K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet64/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Bular riskni boshqarish bo‘yicha quyidagi ish yo‘nalishlarini talab qiladi:

  • har bir mijoz bo‘yicha doimiy monitoringni olib borish;

  • ma’lum bir mijozning asosiy xo‘jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringi;

  • kafolatni jalb qilish va tahlil etish;

  • risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).

Riskning oldini olish va nazorat qilish bosqichi ma’lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ko‘rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • risklar monitoringi;

  • riskning istiqbolini belgilash;

  • tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma’lumot berish va bu bilan bog‘liq ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;

  • riskning oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy- texnik tadbirlar.

Ko‘p risklarning oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularning oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya’ni ular loyiha ishtirokchilari ta’siridan tashqarida bo‘ladi. Shunday risklar ko‘p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo‘llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o‘z-o‘zini sug‘urtalash, tajribali sug‘urtachi yordamida sug‘urtalanishga mablag‘ ajratishi tushuniladi. Sug‘urta shartnomalarida riskning ko‘pgina turlari bo‘yicha sug‘urtachining zaruriy chora-tadbirlarning amalga oshirishi ko‘rib o‘tilgan moddalar mavjud bo‘ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug‘urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi.
Ular riskni baholashda o‘z usullari va yo‘llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja-dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash - ma’lum bir loyiha doirasidagi risk menejmenti bo‘yicha faoliyatlarining yig‘indisi. U keng ma’lumotlar to‘plami asosida o‘tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk menejmentining alohida choralarini qo‘llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi. Natijalarni baholash orqali
olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilar:

  1. loyihaning sezgirlik tahlili;

  2. “zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash;

  3. barqarorlikni tekshirish.

Sezgirlik tahlili loyihaning o‘xshash parametrlaridan biri o‘zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog‘liq vazifalarni yechishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar aniqlanadi. Keyin ma’lum oraliqlarda omillardan biri o‘zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo‘l har bir omil uchun takrorlanadi. Bundan so‘ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil o‘zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffaqiyatiga eng ko‘p darajada ta’sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo‘lgan turli xil o‘zgaruvchilar berilganda, naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o‘zgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil o‘zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xomashyo va yoqilg‘i qiymati, soliqlar miqdori va boshqalar misol bo‘ladi.
Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo‘lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo‘llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo‘lsa, korxona zararga ishlayotgan bo‘ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishga bir qator zararsizlik nuqtalarini hisoblashga imkon beradi.
Barqarorlikni tekshirish usuli yordamida investitsiya ishtirokchilari uchun eng xatarli variantlarda investitsiya loyihasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni oldindan ko‘rib chiqish mumkin. Har bir rejada har bir ishtirokchining rejalashtirilayotgan daromadi, yo‘qotishlari, samaradorligi e’tiborga olinadi. Agar barcha ko‘rib o‘tilgan holatlarda ishtirokchilar qiziqishlari kuzatilsa, kutilayotgan ko‘ngilsiz munosabatlar mavjud zahira va rezervlar hisobiga
cheklatilsa yoki sug‘urta to‘lovlari bilan qoplansa, loyiha barqaror va samarali deb hisoblanadi.
Loyihaning barqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining ehtimolli o‘zgarishlarga nisbatan ishlab chiqarish, narx va mahsulotning eng yuqori darajadagi qiymati orqali ifodalanishi mumkin.
Riskni pasaytirish - ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatining boshlang‘ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;

  • risk oqibatlari to‘g‘risida o‘ylash lozim;

  • kam narsa uchun risk qilish kerak emas.

Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • kafolatlar;

  • xarid haqidagi forvard kelishuv;

  • ishlab chiqarish to‘lovlari;

  • hejirlashtirish, sug‘urta va svoplar.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo‘qotish yoki yumshatish uchun quyidagi bir qancha yo‘llardan foydalaniladi:

  1. riskdan qochish - risk bilan bog‘liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi;

  2. riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o‘z kapitalini riskli tadbirlarga yo‘naltirayotganda, risklardan ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun mablag‘i bo‘lishi kerak;

  3. riskni uzatish (sug‘urtalash) – investor risk xavfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug‘urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug‘urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko‘p hollarda, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug‘urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladi.

Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:

  1. risklarni diversifikatsiyalash;

  2. risklarni sug‘urtalash;

  3. risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash;

  4. risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish;

  5. qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish.

Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli xil faoliyatlar o‘rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o‘rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:

  1. tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo‘yicha diversifikatsiyalash;

  2. iste’molchilarni diversifikatsiyalash;

  3. mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;

  4. loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.

Risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo‘lgan u yoki bu risklarni ko‘paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko‘zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo‘ladi.
Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog‘liq yo‘qotishlar ehtimolini aniqlashning quyidagi bir necha usullari mavjud:

  1. Obyektiv usul, bu loyihada bo‘lish ehtimoli bo‘lgan yo‘qotishlar va ularning davr oralig‘ining aniqligidir.

Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. Yo‘qotishlar oralig‘i quyidagi formula bilan aniqlanadi:

𝑌 = 𝑌𝑋
𝑆

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish