Kirish bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi



Download 28,46 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2023
Hajmi28,46 Kb.
#946564
  1   2
Bog'liq
DIPLOM ISHI KIRISH (1)


KIRISH
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keyingi yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog’liq.
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga va rivojlantirishga, iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi. Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” gi PF-60-son Farmonini ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur farmonda mamalakatimizda investitsiya jozibadorligini oshirishni, biznes muhitini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq rejalar o’z ifodasini topgan. Bular qatorida mahaliy va xorijiy investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyon etishga hamda mahalliy va xorijiy investorlar bilan o’zaro muloqotni yo’lga qo’yishga qaratilgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni har yili o’tkazishni yo’lga qo’yish alohida e’tirofga ega.1
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
2021-yil 10-iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan “2018-yil 9-martda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Bayonnoma tasdiqlandi. Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Tojikiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborildi va Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratga oldi. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklatildi.
Shuningdek 2020-2023-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi 4889-sonli qarori 2020-yil 12-noyabrdan kuchga kirdi. Unga binoan quyidagilar 2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida:2
141 mingdan ortiq aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash va aholini markazlashtirilgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini 61,5 foizdan 70,1 foizga oshirish;
Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlaridagi 105 mingdan ortiq aholi xonadonlarini oqava suv tarmoqlariga ulash va ularni oqava suv bilan ta’minlash darajasini 14,1 foizdan 20,2 foizga oshirish;
Nukus shahri va Taxiatosh tumanidagi ko‘p xonadonli uylarning ichki issiqlik ta’minoti tizimlarini to‘liq rekonstruksiya qilish
9 ta aholi punktining tabiiy gaz tarmoqlarini to‘liq ta’mirlash va 246 ta aholi punktiga maishiy gaz ballonlarini uzluksiz yetkazib berish;
442 transformator punkti va 1023,8 km elektr uzatish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda elektr energiyasi iste’molini 1,5 mlrd.kVt/soatdan 2,1 mlrd.kVt/soatga oshirish;
444,7 km xalqaro va respublika miqyosidagi avtomobil yo‘llarini hamda 408,1 km mahalliy va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish;
290 ta aholi punktiga optik tolali tarmoqlarni yotqizish, 150 ta yangi baza stansiyalarini qurish va 200 tasini modernizatsiya qilish, har bir aholi punktini kamida 10 Mb/soat tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash;
90,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining suv ta’minotini yaxshilash, 208 ming gektar yerning meliorativ holatini yaxshilash, 45 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida :3
Investitsiyalarni faol jalb etish va hududning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
2020-2022-yillarda hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 12,3 trillion so‘m bo‘lgan 1359 ta loyihani ishga tushirish va 17,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, 523 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
xalqaro moliya institutlarining 1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘larini muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirish;
yillik eksport hajmini 347 million dollarga, eksport qiluvchi korxonalar sonini 250 taga, eksport geografiyasini 45 ta davlatga, eksport qilinadigan mahsulot turlarini 30 tadan oshirish;
Qishloq xo‘jaligi, shu jumladan chorvachilik, baliqchilik, sholi va kunjut yetishtirishni rivojlantirish, qayta ishlash klasterlarini tashkil etish sohasida:
-12 ming gektar maydonda paxta ekishni bekor qilish;
-35860 gektar foydalanilmayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish;
-qishloq xo‘jaligida foydalanishga qaytariladigan 875 gektar yer maydonida issiqxonalar tashkil etish;
-muzlatkichli omborlar sig‘imini 40,8 ming tonnagacha oshirish;
-qishloq xo‘jaligi texnikalari sonini 1,4 mingtaga yetkazish;
-naslli qoramollar sonini qo‘shimcha 30 ming boshga ko‘paytirish;
-30 ming gektar maydonda kunjut yetishtirish va mahsulotni to‘liq eksport qilish;
baliq yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish hisobiga baliq yetishtirishni 2021 yilda 35 ming tonnaga, 2022 yilda esa 50 ming tonnaga yetkazish;
2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining murojatnomasida Prezidentimiz «jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo’lsa, o’z iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, uzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxasislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi» - deb aytib o’tgan edi. 4
Investitsion faoliyatning rivojlanishini ko’zlovchi mazkur harakatlar uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish hamda yoritib berishni taqozo etadi.

Download 28,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish