asosiy shaklda amalga oshiriladi:

  • ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish kontsentratsiyasi;

  • kombinatlashgan ishlab chiqarishlar kontsentratsiyasi;

  • universal korxonalar kattaligini oshirish;

Birinchi shakl eng samarali hisoblanadi, chunki u bir turdagi ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvini ta’minlab, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan ixtisosslashgan mashinalar, avtomatlashtirilgan va potok liniyalar, ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy usullarini qo’llash uchun imkoniyatar yaratadi.
Kontsentratsiyaning ikkinchi shakli ham yuqori samaralidir, chunki u texnologik jarayonlarni bajarishning ketma – ketligini, xom-ashyoga kompleks ishlov berish, yondosh mahsulot va chiqindilardan foydalanishni ta’minlaydi.
Kontsentratsiyaning uchinchi shakli eng kam samarali hisoblanadi, chunki bunda na turdoshlik, na texnologik jarayonlarning ketma – ketligi, na xom-ashyoga kompleks ishlov berish orqali o’zaro bog’lanmagan ishlab chiqarishlar to’planuvi amalga oshiriladi. Universal tipdagi korxonalar turli xil mustaqil va o’zaro kam bog’langan ishlab chiqarishlarni birlashtiradi. Kontsentratsiyaning uchinchi shakliga mansub birlashma va korxonalarda nisbatan yirik ishlab chiqarish asosiy tsexlarda, maydalari esa yordamchi tsexlarda jamlanadi. Ixtisoslashuvining yetarli bo’lmagan darajasi, qo’shilayotgan ishlab chiqarishlarning turli kattaliklari, mahsulotning har xilligi, boshqaruvning marakkablashuvi ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish uchun to’sqinlik qiladi.
Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va uning alohida shakllari ikki bosh omil mahsulotning alohida turlariga bo’lgan ehtiyojning oshishi va ishlab chiqarishdagi fan – texnika taraqqiyotining birgalikdagi taosiri asosida rivojlanadi. SHuning uchun rivojlanishning har bir bosqichida ishlab chiqarishning kontsentratsiya darajasi ishlab chiqarish ko’lami va jihozlarning unumdorligiga mos kelish kerak. Haddan tashqari kontsentratsiya xuddi yetari bo’lmagan kontsentratsiya singari iqtisodiy jihatdan nomaqbuldir.
Korxona kattaligini yiriklashtirish sanoatda mashina va jihozlarning birlik quvvatlarini hamda inshootlar kattaligini oshirish, bir turdagi mashina va jihozlar sonini ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.
Elektroenergitika, qora va rangli metallurgiyada, tsement, kimyo va sanoatning boshqa tarmoqlarining baozi ishlab chiqarishlarida birlik quvvatlarni oshirish – ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va korxona kattaligini oshirishning asosiy omilidir. Birlik quvvatning o’sishi uning solishtirma qiymati va uning yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kamayishiga olib keladi.
Mashinasozlik, yengil, oziq – ovqat va boshqa tarmoqlarida texnologik xususiyatlar juda katta quvvatli mashina va agregatlardan foydalanish imkoniyati yo’q. Bu tarmoqlar birlashma va korxonalarida yirik ishlab chiqarish agregatlarning birlik quvvatlari bilan emas, mashina, jihozlar birliklari soni, ishlab chiqarish va boshqaruvning ratsional tashkil etish bilan farqlanadi.
Yuqori unumdorlikka ega avtomatik va rotor liniyalari, egiluvchan avtomatlashtirilgan tizimlar, qayta ishlash markazlarini yaratish o’z mohiyatiga ko’ra kontsentratsiyasining uchinchi shaklini bitta korxonada agregatlarni yiriklashtirish va ular sonining oshirishning birgalikdagi taosirini namoyon etadi.
Korxona ichida maqsadga muvofiq mehnat taqsimoti uchun yirik ishlab chiqarish mavjud sharoitlar yuqori unumdorlikka ega bo’lgan jihozlar, ilg’or texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni joriy etishga imkoniyat yaratib beradi.
Boshqarish bo’yicha xarajatlar yirik korxonalarda maydalariga nisbatan kamroq bo’ladi, chunki ular ishlab chiqarish ko’lami oshishiga proportsional bo’lmagan tarzda o’zgartiradi.
Yirik korxona sharoitida texnik taraqqiyotni ta’minlash uchun kerakli konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar, tajriba qurilmalarini yaratish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi, bu maqsadlar uchun xarajatlar ishlab chiqarishning yirik ko’lami sharoitida qisqa muddatlarda qoplanadi.
Har bir tarmoqda yuqori texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarni ta’minlovchi ishlab chiqarishlarning optimal kattaliklari mavjud bo’ladi.
Masalan, mashinasozlikda bitta ishlovchiga va asosiy ishlab chiqarish fondlari birligiga to’g’ri keluvchi eng yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi ishlovchilari soni 1001 kishidan 5000 kishigacha bo’lgan korxonalarda ta’minlanadi. Bundan yirikroq korxonalarda bir ishlovchining ish unumi taxminan shundayligicha qoladi asosiy fondlar borligi uchun esa kamayadi.
1000 – 2000 to’quv dastgohiga ega bo’lgan to’qimachilik fabrikalarida bir dastgohning ish unumi va bir ishlovchining mehnat unumdorligi dastgohlar soni 5000 dan ortiq bo’lgan korxonalardagiga nisbatan yuqoriroq bo’ladi.
Korhonalar kattaligini oshirish baozan qo’shimcha sarflarni keltirib chiqaradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga emas, oshirishga olib kelishi mumkin.
Agar ishlarning qaydaydir qismi tor ixtisoslashuvga ega bo’lgan, shu jumladan yirik bo’lmagan ham, korxonalarga yuklatilsa, yirik korxonalarni ratsional tashkil etilishi osonroq kechadi. Yirik korxonalarni ularga xos bo’lmagan funktsiyalardan (yarim tayyor mahsulotlar va ommaviy foydalanish detallari ishlab chiqarish, taomirlash ishlarini bajarish) ozod qilish hisobiga ularning ixtisoslashuv darajasi va samaradorligi oshib boradi.
Sanoatda kontsentratsiya darajasisning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, korxona kattaligi hisoblanadi va ular quyidagilar bilan aniqlanadi:

  • mahsulotning yillik hajmi;

  • ishlovchilarning o’rtacha yillik soni;

  • asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymati;

  • elektr energiyasining yillik iste’moli;

  • tarmoq bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda yirik korxonalarning ulushi;

  • tarmoqdagi korxonalarning o’rtacha kattaligi;

Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan tarmoqlarda kontsentratsiya darajasini xarakterlash uchun natural ko’rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, elektroenergetikada – elektrostantsiyalarida o’rnatilgan quvvatlarning o’rtacha kattaligi (kVt) bitta elektrostantsiya tomonidan yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi, barcha elektr stantsiyalari tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi tarkibida yirik elektrstantsiyalarida yaratilgan elektr energiyasi ulushi.
Mahsulotning bir nechta turini ishlab chiqaradigan korxonalarda kontsentratsiya darajasi bir yilda yaratilgan po’latning umumiy hajmida yirik domna pechlarining, konvertorlarning ulushi, prokat ishlab chiqarishning umumiy hajmida yuqori quvvatli prokat stantsiyalarning ulushi kabi ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi.
Xilma – xil mahsulotlar ishlab chiqariladigan sanoat tarmoqlarida (mashinasozlik, kimyo, yengil, oziq – ovqat va boshqa tarmoqlar) ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi darajasi qiymat ko’rsatkichlarida aniqlanadi. Masalan, o’zgarmas narxlarda hisoblangan tovar (sotilgan) mahsulotning yillik umumiy hajmi tarkibida yirik ishlab chiqarishlarning ulushi. Ko’p nomenklaturali mahsulot yaratuvchi baozi tarmoqlarda bir turdagi yoki o’zaro bir – birini almashtiruvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo’linmalar mavjud bo’ladiki, ularda kontsentratsiya darajasi natural yoki shartli – natural ko’rsatkichlarda aniqlanadi. Masalan, shakar tonnalarda, konservalar – shartli bankalar, mineral o’g’itlar – shartli birliklarda (foydali moddalarning 100%ga qayta hisoblangan), traktorlar donalarda va ot kuchida ifodalangan yuritma quvvati va x.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining o’rtacha yillik soni korxona kattaligining jonli mehnat miqdori ko’rsatkichi orqali ifodalaydi, lekin fan – texnika taraqqiyoti, ayniqsa ishlab chiqarishning mexanizatsiyasi va avtomatlashtirishi tufayli alohida korxonalarda sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni qisqarib, sanoat ishlab chiqarish fondlari oshib boradi. Sanoat ishlab chiqarish fondlari qiymati ko’rsatkichi korxona kattaligini buyumlashgan mehnat nuqtai nazaridan xarakterlaydi. Bu ko’rsatkichlarning har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Ulardan ishlab chiqarish kontsentratsiyasining alohida tomonlarini tahlil qilishda foydalamnish mumkin.
Birinchisi – jonli mehnat, ikkinchisi buyumlashgan mehnat kontsentratsiyasi darajasi bo’yicha.
Kontsentratsiyaning yuqori darajasi har doim ham ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini anglatmaydi.
Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi ko’rsatkichlari va uning iqtisodiy ko’rsatkichlari orasida to’g’ri bog’liqlik yo’q. Agar korxona faqat kattaligi bilan xarakterlanib, uning strukturasi va mahsulot ishlab chiqarish ko’lami ushbu tarmoq uchun optimal bo’lmasa, kontsentratsiya darajasi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi bo’la olmaydi.
Ishlab chiqarish kontsentratsiyasini rejalashtirishda konstruktiv – texnologik xususiyatlari bo’yicha bir xil bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va shu turdagi ishlarning kattaligi optimal bo’lgan korxonalarda bajarishning to’plashuvi zaruriti ko’rsatiladi.
Sanoatda kontsentratsiya darajasini aniqlashda ichki ishlab chiqarish va tashqi omillar taosiri hisobga olinadi.
Ichki ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish resurslaridan maksimal foydalanish nuqtai nazaridan mahsulot ishlab chiqarish va korxonaning optimal kattaligi bilan aniqlanadi.
Tashqi omillarga transport, xom-ashyo bazasining kattaligi, ish kuchining mavjudligi yoki yollash imkoniyati, suv resurslari, iqlimiy sharoitlar va boshqalar kiradi.
Kontsentratsiyaning ichki ishlab chiqarish va tashqi omillarga fan – texnika taraqqiyoti katta taosir ko’rsatadi (ishlab chiqarish apparatini takomillashtirish, ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish, xom-ashyoning bir turini boshqasiga almashtirish, transport vositalarini boshqalariga almashtirish va b.)
Ishlab chiqarishning kontsentratsiya darajasi va uning yordamida aniqlanadigan korxona kattaligi sanoatning geografik joylashuvi va rayonlashuvi, tayyor mahsulotni iste’mol qilish (ko’pincha xom-ashyo va yoqilg’ini ham) hududda mehnat resurslarining mavjudligi va boshqa omillarga bog’liqdir. Xom-ashyo, yoqilg’i va mehnat resurslari geografiyasi kontsentratsiyasining ratsional chegaralari va ishlab chiqarishning optimal kattaligini qonuniy ravishda aniqlaydi.

12-AMALIY MASHG’ULO. ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI BOSHQARISH



  1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati, mezonlari va ko’rsatkichlari

  2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari

  3. Ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha masalalar



Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining umumlashtiruvchi mezoni bo’lib ijtimoiy mehnat unumdorligi darajasi hisoblanadi va quyidagicha aniqlanadi.

bunda
MD – yaratilgan milliy daromad.
N – moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishlovchilarning o’rtacha soni.
Ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining eng muhim ko’rsatkichlari bo’lib mehnat sig’imi, material sig’imi, kapital sig’imi va fond sig’imi hisoblanadi.
Mahsulotning mehnat sig’imi jonli mehnat unumdorligiga teskari ko’rsatkich bo’lib, quyidagicha topiladi:

bunda
t – mahsulot mehnat sig’imi.
T – moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnat miqdori.
Q – ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi (yalpi mahsulot).
Ijtimoiy mahsulotning material sig’imi xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa mehnat buyumlari harajatlarining yalpi ijtimoiy mahsulotga nisbati sifatida topiladi.
Tarmoq mahsulotining material sig’imi (korxona bo’yicha ham) moddiy harajatlarining ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmiga nisbati tarzida hisoblanadi, ya’ni

bunda
m – mahsulotning material sig’imi darajasi.
M – mahsulot ishlab chiqarishdagi moddiy xarajatlarning umumiy hajmi.
Q – ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi (yalpi mahsulot).
Mahsulot moddiy sig’imining kamayishi mamlakat xalq xo’jaligi uchun samaralidir. Faqat sanoatda (1994 yil ma’lumotlariga ko’ra) mahsulot moddiy sig’imining 1% ga kamayishi 1,67 trln so’m tejashga olib keldi. Tabiat resurslari chegaralanganligini hisobga olib, hozirgi kunda Rossiya neftp va gaz qazib olishda ekologik chegaraga yetib kelyapti, undan tashqari xalq xujaligining yirik tarmog’i bo’lgan-sanoatda mahsulot tannarxiga ketgan sarf-harajatning 3/5 qismi xom ashyoga yoqilg’i, elektr energiyasiga to’g’ri keladi. 1981 –1985 yillarda tejamkorlik hisobiga yoqilg’i, elektr energiya va qora metall prokati iste’molchi o’sishining yarimiga yaqini ta’minlangan. 1986-90 yillarda moddiy harajatni kamaytirish hisobiga, 65-10% asosiy resurslar iste’moli o’sish ko’zda tutilgan edi. Lekin ko’p resurslardan iqtisod qilishning mutloq miqdori ko’zda tutilgancha bo’lmadi. Buning sababi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining sust tatbiq qilinishi va bu yo’nalishdagi iqtisodiy-tashkiliy ishlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligidir.
Mahsulotning kapital sig’imi va fond sig’imi ko’rsatkichlari ma’lum darajada bir-biriga nisbatan yaqindir. Mahsulotning kapital sig’imi ko’rsatkichi kapital qo’yilmalarning umumiy hajmining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o’sishiga nisbatiga tengdir:

bunda
K­­Q - mahsulotning kapital sig’imi.
K – kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi.
Q – ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o’sishi.
Kapital sig’imining yaratilgan milliy daromad o’sishiga nisbatan ham aniqlash mumkin. Mahsulotning fond sig’imi xalq xo’jaligidagi asosiy fondlarning o’rtacha qiymatining ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmiga nisbati tarzida hisoblanadi, ya’ni

bunda
f – mahsulotning fond sig’imi,
F – xalq xo’jaligidagi asosiy fondlarning o’rtacha qiymati.
Q - ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi (yalpi mahsulot).
Fond sig’imini ham, kapital sig’imi singari yaratilgan milliy daromadga nisbatan hisoblash mumkin.
Bundan tashqari xalq xo’jaligi va uning alohida tarmoqlarida fond sig’imi ko’rsatkichiga teskari bo’lgan fond qaytimi ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Fond qaytimi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining (Q) asosiy fondlarning o’rtacha qiymatiga (F) nisbatiga tengdir:

Oxirgi yillar ma’lumotlariga ko’ra, xalq xo’jaligida va sanoatda qaytim ko’rsatkichi kamaygan, fond sig’imi ko’rsatkichi esa o’sgan. 1992 yili 1985 yilga nisbatan sanoatda fond qaytimi ko’rsatkichi 74 % ni tashkil etdi xolos. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan qoniqarsiz foydalanish va fond qaytimining pasayib ketish sabablari darslikning keyingi boblarida to’liqroq ko’rsatib o’tiladi.
Iqtisodiy samaradorlikning yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatkichlari cheklangan xarakterga ega, chunki ular (ijtimoiy mehnat unumdorligidan tashqari) ishlab chiqarish va harajatlar iqtisodiy samaradorligi to’g’risida to’liq tasavvur bermaydi, balki alohida turdagi resurslardan foydalanishni ifodalaydi. Harajatlarning umumiy samaradorligini to’laroq ifodalash uchun qiymat va natural ko’rsatkichlarning umumlashtirma xarakteristikasi kerak bo’ladi. Buning uchun umumiy va nisbiy samaradorlik ko’rsatkichlari xizmat qiladi.
Umumiy iqtisodiy samaradorlik quyidagicha hisoblanadi:
a) Xalq xo’jaligi bo’yicha umumiy iqtisodiy samaradorlik (Is) milliy daromadning (sof mahsulot) o’sishini (D), shu o’sishni ta’minlagan kapital qo’yilmalarga (K) nisbati tarzida hisoblanadi:

b) Alohida tarmoqlar, xalq xo’jaligi komplekslari bo’yicha umumiy iqtisodiy samaradorlik (Is) foydaning o’sishining (tannarxning kamayishi) (F) ning kapital qo’yilmalarga (K) nisbati tarzida aniqlanadi:

v) Yangi qurilayotgan korxonalar, tsexlar va alohida tadbirlar bo’yicha samaradorlik quyidagiga teng

K – qurilayotgan ob’ektning to’la smeta narxi:
N – mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmi (korxona ulgurji narxida, loyiha bo’yicha)
T – yillik mahsulot tannarxi (loyiha bo’yicha).
Har bir alohida holda umumiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash natijalari normativlar va o’tgan davrlardagi erishilgan ko’rsatkichlari yoki boshqa korxona va firma ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Xalq xo’jaligi bo’yicha 1986-90 yillarda umumiy iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsenti 0,16 qilib belgilangan. Alohida tarmoqlar bo’yicha boshqa normativlar ham qabul qilinadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, umumiy iqtisodiy samaradorlik normativ koeffitsenti, xalq xo’jaligi bo’yicha ham, alohida tarmoqlar bo’yicha ham bir muncha kamaytirilib o’rnatilgan. Umumiy iqtisodiy samaradorlikning teskarisi sifatida, xarajatlarning qoplanish muddati (Tqon) ko’rsatkich xizmat qiladi. Agar xalq xo’jaligi bo’yicha umumiy iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsenti 0,16 ga teng bo’lsa, u holda normativ qoplanish muddati Tqop = 1/0,16=6,25 yilga teng bo’ladi. Agar ko’p turdagi mashina va jihozlarning maonaviy eskirishi 7-8 yilda ro’y berishini hisobga olsak, foydani jamg’arishga deyarli vaqt qolmaydi.
Nisbiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari xo’jalik yoki texnik qarorlarni, korxonani joylashtirish, yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, yangi texnikani joriy etish bo’yicha variantlarni solishtirishda hisoblanadi. Nisbiy iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko’rsatkichi sifatida keltirilgan harajatlar minimumi ko’rsatkichi qabul qilingan bo’lib, u quyidagicha hisoblanadi:
Xkelt = Ti+EnKi  min, bunda
Xkelt- keltirilgan harajatlar (i – variant bo’yicha)
Ti – variant bo’yicha joriy harajatlar (tannarx)
Ki – i variant bo’yicha kapital qo’yilmalar.
En – iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsenti.
Yuqorida aytilganidek, xalq xo’jaligi bo’yicha umumiy iqtisodiy samaradorlik koeffitsenti 0,16 ga teng, alohida tarmoqlar va xududlar bo’yicha o’zgarishi mumkin. Bunday o’zgarishlar fan texnika taraqqiyotini rag’batlantirish, ish haqining xududiy va tarmoq darajalarini hisobga olish, narx darajalaridagi farqni aniqlash, qurilish dasturlarining davomiyligi va xududiy farqlarini belgilash uchun zarurdir.
Umumiy va nisbiy iqtisodiy samaradorlikning hisobi yuqorida keltirilgan umumlashgan ko’rsatkichlarni aniqlashdangina iborat bo’lmasligi kerak. Harajatlarning iqtisodiy samaradorligini har tomonlama asoslash va tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, yakuniy qarorlar qabul qilish uchun olinadigan samaraning alohida tomonlarini xarakterlaydigan qo’shimcha ko’rsatkichlardan foydalanish kerak. Bu ko’rsatkichlarga mehnat unumdorligi, fond qaytimi, nisbiy kapital qo’yilmalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va energiyaning iqtisodi, ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, ijtimoiy natijalar va boshqalar kiradi.

13-AMALIY MASHG’ULOT. KORXONANING ISHLAB CHIQARISH QUDRATINI BOSHQARISH



  1. Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari

  2. Korxona qudratining raqobatbardoshligi

  3. Korxona qudratining raqobatbardoshligini baholash

80 – yillarda AQSH, Yaponiya, GFR, Kanada va SHveytsariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligining tuzilishi bilan ham. CHunonchi: iqtisodiyotni jahon talabi o’zgarishlariga moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisos- lashishni to’g’ri tanlanishi, qat’iy va ba’zida ma’nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga o’ta olishlik, yangi bozorlarni o’zlashtirish va h.k. bilan. Yetakchi g’arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlarining sababi xuddi safarbarlikda, ya’ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o’z salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo’li bilan unga o’z vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yo’nalishlarda rivojlantirishdadir.
jadval
“Kishilik kapitali” omilini baholash uchun indika-torlarning SHveytsariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)

“Insonparvarlik (kishilik) kapitali” omilining yig’ma indikatorlari

22 mamlakat orasidagi o’rin

1-chi

2-chi

3-chi

1

2

3

4

1.Aholi soni

AQSH

Yaponiya

GFR

2. Aholi sonining dinamikasi

Turkiya

Avstriya

AQSH

3.Aholining iqtisodiy o’sishga ta’siri

AQSH

Portugaliya

Ispaniya

4.Aholining yoshli tuzilmasi

Irlandiya

Turkiya

AQSH

5.Urbanizatsiya darajasining ta’siri

Finlandiya

AQSH

Kanada

6.Yosh shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi

Turkiya

Irlandiya

Yangi Zelandiya

7.Katta yoshdagi shaxslarning aholining umumiy sondagi ulushi

Avstriya

Yaponiya

Yangi Zelandiya

8. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi (15-64 yoshlar) shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi

SHvetsiya

Norvegiya

Daniya

9.Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi sonining dinamikasi

Yangi Zelandiya

Avstriya

Kanada

10.Ayollarning mehnatga qobiliyatli yoshdagilarning aholi sonidagi ulushi

SHvetsiya

Finlandiya

Daniya

11.Band bo’lganlarning mehnatga qobili- yatli yoshdagi aholi sonidagi ulushi

SHvetsiya

Norvegiya

Finlandiya

1

2

3

4

12. Band bo’lganlarning dinamikasi

AQSH

Avstriya

Norvegiya

13.Ishsizlikning umumiy darajasi

SHveytsariya

SHvetsiya

Yaponiya

14.Yoshlar orasidagi ishsizlikning darajasi

Daniya

SHveytsariya

GFR

15.Davomli ishsizlik darajasi

Yaponiya

Portugaliya

SHveytsariya

16.1986 yilda yangi ish joylarini tashkil qilinishi

Yaponiya

Portugaliya

Finlandiya

17.Istiqbolda yangi ish joylarin tashkil qilinishi

Yaponiya

Portugaliya

Kanada

18.Yuqori malakali ishchi kuchini ko’chib ketishi

AQSH

Finlandiya

SHveytsariya

19.Kasbiy o’qitish

GFR

Yaponiya

SHveytsariya

20.Yuqori malakali ishchi kuchi

Irlandiya

Yaponiya

Daniya

21. Yuqori malakali ishchi kuchining band bo’lganlar sonidagi ulushi

Irlandiya

Yaponiya

Daniya

22.Yollangan xodimlarningmotivatsiyasi

Yaponiya

SHveytsariya

SHvetsiya

23.Yollangan xodimlar uchun rag’batlar

Yaponiya

AQSH

Frantsiya

24 Yollangan xodimlarning safarbarligi

Yaponiya

AQSH

Irlandiya

25.Menejerlarni tayyorlash

Irlandiya

SHvetsiya

SHveytsariya

26.Menejerlarni kasbiy moslashtirish

SHvetsiya

Irlandiya

AQSH

27.Menejerning ist’edodi

Yaponiya

SHveytsariya

AQSH

28.Ish haqi(oklad)

Yaponiya

SHveytsariya

SHvetsiya

29. Daromad solig’ining eng yuqori stavkasi

GFR

Frantsiya

Yangi Zelandiya

30.Aholi soniga ta’limga davlat xarajatlari

AQSH

Kanada

SHvetsiya

31.Yuqoriroq darajadagi o’rta ta’lim

Kanada Daniya

_

SHveytsariya

32.Oliy ta’lim

AQSH

Kanada

SHvetsiya

33.Gazetalar chiqarish

Yaponiya

Finlandiya

SHvetsiya

34.Bo’lg’uvsi hayotning o’rtacha davomiyligi

Yaponiya

Yangi Zelandiya SHveytsariya

_

35.Sog’liqni muhofaza qilish tizimi

SHvetsiya

SHveytsariya

GFR

36.Hayotning xatarligi darajasi

Yaponiya

Angliya

Turkiya

Umuman kishilik kapitali omili

AQSH

Kanada

Yaponiya

Mutaxassislarni ta’kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to’g’ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g’alaba qozonadi.

Download 383,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish