2. Yechimli hujjatlar: tizimdagi umumiy masalalar bo‘yicha; tashkiliy ta’minot bo‘yicha.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
Ichki omillar- bu axborotni poydo bo‘lish turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar– bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o‘quvchi boshlang‘ich axborotni qayta ishlash uchun o‘zining bilimini qo‘llaydi. Masalaning yechimi bo‘lgan yangi axborot mahsuloti, o‘quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog‘liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuter (ing . computer – hisoblovchi) - oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo‘llanishiga urg‘u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
AT jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda “Qo‘lli” axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |