1. Investitsiya maqsadi va deversifikatsiyalanishi. Moliyaviy investitsiyalarning tasnifiy belgilari



Download 21,62 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi21,62 Kb.
#575657
Bog'liq
investitsiya 1


1-variant
1. Investitsiya maqsadi va deversifikatsiyalanishi.
2. Moliyaviy investitsiyalarning tasnifiy belgilari.
3. Investitsiya loyihalarining uzoq muddatli kreditlashdagi ta’minot turlari.

1-savol
Iqtisodiy lug‘atda “Investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar
tariqasidasanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf
etiladigan xarajatlar yig‘indisini aks ettiradi” - deb ta’riflangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 29-oktyabrdagi “Investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda investitsiyalarning mazmuni “Qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan
huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek,
reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi.
Bizga ma’lumki, investitsiyalarga xos bo‘lgan eng muhim belgi, eng avvalo, foyda
olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan foyda keltirish
uchun salohiyatli hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:
 birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga
joylashtirish;
 investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turarjoylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil
topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi
kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib
hisoblanganda) yaratish jarayonidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish
tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir.
Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni iqtisodiy- ijtimoiy
samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari ko‘p omillarga bog‘liq. Avvalambor,
investitsiyalar hajmi olingan daromadni iste’mol va jamg‘armaga
taqsimlanishiga bog‘liq. Aholining o‘rtacha daromadi past bo‘lgan holda ularning
asosiy qismi (70-80%) iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarining o‘sib borishi
jamg‘arishga yuboriladigan qismning ortib borishiga sabab bo‘ladi. Umumiy
daromadda jamg‘arish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmining o‘sishiga
olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori
bo‘lganda, davlatfuqarolarning investitsion faolligini
ta’minlaganda va kafolatlaganda bajariladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki
ko‘rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi.
2-savol
Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
Mоliyaviy investitsiyalаr dеb аksiyalаr, obligatsiyalаr, vеksеllаr vа bоshqа qimmаtli
qоg‘оzlаr uchun sаrflаngаn qo‘yilmаlаrgа аytilаdi. Bu qo‘yilmаlаr buyum
ko‘rinishidаgi kаpitаlning o‘sishini o‘zidа mujаssаm etmаsаdа, lеkin fоydа, shu
jumlаdаn, spеkulativ fоydа, ya’ni qimmаtli qоg‘оzlаr kursi o‘zgаrishi nаtijаsidа
vujudgа kеlаdigаn fоydа kеltirаdi. Mоliyaviy investitsiyalаr ikki хil ko‘rinishidа
bo‘lаdi. Аksiyalаrni sоtib оlish rеаl mоddiy ko‘rinishdаgi kаpitаlni yarаtmаydi.
Lеkin kеlаjаkdа spеkulativ ko‘rinishdа fоydа оlish mumkin bo‘lаdi. Аksiyalаrni
sоtishdаn tushgаn mаblаg‘ni ishlаb chiqаrish uchun, аsbоb uskunаlаr sоtib оlish
uchun sаrflаgаndа, u rеаl kаpitаlgа аylаnаdi vа rеаl investitsiya ko‘rinishini оlаdi.
Shu sаbаbdаn qimmаtli qоg‘оzlаrning оldi-sоtdi operatsiyalаri nаtijаsidа оlinаdigаn
spеkulativ fоydа kеltiruvchi mоliyaviy investitsiyalаr vа qimmаtli qоg‘оzlаrni sоtish
nаtijаsidа pul ko‘rinishidаgi rеаl mоliyaviy investitsiyalаrni fаrqlаsh lоzim. Fаntехnikа tаrаqqiyotining tеzlаshuvi bilаn intеllеktuаl sаlоhiyat ishlаb chiqаrishning
eng kuchli оmiligа аylаndi, uning jiddiy unsuri bo‘lib qоldi.
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan
bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga
ajratiladi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko’p
bo’lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog’ozlar, ular, odatda,
bozor (likvidli) qimmatli qog’ozlari, deb ataladi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini
moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog’ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank
kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bank kreditlari qarz
mablag’lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag’lar tarkibiga
kiritish mumkin, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun
chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi.
Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo’llanilishi mumkin: pul, valyuta,
kredit, qimmatli qog’ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar
va h.k. Bular ichida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini
qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozori, bir tomondan, iqtisodiyotning xo’jalik sub’ektlari
uchun moliyaviy ta’minlanish manbai bo’lsa, ikkinchi tomondan, aholi va xo’jalik
sub’ektlarining bo’sh turgan mablag’larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul
mablag’larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini
rivojlantirish uchun turli shakldagi va hajmdagi investitsiyalar kerak bo’ladi. Bozor
iqtisodiyotida qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari
o’rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini
bajarmoqda.
Jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning
muhim manbalaridan biri bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish
hisoblanadi. Bo’sh turgan mablag’larni aktsiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat
byudjetiga yo’naltirish qo’shimcha mablag’ga bo’lgan ehtiyojni qondirishga olib
keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag’larini qayta taqsimlaydigan samarali
iqtisodiy mexanizm kerak bo’ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar
harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga sharoit yaratadi.
3-savol
Ma’lumki, uzoq muddatli kreditlar o’z kapitali va mustqil balansiga, yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mustaqil xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarga ajratiladi, bunda zarar ko’rib ishlaydigan, nolikvid balansga
ega bo’lgan hamda moliyaviy nobarqaror ishlayotgan korxonalarga kreditlar
ajratilishiga ruxsat berilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 17 iyuldagi 478-sonli
yo’riqnomasiga asosan respublikamiz bank amaliyotidagi o’rta muddatli kreditlar
toifasi bekor qilindi. Unga ko’ra, o’rta muddatli kreditlar ham uzoq muddatli
kreditlar toifasiga kiritildi.
 Узоқ муддатли кредит - 1 йилдан ортиқ, бироқ қоплаш муддатидан
ортиқ бўлмаган муддатга бериладиган ссудалардир.
 Узоқ муддатли кредитлар билан хўжалик юритувчи субъектлар —
юридик шахслар ва хусусий тадбиркорлар, шунингдек, онун қ
ҳужжатларида белгиланган тартибда рўйхатга олинган, юридик шахсни
ҳосил қилмаган деҳқон хўжаликлари таъминланадилар.
 Кредитлаш учун қуйидаги шартларнинг бажарилиши чоғида ишлаб
чиқаришга ихтисослаштирилган объектларнинг, шунингдек қуйидаги
объектларнинг қурилиши, реконструкциялаш ва техник қайта
жиҳозлаш объектлари қабул қилиниши мумкин:
 амалдаги тартибга мувофиқ келишилган экспертиза қилинган ва
тасдиқланган, лойиҳалаш-смета ҳужжатлари асосида белгиланган
тартибда тасдиқлар билан таъминланган;
 қурилиш барча турларининг, унинг мулкчилик усули ва шаклларидан
қатъий назар, юритилишига оид Давқўмархитект қурилиш қўмитаси
назорати ёки унинг маҳаллий инспекцияларининг ёзма рухсатномаси
бўлган ҳолларда;
 технологик ускуналар ва хом ашёнинг етказиб берилишига оид
шартномалар билан таъминланган;
 давлат экология экспертизасининг хулосаси;
 шартнома баҳолар қайдномаси;
 қурилиш учун ажратилган ҳудудга шартнома;инфляция жараёнларини
ҳисобга олган ҳолда пудрат ишларига оид контрактлари билан
таъминланган;
қарз олувчи томонидан тақдим этилган иқтисодий қоплашга оид ҳисоб китобларнинг банк экспертизаси билан таъминланган объектлар
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ayrim manbalarning o‘rni, ko‘p jihatdan,
makroiqtisodiy muvozanat hamda o‘sish barqarorligi, mulkchilik shakllarining
rivojlanish darajasi va o‘zaro nisbatlari, bank-moliya tizimining rivojlanganligi va
boshqalar bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda
iqtisodiyot moliya sektorining rivojlanishidagi obyektiv shart-sharoitlarni,
investitsiya qarorlarini qabul qilishga aniqlik kiritadigan va ta’sir ko‘rsatadigan
moliyaviy vositachilik darajasini, ulardan foydalanish vositalari hamda
mexanizmlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida
banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni uzoq muddatli kreditlashni
tashkil qilish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati, O‘zbekiston
Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”, "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi
qonunlariga, Markaziy bankning “Tijorat banklarining kredit siyosatiga nisbatan
qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa amaldagi qonun hujjatlariga
muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga
soladi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini
o‘zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kredit - bir yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo‘lmagan
muddatga beriladigan ssudadir.
Uzoq muddatli kreditlar - ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun
mo‘ljallangan obyektlarni, qurilish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta jihozlashga
oid xarajatlar bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar
va uskunalarni xarid qilish, asosiy chorva, ko‘p yillik o‘simliklarni shakllantirish,
shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun mo‘ljallangan kreditlardir.
Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar va
xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga
olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo‘jaliklari ta’minlanadilar.
Banklar ushbu qoidalar doirasida kredit resurslari yoki qarz mablag‘laridan
samaraliroq foydalanishni ta’minlagan holda qarz oluvchilar bilan munosabatlarini
tartibga soladilar, shuningdek, kreditlash obyektining, kredit yordamida amalga
oshiruvchi tadbirlarning samaradorligini aniqlash bilan bog‘liq barcha masalalarini
mustaqil ravishda hal etadilar.
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari quyidagilar
hisoblanadi:
• hukumat kafolatlari;
mol-mulk garovi;
• banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining kafolatlari;
• uchinchi shaxslar kafilligi;
• qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalari tomonidan
berilgan sug‘urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz
oluvchi tomonidan so‘ndirilmasligi (risk) xatarining sug‘urta qilinishi.
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga:
a) kredit olishga oid buyurtmanomaning ko‘rib chiqilishi va qarz oluvchining
huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini;
b) qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni;
kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o‘tkazilishini;
d) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. Bunda:
- (a) va (b ) bandlarida ko‘rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko‘rib
chiqish muddati, bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa
beradigan 5 bank ish kunidan oshmasligi kerak;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kredit so‘rab taqdim etilgan hujjatlar
to‘plami va arizalari tuman bank bo‘limlari kredit komissiyasi tomonidan
arizalar kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit
komissiyasi tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora
kredit qo‘mitasi tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqilib, kredit berish yoki
bermasligi to‘g‘risida yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‘ladi.
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan
kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning
o‘z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi hamda ular
bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga
olingan holda belgilanadi.
Download 21,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish