Olinadigan
foyda ( x), ming so‘m
|
Kuzatuv
holatlari soni (n)
|
(𝗑 − 𝗑̃)
|
(𝗑 − 𝗑̃)2
|
(𝗑 − 𝗑̃)2 * 𝑛
|
A loyiha:
|
1
|
25
|
48
|
-
|
-
|
|
2
|
20
|
36
|
-5
|
25
|
900
|
3
|
30
|
36
|
+5
|
25
|
900
|
|
𝑥̃=25
|
∑ 𝑁=120
|
|
|
∑ 1800
|
B loyiha:
|
1
|
40
|
30
|
+10
|
100
|
3000
|
2
|
30
|
50
|
-
|
-
|
-
|
3
|
20
|
20
|
-10
|
100
|
2000
|
|
𝑥̃=30
|
∑ 𝑁=100
|
|
|
∑ 5000
|
A – investitsiya loyihasiga kapital qo‘yilishining o‘rtacha kvadratik farqlanishi:
1800 𝑚i𝑛𝑔
𝜎 = √
120
≈ 3, 87 𝑚i𝑛𝑔
B – investitsiya loyihasiga kapital qo‘yilishining o‘rtacha kvadratik farqlanishi:
𝜎 = √5000 𝑚i𝑛𝑔 ≈ 7, 07 ming so`m 100
A va B investitsiya loyihalariga qo‘yilgan kapital bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti quyidagicha:
A loyiha bo‘yicha:
𝑉 = 3,87 𝑚i𝑛𝑔 𝑠𝑜'𝑚 * 100% ≈ 15, 48 %
25 𝑚i𝑛𝑔 𝑠𝑜 '𝑚
B loyiha bo‘yicha:
𝑉 = 7,07 𝑚i𝑛𝑔 𝑠𝑜'𝑚 * 100% ≈ 23, 57 %
30 𝑚i𝑛𝑔 𝑠𝑜 '𝑚
Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, A loyiha bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti 15,48 % ga teng bo‘lsa, B loyiha bo‘yicha kutilayotgan daromad qisman yuqori bo‘lsada, bu loyiha kapital qo‘yishda variatsiya koeffitsiyenti 23,57 % ni tashkil etadi, ya’ni loyihani moliyalashtirishning risklilik darajasi A loyihaga nisbatan 1,5 marta yuqori.
Shuning uchun risk darajasiga qarab, A-loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq.
Xulosa
Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog‘liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida risklarni boshqarish - bu amaldagi bozor holatiga mos darajada risklarni kamaytirishdir. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida risklarni samarali baholash jarayonida investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo‘linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bobga doir tayanch so‘z va iboralar
Risk, ishlab chiqarish riski, konstruksion risk, kredit riski, likvidlilik riski, loyiha ishtirokchilari riski, loyiha smeta qiymatining oshish riski, o‘rtacha kvadratik chetlanish, riskdan qochish, riskni pasaytirish, riskni ushlab qolish, riskni uzatish (sug‘urtalash), selektiv risklar, sof risklar, sotish riski, spekulyativ risk, valyuta riski, variatsiya koeffitsiyenti.
Nazorat uchun savollar
Loyiha riski deb qanday riskga aytiladi?
Investitsiya loyihasida risklar qanday tasniflanadi?
Loyiha faoliyatidagi risklarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
Loyihadagi moliyaviy risk deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari bor?
Tizimli risklar deganda nimani tushunasiz?
Spekulyativ risklarning investitsiya loyihalariga ta’siri.
Loyiha risklarini boshqarishda nimalarga e’tibor berish zarur?
Risk omilini aniqlash deganda nimani tushunasiz?
Dispersiya nima?
O‘rtacha kvadratik farqlanishni topish formulasini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |