Metall
Osmon jismi Ramzi Ma’bud
Hafta kuni
Kumush
Oy
(Moon)
Dushanba - Moonday, Moon – Oy, day –
kun, ya’ni, Oy kuni)
Temir
Mars
Ares,
Tiv
Seshanba – Tuesday, Tiw kuni.
Tiw – german qabilalarida urush ma’budi.
Simob
Merkuriy
(Mercury)
Merkuriy
Voden
Chorshanba – Wendesday, Voden kuni
Woden – german qabilalari
mifologiyasidagi ma’bud.
Qalay
Yupiter
(Jupiter)
Yupiter
Tor
Payshanda – Thursday, Tor kuni.
Thor – german qabilalarida chaqmoq
ma’budi
Mis
Venera
(Venus)
Venera
Frigg
Juma – Friday. Frigg kuni.
Frigg – Skandinaviya xalqlarida
muhabbat va nikoh ma’budasi
Qo‘rg‘oshin
Saturn
(Saturn)
Saturn
Shanba – Saturday. Saturn kuni.
Oltin
Quyosh
(Sun)
Yakshanba - Sunday,
Sun – Quyosh, day - kun, quyosh-kuni
Shunday qilib, g‘arbiy Yevropa tillarining aksariyatida hafta kunlari nomlari ham
muayyan ma’budlar va ularga bog‘liq osmon jismlari hamda, metallar bilan bog‘lab yuritilgani
ma’lum bo‘lmoqda.
So‘nggi yuz yilliklarda kashf etilgan kimyoviy elementlarning nomlari umuman
boshqacha tamoyillar asosida tanlangan bo‘lib, bular haqida quyida batafsil hikoya qilamiz.
Shunisi aniqki va yaxshiki, so‘nggi yuz yilliklarda kashf qilingan elementlarning nomlari
jahonning barcha tillarida deyarli bir xil yangraydi. Faqat, ayrim tillardagi o‘ziga xosliklar
sababli, element nomi biroz boshqacha, g‘alatiroq talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, berilliy
16
elementi yapon tilida «beririumu» tarzida yoziladi va o‘qiladi. Chunki, yapon tilida «l» harfi
mavjud emas. Lekin, element nomi o‘zgarmagani yaqqol ko‘rinib turibdi. Buning sababi,
berilliy elementini kimyogarlar nisbatan yaqinda, atiga 1797-yilga kelib kashf qilishgan.
Element nomi yapon tiliga yanada kechroq kirib kelgan.
Keling, endi, kimyoviy elementlarning etimologiyasi bilan tanishishni boshlasak.
Gapni, eng qadimdan ma’lum elementlarning nomlaridan boshlaymiz.
Oltin
Ehtimol, oltin – odamzot to‘qnash kelgan ilk metall bo‘lsa kerak. Chunki, oltin tabiatda
odatda asosan asl holda, sof shaklda uchraydi. Sof holda topilgan tabiiy oltin bo‘laklari ichida
eng kattasi 1872-yilda Avstraliyadan topilgan bo‘lib, uni «Xolterman plitasi» deyiladi. Bu
orasiga 83,2 kg sof oltin tiqilib qolgan katta kvarts palaxsasi bo‘lib, uning umumiy vazni 235
kg ni tashkil qilgan.
Oltin metalining nomi ko‘plab turkiy tillarda o‘zaro o‘xshash: o‘zbek, turk, qozoq, tatar
va boshqird tillarida u oltin, (yoki, talaffuzga qarab, «altin») deb yuritiladi. Turkiy tillarda
mavjud element nomlarining aksariyati, ushbu elementning tabiiy holda uchraydigan
holatining rangiga qarab berilgan. Qizig‘i shundaki, saxa tili, ya’ni, Yoqutistonning mahalliy
xalqi tilida oltinni «qixil kumis», ya’ni, qizil kumush deb yuritilar ekan. Ozar qardoshlarimiz
esa oltinni shunchaki «qizil» deb nomlashadi. Bir qarashda o‘zaro bog‘liqligi yo‘qdek
ko‘rinadigan bunday turkiy so‘zlarning (ya’ni, «oltin» va «qizil» so‘zlarining) aslida juda qiziq
o‘zaro yaqin aloqasi mavjud. Ya’ni, aslida o‘zbek tilida va yana qator boshqa turkiy tillarda
«oltin» tarzida aytiladigan ushbu element nomi ozar va yoqut tilida «qizil» deyilishi bejiz emas.
Oltin – tunda qizg‘ish yarqiroq rangda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ham ayrim turkiy tillarda
ushbu elementni hali hanuz «qizil» deb yuritishadi. O‘zbekcha - «oltin» so‘zi ham qizil so‘ziga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlikka ega. Shoirlar tomonidan qizil rangni badiiy tasvirlash uchun
«ol» so‘zini keng ishlatilishini yaxshi bilamiz. Qizlarning qip-qizil labini shoirlar «labing ol»
deb ta’riflaydilar. Xullas, o‘zbek tilida qizil rangga sinonim sifatida ol so‘zini qo‘llanishi
avvaldan mavjud amaliyot sanaladi. Oltin so‘zi ham qizil rang ma’nosidagi o‘sha «ol» so‘zi
ishtirokida yasalgan bo‘lib, qadimgi turkiy tilda u «Ol» va «tun» so‘zlarining qo‘shib
aytilishidan vujudga kelgan. Ya’ni, oltin so‘zining o‘zbekcha ma’nosi «tundagi qizillik»,
«tundagi qirmizi» bo‘lib chiqmoqda.
Oltin metalining nomi ko‘plab Yevropa tillarida ham bir-biriga o‘xshash tarzda
yangraydi. Xususan, oltin inglizcha va nemischada gold, golland tilida goud, norveg tilida esa
gull deb yuritiladi. Ushbu nomlarning ildizi qadimgi hind-yevropa tillariga mansub bo‘lib, tub
ma’nosi – sariq rangni bildiradi. Shu sababli, ba’zi yevropa tillarida tillarang sariq rangni ham
oltin so‘ziga yaqin so‘z bilan nomlashadi. Masalan, nemis tilida tillarangni gelb, italyan tilida
giallo, ispan tilida esa gualdo deyiladi. Qadimda pul-tangalar tilladan tayyorlanganligi sababli,
odamlar tushunchasida «pul» so‘zi ham tilla bilan chambarchas bog‘lanib qolgan. Xususan,
golland tilida «pul» ma’nosini beruvchi so‘z ham va gollandlarning yevrodan avvalgi milliy
valyutasi ham «gyldan» (gulden) deb yuritilgan. Shunga o‘xshash holatni slavyan tillarida ham
uchratish mumkin. Chunonchi, polyak tilida pulni «zlotiy» deyiladi va bu slavyan tillari
guruhida oltinni «zoloto» («золото») deb yuritilishi bilan bog‘liq.
Davriy jadvalda elementlarning nomi lotin tilida keltirilishini yaxshi bilasiz. Oltinning
davriy jadvaldagi nomi – aurum bo‘lib, u ham elementning tabiiy sof holatdagi rangiga bog‘liq
17
atamadir. Uning tub ildizi qadimgi lotin tilida «yarqiroq sariq» ma’nosini bildirgan. Oltinni
ilmiy nomiga, ya’ni, davriy jadvaldagi nomiga eng yaqin so‘z bilan ataydigan tillar bu – fransuz
va italyan tillaridir. Xususan, fransuzlar oltinni «or», italyanlar esa «oro» deb ataydilar va bu
so‘zlarning o‘zagi lotincha «aurum» bilan bitta. Yevropa tillariga mansub ayollar ismi
« Aurora» ya’ni, Avrora ham mohiyatan «Tilla» ma’nosini beradi. Qadimgi Rimliklar tong
sahar shafaq oldidan Ufqda paydo bo‘ladigan yarqiroq yulduzni Avrora deb atashgan. Chunki
u tilla singari yaltirab jilvalanib ko‘ringan. Rimliklarning musaffo tong ma’budasi ham Avrora
deb nomlangan. Yunon tilida esa oltinni chrysos deb yuritiladi. Buning ma’nosi ham qizil va
qirmizi rangni ifodalaydi. Kimyoda qizil rangli mineral – xrizoberill mineralining nomi aynan
yunoncha xriziz, ya’ni, qirmizi so‘zidan yasalgan. Xrizantema guli nomining yasalishida ham
oltin so‘zining yunonchasi ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |