K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet62/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk v.b.;

  • muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar;

  • olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng bo‘lgan zarar (foyda) ko‘rish mumkin;

  • loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.

    Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan, iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yoxud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika- texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari,
    yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi v.b.
    Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:

    • tizimli risklar;

    • tizimsiz risklar.

    Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uning katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
    Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularning majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
    Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda loyiha faoliyatidagi risklarning quyidagi guruhini keltirish mumkin:

    1. loyiha ishtirokchilari riski;

    2. loyiha smeta qiymatining oshish riski;

    3. qurilishning o‘z vaqtida tugamaslik riski;

    4. ish va obyekt sifatining pastligi riski;

    5. konstruksion va texnik risklar;

    6. ishlab chiqarish riski;

    7. boshqaruv riski;

    8. sotish riski;

    9. moliyaviy risk;

    10. ma’muriy risk;

    11. huquqiy risk;

    12. fors-major riski.

    Loyiha ishtirokchilari riski – ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
    Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarining o‘zgarishi v.b.
    Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
    Ish va obyekt sifatining pastligi riski - pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin.
    Konstruktsion risk - investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riski.
    Texnologik risk - ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan obyekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski.
    Ishlab chiqarish riski - ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarning yuzaga kelish riski.
    Boshqaruv riski - ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxs tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi.
    Sotish riski - loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riski.
    Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:

    1. kredit riski;

    2. valyuta riski;

    3. foiz stavkasining o‘zgarish riski.

    Kredit riski - loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski.
    Valyuta riski - risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi.
    Foiz stavkasining o‘zgarish riski - risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
    Mamlakat riski - tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishi ham mumkin.
    Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi
    sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart- sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
    Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq.
    Huquqiy risk - risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘liq.
    Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar taalluqli.

      1. Download 0,75 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish