4. Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati
Mamlakat milliy valyutasining xarid qobiliyatini mustahkamlash, valyuta
kursi barqarorligini saqlash, iqtisodiyotning pulga bo’lgan talab va taklifini
muvozanatli ravishda qondirish, milliy va xalqaro hisob-kitoblar tizimining
uzluksiz hamda samarali ishlashini ta’minlash boshqa omillar bilan bir qatorda,
monetar siyosatda qo’llaniladigan targetlash vositalariga ham bog’liqdir. Iqtisodiy
kategoriyalar xilma – xil bo’lishi bilan birga har turli iqtisodiy tizimlarda amal
qilish xususiyati va shartlari ham turlicha bo’ladi. Talab, taklif, raqobat kabi
terminlar rejali iqtisodiyot uchun yod tushunchalar bo’lgani holda inflyatsiya
atamasi barcha iqtisodiy tizimlar uchun xos bo’lgan kategoriya hisoblanadi.
Inflyatsion jarayonlar boshqarilishi muammosi barcha iqtisodiy tizimlarda mavjud.
Inflyatsiya
boshqarilishi
bir
vaqtning
o’zida barcha
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarga, iqtisodiy sub’ektlar faoliyatiga, aholi daromadlariga va
investitsion faollikka ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi davrda inflyatsiya muammosi iqtisodchi olimlar qashshoq yoki
rivojlanayotgan mamlakatlar hamda iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar
hukumatlarining ham asosiy diqqat e’tiborida turgan umumiqtisodiy holat
hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda jiddiy tus olmoqda. Har bir alohida
olingan mamlakatda inflyatsiya sur’atlarini boshqarish masalasi juda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy maqsadi bo’lib, inflyatsiya
ustidan nazorat o’rnatish va inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l
qo’ymaslik hisoblanadi.
Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim yo’nalishlari sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar va nomonetar omillarning
haqiqatdagi darajasiga baho berish.
2. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarini tartibga solish
mexanizmini takomillashtirish.
Masalan, Rossiyada tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
va
xizmatlar
baholarining
o’sishini inflyatsiyaga ta’sirini
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, davlat tomonidan tartibga
solinadigan elektr energiyasi, gaz va temir yo’lda yuk tashish baholarining
o’zgarishini tavsiflovchi indekslar bilan bir vaqtning o’zida tariflarning integral
ko’rsatkichi ishlab chiqildi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblashda gaz, elektr energiyasi
va temir yo’lda yuk tashish bo’yicha tegishli uch indeksning har biri sanoat
bo’yicha umumxarajatlarning tarkibida monopol mahsulotlar (xizmatlar) ning har
bir turining salmog’i hisobga olingan holda aniqlandi
146
.
Mazkur tajribaning respublikamiz amaliyoti nuqtai-nazaridan dolzarbligi
shundaki, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari (xizmatlari) baholarining o’sishi
mamlakatimizda inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi muhim omillardan biri bo’lib
qolmoqda.
3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining inflyatsion kutish
psixologiyasiga barham berish.
4. Moliya bozorlarini rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish
mexanizmini takomillashtirish.
5. Pul massasining o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida aholi va korxonalar joriy
hisobraqamlaridagi valyuta mablag’larini tijorat banklarining muddatli va
jamg’arma depozit hisobraqamlariga jalb etish va ularni iqtisodiyotning ustuvor
yo’nalishlariga kredit sifatida yo’naltirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning
ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etish, o’z navbatida,
xorijiy valyutalarda banklarga jalb etilgan muddatli va jamg’arma depozitlariga
to’lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo’li bilan mazkur depozitlarning aholi va
korxonalar uchun jozibadorligini oshirishni taqozo etadi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqining
o’sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o’sishi o’rtasidagi bevosita bog’liqlik
mavjud.
Ushbu bog’liqlikning yuzaga kelishi quyidagi omillarga asoslanadi:
– byudjet tashkilotlarida ish haqining o’sishi iste’mol tovarlariga bo’lgan
talabning oshishiga olib keladi, chunki iste’mol tovarlarining sezilarli qismi aholi
tomonidan naqd pullarga xarid qilinadi;
– chakana savdo shoxobchalari orqali iste’mol tovarlarini sotayotgan savdo
xodimlarining ongiga ish haqlarining o’sishi kuchli psixologik ta’sir ko’rsatmoqda.
2. Respublikamizda talab inflyatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM
deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Masalan, YaIM deflyatori 2011
yilda 20,0 foizni tashkil etdi
147
.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani
yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin,
Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar
omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli
ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda
bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi
o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani
jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.
Inflyatsiyaning klassik talqinida, baholarning o’sishi, pulning aylanish tezligi
o’zgarmasdan qolgan sharoitda, pul taklifining oshishiga bog’liq. Pullar taklifi va
146
Kudrin A. Inflyatsiya: rossiyskie i mirovie tendentsii // Voprosi ekonomiki – Moskva, 2007. - №10. – S.19.
147
“O’zbekiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
pulning aylanish tezligi o’zgarmagan sharoitda alohida tovarlarning bahosi
o’zgarganda ham mamlakatda baholarning umumiy darajasi o’zgarmasdan qoladi.
Shu sababli, baholar umumiy darajasining o’sishi bilan ularning alohida olingan
tovar pozitsiyalari bo’yicha o’sishini jiddiy farqlash lozim.
3. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardan jo’natayotgan pul o’tkazmalari
inflyatsiyani yuzaga keltirayotgan omillar ichida asosiy o’rinni egallamoqda.
2011 yilda birgina Rossiya Federatsiyasidan respublikamizga fuqarolarimiz
tomonidan jo’natilgan pul o’tkazmalari miqdori 4 mlrd. 900 mln. AQSh dollarini
tashkil qildi
148
.
Ushbu valyuta mablag’larining sezilarli qismi tovarlar sotib olishga
sarflanmoqda. Natijada so’mdagi mablag’larga nisbatan qo’shimcha talab yuzaga
kelmoqda.
Bunday holatni boshqa mamlakatlar amaliyotida ham kuzatish mumkin.
Masalan, Rossiyada hozirgi davrda neft bahosining oshishi natijasida xorijiy
valyutalardagi tushumning o’sish tendentsiyasi mavjud. Lekin bu tushumlarning
asosiy qismi Barqarorlashtirish fondiga tushadi. Bu esa, ulardan foydalanishda
milliy valyutadagi pul massasiga nisbatan yuzaga keladigan talabni hisobga olish
imkonini yuzaga keltiradi. Respublikamizda esa, fuqarolarimizning xorijiy
davlatlardan jo’natayotgan pul o’tkazmalarining so’mdagi pul massasiga ta’siri
xarajat mexanizmi orqali yuzaga keladi, ya’ni xorijiy valyutalardagi
o’tkazmalarning asosiy qismi so’mga almashtiriladi va ularga tovarlar hamda
xizmatlar xarid qilinadi. Markaziy bank esa, ushbu ta’sir mexanizmiga bevosita
ta’sir ko’rsata olmaydi.
4. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o’sish
sur’atlariga ega ekanligi inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o’rin
tutmoqda.
Shunday holatni boshqa davlatlar misolida ham kuzatish mumkin. Masalan,
Rossiyada neft va gaz bahosining oshishi inflyatsiyaning kuchayishiga xizmat
qilmoqda. Shu sababli, Rossiyada tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar baholarining o’sishini inflyatsiyaga ta’sirini
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, davlat tomonidan tartibga
solinadigan elektr energiyasi, gaz va temir yo’lda yuk tashish baholarining
o’zgarishini tavsiflovchi indekslar bilan bir vaqtning o’zida tariflarning integral
ko’rsatkichi ishlab chiqildi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblashda gaz, elektr energiyasi
va temir yo’lda yuk tashish bo’yicha tegishli uch indeksning har biri sanoat
bo’yicha umumxarajatlarning tarkibida monopol mahsulotlar (xizmatlar) ning har
bir turining salmog’i hisobga olingan holda aniqlandi
149
.
5. Naqd pullarga bo’lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi.
Aholi pullik to’lovlarining asosiy qismini naqd pullarda amalga
oshirilayotganligi, plastik kartochkalar va pullik cheklar vositasidagi to’lovlarning
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada qolishiga sabab
bo’lmoqda.
148
Godovoy otchet Tsentralnogo banka Rossiyskoy Federatsii za 2011 god. – Moskva, 2012. – S.178.
149
Kudrin A. Inflyatsiya: rossiyskie i mirovie tendentsii // Voprosi ekonomiki – Moskva, 2007. - №10. – S.19.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, plastik kartochkalar va pullik cheklarga
asoslangan to’lov tizimi rivojlanmagan mamlakatlarda pul aylanmasining sezilarli
qismi naqd pullarda amalga oshiriladi. Buning natijasida, birinchidan, naqd pul
muomalasi bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik
yuzaga keladi; ikkinchidan, naqd pul muomalasining milliy valyutaning almashuv
kursiga nisbatan ta’siri kuchayadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada saqlanib
qolishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, naqd pul muomalasining milliy
valyuta kursiga ta’siri masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish va mazkur ta’sirning
salbiy jihatlariga barham berish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga
keltiradi.
6. Monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarning
mavjudligi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash siyosatini
takomillashtirish borasidagi muammolarni hal qilish Markaziy bankning
kreditlarning foiz stavkalariga ta’sir etish orqali muomaladagi pul massasini
tartibga solish imkoniyatini oshiradi. Bu esa, pirovard natijada, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholining to’lov qobiliyatini rag’batlantirish va milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari
berish amaliyotining mavjud emasligi uning qayta moliyalash siyosatini
takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolardan sanaladi.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali milliy valyuta nominal va
real almashuv kurslarining o’zgarishiga samarali ta’sir ko’rsatish mumkin.
Respublikamiz tijorat banklari brutto kreditlarining hajmida markazlashgan
kreditlarning kichik salmoqqa ega ekanligi (2%) va qisqa muddatli banklararo
kreditlarning respublikamiz amaliyotida mavjud emasligi O’zbekiston Markaziy
banki qayta moliyalash siyosatining samaradorligini oshirishga to’sqinlik qiladi va
qayta moliyalash stavkalarini o’zgartirish yo’li bilan bank kreditlari foiz
stavkalarining darajasiga ta’sir etish imkonini bermaydi;
Qayta moliyalash instrumentlaridan kompleks foydalanishgina Markaziy bankka
qayta moliyalash kreditlari hajmini barqaror tarzda oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |