K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


I BOB. INVESTITSIYANING MOHIYATI, IQTISODIY MAZMUNI



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
6
I BOB. INVESTITSIYANING MOHIYATI, IQTISODIY MAZMUNI 
VA TURLARI 
1.1.
 
Investitsiyalarning mazmuni va ahamiyati 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli 
soha hamda tarmoqlarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bunga 
makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari va aholi turmush 
darajasining oshishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Bunday ijobiy o‘zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. 
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni 
safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa 
sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo 
etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi. 
Shu jihatdan, investitsiyalarning mazmun-mohiyati, vazifalari, amalga 
oshirish shakllari va prinsiplari xususida bir to‘xtamga kelish muhim hisoblanadi. 
Chunki mazkur masalaga aniqlik kiritmasdan, bir to‘xtamga kelmasdan va umumiy 
o‘rinni shakllantirmasdan “investitsiya” atamasi xususida gapirish ma’lum 
noaniqliklarni keltirib chiqaradiki, ular oxir-oqibatda noto‘g‘ri qarorlar qabul 
qilinishga olib kelinish mumkin. 
Iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos 
o‘rn tutishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetganligi natijasida investitsiyalarga, 
xususan, chet el investitsiyalariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu 
bugungi 
kunga 
kelib 
mamlakatimizdagi 
investitsiya 
faoliyatining 
rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning 
yo‘lga qo‘yilishi hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining 
mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim.
Investitsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirishni 
takomillashtirishda 
investitsiyalarga alohida ahamiyat berish zarur. 
Har qanday jamiyatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon 
bo‘lmoqdaki, 
har 
qanday 
mamlakatning 
bundan 
keyingi 
yuksalishi 
investitsiyalarni jalb etish holatiga bo‘liq. 
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o‘rni beqiyosligi uning mohiyatini aniq 
o‘rganib chiqishni talab etadi. 
Iqtisodiy lug‘atda “Investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar 
tariqasida sanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf 


7
etiladigan xarajatlar yig‘indisini aks ettiradi”
2
, - deb ta’riflangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 29-oktyabrdagi “Investitsiya 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda investitsiyalarning mazmuni 
“Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi 
faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga 
bo’lgan huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, 
shuningdek, reinvestitsiyalar”
3
sifatida ta’riflanadi. 
Bizga ma’lumki, investitsiyalarga xos bo‘lgan eng muhim belgi, eng 
avvalo, foyda olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan 
foyda keltirish uchun salohiyatli hisoblanadi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi: 

birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik 
obyektlariga joylashtirish;
 

investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati 
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
 
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga
turar-joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan 
tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar 
yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib 
hisoblanganda) yaratish jarayonidir. 
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni 
olish tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad 
olishdir. 
Demak, bizningcha, “
Investitsiyalar

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish