Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bos- qichlarni o'z ichiga oiadi:
go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va "Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan.
BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Shunday qilib, biz avvalo turli ijtimoiy guruhlarning mavjudligini izlaymiz, shuningdek, o’zimiz topgan guruhlardagi ichki institutni tadqiq qilamiz. Biroq shaxslaming guruhlarga bo’linishi va bu guruhlarda tartibli joylashuvi bilan birga biz ularning ijtimoiy sinflar va toifalar bo’yicha bo’linishini ham ko’zatamiz. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi, doxiylar va fuqarolar o’rtasidagi, patritsiylar va plebeylar, shuningdek, baraxmanlar, shudralar va isqirtlar o’rtasidagi ijtimoiy tafovutlaming bari muhim institutviy xususiyatlar, garchi ular ijtimoiy guruhlarni tashkil qiladi, deb tom ma'noda aytolmasak ham.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'Iim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. "Ta'lim-tarbiya" - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'Iim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g'risida"gi Qonuniga ko'ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi tengdir. Mazkur turdagi o'quv yurtlarida tahsil olgan o'quvchilar oliy o'quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo'nalish bo'yicha faoliyat ko'rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foydalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari bilangina bir-biridan ma'lum ma'noda farq qiladi.Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilimlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |