Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasasida o’ziga xos va mihim tomonlarini o’rganish.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo’lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligini, uning tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumtlar to’plash,tahlil
Kurs ishi ob’yekti: Maktabgacha yoshdagi MTM tarbiyalanuvchilari va tarbiyachi pedagoglar.
Kurs ishi ahamiyati:Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo'yildi va mazkur kurs ishida aynan ushbu masalani hal qilish maqsadida MTMda matematikani tashkil etish bo’yicha nazariy va amaliy manbalar to’plandi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali tarbiyavchilar mazkur tadqiqot ishidan mashg’ulotlarni tashkil etish yo'llari, shakllari hamda uslublarini o’rganadilar va keng foydalanadilar.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I-BOB.KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
1.1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarida haqli ravishda ta'kidlanganidek, “Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'Isa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz”.
Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo, ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo'lgan munosabat o'zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o'z navbatida o'ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'Iim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. "Ta'lim-tarbiya" - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'Iim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taTimini rivojlan- tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta'Iim maktab bosqichini va 3 yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'Iim tizimiga o'tish yakunlanmoqda.
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda davlat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog'Iiqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi- da katta kuch va mablag' hisobidan ta'Iim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi kerak, deb o'ylayman”.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi- yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun- gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu- tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari- ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za- min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad- birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa- bul qilingan "Ta'lim to‘g'risida”gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturningtarkibiy qismi sifatidata'limningyan- gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim soha- sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa- rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra- tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'Iim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o'quv jarayonini texnologi- yalash bilan uzviy bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |