Yosh avlodga ta`lim tarbiya berayotgan o`qituvchi hamma vaqt izlanishda, harakatda bo`lmog`i lozim. Shundagina u tarbiya berayotgan o`quvchi mukammal bilim egasi bo`lib yetishadi.
Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi 2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha topshiriqlar tizimi va ularni o`zlashtirishga bo`lgan o`quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va o`quvchilar faolligini oshirishga ta`sir etadigan vosita va usullarni aniqlashdan iboratdir. Biz tajriba-sinov ishlarining tashkil etish orqali uslubiy-amaliy xulosalar chiqarishni o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik. Bitiruv malakaviy ishimizning har ikki bobida bayon qilingan fikrlar tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha berilgan tavsiyalar, g`oyalar va maslahatlar tajriba-sinov ishlariga asos bo`lib xizmat qiladi.
“2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi yakunlavchi tajriba-sinov ishlari Navoiy shahridagi 12- maktabda o`tkazildi.
Men tajriba va kuzatish ishlarimni olib borish davomida sinf o`quvchilarining bilim darajasi va o`qituvchilarning ish tajribalarini, dars o`tish metod va usullarini kuzatdim, tanishib bordim. “2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi” bo`yicha o`qituvchilarning fikrlari bilan o`rtoqlashdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishimni yozishda maktabning ilg`or tajribali o`qituvchilari menga yaqindan yordam berdi. Ularning dars o`tish metodikasi bilan tanishdim, namunali darslarni kuzatdim. O`quvchilarni tarbiyalash borasidagi ijobiy ishlaridan amaliy xulosalar chiqardim.
Men 2-sinf o`quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash bo`yicha quyidagi ishlarni amalga oshirdim.
l. Darsga umumiy va alohida tayyorgarlik ko`rdim.
Mavzularni o`tishda tarqatma materiallardan foydalandim.
2-sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga oldim.
Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qildim.
Anketa savollariga javoblar oldim.
Tarqatma materiallardan foydalanish rejasini tuzib chiqdim.
Tarqatma materiallar tuzish bo`yicha ishlar olib bordim.
Tarqatma materiallardan foydalanishda didaktik o`yinlardan foydalanish yo`llarini ishlab chiqdim.
2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni yo`lga qo`ydim.
O`quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e`tibor berdim.
Har tomonlama yetuk, bilimli yoshlarni tarbiyalash, o`quvchilarga berilayotgan bilim va ko`nikmalarni qay darajada bo`lishiga bog`liq. Shuning uchun noan`anaviy shakldagi tarqatma materiallardan ko`proq foydalanish dars o`tishda ijobiy samara berdi.
Erishilgan natijalarni o`zaro qiyoslash maqsadida nazorat va tajriba-sinov sinflari aniqlandi. Tajriba-sinovga jami 60 nafar o`quvchi jalb etildi. Shundan 30 nafari tajriba-sinov sinflarida, qolgan 30 nafari nazorat-sinov sinflari o`quvchilaridir. Nazorat va tajriba-sinov uchun o`zlashtirish darajasi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo`lgan sinflar tanlandi. Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan oldin o`quvchilar bilan o`zaro muzokaralar o`tkazildi. Ularga tajriba-sinov ishimizning o`ziga xos xususiyatlari, har ikkala sinfda olingan natijalarni qiyoslash, tajribasinov ishlarining borish jarayonini qayd qilish hamda eksperiment natijalarini qanday qilib umumlashtirish lozimligi tushuntirildi.
Shundav qilib, tairiba-sinov ishlari 2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha ko`zda tutilgan ta`lim mazmunini to`g`ri belgilanganligini va ularning samarali ekanligini ko`rsatdi.