K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

11-
mavzu.
Erkin ElEktroMagnit tEbranishlar 
(TEBrANiSh KONTUri). TEBrANiSh KONTUriDA 
EnErgiyaning o‘Zgarishi
Oddiy elektromagnit tebranishlarni kondensator va induktiv g‘altakdan 
iborat bo‘lgan elektr zanjirida hosil qilish mumkin. kondensator, induktiv 
g‘altak, o‘zgarmas tok manbayi va uzib-ulagichdan iborat elektr zanjirini tu-
zaylik (3.1-rasm). Bunda soddalashtirish uchun zanjirning elektr qarshili gini 
hisobga olmaymiz. Uzib-ulagich chap tomonga ulanganda 
С
kondensator 
qop lamalari batareyadan zaryadlanib oladi. Bunda kondensator qoplamalari 
orasida energiyasi maksimal bo‘lgan 
W
e
= 
elektr maydon hosil bo‘ladi. 
so‘ngra uzib-ulagichni o‘ng tomonga ulaymiz, bu holda zaryadlangan kon-
densator 
L
g‘altak bilan ulanadi. keyingi boradigan jarayonni batafsilroq qa-
raylik (3.2-rasm).
C L
 
 
B
C L
K
3.1-rasm.




5

L
 C 
L
 C 
L
 C 
L
 C 
L
 I I
 
T/4 T/2 3T/4 T
t
+ +
– –
– –
– –
+ +
+ +
3.2-rasm.
kondensatorning yuqorigi qoplamasi musbat, pastki qoplamasi man-
fiy ishorada zaryadlangan bo‘lganligidan tok manbayi bo‘lib qoladi (1-holat). 
natijada kondensatorning musbat qoplamasidan, induktiv g‘altak orqali man-


43
fiy qoplamasiga tomon zaryadlar ko‘chishi, ya’ni tok vujudga keladi. Bu tok 
atrofida magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu tok, g‘altakning induktivligi tufay
-
li asta-sekin ortib, o‘zining maksimal qiymatiga erishadi (rasmdagi grafik
-
ni qarang). G‘altakdan o‘tayotgan tok atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon 
ham o‘suvchi bo‘ladi (2-holat). Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi
elektr maydon energiyasi nolgacha kamayadi. G‘altak atrofidagi magnit may
-
don energiyasi ortib borib, o‘zining maksimal 
W
m
= 
qiymatiga erisha-
di. Oldingi mavzulardan ma’lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra, 
o‘zgaruvchan magnit maydonda joylashgan g‘altakda induksion kuchlanish vu-
judga keladi. Ток kuchi kamaya borib, induksion kuchlanish kondensatorni av
-
valgisiga nisbatan teskari ishorada zaryadlaydi (3-holat). Zaryadlangan konden-
sator yana induktiv g‘altak orqali tok hosil qiladi (4-holat). Bu tok ham o‘suvchi 
bo‘lib, uning hosil qilgan magnit maydoni g‘altakda induksion kuchlanish hosil 
qiladi. Tok kamaya borib, induksion kuchlanish, kondensatorni qay ta zaryad-
laydi (5-holat). 5-holat va 1-holatlarda kondensator zaryadi ishoralari bir xil. 
Demak, keyingi jarayonlar oldingidek ketma-ketlikda davom etadi.
ko‘rib o‘tilgan jarayonlardan quyidagi xulosalarni chiqaramiz:
1. kondensator va induktiv g‘altakdan iborat zanjirda, bir marta o‘zgarmas 
tok manbayidan kondensatorga berilgan zaryad, berk zanjirda o‘zgaruvchan 
tokni hosil qiladi.
2. Dastlab manbadan olingan energiya kondensator qoplamalari oralig‘ida 
elektr maydon energiyasi sifatida to‘plansa, keyinchalik g‘altak atrofidagi 
magnit maydon energiyasiga aylanadi. so‘ngra magnit maydon energiyasi
elektr maydon energiyasiga va h.k. davriy ravishda aylanib turadi.
C L
3.3-rasm.
10-sinfda har qanday takrorlanuvchi jarayonga tebranish 
deyilishi aytilgan edi. Demak, kondensator va g‘altakdan 
iborat zanjirdagi jarayon ham tebranma xarakterga ega. 
Uni

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish