VI. Qayta shakllantirish - ta'lim texnologiyasini o'qitish- ning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika po- zitsiyasi tamoyilidan ko'rib chiqish lozim.
O'qitishning metodik jihatdan ko'rib chiqilganda, maktab- gacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. Qodirova) muhim o'rin egallaydi.
Ta'lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:
1. Didaktik tamoyillar:
Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.
Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.
Oson erishuvchanlik tamoyili - bolalarning anglash faoli- yatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq.
Yetkazish tamoyili - o'qitish jarayonida bolalarning aloxida (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.
Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq.
Ta'lim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'llanmali, psixik.
Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsiya.
O'zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.
- tur - hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa hissiy-shaxsiy munosabatlar bo'yicha almashuvi va keyingi hamkorlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak), hissiy kayfiyatni yuzaga keltirish.
- tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan maqsad o'zaro munosabatlar o'qitishning anglash aspektini ta'lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyatlarini ochishga yo'naltiriladi.
- tur - o'quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyatlarini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajriba almashishi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi tur o'qitishning psixologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tatbiq etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil bo'ladi.
- tur - akmeologik sohasini tatbiq etish. Bunda pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo'Ilash va notanish sharoitda ham harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosa- batlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri"ning shakllanishidir.
O'zaro ta'sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning hamkorlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasining didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning nazariy negizi hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasining uslubiy modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakllantirishni boshqarishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:
Uslubiy tamoyillar;
Ta'lim vositalari;
Ta'lim bosqichlari;
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jahon andozalariga olib chiqishni ta'minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar, shuningdek, yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o'rnatish lozim.
Respublika bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasini dasturiy uslubiy jihatdan ta'minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ko'p jihatdan ta'limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xususi- yatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta'lim - tarbiya berish qo'llanmalari bilan ta'minlanishga bog'liq. Bu bo'limda ta'limda qo'IIaniladigan bosh ta'lim qo'llanmasi bola va kattalarning o'zaro munosabatlarining shaxsga yo'naltirilganligini ta'minlovchi qo'llanmalar (alohida ish uchun daftar, albomlar, flamaster, qalam, bo'yoqlar va h.k) yaratilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta'lim standartini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy yo'nalishlarini ta'minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va qo'llanmalar yaratish nazarda tutiladi.
Shuningdek, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'yin faoliyatini tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o'yinning nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.
Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalar.
Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash ta'limiy maqsadlarni qat'iy talab etuvchi va bosqichli o'zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma'lum ilmiy Ioyihalashni mo'ljallaydi.
Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnoligiyalar na- faqat o'qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo'naltirilgandir. Ta'limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida ko'riladi.
Pedagogik jarayonlarda pedagogik texnologiyalar qo'llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. Bu esa bolaning ta'lim ta'siriga ochiq munosabatda bo'lishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'limning samaradorligini boshqarishning algoritmningya'ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo'yilgan o'quv va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O'zbekiston Respublikasidagi Maktabgacha ta'lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, Dav- lat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni ta'minlashdek ulkan mas'uliyatyuklanadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'liin Konsepsiya- sining maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro'yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich - 2012-2014 yillar mavjud maktabgacha ta'lim tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy asosni (vazni) yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida”gi qonun va Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq maktabgacha ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash.
Bola shaxsiga yo'naltirilganmodel ustuvorliginita'minlash.
Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq darajada tashkil etish.
O'quv uslubiy qo'llanma dasturlarining didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqich 2015-2017 yillar.
Maktabgacha ta'lirn konsepsiyasini ta'lim jarayoniga bevosita qo'llash mavjud ijtimoiy-psixologik sharoitlar hisobini olgan holda, unga yangiliklar kirita borish.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tubdan o'zgartirilgan o'qitish tizimini amaliyotga joriy etish.
Ta'lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo'llash asosida ta'lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchinchi bosqich - 2018-2020-yillar.
To'plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g'oyalar loyihasi (ustida) ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |