19
Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiy
erkinlashtirish, davlat boshqaruvchilik funksiyasini qisqartirish va uning
iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Shu bilan birgalikda milliy ishlab
chiqarishni shakllantirish
va rivojlantirish, budjet-soliq siyosati yaxlitligini
ta’minlash, budjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik muhim ustuvor vazifalar qatoriga
kiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni
boshqarish mexanizmini to’g’ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish
lozim bo’ladi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida
davlat soliq siyosatining
asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy
asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan
qaytadan tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa
joriy etilgan soliqlarni samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq
munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarning
tashkil etishga
qaratildi. Xususan, dastlab Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi
tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga
aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy
jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni soliqlarni joriy etish va
soliq siyosatini bevosita
amalga oshiruvchi tegishli muassasalar shakllantirildi.
Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy xususiyatlaridan biri soliqlarning
ko‘proq fiskal ahamiyat kasb etishida, ya’ni ko‘proq e’tibor davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishga qaratildi.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‘nalishlariga
katta e’tibor beriladi:
1) har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik
yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor
munosabatlariga
kirib borishiga har tomonlama yordamlashish;
2) ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlatni kerak
20
bo‘lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlash;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil
qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam
berish;
4) aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash
va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini
vaqti-vaqti bilan
oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.
12
O’zbekiston Respublikasida soliq tushumlari 2018-yilda davlat budjeti
daromadlarining(maqsadli jamg’armalarsiz) 77,9% ni tashkil etgan. (2-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: