O’tkazuvchanlik qobiliyati va poezdlar harakatlanishining xavfsizligini
oshirish maqsadida oraliq va uchastka stansiyalari elektrik markazlashtirish (EM)
qurilmalari bilan qurollanadi. EM tizimining asosiy element bazasi bo’lib, releli
apparatura hisoblanadi, shuning uchun bu boshqaruv tizimi releli markazlashtirish
nomini oladi. Releli markazlashtirishda ishlab chiqarishning texnik foydalanish
talablariga ko’ra quyidagilar mumkin emas:
- marshrut bo’yicha band shoxobchadagi svetoforni ochish;
- sostav ostidagi strelkalarni boshqasiga o’tkazish;
- agar strelkalar kerakli holatga o’tkazilmagan va shu holatda yopilmagan,
shuningdek raqobatchi marshrut signallari yopilmagan bo’lsa, mazkur marshrutga
mos signallarni ochish.
Releli markazlashtirish tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv apparati;
poezdlar harakati xavfsizligi talablarini taminlovchi releli apparatura; yonilg’i
manbalari; strelkalar holatini markazlashtirilgan holda boshqarish va nazorat qilish
uchun strelkali elektroprivodlar; svetoforlar, elektrlashgan relsli zanjirlar; qabyl
tarmoqlari.
Boshqaruv apparatlari va yonilg’i manbalarini joylash-tirish turiga ko’ra releli
markazlashtirishni mahalliy va markaziy bog’liqlikli hamda yonilg’i manbali qilib
quri-shadi. Mahalliy bog’liqlikda releli apparaturani stan-siyalar boshidagi releli
qutilarga, markaziy bog’liqlikda esa stansiya markazidagi EM postiga yoki
stansiya binosiga joylashtiriladi. Mahalliy manbalar akkumulyator batareyalari
ko’rinishida kirish svetoforlari va strelkalarning boshlanish rayonlaridagi batareya
shkaflariga o’rnatiladi.
Releli markazlashtirish qurilmalarida ikki xil boshqarish usuli qo’llaniladi:
yakka (alohida) va marshrutli. Yakka boshqarish usulida marshrutga kiruvchi
strelkalarni o’zgartirish va svetoforni ochish alohida tugmani bosish yoki navbatchi
pultida joylashgan kommutatorni o’zgartirish orqali, marshrutli boshqarish usulida
esa – strelkani o’zgartirish va svetoforni ochish ikki (marshrutning boshlanishi va
tugallanishi) tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.Releli markazlashtirish tizimlarining bir nechta turlari qo’llaniladi.
Mahalliy bog’liqli va mahalliy yonilg’i manbali releli markazlashtirish
(MRM). MRM tizimlari kichik stansiyalarda (15 tagacha strelkalar) qo’llanilgan.
Releli apparatura va yonilg’i manbalari stansiyaga kirish qismidagi releli quti yoki
shkaflarda joylashtirilar edi. Tizimining kamchiligi bu apparatura va yonilg’i
manbalarining birbiridan uzoq masofada joylashtirilganligi bo’lib, u xizmat
ko’rsatishni qiyinlashtiradi va qurilishni qimmatga tushiradi. Bu tizim yangi
qurilishlarda ishlatilmaydi.
Markaziy bog’liqli va mahalliy yonilg’i manbali releli markazlashtirish
(MMRM). MMRM tizimida elektrli markazlashtirish posti qurilmaydi va releli
apparaturani stansiya bo’yicha navbatchi o’tiradigan stansiya binosida
joylashtiriladi. Shuningdek, qisman releli apparaturani stansiya’ning kirish va
chiqish svetoforlari o’rnatilgan releli shkaflarda, shu bilan birga, yonilg’i
manbalari kirish svetoforlari va strelkalarning boshlanish rayonlari oldida
o’rnatilgan batareya shkaflarida, akkumulyator batareyalari ko’rinishida saqlanadi.
Tizimda boshqarish pultidan boshqariladigan alohida boshqarish prinsipi
qo’llaniladi. Tizimning kamchiligi quyidagilardir: apparatlarning va yonilg’i
manbalarining tarqoq joylashganligi; kichik voltli elektroprivodlarning va katta
sondagi akkumulyatorlarning qo’llanilishi; manyovrli marshrutlarning yo’qligi.
Ushbu tizim qisman oraliq stantsiyalarining kam faoliyat ko’rsatadigan
uchastkalarida qo’llaniladi.
Markaziy bog’liqli va markaziy yonilg’i manbali releli markazlashtirish
(MMR). Releli apparatura va yonilg’i manbalari elektrli markazlashmagan
postlarga joylashtirilib, u xizmat ko’rsatish sharoitlarini yaxshilaydi hamda yanada
takomillashgan yonilg’i manbalarini qo’llash imkonini beradi. Ilgarilari ushbu
tizimni uchastka stansiyalarida qo’llanilib, u strelka va signal tugmalar joylashgan
pulttablo yordamida boshqarilar edi.
Strelka tugmalarini bosish orqali strelkalarni alohida o’zgartirish, signal
tugmalarini bosish orqali signalni ochish amalga oshiriladi.Ushbu tizimda elektr sxemasi stansiya rejasiga ko’ra tuziladi. Bu sxemani
anchagina soddalashtiradi, releli apparatura xarajatlarini kamaytiradi va poezd
marshrutlaridan tashqari, markazlashtirilgan manyovr marshrut-larini ochish
imkonini beradi. Unifikatsiyalash maqsadida butun sxema, hamma turdagi
marshrutlar uchun, namunaviy sxema tugunlariga to’planib, ular yordamida
stansiyalar uchun istalgan yo’l takomillashuviga olib keluvchi, to’la
markazlashtirish sxemasini qurish mumkin bo’ladi.
60-yillardan boshlab MMR tizimi oraliq stansiyalarda qo’llanilib kelinmoqda.
Boshqaruv jelobkosignalizatsiyali blok tipli pultdan olib borilib, u yerdagi
poezd va manyovr svetofor qaytar-gichlarida marshrut tugmalari joylashgan.
Marshrutning boshlanishi va tugallanishi tugmalarini ketmaket bosish orqali
sodda poezdli va manyovrli marshrut to’plamidan iborat soddalashtirilgan
marshrut bajariladi.
Markaziy bog’liqli, markaziy manbali va marshrutli boshqaruv releli
markazlashtirish (MMMBR). Releli apparatura va yonilg’i manbalari EM
postiga joylashtirilgan bo’lib, u yerda boshqarish uchun pult-tablo yoki marshrut
tugmalari bo’lgan pultmanipulyator qo’yilgan.
Marshrutni o’rnatish chog’ida marshrut boshlanishi va tugallanishi
tugmalarini ketmaket bosish orqali poezdli va manyovrli marshrut to’plamlari
amalga oshiriladi. To’plamlar amalga oshirilishi tugagach, marshrut bo’yicha bir
vaqtning o’zida barcha strelkalarning almashinuvi sodir bo’ladi va almashinuv
sodir bo’lgach, signalning ochilishi bajariladi. Marshrutli boshqaruv eng murakkab
marshrutni ham 30-40 soniya o’rniga 5-7 soniyada o’rnatadi, bu bilan uchastka
stansiyalaridagi o’tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi.
Releli apparatura namunaviy bloklarda joylashgan. Bu bajarilish talqinida
tizim blokli marshrutreleli markazlashtirish (BMRM) degan nomni oldi. Ishlab
chiqarish zavodida namunaviy bloklarning ko’plab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan.
Blokli struktura loyihalashni soddalashtiradi, qurilish muddatini qisqartiradi va
undan foydalanish sharoitlarini yaxshilaydi. Blokli strukturaning afzalligi tufayliuni oraliq stansiyalarda ham vaqt bo’yicha taq-simlangan blokli elektr
markazlashtirish (BRM) ko’rinishida foydalanish imkoni tug’ildi.