5
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya va lizing faoliyati
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni
iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi
investitsion jarayonlarga bog‘liq. Bizga ma’lumki, mamlakatdagi investitsion
jarayonlar investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi va tartibga solinadi.
Investitsion siyosat mamlakatning investitsion salohiyatini oshirishga hamda
investitsiya va lizing faoliyatini kengayishiga yordam beradi. Shundan kelib
chiqqan holda aytish mumkinki, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq investitsiya va lizing asoslarini yaratishga, investitsiya faoliyatini
rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Chunki bizning mamalakatda ham iqtisodiy
rivojlanishga samarali investitsiya faoliyatisiz erishib bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada isloh qilish va
modernizatsiyalash, ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirish investitsiya va lizing
faoliyatini jadallashtirishdagi xalqaro tajribalarga suyanmog‘i lozim. Binobarin,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil va nufuzli tarzda kirib
borayotganligi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi
anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish
ham bo‘lmaydi”
1
. Shu sababli, “Investitsiya va lizing asoslari” fanini o‘rganish
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Zero, ushbu o‘quv qo‘llanmada investitsiya va lizing asoslari, ular bilan
bog‘liq operatsiyalar kasb-hunar ta’limi talablari doirasida berilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarga amaldagi tarmoq ta’lim standartlari
doirasida chuqur bilim berish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
maqsadida yaratilgan.
O‘quv qo‘llanmada bayon etilgan mavzularning mazmun-mohiyatini to‘la
va to‘g‘ri tushunish, tez va oson o‘zlashtirib olish maqsadida ko‘plab amaliy-
statistik ma’lumotlar keltirilgan va mavzular doirasida tizimlashtirilgan.
“Investitsiya va lizing asoslari” fani o‘quv rejasining ikkinchi bo‘lim
fanlari bilan uzviy bog‘liq.
O‘quv qo‘llanma Toshkent moliya Instituti “Moliya” va “Baholash ishi va
investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ijodiy hamkorligida
tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, soha mutaxassislari va
amaliyotchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda iqtisodiy ta’lim oluvchi talabalarga
foydali bo‘lishi mumkin.
1
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. - T.:
“O`zbekiston”, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |