1–AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Ovoz, grafik va matnli axborotlar bilan ishlash
Reja:
1. Ovozli, grafik va matnli axborotlarni tasvirlash va kodlash
2. Sanoq sistemalari bilan ishlash
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Ovoz, grafik va matnli axborotlar bilan ishlash, sanoq sistemalari bilan turli amallar bajarish
Axborotlar kompyuterda oddiy matn, jadval, grafik, animatsiya, audio va video tasvirlarda bo’lishi mumkin.
Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma’lumki, axborotlarni insonlar bir–biriga uzatish jarayonida matn kо‘rinishdagi, jadval kо‘rinishdagi, tovush kо‘rinishdagi va tasvir kо‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Matn. Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bо‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma’lumotlar bо‘laklari kо‘rinishida uzatiladi.
Tasvir. Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni о‘zida ifodalagan rasm bо‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiya-lar grafigi, statistik ma’lumotlar diagrammasi va shunga о‘xshash ma’lumotlar tasvir hisoblanadi.
Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni tо‘rt guruhga ajratish maqsad-ga muvofiq hisoblanadi:
1. Kulrang va rangli tasvirlar;
2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;
3. Uzluksiz egri va tо‘g‘ri chiziqlar;
4. Nuqtalar yoki kо‘pburchaklar iborat tasvirlar.
Bu turkumlash tasvirni kо‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq.
Animatsiya. Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida, ma’lum sondagi bir xil о‘lchamga ega bо‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikatsiyaga о‘xshash harakatlanuvchi (animat-sion) tasvir hosil bо‘ladi. Filmlar va video ma’lumotlarning asosini animatsiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir tezkor almash-tiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya’ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.
Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
matn axborotini qismlashni;
tasvir qismlarining sо‘zsiz harakati jarayonini;
rasm harakatlarini;
tarixiy janglarning sо‘zsiz harakatini;
fizik va kimyoviy jarayonlarni;
texnologik jarayonlarni;
tabiiy hodisalar jarayonini;
siyosiy hodisalar jarayonini;
ijtimoiy hodisalar jarayonini.
Grafika (yunoncha graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar.
Axborotlarni grafik ko’rinishida tasvirlash axborotlarni sifatini oshiradi va uni tahlil qilish jarayonini osonlashtiradi. Kompyuter texnologiyasida tez sur’atlar bulan rivojlanib kelayotgan yo’nalish bu multimediya tizimi bo’lib, unda audio va video ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash mumkin. Audio va video ma’lumotlarni tahrirlovchi maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud.
Ovoz – bu ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda).
Musiqada ovoz – odamning aniq balandlik va uzoq sadolanishga ega tovushi (qarang xonanda ovozi); koʻp ovozli musiqa asarining muayyan kuy yoʻli; partituradan alohida koʻchirib yoziladigan xor yoki orkestr guruqi ijro yoʻli.
Ovozli axborot. Fizikadan bizaga ma’lumki tovush – bu havoda, suvda yoki boshqa muhitda tarqaluvchi uzluksiz o’zgaruvchi amplituda (intensivlik) va chastotaga ega bo’lgan mehanik to’lqindir. Tovushli to’lqin gorizantal va vertikal chiziqlarga bo’linadi. Gorizantal chiziqlar – bu tovushning darajalari, vertikal esa – 1 sekunda ovozni darajasini olchovchi hajm (1 sekund o’lchov darajasi bu 1 gersga teng yoki chastota diskretizatsiyasi). Amplituda qancha baland bo’lsa, tovush ovozi shuncha baland bo’ladi; chastota qancha past bo’lsa, ton shuncha past bo’ladi. Ovoz toni esa ovozli to’lqinning chastotasi (yoki to’lqin davri) orqali aniqlanadi. Ovozning balandligi chastotaga bog’liq. Chastota yuqori bo’lgan sari ovoz balandroq bo’ladi. Ovoz chastotasi gerts (Gs) yoki kilogerts (KGs)da o’lchanadi. 1Gs=1/s, ya’ni 1Gsdagi tebranish davri 1s teng bo’lgan to’lqinga mos keladi.
Ovozning balandligi detsibellarda o’lchanib (DB) deb belgilaniladi. Ushbu o’lchov birligi Aleksandr Grema Bella nomiga berilgan. Inson sekundiga 20 tebranish chastotadan 20000 tebranish chastotali ovozni, yani, maksimal intensivligi minimal intensivligidan 1014 martta (yuz ming millyart) katta bo’lgan intensivlik diapozonlik ovozlarni qabul qila oladi.
Ovozni kodlash. Ovozni balandlik darajasi miqdori, mumkin bo’lgan holatlar to’plami (N) deb qaralsa, u holda, ovozni kodlashda ma’lum miqdordagi kodlash teranligi (i) deb nomlanuvchi axborotlar kerak bo’ladi.
Ya’ni, N=2i
Do'stlaringiz bilan baham: |