K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Schmid  deyilgan.  Chunki,  qadimgi  nemis  tilida  metall  so‘zi  smȋda  bo‘lgan.  Mazkur  so‘z 
asosida, ingliz tilida temirchi  smith, golland tilida  smid, shved tilida esa  smed  tarzida talqin 
qilina boshlagan. Temirchi usta deyarli hamma xalqda qadrlangan va zaruriy kasblardan biri 
bo‘lgani  bois,  albatta,  eski  zamonlarda  ham  temirchilar  ko‘p  bo‘lgan.  Odamlarni  ismidan 
tashqari, kasbini ham  aytib chaqirish  odat  bo‘lgan  o‘sha zamonlardan boshlab, asta-sekinlik 
bilan, odamning kasbi uning ikkinchi ismiga, ya’ni, familiyasiga aylanib borgan bo‘lsa kerak. 
Harholda, ma’nosiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, jahonda eng ko‘p tarqalgan familiyalardan 
biri  aynan  «Temirchi»  ma’nosini  bildiradigan  familiyadir.  Inglizcha  Smit,  shvedcha  va 
Daniyacha  Smed,  nemischa  Schmid  familiyalarining  ma’nosi  aynan  «Temirchi»  deganidir. 
Ularning hammasi, o‘sha – yuqorida aytib o‘tilgan nemischa smȋda, ya’ni, metall so‘ziga va 
undan  yasalgan  «temirchi»  so‘ziga  borib  taqaladi.  Ukrainchadagi  Kovalenko,  Kovalchuk, 
ruschadagi Kovalyov, Kovalevskiy, Kuznetsov, fransuz tilidagi Ferran, ispan tilidagi Errero, 
familiyalarining ham ma’nosi aynan temirchi deganidir.  


19 
 
Aytgancha,  mis  so‘zining  slavyan  tillaridagi  tarjimasi,  xususan,  ruschadagi  «med» 
(медь),  ukrainchadagi  mid,  polyakcha  miedž,  chex  tilida  mêd′  kabilarning  ildizi  ham,  o‘sha 
nemischa smȋda so‘ziga borib taqaladi.  
Mis elementining lotincha nomi – cuprum - O‘rta Yer dengizidagi Kipr oroli nomi bilan 
bog‘liq. Kiprda eramizdan avvalgi III asrdayoq yirik mis rudalari o‘zlashtirilgan va u yerdan 
katta miqdorda mis  qazib  olinar edi.  Aynan orol nomidan ushbu metallga ham  atama  yasab 
olingan. Yunon tilida Kipr orolini Kypros deb ataladi. Kyparis esa o‘z navbatida yana boshqa 
bir yunoncha so‘z – kyparisos - «kiparis» so‘zi bilan bog‘liq. Rimliklar misni aes Cuprium deb 
nomlashgan. Ularning tilida bu so‘z  «Kiprdan keltirilgan  metall» degan  ma’noni  anglatgan. 
Keyinchalik, ushbu so‘z cuprum ko‘rinishigacha qisqarib, biroz o‘zgarib qolgan. Hozirda ham 
ayrim  Yevropa  tillarida  misni  lotincha  talqini,  ya’ni,  cuprum  ga  yaqin  tarzda  qo‘llaydigan 
holatlar mavjud. Masalan, rumin tilida misni cupru deyiladi. Uels mahalliy aholisi tilida esa 
mis  copr  deyiladi.  Inglizcha  copper,  nemischa  kupfer,  gollandcha  koper,  fincha  kupari
islandcha  kopar,  fransuzcha,  cuivre,  ispancha  va  portugalcha  cobre,  basklar  tilidagi  kobrea 
so‘zlari  ham  misni  anglatadi  va  ular  o‘sha  –  lotincha  cuprumdan  yasalgan.  Shunisi  qiziqki, 
Bolqon  xalqlarida  misni  tamomila  boshqacha,  ya’ni,  «bakar»  tarzida  aytiladi.  Boltiqbo‘yi 
xalqlarida ham mis o‘zaro o‘xshash tarzda, ya’ni, varš (latishlarda), yoki, varis (litvaliklarda) 
hamda vask (estonlarda) tarzida yuritiladi. Italyanlar misni rame, vengrlar rêz, Maltaliklar esa 
ram  deyishadi.  Yunonchasiga  esa  mis  chalkos  deyiladi.  Mis  kolchedani  (CuFeS
2
),  ya’ni, 
xalkopirit mineralining nomi ham shu, yunoncha «xalkos»dan kelib chiqqan.   
 
Temir  
Ushbu  so‘zning  kelib  chiqishi  ma’lum  emas.  Eski  turkiy  tillarda,  xususan  O‘rxun 
obidalarida  «temur»  shaklida  ishlatilgan.  Temirning  inglizchasi  iron,  nemischasi  eisen  va 
gollandchasi  ijzer  («eyzer»  deb  o‘qiladi)  qadimgi  sanskritcha  «ishir»,  ya’ni,  «qattiq», 
«mustahkam»  so‘zlarini  anglatuvchi  so‘zdan  yasalgan.  Temirning  lotinchasi  ferrum  –  lotin 
tilida  nafaqat  temirning  o‘zini,  balki,  «qattiq»  degan  ma’noni  ham  anglatadi.  Shuningdek, 
qadimgi lotin qo‘lyozmalarida qurol-yarog‘ni ham ferrum deyilgan. Qator Yevropa tillaridagi 
temir so‘zi aynan lotin tilidagi ferrumdan kelib chiqqan. Masalan, fransuzcha fer, italyancha 
ferro,  ispancha  hierro  so‘zlarining  ildizi  shunga  borib  taqaladi.  Shuningdek,  ferritlar, 
ferrosilitsiy, ferromagnetizm, ferrotsen singari ilmiy terminlarning kelib chiqishi ham ushbu 
lotincha so‘z bilan bog‘liq.  
Temirning tabiiy  karbonati  siderit deb nomlanadi.  Bu  yunoncha  «sidereus» so‘zidan 
kelib chiqqan bo‘lib, uning ma’nosi «yulduzli», «yulduzdan» degan so‘zlarga to‘g‘ri keladi va 
uni shuningdek «samoviy» deb ham talqin qilish mumkin. Qadimgi odamlar tabiatda to‘qnash 
kelgan  ilk  temir  haqiqatan  ham  osmondan  tushgan  bo‘lgan.  Uni  Yerga  meteorit  bilan  birga 
tushgan deb taxmin qilishadi olimlar. Mallasoch odamlarning sochini ushbu rangda bo‘lishiga 
sababkor pigment – trixosiderining nomi ham ushbu yunoncha so‘z bilan aloqador bo‘lib, bu 
pigment  orqali  hosil  qilingan  rangni  hatto  vodorod  peroksid  bilan  ishlov  berish  orqali  ham 
ketkazish qiyin.  
Temirning baland haroratli chegaraviy-markazlashgan kubik modifikatsiyasi, hamda, 
temirning  γ-fazasiga 
uglerod
li  qattiq  qorishma  kiritilishi  austenit  deyiladi.  Austenit  hech 


20 
 
qanday lotincha yoki yunoncha so‘z bilan bog‘liq emas. Aksincha, u 1843-1902 yillarda yashab 
o‘tgan ingliz metallurgi Uilyam Chandler Roberts-Ostinning familiyasi bilan bog‘liq.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish