1.3 Kichik stansiyalar uchun releli markazlashtirishda marshrutlarni o’rnatish va yopish algoritmlari Kichik stansiyalar uchun releli markazlashtirish tizimlari quyidagi
funktsiyalarni bajaradi:
- strelkalarni o’zgartirish orqali marshrutni o’rnatish;
- belgilangan marshrut bo’yicha poezd o’tib bo’lmaguncha yoki marshrut
bekor qilinmaguncha, strelkalarning o’zgartirilishini oldini olish maqsadida,
marshrutni qulflanishi(ochilishi)ni taminlash;
- svetoforni ochish, ya’ni tizimda avtomatik ravishda o’rnatilgan va
qulflangan (ochilgan) marshrut xarakteriga mos (qabul qilish, jo’natish, o’tkazib
yuborish) svetoforning bir yoki bir necha ruxsat etilgan ranglarini tanlash;
- avtomatik holda, poezd o’tib bo’lganidan so’ng marshrutning yopilishi yoki
marshrut bekor qilinganidan so’ng, ya’ni poezd marshrutga yetib kelguncha
bo’lgan davrda shuningdek Sun’iy ravishda marshrutning yopilishi.
Yuqoridagi funksiyalarni amalga oshiruvchi prinsispial elektr sxemalar
shunday qurilganki, bunda stansiya bo’yicha poezd harakatlanishi xavfsizligi
talablari to’liq bajarilgan.
MMRM tizimi funktsional sxemasida (2 – rasm, bu yerda Участок удаления – Uzoqlashish uchastkasi; Стрелочныйучасток – Strelkali uchastka;
Участокприближенияпоглавномупути – Asosiy yo’ldagi yaqinlashish
uchastkasi; Участокприближения– Yaqinlashish uchastkasi; Перевод стрелок – Strelkalarni o’tkazish; Контрольпереводастрелок– Strelkalar
o’tkazilishini nazorat qilish; Контрольправильностимаршрута – Marshrut
to’g’rili-gini nazorat qilish; Закрытиесветофора – Svetoforni yopilishi;
Открытиесветофора – Svetoforni ochilishi; Занят – band; Свободен – bo’sh;
Замыканиемаршрута – Marshrutni ochilishi; Окончательный – butunlay
yoki to’liq; Предварительный – Dastlabki; Размыканиемаршрута –
Marshrutni yopilishi; Автоматически – Avtomatik holda; Искусственный–
Sun’iy ; Отмена – Bekor qilish; Стрелочныйучастокисправен – Strelkali
uchastka soz; Стрелочныйучастокнеисправен – Strelkali uchastka nosoz;
Выдержкавремени – Ushlab turish vaqti; Окончаниеразмыкания маршрута – Marshrut yopilishining tugallanishi; ИРК– Sun’iy yopilish
tugmachasi; СК – Signal tugmachasi; Последовательностьразмыкания маршрутаприпроследованиипоезда – Poezd o’tish davrida marshrutning
yopilish ketmaketligi; Поезднаучасткеприближения– Poezd yaqinlashish
uchastkasida; Вступлениенастрелочнуюсекциюперекрытиясветофора –
Svetofor chirog’i rangini o’zgartirish strelkali sektsiyaga yetib kelish;
Последовательноепрохождениепосекцияммаршрута – Marshrut
sektsiyalaridan ketmaket o’tib borish; Проследованиеиосвобождениевсех секциймаршрута – Marshrutning barcha seksiyalaridan o’tib ketish va ularni
bo’shatish) marshrut alohida yo’l bilan o’rnatiladi va marshrutga kiruvchi har bir
strelkani MK yoki PK strelka tugmalarini bosish orqali o’zgartiriladi. Strelkalarni
yakuniy o’zgartirish lampaning manfiy va musbat holatlarini yoqish orqali nazorat
qilinadi.
So’ngra tizimda marshrutni to’g’ri o’rnatilganligining barcha shartlari
avtomatik tarzda nazorat qilinadi: 1) harakat va qo’riqlash strelkalarining to’g’ri
holati; 2) marshrutda qatnashuvchi yo’l va strelka seksiyalariningbo’shligi hamda
nogabaritligi; 3) qabul qilish yo’lining bo’shligi; 4) ushbu stansiya boshida
marshrutga halaqit beruvchi marshrutning yo’qligi; 5) stansiya’ning ikkala
tomonidan tegishli qabul qilish yo’liga qaramaqarshi marshrutning yo’qligi; 6)
kirish svetoforida oylioq (лунно-белый) taklif chirog’ining yoqilmaganligi; 7)
kirish svetofori ruxsat berish lampasi ipining butunligi; 8) marshrutni sun’iy
o’zgartirish mumkin emasligi; 9) va 10) stansiya’ning ushbu va qarama-qarshi
tomonlarida mos ravishda, xatarli yo’nalishga strelkalarni mahalliy boshqaruv
orqali o’zgartirish mumkin emasligi.
2 – rasm. MMRM tizimining funktsional sxemasi
Jo’natish va qabul qilish marshrutlarida 1), 2), 4), 10) shartlarning,
shuningdek, 11) ikki yo’lli stansiyalardan chiqish svetoforlarida o’chibyonuvchi
oylioq chiroqning yo’qligi; 12) avtomatik blokirovka vaqtida peregondan kamida
bir blok-uchastka uzoqlashishining erkinligi; 13) bir yo’lli stansiyalarda
jo’natilayotgan poezd harakatining belgilangan yo’nalishga mosligi; 14) peregonga
ilgari jo’natilgan kalit-jezli xo’jalik poezdining yo’qligi; 15) marshrutni sun’iy
bo’lishning yo’qligi nazorat qilinishi shart.
Manyovrli marshrutlarni o’rnatishda 1, 2, 4, 8, 9 shartlar nazorat qilinadi.
Shaharlardan ba’zilari stansiya ishlarining yo’l taraqqiyoti va xarakteriga
ko’ra bajarilmasligi mumkin: 3shart nazorat qilinmaydi, chunki manyovrli
harakatlanish qabul qilishjo’natish yo’llarini vagonlar bilan egallanganligi tufayli
amalga oshirilishi mumkin emas; 5-shart nazorat qilinmaydi, chunki stansiya turli
tomonlaridan yagona yo’lga uchrashuvli manyovr marshrutlar raqobatli (xatarli)
hisoblanmaydi.
Marshrut o’rnatilganidan so’ng, to’g’ri o’rnatilganligi haqida ma’lumot
olingach, stansiya bo’yicha navbatchi svetoforn iochish uchun signa ltugmasini
(ST) bosadi. ST tugmasi bosilgach, avtomatik ravishda marshrut ochiladi va bu
bilan marshrut istalgan strelkasining qaramaqarshi yo’nalishga o’zgartirilish
ibekor qilinadi. Marshru tochilishini tekshirish orqali svetoforni ochish zanjiri hosil
bo’lib, stansiya bo’yicha navbatchi ST tugmasini qaytaradi va natijada svetoforda
qizi lchiroq yonadi.
Marshrutning ochilishi releli markazlashtirishning asosiy funksiyalaridan biri
hisoblanadi. Marshrut barcha strelkalarining elektr qotirilishidan tashqari,
belgilangan marshrutning ochilishida unga raqobatli bo’lgan barcha marshrutlar
bekor qilinadi. Yopiq marshrut strelkalari poezd marshrutdan chiqib ketmaguncha
yoki stansiya navbatchisining marshrutni o’zgartirayotganligi haqida
ogohlantirmaguncha yopiq bo’ladi. Marshrutni ochish uchun quyida-gilarni
hisobga olmoq zarur: marshrut ochilguncha, marshrut ochilganligi haqidagi
axborot o’z vaqtida berilmasa va poezdning marshrut oralig’iga ilgariroq kelganligi
haqidagi xavf mavjud bo’lsa, shuningdek, belgilangan marshrutni amalga
oshirishda to’siq paydo bo’lganda, uni bekor qilish imkoni mavjud bo’lsa.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosa qilib chiqadi,
marshrutniochishniamalgaoshirishuchunnafaqatsignalniochish, balki uni poezdni
yaqinlashish vaqtiga ham bog’lash zarur.
Zaruriyat bo’lganda, agar svetofor ochilishi oldidan yaqinlashayotgan poezd
bo’lmasa va bu ochilishning o’z vaqtida bajarilmasligi xavf solmasa, marshrut
ochilishini bekor qilish mumkin. Stansiya bo’yicha navbatchi svetoforni yopib,
ochiq marshrutni bekor qiladi. Bir necha soniya o’tgach marshrut yopiladi,
strelkalardagi to’siqlarolinadi va stansiya bo’yicha navbatchi (SBN) yangi
marshrutni o’rnatishi mumkin bo’ladi. Band uchastkada, svetofor ochilishidan
oldin marshrutni o’z vaqtida yopilmaslik xavfi tug’iladi va shuning uchun SBN
marshrutni bo’lishuchun
vaqt oralig’li Sun’iy marshrutni yopish usulini qo’llaydi.
YU qoridagi ikki shartning mavjudligiga ko’ra marshrutni ochishning ikki
usuli qo’llaniladi: dastlabki va natijaviy.
Dastlabki marshrut ochilishi signal tugmasining bosilishi va svetoforning
ochilishi bilan svetoforga yaqinlashish uchastkasi bo’shlig isharti bajarilgandagina
(6rasmga qarang) boshlanadi. Qabul qilish marshrutiga yaqinlashish uchastkasi
deb kirish va ogohlantirish svetoforlari (birinchi yaqinlashish uchastkasi) orasidagi
uzunligi kamida 1000 metr bo’lgan blokuchastka; manyovrli uchastka deb esa
manyovr svetoforidan oldin joylashgan bitta izolirlangan strelka yoki yo’l seksiyasi
hisoblanadi.
Natijaviy marshrut ochilishi ST tugmasini bosish, svetoforni ochish va
poezdning yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishi vaqtidan boshlanadi. Bunday
marshrut o’tayotgan poezd ta’siridayoki Sun’iy yopilish rejimida avtomatik
ravishda yopilishi mumkin. Marshrut o’rnatilgandan va ochilgandan so’ng svetofor
ochiladi, so’ngra relelimarkazlashtirish marshrutni yopish funksiyasini bajaradi.
Marshrutni avtomatik tarzda yopilishi o’tayotgan poezd ta’siridagina sodir
bo’ladi. Releli markazlashtirish poezd joylashgan yerni avtomatik ravishda nazorat
qiladi va marshrutni shu ketmaketlikda yopadi. Poezd yaqinlashish uchastkasiga
kela turib, kirish N svetoforidan oldin marshrutning natijaviy ochilishi boshlanadi.
Poezd birinchi g’ildiraklarining kirish svetoforidan o’tishi bilan svetoforning
avtomatik tarzda yopilishi boshlanadi. Poezdning marshrut bo’yicha harakatlanishi
strelkali va yo’l seksiyalari rels zanjirlari yordamida nazorat qilinadi. Poezd 1P
stansiya’ning barcha bosh strelkalaridan o’tganidan va qabul qilishjo’natish yo’li
band qilinganidan so’ng, uning marshrut bo’yicha to’liq nazorati boshlanadi va
marshrutning yopilishi kuzatiladi. Yaqinlashish uchastkasi bo’sh bo’lgach, SBN
signal tugmasini (ST) qaytarish orqali, marshrutni bekor qiladi. Shundan so’ng
svetofor yopiladiva 5 soniya o’tgach marshrut yopiladi.
Natijaviy yopiq marshrutni ishlatish imkoni bo’lmaganda yoki marshrutga
kiruvchi strelkali uchastkalar relsli zanjirlardagi nosozliklar tufayli chala yopilishi
kuzatilsa SBN Sun’iy yopilishni amalga oshiradi.
Natijaviy yopiq marshrutni sun’iy yopilishining ikki rejim iishlatiladi:
- marshrut strelkali uchastkalari soz va bo’sh bo’lgan;
- marshrut strelkali uchastkalarining relsli zanjirlari nosoz bo’lgan.
Birinchi holda, SBN signal tugmasini tortish bilan svetoforni yopadi. So’ngra
3 soniya oralig’ida marshrut yopiladi.
Ikkinchi holda, SBN signal tugmasini tortish bilan svetoforni yopadi va shu
bilan birga sun’iy yopish (SYO) tugmasini bosadi, so’ngra 3 soniya oralig’ida
marshrut yopiladi. SYO tugmasining kiritilishi SBNsiz marshrut Sun’iy
yopilishining oldini olish maqsadida hamda relsli zanjir nosozligi va svetoforning
avtomatik tarzda yopilishi kuzatilgan holdagina kerak bo’ladi.
Marshrutning sun’iy yopilishidagi vaqtning katta oralig’i harakat xavfsizligini
taminlash talablariga binoan kiritiladi. Vaqt oralig’isiz marshrut, svetofor yopilishi
bilan birdaniga yopiladi va SBN yangi marshrutni o’rnatish uchun strelkalarni
o’zgartirishi mumkin. Agar svetoforga yaqinlashayotgan poezd o’z vaqtida
to’xtatilmasa va strelkadan o’tib ketsa sostav kirishining avariya vaziyati yuz
berishi mumkin. Vaqt oralig’ining mavjudligi yuqoridagi vaziyatni vujudga
kyltirmaydi, chunki svetofor yopilgandan yana 3 daqiqa vaqt oralig’ida, poezd
o’tgan holda ham, marshrut strelkasi yopiq holatda bo’ladi.
Barcha yuqorida keltirilgan, releli markazlashtirish qurilmalarida
bajariladigan funksiyalar, sxemalar yordamida amalga oshirilib, ularda sxemalar va
napol qurilmalar, ya’ni svetoforlar, elektroprivodlar, relsli zanjirlar va hokazolarda
yuz beradigan xatoliklardan himoya qilishni ko’zda tutadi.