O`quvchilardan bittasi pochtachi sifatida sinfga kirib keladi va o`quvchilarga bittadan surat solingan xatjild topshiradi. Har bir o`quvchi qo`lidagi suratda nimalar tasvirlanganini so`zlab beradi. Boshqa o`quvchilar o`rtoqlarining hikoya davomida nechta so`zdan foydalanganini sanab boradilar. So`zlardan ko`p va orinli foydalangan o`quvchi g`olib sanaladi.
“KUN VA TUN”
O`qituvchi doskaga ikki yoki undan ortiq so`zni yozadi. O`quvchilar o`qiganlaridan so`ng «tun» deb buyruq beradilar. Bolalar ko`zlarini yumib oladilar va o`zlarini uxlaganga soladilar. O`qituvchi so`zlardagi biror harfni yoki bo`g`inlarni almashtirib qo`yadi. «Kun» degan buyruqdan keyin o`quvchilar ko`zlarini ochadilar va qanday o`zgarishlar bo`lganligini aniqlaydilar.
1 - variant: Karima— Salima, Sobir—soat, oldi— qoldi.
2-variant: Bolalar—bolarilar, Sharif—sharf, son - kon.
3-variant: Kunduz—qunduz, qum—dum, o`quvchi - uchuvchi, kun-tun.
“QARMOQ”
Bu o`yindan barcha darslarda qo`shimcha savollar berish yoki turli ertaklarda foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi qog`ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qistirgichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqchlarning uchiga ip va ipning uchiga magnit bo`lakchasi bog`lab qo`yiladi. O`quvchilar bu “qarmoqlar” vositasida “baliqchalar”dan birini tutib olishlari va undagi savolga javob berishlari lozim bo`ladi. Bu o`yinni o`quvchilar diqqatini jamlash maqsadida ona tili va o`qish darslarida bo`ladigan dam olish daqiqalarida o`tkazish mumkin.
O`qituvchi buyumlar nomlari yozilgan qog`ozlarni stol ustiga teskari qilib qo`yadi. O`quvchilardan biri qog`ozlardan bittasini tanlab oladi va shu qog`ozga qarab unda nomi yozilgan buyumni shunday tasvirlashi kerakki, qolgan o`quvchilar gap nima haqida borayotganligini darrov tushunib javob berishlari kerak. Bu o`yin o`quvchilarda ziyraklik, atrof-muhitga qiziqish, sinchkovlik kabi xususiyatlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qo`l keladi. variant:
Bu yerda mevaning nomi yozilgan.
U har xil — qizil, sariq, yashil rangda
bo`lishi mumkin. Uni yegan bolalarning tishlari sog`lom bo`ladi. (Javob: “Olma”). variant:
U daraxt doim yashil rangda bo`ladi.
Yangi yilda esa yanada bezanadi. (Javob: “Archa”).
Dars jarayonada mavzyga oid tuzilgan krossvordlar ham ko`rsatmalilikning yana bir turidir. Bulardan tashqari magnit tasmasiga yozilgan topshiriqlar o`quvchilarda zo`r qiziqish o`yg`otadi. Ular diqqat bilan qiziqib, tinglab, javobini tezroq topishga harakat qiladilar.