1.9. Asosiy mahsulotlar.
Reja:
1. Yechimli hujjatlar: dasturiy ta’minot bo‘yicha.
2. Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha.
3. Yechimli hujjatlar: axborot ta’minoti bo‘yicha.
Tayanch tushunchalar: dasturiy ta’minot bo‘yicha yechimli hujjatlar; texnik ta’minot bo‘yicha yechimli hujjatlar; axborot ta’minoti bo‘yicha yechimli hujjatlar.
1. Yechimli hujjatlar: dasturiy ta’minot bo‘yicha.
Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash koʻp vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni tahrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi Microsoft Office paketi dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga koʻpgina kerakli dasturlarni oʻz ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng koʻp foydalanadiganimiz MS Word, MS Excel, MS PowerPoint va h.k.
Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publisher dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qoʻshimcha qilib, Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2007, 2010 va 2013 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin koʻpayib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng koʻp foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2003 dasturidir. Bu dastur nafaqat mutaxassislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.
Microsoft Office versiyasi
|
Tarkibidagi dasturlar soni
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Microsoft Office 95
|
3
|
1995
|
Microsoft Office 97
|
4
|
1997
|
Microsoft Office 2000
|
5
|
2000
|
Microsoft Office XP
|
5
|
2001
|
Microsoft Office 2003
|
7
|
2003
|
Microsoft Office 2007
|
9
|
2006
|
Microsoft Office 2010
|
9
|
2009
|
Microsoft Office 2013
|
12
|
2012
|
Microsoft Office 2010 paketining imkoniyatlari. Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qoʻshilib borsada, oʻz koʻrinishini oʻzgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi oʻzidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan boʻlsada, koʻrinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni dasturlarning ish sohasiga ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida sezish mumkin.
Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun moʻljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri boʻlib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blankalar va anketalar, maqolalar hamda risolalar ham tayyorlash mumkin. Word -matn kiritish, tahrirlash, nusxa olish, formatlash, jadval oʻrnatish, grafik oʻbektlar qoʻyish va umuman matnlar tayyorlash dasturidir.
Wordda hujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, koʻplab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani koʻrsang shuni olasan, ya’ni ekranda qanday koʻrinsa, chop etilganda qogʻozda ham shundayligicha koʻrinadi) turidagi muharrirlar guruhiga kiradi.
Odatda Word matnli fayllarni oʻzining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli lahjasi .rtf format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn muharrirlari tomonidan ham qoʻllash uchun qabul qilingan. RTF formati oʻzining matnli tuzilmasi boʻyicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Hozirda .doc formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi boʻlib hizmat qilmoqda. Bu muharrirning oxirgi lahjalari fayllarni gipermatnli formatlarda ham saqlash imkoniyatiga ega.
2. Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha.
Matn muharririning AbiWord, Adobe InCopy, Apple iWork Pages, ChiWriter - Sharqiy Evropada ilmiy matnlar bilan ishlash uchun so‘z protsessori, JWPce - bu yaponcha so‘z protsessori, LaTeX - bu TeX kodlash tizimining eng mashhur makro kengaytmalar to‘plami, LibreOffice Writer - bu LibreOffice ofisning bepul to‘plamiga kiritilgan matn protsessori. Docx, xlsx bilan ishlash va PDF-ga saqlashni o‘z ichiga oladi, Lotus WordPro, Microsoft Word, OpenOffice.org Writer, PolyEdit, WordPad - MS Windows tarqatilishiga kiritilgan, WordPerfect, WPS Office Writer - WPS Office-ga kiritilgan. Docx, xlsx bilan ishlash va PDF-ga saqlashni o‘z ichiga oladi. Windows uchun pullik, Linux uchun bepul turlai ishlatiladi.
Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil koʻrinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish boʻyicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan tushuncha stsenariyni oʻylab topishdir. Namoish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferentsiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda oʻquv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi.
Ma’lumotlar bazasi – bu oʻzaro bogʻlangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar oʻrtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oʻynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik oʻzimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur boʻlamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli koʻrinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina oʻrinli boʻlardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, koʻrinishi, ularni qoʻllaydigan dasturlarga bogʻliq boʻlmasligi lozim, yahni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini oʻzgartirganda, dasturlarni oʻzgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda mahlum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot soʻzini ma’lumot soʻzidan farqlaymiz, yahni axborot soʻzini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
MB bilan ishlashda Microsoft Access, LibreOffice, Database.NET, MySQL Workbench, Navicat, DataExpress, dbForge Studio, Paradox Data Editor, Reportizer, HeidiSQL kabilardan foydalaniladi.
Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
3. Yechimli hujjatlar: axborot ta’minoti bo‘yicha.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur boʻlib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma’lumotli elektron jadvallar(EJ)ni tayyorlash va qayta ishlashga moʻljallangan. Bunda jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish, diagrammalar hosil qilish, ma’lumotlarni saralash uchun moʻljallangan dastur;
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, Quatprio va shunga oʻxshash EJli dasturlardan foydalanilgan. Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin koʻpgina foydalanuvchilar Officening EJli dasturi Microsoft Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) Windowsda qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl boʻladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Книга) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – Ish kitobi boʻlib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat boʻlishi mumkin. Ularni ish varaqlari deb ataladi. Ish varagʻida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan boʻladi. Har bir ish varagʻi List1, List2, ... nomlar bilan atalgan boʻlib, ular jadvalning pastki qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. Foydalanuvchi bu nomlarni xoxlaganicha oʻzgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan yorliqlarni sichqoncha yordamida tezda ikki marta tanlash kerak. Shundan soʻng yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yoʻli Format tavsiyanomasining List boʻlimidagi Переименоват buyrugʻidan foydalanish mumkin. Bir ish varagʻidan boshqasiga oʻtish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya.
Excel EJining boshqa dasturlardan asosiy farqli tomoni, unda formulalar satri deb atalgan satrning mavjuddir. Bu satr uch qismdan iborat boʻlib, birinchisi shu satrning chap tomonidagi kichkina qismi ismlar maydoni, oʻng tomonidagi katta qismi formulalar maydoni va oʻrtdagi qismi esa formulalar ustasini ishga tushiruvchi belgi tasvirili (fx) tugmadan tashkil topgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Elektron jadvallar g‘oyasi dastlab avstriyalik amerikalik olim Richard Mattesich tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u 1961 yilda "Byudjetlashtirish modellari va tizimni simulyatsiya qilish" nomli tadqiqotini nashr etgan [3]. Kontseptsiya 1970 yilda Rene Pardo va Remi Landau tomonidan to‘ldirilib, tegishli patent olish uchun ariza bergan (AQSh Patenti 4 398 249). Patent idorasi arizani rad etdi, ammo mualliflar ushbu qarorni sud orqali olishdi.
Dasturiy ta’minotning alohida klassi sifatida keng tan olingan elektron jadvallarning kashshofi Dan Bricklin bo‘lib, 1979 yilda Bob Frankston bilan birgalikda VisiCalc-ni ishlab chiqdi. Apple II kompyuterlari uchun ushbu elektron jadval juda mashhur bo‘lib, shaxsiy kompyuterni texnofil o‘yinchog‘idan asosiy biznes vositasiga aylantirdi.
Keyinchalik, ushbu sinfning ko‘plab mahsulotlari - SuperCalc, Microsoft MultiPlan (inglizcha) rus., Quattro Pro, Lotus 1-2-3, Microsoft Excel, OpenOffice.org Calc, AppleWorks jadvallari (inglizcha) rus tilida paydo bo‘ldi. va gnumeric, minimalist Spread32. Mobil telefonlar va PDA-lar uchun jadvallar, xususan SpreadCE mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |