K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet56/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Loyiha ishtirokchilari. Yirik loyihaning asosiy elementlaridan biri undagi ishtirokchilarning ko‘pligidir. Ular loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushishida eng katta o‘rinni egallaydi. Loyiha ishtirokchilarining har birini loyihada o‘ziga biriktirilgan funksiyalari va vazifalari bo‘ladi.
Buyurtmachi. Loyihaning ishga tushgandan so‘nggi kelajakdagi egasi. Bu yurdik shaxs bo‘lib, odatda, bir shaxs bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa bir necha yuridik shaxslardan iborat bo‘lib, ular kelajakdagi shu loyihani amalga oshirish borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari bu yuridik shaxslar o‘zlarining mablag‘lari va imkoniyatlarini birlashtirib ushbu loyihani ishga tushirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuzishadi.
Investor. Loyihani moliyalashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Buyurtmachi va investor bir shaxs bo‘lishi ham mumkin, lekin ba’zi hollarda har xil shaxslar bo‘ladi. Agar har xil shaxslar bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma tuziladi. Buning uchun investor barcha loyihaning qatnashchilari bilan hisob- kitob qiladi va shartnoma shartlarining bajarilishini tekshirib boradi. Investorning tarkibida banklar ishtirok etishi yoki bankning o‘zi ham investor sifatida qatnashishi mumkin.
Bosh loyihalashtiruvchi. Loyihaning smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot bo‘lib, xalqaro tajribalarda bular arxitektor va injenerlar ham bo‘lishi mumkin.
Loyiha injeneri. Injenering faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma olgan va loyihaning bajarilishi, ishga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
xizmatlarni amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi.
Ta’minotchi. Loyihani texnik-materiallar, xomashyo, kerakli boshqa materiallar bilan ta’minlaydigan shaxs.
Ish bajaruvchi. Loyiha bo‘yicha ma’lum bir ish bajaruvchi bo‘lib, u shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar va uning sifatiga javobgar shaxs hisoblanadi.
Subpudratchilar. Shartnoma bo‘yicha bosh ish bajaruvchi bilan maxsus ishchilarni talab qiladigan boshqa ishlarini bajarib beradigan tashkilot.
Maslahatchilar. Loyihani ishlab chiqish va uni ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha maslahatlarni beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Loyihaning bu ishtirokchilariga ham shartnoma asosida bergan maslahatlari uchun pul to‘lanadi.
Loyiha menejeri. Loyiha boshqaruvchisi, ya’ni loyiha ishtirokchilarining faoliyatining bevosita boshqaruvchisi, ular tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihaning bajarilishi va ishga tushirilishi orqali nazorat olib boradilar. Ularning majburiyatlari loyiha buyurtmachisi tomonidan belgilab beriladi. Ularning boshqaruvida, odatda, maxsus bo‘linmalar tashkil etiladi. Ushbu bo‘linmalarning funksiyalari loyihaning xarakteriga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Litsenziar. Loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga egalik qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Tijorat shartlari bo‘yicha shartnoma tuzilgan ilmiy yutuqlarni qo‘llash huquqiga ega, litsenziar ham loyihaning muhim ishtirokchilaridan hisoblanadi.
Loyiha administratori. Bu shaxs menejerning administratorlik vazifasini o‘zi bajarib, menejerning 50 foizgacha ish vaqtini tejaydi. G‘arbdagi tajribalarga qaraganda, bunday loyiha ishtirokchilariga maxsus shtatlar ochilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi hisobotlarni tayyorlash hisoblanadi. Shuning uchun administrator loyiha ishtirokchilarining barchasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Loyiha administratori tayyorlagan hisobotlar ishtirokchilarga beriladi, loyiha ishtirokchilari ushbu hisobotdan foydalangan holda loyihadagi ishlarning bajarilishi, asoslangan yechimlarga kelishi va loyihaning sifatli yakunlashi uchun asos bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha zarur bo‘lgan axborotlarni loyiha ishtirokchilari va loyiha menejeriga taqdim etish kerak.
Loyiha adminstratori xizmatlarining tarkibida press-sekretarlik vazifasi ham bo‘lishi mumkin.
Bank investor yoki investorning vakili sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Bank bundan tashqari moliyaviy resurslarni loyihaning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash va investorning mablag‘lari yetishmay qolgan hollarda yordam berish vazifalarini ham bajaradi.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o‘ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat:

  • investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarning ishtirok etishi;

  • loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta hujjatlarining yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi;

  • loyihaning yetarli darajada kapitalizatsiyasi;

  • loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o‘rganib chiqish (transport, mahsulotni ishlab chiqarish, marketing v.b.);

  • loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash;

  • garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.

Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o‘z ta’siriga ega bo‘ladi:

  1. Parallel moliyalashtirish.

  2. Bosqichma-bosqich moliyalashtirish.

Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo‘shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag‘lari ajratadi. Bosqichma-bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo‘lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga, bir tomondan, me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, kredit risklarini pasaytiradi. Ko‘p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo‘lgan tijorat bankining yoki xalqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o‘z vaqtida kreditni qaytarishiga qo‘shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo‘shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to‘lov majburiyatini bajarmasa, bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo‘shma) moliyalashtirishning quyidagi ko‘rinishlari (shakllari) mavjud, ya’ni hamkorlikda moliyalash- tirishning ikki shakli ko‘p qo‘llaniladi:

  • mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o‘ziga tegishli bo‘lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha);

  • ko‘pchilik bo‘lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to‘planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va

kredit shartnomasini tayyorlash hamda imzolashni bank-menenjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi va bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo‘yicha ko‘plab arizalar kelib tushishidir. Biroq yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko‘p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasining samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so‘ng tashabbuskor bank shartnoma bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talabini boshqa kreditorga beradi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o‘ta muhimdir. Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyi- dagicha:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish