Rasmdan ko’rinib turibdiki, r-n o’tishda voltlarda ifodalanadigan kontakt potentsiallar farqiga teng bo’lgan potentsial to’siq yuzaga keladi. UK kattaligi dastlabki yarim o’tkazgich material taqiqlangan zona kengligi va kiritma kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. r-n o’tish kontakt potentsiallar farqi: germaniy uchun 0,35 V, kremniy uchun esa = 0,7 V. R-n o’tish kengligi l0 ga proportsional bo’ladi vamkmning o’nlik yoki birlik qismlarini tashkil etadi. Tor r-n o’tish ҳosil qilish uchun katta kiritma kontsentartsiyasi kiritiladi, l0 ni kattalashtirish uchun esa kichik kiritmalar kontsentratsiyasi qo’llaniladi. R-n o’tish toklari. energiyaga ega bo’lgan ko’pgina zaryad tashuvchilar (1.1- rasmga qarang) r-n o’tish orqali qo’shni soҳalarga diffuziya ҳisobiga r-n o’tishmaydoniga qarama–qarshi ravishda siljiydilar. Ular diffuziya tokini yuzaga keltiradilar. Asosiy zaryad tashuvchilarning r-n o’tish orqali ҳarakati bilan bir vaqtda, r-n o’tish ular uchun tezlatuvchi bo’lib tasir ko’rsatayoganmaydon tasirida asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar ҳam ҳarakatlanadilar. Asosiy bo’lmagan zaryad tashuchilar oqimi dreyf tokini yuzaga keltiradi. Tashqimaydon tasir ettirilmaganda dinamikmuvozanat o’rnatiladi, yani diffuziya va dreyf toklarining absolyut qiymatlari teng bo’ladi. Lekin diffuziya va dreyf toklari o’zaro qarama–qarshi yo’nalishda yo’nalganligi uchun, r-n o’tishdagi natijaviy tok nolga teng bo’ladi.
2. R-n o’tishning to’g’ri ulanishi Agar r-n o’tishga tashqi kuchlanishmanbai U ulansa, u ҳoldamuvozanat sharti buziladi va tok oqib o’ta boshlaydi. Agar kuchlanishmanbainingmusbat qutbi r-turdagi soҳaga,manfiy qutbi esa n-turdagi soҳaga ulansa, bunday ulanish to’g’ri ulanish deb ataladi (2 - rasm).
2-rasm
Kuchlanishmanbaining elektrmaydoni kontaktmaydon tomonga yo’nalgan bo’ladi, shu sababli r-n o’tishdagi natijaviymaydon kuchlanganligi kamayadi.maydon kuchlanganligining kamayishi potentsial to’siq balandligini kuchlanishmanbai qiymatiga kamayishiga olib keladi: UK = U0. Bu vaqtda r-n o’tish kengligini ҳam kamayishini ko’rishmushkul emas. Potentsial to’siq balandligining kamayishi shunga olib keladiki, r-n o’tish orqali ҳarakatlanayotgan asosiy zaryad tashuvchilarni soni ҳam ortadi, yani diffuziya toki ortadi. Ҳar bir soҳada ortiqcha asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi yuzaga keladi – n-soҳada kovaklar, r-soҳada elektronlar. Biror yarim o’tkazgich soҳasiga asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarni siqib kiritish jarayoni injektsiya deb ataladi. Kuchlanish o’zgarishi bilan diffuziya tokining o’zgarishi eksponentsial qonun asosida ro’y beradi: (2.1) bu erda I0 – dreyf toki bo’lib, uni r-n o’tishning teskari toki deb ҳam atashadi.