O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo'nalishlari.
Ilmiy rahbar:A.Sulaymonov
Farg'ona Soliq tehnikumi
2,21 guruh o'quvchisi To'ychiyeva Mehriniso
Soliq siyosatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng avvalo iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishni huquqiy qonunlar nafaqat iqtisodiy balki ham ijtimoiy siyosiy vazifalarni hal qilish asosiy rol o'ynaydi.Respublikamizni soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirganligi bevosita mustaqil soliq siyosatini shakllantirish va davlat vazifalarini bajarishga xizmat qilishi fikrimiz dalilidir.
Soliq siyosati moliya siyosatining tarkibi sifatida bozor iqtisodiyotining zaruriy qismi bolib hisoblanadi.Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo'lishi shartdir.Soliq siyosatini soliq va soliq tizimini rivojlantirish maqsadida soliq to'lovlari davlat oldida turgan vazifa va chora -tadbirlarni to'liq moliyaviy resurslar bilan ta'minlash imkoniyati yaratilmas ekan,budjet taqchilligiga duch kelishga to'g'ri keladi .Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi,shuningdek uni ishlab chiqishda soliq xizmati bilan shug'ullanmaydigan sub'ektlar aniqrogi soliq to'lovchilar qatnashishi mumkin,ya'ni bunda soliq to'lovchilarni o'zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar,soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Soliq solish sohasidagi davlat boshqaruvining samaradorligi ko'p jihatdan davlat apparatining turli bo'g'inlari faoliyatidagi moslashuvchanlikka bog'liq.Vakolat har bir organning spetsifik rolini belgilaydi va bir vaqtning o'zida uning boshqa organlar faoliyati bilan moslashuvini ta'minlaydi.
Davlat soliq qo'mitasi va boshqa soliqlar bo'yicha bevosita va bilvosita vakolatga ega bo'lgan organlar ishini muvofiqlashtirilgan holda hokimiyatning ushbu sohalari soliq solish bilan bog'liq shaxs huquqlarini ta'minlash uchun yuqori darajali.javobgarlikni o'z zimmasiga oladi hamda ularning manfaatlari yo'lida muammoli vaziyatlarni oldini olish maqsadida o'zaro hamkorlikning barcha jihatlarini mukammal tartibga soladi.Davlat Soliq qo'mitasini boshqa hokimiyat organlari,tashkilotlar bilan turli yo'nalishlarda amalga oshiriladigan o'zaro hamkorligini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega .Ushbu o'zaro hamkorlik o'zining yuridik tabiatiga ko'ra huquqiy bo'lgani holda,munosabatlar predmetining o'ziga xosligi bilan tavsiflanadi.Mahalliy hokimiyat organlari va davlat soliq organlarining o'zaro hamkorligini tartibga soluvchi me'yorlar turli yuridik kuchga ega bo'lgan qator me'yoriy hujjatlarga tayanadi.
Soliq organlari va mahalliy hokimiyat organlari o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan o'zaro hamkorlik respublikada olib boriladigan yagona soliq siyosatini olib borishda ,soliqlar va boshqa soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlarning hudud budjetiga kelib tushishini ta'minlash bo'yicha vazifalarning bajarilishi natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish orqali namoyon bo'ladi.Shu o'rinda mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bo'yicha vakolatlariga qisqacha to'htalib o'tadigan bo'lsak ,mahalliy hokimiyat organlari mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq bir qancha vakolatlarga ega bo'lib,ular o'zlarining hududida joylashgan soliq to'lovchilarga mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha qo'shimcha soliq imtiyozlarini belgilash,soliq stavkalarining miqdorini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yilgan eng yuqori stavkalar doirasida belgilash kabi vakolatlarini sanab o'tishimiz mumkin.
Soliqlar bo'yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo'lib,ularning har biri o'z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi.Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari,jumladan,qonun chiqaruvchi ,ijro etuvchi va sud hokimiyati birgalikda faoliyat ko'rsatadi va unda Davlat soliq qo'mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni bajaradi.
Soliqlarni oqilona tartibga solishda,xalq manfaatlari yo'lidagi ta'sirchanligini oshirishda budjet taqchilligini oldini olishda soliq siyosati muhim o'rin egallamog'i lozim.Soliqlar davlat budjetining asosiy qismini tashkil etishda manba vazifasini bajarishi bois davlat soliq siyosati orqali soliq munosabatlarini tartibga keltirib turadi,shu tariqa davlat soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi.
Soliq siyosatini ishlab chiqayotganda soliq munosabatlari doirasidagi yutuqlar va kamchiliklarni e'tiborga olish ,ularni o'rganib chiqish orqali soliq hisobi ,to'lovi va amal qiluvchi soliq elementlarini o'zgarishini e'tiborga olishi zarur .
Soliqlar orqali boshqarish usullarini takomilashtirish bo'yicha quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
-soliq bo'yicha imtiyozlarning samaradorlik darajasini oshirish uchun tadbirlarni amalga oshirishni
-moliyaviy sanksiya hamda ma'muriy jarimalar tekshirish natijasida aniqlangan,budjetga yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar miqdoriga nisbatan qat'iy belgilangan foizlarda undirib olinishi
Shularni inobatga olgan holda soliq siyosatini iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'sirchanligini yanada oshirishga erishish mumkin bo'ladi.Respublikamizning mustaqillikka erishishi,o'zining mustaqil soliq tizimini shakllantirishni ham taqazo etardi.Shundan kelib chiqip mustaqillikning dastlabki yillaridan e'tiboran mustaqil soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi va ushbu islohotlarning samarasi o'laroq hozirgi paytga kelib respublikamizda bir qadar o'ziga xos bo'lgan soliq tizimi shakllantirildi.
Soliqlarning budjetlar o'rtasida taqsimlanishi O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan mustahkamlangan bo'lib ,unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu budjetga tushishi qat'iy belgilab qo'yilgan.Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari mahalliy budjetlarga to'liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy budjetlar o'rtasida taqsimlanishi mumkin.Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy budjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo'llanilib kelinmoqda.Respublikamizda soliq qonunchiligida hozirgi vaqtda soliqqa tortishning umumbelgilangan tizimi bilan bir qatorda,amaldagi barcha soliqlar o'rniga birgina soliqni to'lashni ko'zda tutuvchi soliqqa tortishning alohida tartiblari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Soliqlar nazariyasi va siyosatchilar eskizi.A.A.Isayev.
2.Jamiyat va iqtisod.Y.Knyazev
Do'stlaringiz bilan baham: |