K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiya risklarini baholash



Download 0,75 Mb.
bet63/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Investitsiya risklarini baholash


Oxirgi o‘n yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko‘rinishiga aylandi. Sanoati rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tajribalar to‘plana boshlandi. Loyihani boshqarish doirasida yechiladigan masalalardan biri - loyiha faoliyatining riskini boshqarishdir. Bu masala loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida emas. Moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va byudjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog‘liq masalalar yechiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo‘lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi.
Risklarni boshqarish - risk va foyda miqdorining oqilona qo‘shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlar. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi.
Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:

  • loyiha risklarining tasnifi;

  • loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari;

  • loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti;

  • risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;

  • risklarni kamaytirish texnologiyalari;

  • risklarni boshqarishni tashkil etish;

  • risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.

Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo‘yicha texnologiyalarni va bilimni talab qiladi.
Bunda riskni aniqlash sifat tahliliga, riskni baholash miqdor tahliliga kiradi. Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng mashhurlari quyidagilar sanaladi:

  • statistik usul, statistik tajribalar usuli;

  • maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili;

  • ekspert baholari usuli;

  • analitik usullar v.b.

Risk tahlilining ahamiyati loyihaning potensial ishtirokchisiga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishdir.
Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida zarur chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o‘tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘linadi:

  • risk omilini aniqlash;

  • risk omilini tahlil qilish va baholash;

  • risklarni pasaytirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish;

  • risklarning oldini olish va nazorat qilish;

  • risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo‘llash;

  • risk vaziyatlari va ularni oqibati haqida ma’lumot to‘plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.

Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
Riskni boshqarishdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o‘z ishlarida amal qilish uchun xatarning oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishi kerak.
Riskni boshqarishda asosiy vazifa - amaldagi bozor kon’yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishda asosiy yo‘llar quyidagilar:

  • riskni ajratish;

  • riskni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash;

  • moddiy ta’minotni olish (garov);

  • moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik);

  • riskni kredit bo‘yicha yuqori foiz stavkasiga ko‘chirish;

  • riskni venchur kreditlashga qabul qilish;

  • qarzlar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish;

  • sug‘urtalash.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish