K ich ik k u ixu iiald iga k u'p ch ilik y a iim hukuinal lablikilotlaii yuidain
ko'rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita,
Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha max-sus
komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va
boshqalar.
Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilaming
milliy assouiaijiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar,
klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam
ko'rsatadilar.
AQSHda
kichik
korxonalar
soliq
imtiyozlaridan
foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotat-uiyalar, moliyaviy kafolatlar
bilan qo'llab-quwatlanadilar.
Yaponiya. Yaponiyada kichik korxonalarni qo'llab-quwatlashda kichik
biznes bo'yicha boshqarma, KO'Kni rivojlantirish bo'yicha davlat
korporatsiyasi, moliyalashtirish bo'yicha milliy korporatsiya, KO'K
assouiauiyalarining butun yapon federatsiyasi, KO'K butun yapon markazi
va boshqalar faoliyat yuritadilar. Bulardan tashqari unga yaqin maxsus
banklar KO'Kni kreditlashga xizmat qiladi.
Davlat qo'llab-quwatlashi o'z ichiga quyidagilami oladi: imtiyozli
soliqqa tortish, jadallashtirilgan amortizatsiya, imtiyozli kredit-lashtirish,
xodimlami o'qitishda yordam, bankrotlik holida yordam ko'rsatish,
KO'Kning texnik darajasi o'sishini rag'batlantirish.
Prefekturalarda harakat qiluvchi 500dan ortiq savdo-sanoat palatalari va
ulaming filiallari kichik korxonalarga maslahat, moliya, ta’lim yordamini
ko'rsatadilar.
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning maxsus fondi, xalq fondi hamda
moliyaviy
korporatsiya
davlatning
KO'Kni
qo'llab-quvvatlashning
moliyaviy bazasini tashkil qiladilar.
Xitoy. Xitoyda olib borilayotgan soliq va moliya siyosati, tashqi savdo,
investitsion siyosat sohalarida islohotlaming chuqurlashuvi kichik
korxonalaming tez rivojlanishiga yordam bergan. Ayniqsa, qishloq
xo'jaligi, posyolka sanoati deb nomlangan kichik va xususiy ishlab chiqarish
tez rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning 70%, tayyor kiyim-
kechaklaming 40 %, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 %i kichik
biznesning ulushiga to'g'ri keladi. Xitoy qishloqlari yalpi ijtimoiy
mahsulotining 60 % posyolka korxonalarining ulushiga to'g'ri keladi.
Posyolka korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va arzon ish
kuchining mavjudligi ulami xorijiy investitsiyalami jalb qiluvchi obyektga
aylantirgan.
Janubiy Koreya. 1995-yilda KO'K mahsuloti eksportining salmog'i
mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd. AQSH
dollariga etgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan.
Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o'z qarzlarining
30% ini KO'Kga berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes
federatsiyasi, KO'K banki, texnologiyalarni sug'urta qilish federatsiyasi,
savdo va sanoat vazirligi KO'Kning rivojla-nishiga yordam beradi.
Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida KO'K ning
rivojlanishini qo'llab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik
bazasi tashkil qilingan: KO'K ni rag'batlantirish haqidagi dikret (1966-y.),
KO'Kning sub-kontraktli ishlarini rag'batlantirish haqidati qonun (1978-
y.), faqat KO'K ishlab chiqara-digan tovariar ro'yxati (1982-y.), KO'K
o'zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984-y.), KO'K boshqaruv
barqarorligi va boshqalar. Yordam, birinchi navbatda, yuqori eksport
salohiyatiga ega bo'lgan korxonalarga ko'rsatiladi.
Gollandiya. Bu mamlakatda KO'K ni qo'llab-quvvatlash uchun
ko'pgina tashkilotlar mavjud:
- KO'K uchun golland kengashi;
- KO'K masalalari bo'yicha tadqiqotlar va konsalting;
- KO'K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi;
- ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatiari bo'yicha ish
beruvchilar va xodimlaming hamkorligini ta’minlaydilar;
- savdo palatasi konsalting xizmatlari ko'rsatadi;
- KO'K instituti ishchi-xizmatchilami o'qitish, maslahat berish bilan
shug'ullanadi;
- o'qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam
ko'rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan;
- ikkita oliy o'quv yurti KO'K uchun mutaxassislami tayyorlaydi;
- kechqurunlari qatnash mumkin bo'lgan ko'pgina turli xil kurslar
ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes-
rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o'qishlari
mumkin.
Fransiya. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadi -
bandlikning ko'payishi va raqobatbardoshlikning o'sishidir. Buning uchun
quyidagilar qilinadi: to'g'ridan-to'g'ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy
to'siqlami kamaytirish, soliqlami kamaytirish va boshqalar. Fransiyada
KO'K ni qo'llab-quvvatlash bo'yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan:
- KO'K konfederatsiyasi;
- savdo palatasi;
- hunarmandlik ishlari bo'yicha palata;
- qishloq xo'jaligi palatasi,
- investitsion xavf-xatarni sug'urtalashning franuuz jamiyati;
- biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mamlakatlarda qo'llaniladigan kichik
biznesni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy ko'rinishda bayon
qilingan.
Yordamning ayrim yo'nalishlarini aniqroq o'rganish va
O'zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini
belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan
bo'lar edi.
Qisqa xulosalar
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib,
o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik
faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim.
Tadbirkorlik
ijtimoiy
munosabatlar
namoyon
bo'lishining
shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga
ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini
namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning
ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab
qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va
uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor
berilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tadbirkorlikning kelib chiqish tarixi va mohiyati to'g'risida
gapirib bering.
2. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi to'g'risida
nimalar deya olasiz?
3. Kichik biznesni rivojlantirishning qanday afzalliklari mavjud?
4. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asosini ta’minlovchi qanday
qonunlami bilasiz? Izohlang.
5. Tadbirkorlik muhitiga qanday omillar ta’sir etadi?
6. Tadbirkorlik faoliyatini rivoj lantirishning maqsad va vazifalari
nimalardan iborat?
7. Mulkchilik shakllariga ko'ra korxonalaming necha turi mavjud?
8. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va
rivojlantirish yo'nalishlarini ko'rsatib bering.
9. Davlatning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida
qanday siyosati amalga oshiriladi?
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
-Т.: O'zbekiston, 2011.-48 b.
2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010. - 56 b.
3.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi
"Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish
borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar"to'g'risidagi Farmoni. //Xalq so'zi,
2010-yil, 29- iyul.
4 .O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha
reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz
farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish
bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, 2011. - 377 b.
5. Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J.,
G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va
tadbirkorlik. -Т.: ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b.
6. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 2010. - 260 b.
2-bob. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
FAOLIYATINING TURLARI VA SHAKLLARI
2.1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari
Tadbirkorlik faoliyati turiari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
yo'nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik
turlarga bo'linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini quyidagicha ifoda
etish mumkin (2.1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |