K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet16/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

xizmat ko‘rsatish (servis) zonalari. Ushbu zona shaklining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliya-bank markazlari, sug‘urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliya-bank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqori salohiyatga ega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir.

Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalarning keng tarqalishi o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.
1959-yilda Irlandiyaning Shenon shahri shunday erkin iqtisodiy zonaga aylantirilgan. Irlandiya hukumati Shenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik zonasini tarkib toptirishga rasmiy ruxsat berdi. Shundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin iqtisodiy zonalar tarkib topa boshladi.
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy zonalarning aksariyati Amerika va Janubi- sharqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy zonalarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, avvalo, undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil
etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liqdir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy zona turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Yevropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortish-tushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo zonalari tashkil etishgan. Erkin aeroport zonalari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliya-bank markazlari va Offshor zonalar Shveytsariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va Yaponiyada “Texnopolis”lar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalishga erishgan. Dunyodagi eng katta “Texnopolis” AQSHdagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu zonada tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizatsiya qilinmoqda.
Sharqiy Osiyoda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmoqda. Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish uchun, asosan, dengiz bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki zonalar XX asrning 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan:

    • xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika korxonalarini tashkil etish;

    • tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga valyuta tushumini ko‘paytirish;

    • erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatning qolgan hududlariga ham keng joriy etish;

    • mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tanglikning oldini olish.

Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan so‘ng har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha ular orasida Rossiya Federatsiyasi yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni bajarish davom etmoqda. Pirovardida Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmoqda. Shu jumladan, respublikaning jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi subyektlar paydo bo‘lib, ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etib, ularning ma’muriy boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni kafolatlab berishdir.
Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirishga bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995-yilda boshlandi. 1995-yil 30-avgustda “Konsessiya to‘g‘risida”gi, 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, 1996-yil 29-avgustda “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy zona turlarining qariyb barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda barcha asoslar mavjud.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning biron-bir okeaniga chiqish uchun bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan dalolat beradi. Bu, albatta, erkin iqtisodiy zonalarni keng ko‘lamda tashkil etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa darajasida erkin savdo zonalarini tashkil etishimiz uchun yetarli imkoniyatlar
mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. Shunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin ilmiy texnikaviy yoki “Texnopolis” zonalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. Shunda bu boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi ko‘payadi, shuningdek, mahalliy investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Erkin iqtisodiy zonalar ishlab turishini ta’minlovchi xorijiy investorlar bir qator afzalliklarga ega bo‘ladilar: imtiyozli soliqlar, milliy bozorga kirish, kam unumli chiqimlarni ta’minlash, shu jumladan, arzonroq ishchi kuchi hisobidan qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari bo‘yicha moliyalash imkoni, yerga mulkchilik huquqi.
Erkin iqtisodiy zonalar jahon miqyosida migratsiya qilib yurgan kapitallar uchun "qopqon" vazifasini o‘taydi. Xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga jalb qilishdan tashqari sanoat erkin iqtisodiy zonalarining yaratilishini 3 asosiy vazifa bilan bog‘laydilar:

    • sanoat eksportini rag‘batlantirish va buning asosida valyuta mablag‘larini qo‘lga kiritish;

    • bandlik darajasini oshirish;

    • zonalardan xo‘jalik yuritishning yangi metodlarini joriy qilish uchun sinov maydonidan poligon sifatida foydalanish.

Erkin iqtisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki, milliy mamlakat xorijiy kapital uchun o‘z iqtisodiyotini to‘la ochib berishni yoki maxsus investitsion iqlimdan to‘la foydalanishni xohlamaydi, maxsus zona sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qo‘llaydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki, ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda, qulay bojxona investitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.
Ushbu imtiyozlar 4 ga bo‘linadi:

  1. moliyaviy imtiyozlar:

    • subsidiya va imtiyozli kreditlar berish;

    • arzon bahoda kommunal xizmatlar ko‘rsatish;

    • uchastkalar va ishlab chiqarish, binolari ulardan arzon ijara haqi;

  1. soliq imtyozlari:

    • 20 yilgacha daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilish;

    • qayta investitsiyalanuvchi foydaga soliq solmaslik;

    • xorijiy xodimlarni daromad solig‘idan ozod qilish;

    • soliq ta’tillari;

    • jadallashtirilgan amortizatsiya.

  1. ma’muriy imtyozlar:

    • qulay sharoit bilan ijaraga berish;

    • ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona muolajalarini soddalashtirish;

    • xorijiy fuqarolarning kelib-ketishini osonlashtirish.

  1. tashqi savdo imtyozlari:

    • eksport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish;

    • erkin iqtisodiy zonalardan tovarlar eksportini kvotalar va litsenziyalardan ozod qilish;

    • tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish.

Respublikamiz o‘zining ulkan iqtisodiy salohiyati, qulay tabiiy iqlimiy shart-sharoitlari, ma’lum darajada malakali mehnat resurslari va mustahkam qonuniy asoslari bilan erkin iqtisodiy zonalarniтп uchdan ortiq modellarini tashkil etib, ularni rivojlantirish uchun imkon yaratdi.
Xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda EIZlarning eng optimal modellarini tashkil etish, bir tomondan, respublikamizning barqaror ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga ijobiy va samarali ta’sir etsa, ikkinchi tomondan, xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini ko‘taradi. Bunday hamkorlik asosida jahon iqtisodiyotiga xos bo‘lgan fundamental xususiyat, ya’ni baynalminallashuv jarayoni yotadi. Bu munosabatlarning shakllanishi, jahon iqtisodiyoti jarayonlari globallashuvining asosiy me’zonidir.
Mustahkam, barqaror ishlab chiqarish, savdo iqtisodiy aloqalarning rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida shakllanishi va rivojlanishi, bozor iqtisodiyoti mexanizmining muhim elementlaridan biridir.
Respublikaning Toshkent, Jizzax, Navoiy viloyatlari iqtisodiy salohiyatiniтп tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu mintaqalar o‘zining ham qishloq xo‘jalik, ham sanoat ishlab chiqarish darajasi bilan hududida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, erkin tadbirkorlik va erkin savdo zonalarini tashkil etish uchun qulay hisoblanadi. Har bir region o‘zining hududida u yoki bu tarmoqning rivojlanish darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu omil EIZning ma’lum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish