K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

Mulkdor 
moddiy va intellektual mulk obyektlariga ega, ularni 
tasarruf etish va ulardan o 'z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad 
olish maqsadida foydalanish huquqiga ega jismoniy shaxsdir.
M ulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:

daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydalanishga 
m o'ljallangan mol-mulkka ega mulkdorlar;



shaxsiy iste’molga mo'ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, 
qo'shimcha tadbirkorlik daromadi yoki kiritilgan sarmoyadan daromad 
olish uchun foydalaniladigan aktivlar (sarmoya)ga ega o'rta mulkdorlar;
-yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ulaming faoliyatidan 
katta daromad oladigan yirik mulkdorlar.
Ushbu guruhlaming shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi? 
Birinchi navbatda, psixologik xususiyatlar ta’sir ko'rsatadi. Odamni 
zo'rlab mulkdorga aylantirib bo'lmaydi. U bunga ruhan tayyor bo'lishi 
kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga haddan tashqari uzoq 
vaqt mobaynida xususiy mulk va uning sohiblarini boshqalarga nisbatan 
tashabbuskor va tadbirkor bo'lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq 
yashaganlarni yomon ko'rish va ularga ishonmaslik hissi singdirib kelindi.
Endi esa zamon o'zgardi, xususiy mulkka munosabat ham 
o'zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Ko'pchilik 
davlatning g'amxo'rlik qilishiga umid bog'lab o'tirmasdan, o'z farovonligi 
uchun mas’uliyatni o'z zimmasiga olishga hali tayyor emas. Ijtimoiy 
passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yo'lidagi jiddiy to'siqdir.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri 
tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakli rivojini ta’minlash katta 
ahamiyatga ega. Aksiyalashtirish keng aholi ommasini mulkka egalik 
qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon 
murakkab, ko'p qirrali bo'lib, u bozor iqtisodiyoti subyektlarining 
manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika iqtisodiyotida ochiq turdagi 
aksiyadorlik jamiyatlari keng yoyilgan.
Bu jamiyatlaming ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishtirok etuvchi 
ulushlar, odatda, quyidagicha taqsimlanadi:
-davlat ulushi;
-mehnat jamoasi ulushi;
-xorijiy sherik ulushi;
-fond birjalari va qimmatli qog'ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet 
elda ham erkin sotish uchun ajratilgan ulush.
Davlat va mehnat jamoalariga qarashli aksiya paketlari hajmini 
Davlat mulk qo'mitasi belgilaydi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar 
tomonidan sotib olingan yoki bepul olingan har qanday aksiyalar ulaming 
mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi 
mumkin. Aksiyalaming qo'shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ulami 
joylashtirish aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga 
muvofiq olib boriladi.


Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida 
yoki kimoshdi savdosida jismoniy yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk 
qilib sotishdan iborat. Bunda xaridor sotib olingan obyektlarga nisbatan 
ma’lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari O'zbekiston Respublikasi 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi 
tartiblariga muvofiq belgilanadi va u quyidagi majburiy bandlarga ega 
bo'ladi:
-aukuionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulkdorlariga 
aylangan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida 
bo'lgan, sotib olingan mol-mulk tarkibiga kirmagan, davlatga qarashli 
binolar, inshootlar va qurilishlami ijaraga olish haqida uzoq muddatli (10 
yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlari ilgari tuzilgan 
shartnomalarga nisbatan (agar shartnomaning o'zida boshqacha tartib 
belgilangan 
bo'lmasa) 
faqat 
taraflarning 
kelishuviga 
muvofiq 
o'zgartiriladi. Xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish sohasi 
obyektlarining 
mulkdorlari 
shu 
korxonalar 
egallab 
turgan 
yer 
uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga ega;
-korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan 
korxona va tashkilotlaming mol-mulki Respublika ko'chmas mulk birjasi 
va uning filiallarida аикцюп savdoda Davlat mulk qo'mitasi tomonidan 
tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;
-davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlaming mol-mulki 
(aktivlari) faqat Davlat mulk qo'mitasi ruxsati bilan belgilangan tartibda 
sotiladi.
Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan 
chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga o'tiladigan uch bosqichda amalga 
oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti rish borasida 
ijara korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, 
qo'shma korxonalar, fermer xo'jaliklari, kooperativlar va dehqon 
xo'jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni 
talab qiladigan bir qancha muammolar ham mavjud:

birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur’atlari 
uning samaradorligini kamaytirmo qda. Jahon amaliyoti islohotlar bir 
vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara berishini 
ko'rsatmoq da. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda 
fikr yuritish jarayoni sekinlashadi, iqtisodiy xulq-atvoming eski 
stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;



ikkinchidan, bir tarmoq (yoki soha)da xususiylashtirish amalga 
oshirilib, u bilan bog'liq boshqa sohada davlat mulki yoki uning 
monopoliyasi 
saqlanib 
qolishi 
xususiylashtirilgan 
korxonalaming 
manfaatlarini kamsitadi. Bu hoi, avvalo, turli tarmoqlardagi narxlaming 
pariteti buzilishida namoyon bo'ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez 
amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
qishloq xo'jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki qishloq xo'jaligiga 
texnika, o'g'itlar, elektr energiyasi, yoqilg'i yetkazib beruvchi korxonalar 
ancha kech xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) 
mavqeini saqlab qolib, o'z mahsulotlari narxini oshirdilar. Buning 
natijasida agrar sektor katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi;
-uchinchidan, 
xususiylashtirishning 
pulli 
bo'lishi 
xususiy- 
lashtirilayotgan obyektlar bozoriga munosib baholanishini taqozo etadi. 
Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlaming dastlabki 
bosqichida 
tegishli 
mutaxassislaming 
bo'lmaganligi 
ko'pdan-ko'p 
tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug'ullanishni istagan va shug'ullana oladigan kishilar 
qo'liga emas, balki tasodifiy kishilar qo'liga o'tib qoladi.
Umuman, keltirilgan muammolar murakkab bo'lishiga qaramay, 
O'zbekistonda mulkdorlar 
sinfini 
shakllantirish 
va tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda 
jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega, uni qadrlayotgan va ulami o'z 
moddiy farovonliklari uchun asos qilib olayotgan kishilaming katta guruhi 
shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash davlatning 
iqtisodiy qudrati oshishi, demokratik qadriyatlar qaror topishiga olib 
keladi.
1.5. Kichik biznesni belgilovchi mezonlar
Kichik 
biznesning 
mezonlarini 
belgilash 
zaruriyati 
kichik 
korxonalaming davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu 
yordam adresli bo'lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini 
yaxshilashga 
yo'naltirilishi 
kerak. 
Kichik 
korxonalarni 
alohida 
kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o'rganish va samaradorlik 
darajasini tahlil qilish, ulaming iqtisodiyot umumiy tizimidagi o'rni va 
rolini aniqlash uchun zarur.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik 
korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:


- miqdoriy ko'rsatkichlar: xodimlaming soni, sotish hajmi, asosiy 
kapitalning balans qiymati;
- sifat ko'rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming nisbatan 
kichik soni; cheklangan resurslar va quwatlar, boshqa-ruvning kamroq 
rivojlangan tizimlari va boshqalar;
- yuqoridagi ko'rsatkichlaming birinchi va ikkinchi guruhlarini 
birlashtiruvchi kombinauiyasi.
Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko'ra u yoki bu 
guruhga kirituvchi mezonlari qo'llaniladi. Yevropa Ittifoqining metodologiyasi 
bo'yicha kichik va o'rta korxonalar 1.5.1-jadvalda ko'rsatilgan mezonlar 
bilan belgilanadi.
1.5.1-jadval
Yevropa Ittifoqi metodologiyasi bo'yicha kichik va o 'rta korxonalar
o'lchamini belgi ash mezonlari
Aniqlanadigan
korxonalar
Xodimlar soni 
(kishi)
Yillik aylanma
Balans qiymati
Kichik
50 tagacha
4
2
O'rta
50-250
16
8
Xorijiy mamlakatlarda 1 kishidan 20 kishigacha xodimi bo'lgan 
korxonalar hunarmandchilik korxonalariga, 20 dan 100 tagacha xodimi 
bo'lganlari kichik, 100 dan 500 gacha xodimi bo'lganlari o'rta 
korxonalarga kiritiladi.
AQSHda kichik biznes korxonalarini ikki tomonlama guruhlashdan 
foydalaniladi. Birinchi holda bu tushuncha ishchilar soni 500 kishigacha 
bo'lgan korxonalarni qamrab oladi. Ikkinchi holda esa korxonalar sohalar 
bo'yicha yillik tushumlar hajmi bo'yicha bo'linadilar: transport sohasida 
yillik tushumlar hajmi 3,5 mln. dollardan 20 mln. dollargacha, qurilishda 9 
mln. dollardan 21 mln. dollargacha, ulgurji savdoda 15 mln. dollardan 35 
mln. dollargacha, chakana savdoda 3,5 mln. dollardan 13,5 mln. 
dollargacha, xizmatlar sohasida 2,5 mln. dollardan 14,5 mln. dollargacha 
bo'lgan korxonalar kichik firmalar hisoblanadi.
Germaniyada ishlovchilar soni va yillik aylanma ko'rsatkichlaridan 
foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo'lgan, 
o'rtachalarga esa ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik aylanmai 100 
mln. yevrogacha bo'lgan korxonalar kiritiladi.


Fransiyada kichik va o'rta biznes tushunchasiga ishlovchilar soni 19 
kishigacha bo'lgan mikrofirmalar, xodimlaming soni 20-299 kishigacha 
bo'lganlari kichik korxonalarga kiradi.
Janubiy Koreyada sanoatda va transportda 20 tagacha xodimi bo'lgan 
korxonalar kichik, 21 dan 200 kishigacha xodimi bo'lgan korxonalar o'rta 
korxonalar hisoblanadi. Savdo va xizmatlar sohasida 5 tagacha xodimi 
bo'lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo'lgan 
korxonalar esa o'rta korxonalar hisoblanadi.
O'zbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni 
bo'yicha guruhlarga ajratish qabul qilingan. Buni 1.5.2.-jadvaldan ko'rish 
mumkin.
1.5.2-jadval
Faoliyat sohalari bo'yicha kichik korxonalar kategoriyasiga 
kiritiluvchi korxonalar
Faoliyat sohalari
X odim lam ing 
yillik o 'rta c h a
soni
Yyengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov 
berish, asbobsozlik, yog'ochni qayta ishlash, 
mebel va qurilish materiallari sanoatida
100 kishigacha
Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg'i-energetika 
va kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va 
boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida
50 kishigacha
Fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, 
xizmat 
ko'rsatish 
sohalari 
(sug'urta 
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy 
ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish 
sohalarida
25 kishigacha
Yangi mezonlar korxonalarni ayrim kategoriyalarga bo'lishni tartibga 
solish imkoniyatini beradi. Bu soliqqa tortish bo'yicha imtiyozlarni 
belgilash, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq choralami qabul 
qilish, respublika mintaqalarida kichik korxonalar tarmog'ini kengaytirish 
sohasida infratuzilmaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish uchun 
g'oyatda muhimdir.
Xodimlaming soni kichik subyektlarining asosiy ko'rsat-kichidir. 
U firmaning barcha xodimlarini, shu jumladan, shart-nomalar bo'yicha


va o'rindoshlik bo'yicha ishlovchilami haqiqatdan ishlangan vaqtini 
hisobga olish bilan hamda vakilliklar, fi-liallar, korxonaning boshqa 
ajratilgan bo'linm alari xodim-larini hisobga olish bilan aniqlanadi.
Belgilangan sondan oshib ketgan holda kichik korxona oshib 
ketishga yo 'l qo'yilgan davr va keyingi uch oy davomida imtiyozlardan 
mahrum bo'ladi.
1.6. O 'zbekistonda kichik biznesning rivojlanishi va uning 
iqtisodiyotda tutgan o 'rn i
Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishni ta’minlash, yangi ish o'rinlarini 
tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va 
farovonligini oshirishda tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish, 
rag'batlantirish 
va 
qo'llab- 
quwatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amalga 
oshirilgan 
chora-tadbirlar 
natijasida 
kichik 
biznes 
subyektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yilda 52,5 foizga 
erishildi. Holbuki, 2000-yilda bu ko'rsatkich 31 foizni tashkil etgan edi. 
Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
davlat tomonidan doimiy qo'llab-quwatlanayotgani samarasidir (1.6.1- 
rasm).
6 0 ,0
2 0 0 0
2 0 0 1
2 0 0 2
2 0 0 3
2 0 0 4
2 0 0 5
2 0 0 6
2 0 0 7
2 0 0 8
2 0 0 9
2 0 1 0
1.6.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YalM dagi 
ulushi, foizda


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi 
iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi 
salmog'ining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur 
sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 
foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 
dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 
foizga,
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi 
iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi 
salmog'ining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur 
sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2009-yildagi 16,9 
foizdan 2010-yilda 19,6 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 
dan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 23,1 dan 30,8 
foizga, pullik xizmat ko'rsatish hajmida 48,5 foizdan 49,7 foizga oshdi, 
eksport hajmida 14,6 dan 13,6 foizga kamaydi (1.6.1-jadval).
1.6.1-jadval
O'zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarm oqlarida 
ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmidagi ulushi, foizda
K o'rsatkichlar

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish