30
tekshirib, ularning ichida tirik «hayvonchalar» borligini ko‗rgan va
ularning rasmlarini chizib olgan. U «Levenguk topgan tabiat sirlari»
kitobini chop ettiradi. Shunday qilib, Levenguk birinchi bo‗lib
mikroorganizmlar dunyosi haqida axborot beradi va mikrobiologiyaning
rivojlanishida birinchi bosqich hisoblangan mikroorganizmlar bo‗limini
vujudga kelishiga asos soladi. Levengukning kashfiyoti juda ko‗p
tadqiqotlarga yo‗l ochadi.
Binokulyar biologik
mikroskopi quyidagi qismlardan iborat: 1-asosiy
shtativ; 2-tubus tutgichi;3-tubus; 4-buyum stolchasi; 5-buyum stolchasining
teshigi; 6-stolchani
siljituvchi vint; 7-okulyar; 8-obyektiv; 9-makrometrik
vint;
10-mikrometrik vint; 11-kondensor; 12-kondensor vinti; 13-diafragma;
14-ko‗zgu; 15- ―revolver‖ (13-rasm).
Mikroskop mexanik va optik qismlardan iborat:
Mexanik qismi:
pastki qism oyoqchasi yuqori qism ustini, ular
o‗zaro sharnir asosida birikib turadi. Ustining o‗rtasiga buyum stolchasi,
yuqori qismiga tubus o‗rnatilgan. Tubus yuqorisida okulyar, pastida
«revolver», ya‘ni turli hajmdagi obyektivlarni joylashtiradigan moslama
bor. Tubus ikkita bir-biriga buralib kiradigan naylardan iborat.
Ularni
pastga va yuqoriga ko‗tarib tushiradigan makrometrik buragich ham bor.
Bu buragich birlamchi kattalashtirishni to‗g‗rilash uchun ishlatiladi.
O‗rganilayotgan narsani aniq ko‗rish uchun mikrometrik buragichdan
foydalaniladi.
Optik qismi
yoritkich asboblar, obyektivlar va okulyarlardan iborat.
Yoritkich asbob yorug‗likni yig‗ib, beruvchi oyna va diafragmali
kondensor yig‗indisidan tashkil topgan. Yorug‗lik oynasi - sun‘iy va
tabiiy nurlarni yig‗ib obyektivga uzatadi. Oynaning bir tomoni tekis,
ikkinchi tomoni esa botiq ko‗rinishda bo‗ladi.
Kondensor bilan ishlash
vaqtida tekis oynadan foydalaniladi. Kondensor kuchli linzalar sis-
temasidan iborat bo‗lib, oynadan keladigan yorug‗lik nurlarini bir nuq-
taga yig‗adi. U esa o‗rganiladigan preparatni bir tekislik bo‗ylab yo‗nal-
tiradi. Obyektivlar mikroskopning eng asosiy qismlaridan hisoblanib,
linzalar sistemasidan iborat. Bu linzalar temir g‗iloflarga
biriktirib
ishlangan. Oldingi qismi eng kichik linzadan iborat va uni kattalash-
tirishda bosh rolni o‗ynaydi. Uning orqasida turuvchi linza esa tuza-
tuvchi bo‗lib, optik suratlashdagi kamchilikni tuzatadi. Hozirgi zamon
obyektivlarining ko‗rsatish kattaligi belgilab qo‗yiladi, masalan, x8; x40;
x90. Obyektivlar quruq va immersion turga bo‗linadi.
Quruq obyektiv
31
deb, oldingi linza bilan o‗rnatilgan preparat oralig‗ida havo bo‗lishiga
aytiladi. Immersion obyektivda esa havo o‗rnida immersion moyi
bo‗ladi. Okulyar ikkita linzadan iborat: yuqorigi — bosh va pastki —
yig‗uvchi linza. Linzalar oralig‗i fokus maydoni oralig‗iga teng bo‗ladi.
Okulyar qancha kattalashtirilgan bo‗lsa, fokus maydoni shu kattalik
bo‗yicha belgilanadi, masalan, x5; x7; x10; x15.
Mikroskopni umumiy
kattalashtirish hajmi obyektiv bilan okulyarning kattalashtirish ko‗payt-
masiga teng. Masalan, obyektiv ko‗rsatkichi x90, okulyar ko‗rsatkichi
x10 bo‗lsa, obyekt 900 marta kattalashtiriladi..
Tayyor surtmani mikroskop yordamida ko‗rish
uchun surtmani
mikroskopning buyum stolchasiga shunday joylashtirish kerakki, bunda
surtma markazi ustunchaning markaziy teshigiga to‗g‗ri kelsin va unga
yorug‗lik beruvchi oyna mos tushsin. Keyin «revolver» moslamasidagi
eng kichik hajmli kattalashtiruvchi obyektiv tubusning pastki qismiga tik
joylashtiriladi. Obyektivni makrovint yordamida asta-sekin yorug‗lik
tushguncha yaqinlashtirib boriladi va ehtiyotkorlik
bilan surtmaga yaqin-
lashtiriladi. Bunda ma‘lum masofaga yetganda o‗rganilayotgan obyekt
ko‗rinadi. «Revolver» moslagichdan kattalashtiruvchi obyektivni bosh-
qarishda foydalaniladi. Masalan, xlO; x40; x90. Bu obyektivlar bilan
ishlayotganda ehtiyot bo‗lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: