K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


VII BOB. INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLAR VA ULARNI BAHOLASH



Download 0,75 Mb.
bet61/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

VII BOB. INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLAR VA ULARNI BAHOLASH


    1. Investitsiya loyihalari risklari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo‘lib qolaveradi.
Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog‘liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda investitsion loyihalarni moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, risk darajasini baholash borasida ko‘pgina tajribalar to‘plandi. Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi, axborot ta’minoti bazasining sustligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi. Bu esa investitsiyalashga bo‘lgan moyillikni so‘ndiruvchi eng muhim omillardan sanaladi. Shu jihatdan ham O‘zbekiston sharoitida investitsion loyihalarni ishlab chiqishda ularning risklilik darajasini hisobga olish, baholash va aniqlash, ehtimolligi mavjud bo‘lgan risk hamda noaniqliklarni pasaytirish yoki bartaraf etish yo‘llarini aniqlash eng muhim vazifalardandir.
Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.
Investitsion faoliyatda risk - investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Risk” so‘zi Yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi “qoya”, “cho‘qqi” ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi “xatar”, “tahdid” ma’nosini, “risicare” so‘zi “qoyadan
mohirona o‘tish” ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi “tahdid”, “qoyani aylanib o‘tmoq” ma’nosini beradi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda, loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga, loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga xalaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi.
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ola olmaslik yoki qo‘shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin.
Risk - bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ola olmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‘lgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan noumidsizlikdir.
Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, hukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika-texnologiyalardagi o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, obyektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi v.b.) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum, kelajakda yuz berishi mumkin yoki bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ular bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvining ham birinchi bosqichi, ya’ni ya’ni risk turini aniqlashdir.
Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin:


  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish