Masalaning ishlanishi:
5250/10=525
525+147=672 jami spermiy
672/8=84 ta boshlang’ich jinsiy hujayra
84-24=60 ta karamni boshlang’ich jinsiy hujayra
60*8=480 ta birlamchi jinsiy hujayra
147*10=1470
1470+1122=2592
2592/9=288
480-288=112
525/672*100=78,125% makkajo’xori
288/480*100=60% karam
78,125%-60%=18,125%
5-masala: G’o’za va tugmachagul o’simligida changlanish jarayonida gul tumshuqchasiga 100 ta chang kelib tushdi. Tugmachagulni changlanishida spermiylarining 56,8 % qismi qatnashdi. G’o’zani changlanishida ishtirok etgan spermiylar soni, tugmachagulni barcha spermiylari sonidan 112 taga ko’pligi ma’lum bo’lsa, tugmachagul va g’o’zaning markaziy hujayrasini changlanishida ishtirok etgan spermiylarni umumiy sonini aniqlang (G’o’zani spermiylarining barchasi changlanishda ishtirok etgan).
Masalaning ishlanishi:
1-usul.
100*2=200 ta spermiy
X+Y=200
X-Y=112
X=112+Y
112+Y+Y=200
2Y=200-112
2Y=88
Y=88/2
Y=44
X-44=112
X=112+44
X=156
100 %----------44
56,8%----------X=25 Tugmachagul
3)156/2=78 ta g’o’za
4)78+25=103 Jvob: 103 ta
2-usul.
100*2=200 ta spermiy
200-112=88
88/2=44
44*0,568=25
44+112=156
156/2=78
25+78=103 ta
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1-masala. Nomalum hayvonning somatik hujayrasidagi autosoma xromasomalari soni va boshqa xromasomalar soni farqi 27 ga teng bo’lib, somatik hujayrasidagi autosoma xromasomalari yig’indisi 82 tani tashkil etsa, nomalum hayvonlarning tuxum hujayrasidagi autosoma xromasomalari ayirmasini toping.
2-masala. Agar nomalum organizmning tuxum hujayrasidagi autosoma xromasomalari soni barcha xromasomalarining 44,4% ini tashkil etsa endospermdagi xromasomalar soni qancha?
3-masala. Asalari va tut ipak qurti jami 250 ta tuxum qo’ydi. Asalarilarning 20 % tuxumlaridan erkak, tut ipak qurtining 50% tuxumlaridan urg’ochi organizmlar rivojlandi. Natijada 155 ta XX kariotipli organizmlar paydo bo’ldi. Urug’lanishda qatnashgan spermatazoidlar sonini aniqlang.
4-masala. Nomalum o’simlikning 60 ta birlamchi hujayrasi hosil bo’lgan spermiylarning 30% urug’lantirishda ishtirok etdi. Urug’lanishda ishtirok etgan spermiylardagi xromasomalarning, urug’lanishda ishtirok etmagan spermiylardagi xromasomalar farqi 1920 tani tashkil qilsa, nomalum o’simlikka xos xususiyatni aniqlang.
5-masala. Diploid navli bug’doyning 96 ta birlamchi jinsiy hujayrasining hosil bo’lgan spermiylarning ma’lum qismi urug’lanishda qatnashmagan spermiylardagi xromasomalar soni, urug’lanishda qatnashgan spermiylardagi xromasomalar sonidan 2688 taga ko’p bo’lsa, urug’lanishda qatnashgan jami spermiylar sonini aniqlang.
6-masala. Hayvon hujayrasining diploid to‘plami 34 ga teng. Mitoz bo‘linishdan oldingi, mitozdan keyingi, birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishdan keyingi DNk molekulasi miqdorini toping.
7-masala. Hayvonlarning somatik hujayralari uchun diploid to‘plami xarakterlidir. hujayraning meyoz I telofazasi oxiridagi va meyoz II ning anafazasidagi xromosoma (n) va DNk (c) miqdorini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |