K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

– +
+ –
3.7-rasmda yuqori chastotali so‘nmas elek-
tromagnit tebranishlari hosil bo‘ladigan gene-
rator chizmasi keltirilgan. Bunda
 L
va С dan 
iborat kontur tok manbayiga tranzistor orqali 
ulangan. Ulanish momentida 
L
g‘altakdan 
o‘tuvchi tok o‘suvchi xarakterga ega bo‘ladi. 
Uning atrofida hosil bo‘lgan magnit may
-
don ham o‘suvchi xarakterga ega bo‘ladi. Bu 
magnit maydon 
L
b
bog‘lanish g‘altagini ke-
sib o‘tib, unda o‘zaro induksiya elektr yuri-
tuvchi kuchini hosil qiladi. 3.7-rasmda uning 
L
b
g‘altak uchlaridagi ishoralari 
aylanachalar ichida ko‘rsatilgan. Bunda tranzistor bazasi (B)ga manfiy ishorali, 
emitteri (e)ga musbat ishorali kuchlanish qo‘yiladi va tranzistordan to‘la tok 
o‘tadi. Bu paytda konturdagi 
C
kondensator zaryadlanadi. 

g‘altakning in-
duktivligi tufayli undan o‘tuvchi tok o‘sishdan to‘xtaydi. 
L
b
da elektr yurituv-
chi kuch hosil bo‘lmaydi va tranzistordan tok o‘tmaydi. kalit uzildi. endi 
C
kondensator 
L
g‘altakka razryadlana boshlaydi va tebranish konturida elektro-
magnit tebranishlar vujudga keladi. konturda elektromagnit tebranishlar ro‘y 
berganda 

g‘altakdan o‘tuvchi tokning ham kattaligi, ham yo‘nalishi o‘zgarib 
turadi. Demak, 
L
b
da hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning ishorasi o‘zgarib 
turadi. Tranzistor goh ochiq holatda, goh yopiq holatda bo‘ladi.
shunday qilib, konturdagi 

kondensator davriy ravishda batareyadan 
zaryadlanib turadi. lekin, kuchlanish manbayi tebranish konturiga davriy 


50
ravishda, musbat qutbga ulangan kondensator qoplamasi musbat zaryadlan-
gan vaqtdagina ulanadigan bo‘lsa, kondensator uzluksiz zaryadlanib turadi. 
U holda tebranishlar so‘nmaydi. aks holda tebranishlar yuzaga kelmay-
di. Demak, tranzistorning ochilib-yopilishini konturdagi tebranishlarning 
o‘zi boshqarishi kerak. Tranzistorning baza – emitter zanjiri 
kirish zan-
jiri
, kollek tor – emitter zanjiri 
chiqish zanjiri
deb ataladi. Odatda, tranzis-
tor kirish qismiga qo‘yilgan kuchlanishi (toki), chiqish tokini boshqaradi. 
Tranzistorli generatorda esa, aksincha, chiqishdagi (konturdagi) kuchla-
nish kirishdagi (
L
b
) kuchlanishni boshqaradi. Bunday jarayonga 
teskari 
bog‘lanish
deyiladi. shu teskari bog‘lanish tufayli kontur energiyasi davriy 
ravishda ta’minlanib turadi.
Ta’kidlash joizki, 
teskari bog‘lanish
tebranishlarning so‘nmasligini 
ta’minlashi uchun kirish va chiqish zanjiridagi kuchlanishlar faza jihatidan 
180

ga farq qilishi kerak.
generator ishlab chiqarayotgan elektromagnit tebranishlar chastotasi 
Tomson formulasi (3–1) bilan ifodalanadi.
shunday qilib, generatorda so‘nmas 
avtotebranishlar
vujudga keladi. 
avtotebranishlar so‘nmas tebranishlarning ikkinchi turi hisoblanadi. 
Ularning majburiy tebranishlardan asosiy farqi shundaki, ularga tashqi 
davriy ta’sir kerak emas. energiya manbayi bunday tizimning o‘zida mavjud 
bo‘lib, sarflangan energiya o‘rnini to‘ldiradigan energiyaning berilishini 
tizimning o‘zi tartibga solib turadi. har qanday avtotebranish tizimi 
quyidagi qismlardan iborat: 
energiya manbayi, tebranish tizimi va elektron 
kalit.
avtotebranishlarning chastotalari juda keng diapazonda o‘zgaradi. Ular 
radioaloqa, televideniye, ehM va boshqa qurilmalarda ishlatiladi.
elektromagnit tebranishlar tirik organizmlarga ham foydali, ham zararli 
ta’sir qilishi mumkin. inson organizmidagi har bir a’zo o‘ziga xos rezonans 
chastotaga ega. Tashqi tebranma ta’sirning chastotasi shu rezonans chastotaga 
tenglashganda ta’sir kuchli bo‘ladi. elektromagnit nurlanishlarning inson 
ruhiyatiga ta’sir qilishi isbotlangan.
Zamonaviy tibbiyotda o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranish-
lardan foydalanuvchi davolash usullari kundan kunga keng tarqalmoqda. 
shuningdek, optik diapazondagi (UB-nurlar) elektromagnit nurlanishlardan 
ham davolash, ham tashxis qo‘yishda foydalanilmoqda.


51
1. Real tebranish konturidagi erkin tebranishlar nima uchun so‘nadi?
2. Avtotebranishning majburiy tebranishdan farqi nimada?
3. Avtotebranish tizimi qanday asosiy elementlardan iborat?
4. Generatorning ishlashida tranzistor qanday vazifani bajaradi?
5. Teskari bog‘lanish nima?

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish