Bobga oid tayanch so‘z va iboralar
Bank loyihaviy moliyalashtirish, bosh loyihalashtiruvchi, buyurtmachi, emissiya, fond bozori, inflyatsiya, inflyatsiya darajasi, investitsion loyiha dasturi, investitsiya lоyihаsi, investor, ish bajaruvchi, korporativ loyihaviy moliyalashtirish, krеdit, litsenziar, loyiha administratori, loyiha injeneri, loyiha ishtirokchilari, loyiha menejeri, loyihaviy moliyalashtirish, maslahatchilar, moliyaviy investitsiyalar, mоliyaviy mаnbаlаr, pul, pul-kredit siyosati, sindikatlashmoq, subpudratchilar, ta’minotchi, tijorat banklari.
Nazorat uchun savollar
Investitsiya loyihasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering?
Investitsiya lоyihаlarini mоliyalаshtirishning qanday mаnbаlаri mavjud?
O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа investitsiya lоyihаsini аmаlgа оshirish shаrtlаrigа bоg‘liq hоldа investitsiya lоyihаsi hujjаtlаri qanday tartibda ishlab chiqiladi?
Investitsiya loyihalarini kreditlash mexanizmi deganda nimalarni tushunasiz?
Investitsiya loyihalarini qimmatli qog‘ozlar emissiyasi orqali moliyalashtirishning ahamiyati nimada?
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishga ta’rif bering.
Loyihaviy moliyalashtirishning xususiyatlari nimada?
Litsenziar kim?
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullarini sanang?
Sindikatlashtirilgan kreditlash haqida ma’lumot bering.
Mustahkamlash uchun test savollari
Investitsiya loyihasi – bu ………..
foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida investitsiyalashni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmuasi;
davlatning investitsiya resurslarni jalb qilish, joylashtirish va samarali ishlatish bo‘yicha chora-tadbirlar yig‘indisi;
xalq iste’mol mollarini olib sotish va maksimal spekulyativ foyda olish bilan bog‘liq faoliyat;
korxonalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish jarayoni.
Investitsiya loyihasining hayotiylik sikli qanday fazalardan iborat?
innovatsiya, investitsiya, realizatsiya;
investitsiya oldi, investitsiya, ekspluatatsiya;
investitsiya, tatbiq qilish, ekspluatatsiya;
marketing, investitsiya, boshqaruv.
Quyidagilardan qaysi biri korxonalarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning jalb qilingan manbasi hisoblanadi?
amortizatsiya ajratmalari;
taqsimlanmagan foyda;
aksiyalar va ularning qo‘shimcha emissiyasi;
obligatsiyalarni chiqarish.
Loyihaviy moliyalashtirishning qanday turlari bor?
o‘z-o‘zini moliyalashtirish va kreditlash;
parallel va bosqichma-bosqich moliyalashtirish;
parallel va perpendikulyar moliyalashtirish;
venchurli va riskli moliyalashtirish.
Loyihaviy moliyalashtirish – bu ……..
kichik va yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi;
uzoq muddatga mo‘jallangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi;
yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi;
kichik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi.
Qarz mablag‘larini jalb etgan holda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usuli qanday nomlanadi?
o‘z-o‘zini moliyalashtirish;
kreditlash;
moliyalashtirishning shartnoma usuli;
byudjet usuli.
Loyiha administrator – bu ………..
menejerning administratorlik vazifasini o‘zi bajarib, menejerning 50
foizgacha ish vaqtini tejaydigan shaxs;
loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga egalik qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihaning bajarilishi va ishga tushirilishi bo‘yicha nazorat olib boruvchi shaxs;
loyihani ishlab chiqish va uni ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha maslahatlarni beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning noan’anaviy manbalarini ko‘rsating?
tijorat krediti, lizing, davlat byudjeti;
bank krediti va venchurli moliyalashtirish;
davlat byudjeti, sindikatli kreditlash, lizing;
venchurli moliyalashtirish, sindikatli kreditlash.
Sindikatli kreditlash …
venchurli moliyalashtirishning bir ko‘rinishi;
loyihaviy moliyalashtirishning bir shakli;
tijorat kreditining bir shakli;
riskli moliyalashtirishning bir shakli.
Sindikatli kreditlashdagi risklar banklar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?
sindikatning barcha ishtirokchilari o‘rtasida teng miqdorda;
sindikatda qatnashish ulushiga qarab;
barcha risklarni yetakchi bank o‘z zimmasiga oladi;
sindikatli kreditlashda investitsiya risklari minimal bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |