K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

lazerning qo‘llanilishi. 
Qulayligi va kam energiya sarflanishi lazerning 
juda qattiq materiallarni qayta ishlash va payvandlashda keng qo‘llanilishiga 
imkon yaratdi. Masalan, oldin olmosdan kichkina teshikcha ochish uchun 24 
soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ish lazer yordamida 6–8 minutda amalga 
oshiriladi.
soatsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan yoqut va olmos toshlarda 
ochiladigan diametri 1–10 mm, chuqurligi 10–100 
μ
m bo‘lgan nozik 
teshikchalar lazer yordamida hosil qilinadi.
lazer juda keng qo‘llaniladigan sohalardan yana biri – materiallarni 
kesish va payvandlashdir. Bu ishlar nafaqat mikroelektronika, poligrafiya 
kabi nozik sohalarda, balki mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish 
materiallarini ishlab chiqarishda ham bajariladi.
lazer nurlari buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash, kimyoviy reaksiyalar 
mexanizmini o‘rganish va ularni tezlashtirish, o‘ta toza materiallarni hosil 
qilishda ham juda yaxshi yordamchidir. hozir lazer yordamida izotoplar
jumladan, uran izotoplari ajratib olinmoqda.
lazer o‘lchov ishlarida ham juda keng qo‘llaniladi. Ular yordamida 
uzoqdan turib ko‘chishlarni, muhitning sindirish ko‘rsatkichini, bosimni, 


161
temperaturani o‘lchash mumkin. lazer nuri Yerdan Oygacha bo‘lgan 
masofani aniqlashtirishga, Oy xaritasiga aniqliklar kiritishga yordam berdi.
lazer tibbiyotda ham juda keng qo‘llanilmoqda. U qon chiqarmaydigan 
pichoq vazifasini bajarib, kishilarning umrini uzaytirishga, ko‘rish 
qobiliyatini tiklashga xizmat qilmoqda.
lazer qo‘llanadigan istiqbolli sohalardan yana biri – yuqori temperaturali 
plazma hosil qilishdir. Bu soha termoyadro sintezini lazer bilan boshqarish 
yo‘lida yaxshigina imkoniyatlar ochgani sababli olimlarning diqqat markazida 
turibdi.
lazerli disklar tushunchasi kompyuterda ishlovchilar va musiqasevarlar 
kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.
hozirgi paytda lazerning qo‘llanilish sohasi shu qadar ko‘pki, ularning 
hammasiga to‘xtalib o‘tishning imkoni ham yo‘q. ammo bizning izlanuvchan 
o‘quvchimiz bu ishni mustaqil amalga oshiradi, degan umiddamiz.
1. Lazer nima?
2. Spontan nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?
3. Majburiy o‘tish qanday hosil qilinadi?
4. Metastabil holat deb qanday holatga aytiladi?
5. Lazerning o‘lchov ishlarida, fanda, tibbiyotda qo‘llanilishiga misol-
lar keltiring.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish