mexanik turg‘unlik
deb ataladi. Mexanik turg‘unlik xususiyati
haqida batafsil to‘xtalamiz.
Surkov moylarining ishlatilish imkoniyatining pasayishi va
korrozion aktivligining ortishi kimyoviy ta’sirlar (birinchi navbat-
159
da, quyultirgich va moyning havo kislorodi ta’sirida oksidlani-
shi) natijasida amalga oshadi. Shuning uchun yuqori haroratlarda
(100 °C dan yuqori) va agressiv muhitlarda ishlatish uchun zarur
kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar tanlanadi.
Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi.
Bu ko‘rsatkich
surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati-
ni tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Литол–24) va
kalsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan quyuq-
lashtirilgan antifriksion surkov moylari nam ta’siriga chidamlidir.
Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan himoya
surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy-natriyli sovunlar
asosida tayyorlangan antifriksion surkov moylari, masalan, ЯМЗ–2
moyi, namga chidamsizligi bilan ajralib turadi. Bu moylarni nam-
dan ishonchli himoyalangan (g‘ildirak gupchaklari, ventilator tas-
malarini taranglash roliklari va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni
moylashda ishlatish mumkin.
Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik kis-
lotalar, mexanik aralashmalar miqdori.
Surkov moylarining kor-
rozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida, massa-
si bo‘yicha 0,1–0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning abraziv
yeyilishiga sabab bo‘luvchi erkin organik kislotalar va mexanik
aralashmalar moy tarkibida bo‘lmasligi lozim.
6. 5.
Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
Plastik surkov moylarining markasi ishqalanuvchi tarmoqning
konstruksiyasi (ochiq yoki yopiqligi), bir-biriga ishqalanuvchi
sirtlarning ish harorati, ularni yuklanish darajasiga, shuningdek,
avtomobildan foydalanishdagi iqlim sharoitlariga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarilishi va avtomobil xo‘jaligida ishlatilishi bo‘yicha
umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kalsiyli surkov moylaridan
keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardir: solidol
– С (sintetik); presssolidol – C; solidol – Ж (yog‘li); presssolidol
160
– Ж va grafitli – УСс–А. Bu moylar neft moylari va kalsiyli sovun
asosida tayyorlanadi. Bunda yog‘li solidollarni tayyorlashda qu-
yultirgich sifatida tabiiy moylardan olingan sovundan, qolgan so-
lidollarni olishda sintetik yog‘lardan foydalaniladi.
Kalsiyli surkov moylarining, shu jumladan, solidollarning o‘zi-
ga xos xususiyati ularning tarkibida suvda erimaydigan quyultir-
gich (kalsiyli sovun)ning mavjudligidir. Bu moylar suv ta’siriga
barqaror. Shuning uchun bu moylarni ish jarayonida suv kirishi
mumkin bo‘lgan tarmoqlarda ishlatish mumkin С solidollarni ish
-
latish mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat +65°C, С presssolidollar
uchun esa +50°C. Eng past harorat esa mos ravishda minus 20°C
va minus 30°C.
Yog‘li solidollar muayyan xususiyatlari bo‘yicha kalsiyli sinte-
tik moylardan birmuncha afzalroq, ammo bu ikki turdagi moylar-
ni avtomobillarda o‘zaro almashinuvchi moylar sifatida ishlatish
mumkin. Shuning uchun avtotransport korxonalarida yog‘li so-
lidollar va yog‘li press-solidollardan foydalanilganida solidol va
press-solidollarga tegishli tavsiyalarga amal qilish lozim. Barcha
turdagi solidollar, asosan, ochiq ishqalanuvchi tarmoqlarni moy-
lash uchun ishlatiladi.
Grafitli surkov moyi УСс–А tarkibida 10 foiz miqdorida mayda
-
langan grafit qo‘shilgan solidoldir. Bu moylarni tarkibiga aktivator
qo‘shilganligi tufayli ularning markasi belgisiga
A
harfi kiritilgan.
УСс–А moyidagi grafit himoya vositasi hisoblanadi. Mexanizm
-
lar katta yuklanish ostida va zarb ta’sirida ishlaganida, moy detal-
lar orasidagi tirqish orqali sizib chiqqanida grafit detal yuzalarida
yupqa parda hosil bo‘lishini ta’minlaydi. УСс–А avtomobil ressor
-
larini, turli xil troslarni, vintli uzatmalarni (masalan, domkratlarni),
ochiq shesternyalar va sirpanish tezligi katta bo‘lmagan katta yuk-
lanish ostida ishlaydigan mexanizmlarni moylashda foydalaniladi.
Ularni minus 20°C dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin.
Yuqori haroratlarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan, umumiy
maqsadlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga natriyli va natriy-
li-kalsiyli surkov moylari kiradi. Bunday moylardan biri yog‘li
161
konstalin УТ–1 bo‘lib, uning tomchilab tushish harorati 130°C va
penetratsiyasi 225–275 oralig‘ida bo‘ladi. Uning o‘ziga xos aso-
siy xususiyati uning tarkibidagi quyultirgich (natriyli sovun)ning
suyuqlanish harorati yuqoriligi va uning suvda erishidir. Shuning
uchun yog‘li konstalin УТ–1 ni suv kirmaydigan, lekin yuqori
haroratlarda (115–120°C gacha) ishlaydigan tarmoqlarda qo‘llash
tavsiya etiladi. Bunday moylar g‘ildirak gupchaklari, kardanli val-
lar, boshqarish pedallari o‘qlari va sharnirlari, elektrodvigatelning
dumalash podshipniklari uchun mo‘ljallangan.
Avtomobillarning bir qator tarmoqlari tarkibida natriyli-kalsiyli
sovun aralashmasi bo‘lgan moylar yordamida moylanadi. Bu tur-
dagi moylarning dastlabkilaridan biri 1–13 moyi bo‘lib, bu moy
tarkibidagi asosiy quyultirgich (natriyli sovun)ga 1–2 foiz miqdorida
kaisiyli sovun aralashtiriladi (bu ikki turdagi sovun kanakunjut moyi
asosida tayyorlanadi). Natijada suyuqlanishi bo‘yicha konstalin bi-
lan bir xil, suv ta’siriga turg‘unligi esa konstalindan yuqori bo‘lgan
surkov moyi olinadi. 1–13 moyidan g‘ildirak podshipniklarini va
avtomobilning boshqa tarmoqlarini moylashda foydalaniladi. 1–13
moyiga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi va bu moyni tayyorlashda
foydalaniladigan kanakunjut moyining kamyobligi sintetik kis-
lotalar asosidagi natriyli-kalsiyli moylarning ishlab chiqarilishi-
ga sabab bo‘ldi. Bulardan biri ЯНЗ–2 surkov moyi bo‘lib, u qi
-
yin suyuqlanadi va suv ta’siriga chidamsiz. Bu moy minus 30°C
haroratgacha g‘ildirak gupchaklari, suv nasoslari podshipniklarini,
kardanli vallarning oraliq tayanchlarini, ventilator yuritmasining
tayanchini va suv kirishidan zichlamalar yordamida himoyalangan
boshqa podshipnikli tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi.
Tarkibida litiyli sovun bo‘lgan moylar eng istiqbolli plastik
surkov moylari hisoblanadi. Ular bir qator ijobiy xususiyatlarga ega,
jumladan, suv ta’siriga chidamliligi bo‘yicha solidollarga yaqin,
suyuqlanish darajasi bo‘yicha qiyin suyuqlanadigan konstalinlarga
yaqin va past haroratlardagi xususiyatlari bo‘yicha bu ikki turdagi
moylardan afzaldir. Mamlakatimizda ishlatiladigan dastlabki litiyli
surkov moyiga ЦИАТИМ–201 markasi berilgan. ЦИАТИМ–201
162
moyi qiyin suyuqlanadigan moy bo‘lib, barcha mavsumlarda
taqsimlagich valigi vtulkalarini, generator podshipniklarini, spi-
dometrning egiluvchan valini, eshiklarning oshiq-moshiqlarini,
g‘ilof ichiga olingan yuritma tortqisini, rul tortqisi sharnirlarini
moylash uchun ishlatiladi. Ular kam qovushoqlikka ega bo‘lgan va
past haroratlarda qotadigan МВП moyida tayyorlangani uchun ular
o‘z xususiyatlarini minus 60°C haroratgacha saqlab qoladi.
Yuqori sifatli ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan Литол–24 moyi
keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan tayyorlangan
litiyli sovun qo‘shilgan bo‘lib, natijada minus 40°C dan 130°C
gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo‘lgan universal moy olin-
gan. Литол–24 universal moy bo‘lib, uni barcha turdagi solidollar,
kons talin, 1–13, ЯНЗ–2, № 158 lardan foydalaniladigan tarmoqlar
-
da yil davomida ishlatish mumkin.
Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektrodvigatellar, kar-
danli birikmalar hamda oyna tozalagichlarning podshipniklarini
uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash uchun qiyin suyuqla-
nadigan (tomchilab tushish harorati 130°C dan ortiq) va suv ta’si-
riga chidamli bo‘lgan № 158 moyidan foydalaniladi. № 158 moyi
kaliyli va litiyli sovunlar asosida tayyorlanadi. Ularga ko‘k rang
beruvchi pigment qo‘shiladi.
Kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan sovun yordamida quyul-
tirilgan neft asosidagi yoki sintetik moylar istiqbolli hisoblanadi.
Bunday moylar jumlasiga kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan
kalsiyli quyultirgichli Униол–1 va uning sovuq ta’siriga chidamli
Униол–ЗМ variantlarini keltirish mumkin. Ular odatdagi kalsiyli
moylar (masalan, solidol)ga nisbatan bir qator ijobiy xususiyatlar-
ga ega, jumladan, issiqlik ta’siriga chidamliligi yuqori (150–170°C
haroratgacha ishlatish mumkin).
Konservatsion (himoya) moylaridan BTB–1 va ПВК moylari
ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. BTB–1 himoya moyi tolali texnik
vazelin bo‘lib, bu surkov moyi korroziyalanmasligi uchun simlar-
ning uchlariga va akkumulatorlar batereyasining qutb chiqish sim-
lariga, kanat tirgagiga, eshik ochilishini cheklagichga, yonilg‘i baki
163
qopqog‘ining prujinasiga hamda sharnirlarga surtiladi. ПВК moyi
ham BTB–1 moyi ishlatiladigan tarmoqlarda ishlatiladi. Ular neft
moylariga qattiq uglevodorodli quyultirgichlar (parafin va sere
zin) aralashmasini qo‘shib tayyorlanadi. Himoyalash xususiyatini
yaxshilash uchun 1 foiz miqdorda qo‘shilma qo‘shiladi. Suvda eri-
maydi va himoya qatlami 2–4 mm bo‘lganida himoyalanadigan de-
tallarni 5–10 yil davomida (harorat minus 50°C dan +50°C gacha
bo‘lganida) korroziyadan saqlashni ta’minlaydi.
Moylarning tasnifiy belgisida ularning vazifasi va ishlatilish so
-
hasidan tashqari, quyultirgich turi, ishlatish tavsiya etiladigan haro-
rat diapazoni hamda quyuqlik darajasi ko‘rsatiladi.
Quyultirgich sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki ik-
kita harfi bilan belgilanadi: Ka – kaliyli, Li – litiyli, Na – natriyli
yoki Li-Ka – litiy-kalsiyli aralash. Ishlatish tavsiya etilgon haro-
rat diapazoni kasr ko‘rinishida beriladi, kasrning suratida minus
ishorasiz, 10 marta kichraytirilgan minimal harorat, maxrajida esa
10 barobar kichraytirilgan maksimal harorat ko‘rsatiladi. Moyning
quyuqlik darajasi 0 dan 7 gacha bo‘lgan shartli son bilan belgila-
nadi.
Masalan, Литол–24 nomi bilan chiqariladigan litiyli moyning
belgisini keltirish mumkin: M Li 4/13–3. Harflar ko‘p maqsadlarda
ishlatiladigan antifriksion moy ekanligini (M), litiyli sovun bilan
(Li) quyultirilgan, namligi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlay oladigan
moy ekanligini bildiradi. Moyni minus 40 dan +130°C gacha (4/13)
haroratlar oralig‘ida ishlatish mumkin. 3 raqami harfli son bo‘lib,
moyning quyuq-suyuqligini bildiradi. Bu qiymat penetratsiya soni
bilan belgilanadi.
Keyingi yillarda bir qator yangi plastik surkov moylari ishlab
chiqarilmoqda. Bulardan litiyli surkov moyi Фиол–1 kardanli val
ning shlitsali birikmalariga va o‘rindiqni surish moslamalariga sur-
tishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ШРБ–4, ШРУС–4, ЛСС–15
markali zamonaviy maxsus moylar ishlab chiqarilmoqda, ular ba’zi
xususiyatlari bo‘yicha (ish harorati va mexanik turg‘unligining
yuqoriligi) solidollar, 1–13 va ЦИАТИМ–201 moylariga nisbatan
muayyan afzalliklarga ega.
164
Tarmoqlarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlari va o‘zaro
almashinuvchanligi moy markasini tanlashda muhim ahamiyatga
ega. Moylash materialini va o‘zaro almashuvchisini tanlash ja-
rayonini yengillashtirish maqsadida avtomobillarda ishlatiladigan
moylarning xususiyatlarini 5 balli tizimda baholash tavsiya etiladi
(6. 1- jadval). 1 ball – ushbu mezon bo‘yicha xususiyatlari qoniqar-
siz; 2 ball – qoniqarli emas; 3 ball – qoniqarli; 4 ball – yaxshi;
5 ball – a’lo.
Do'stlaringiz bilan baham: |