Jurnalistikasi



Download 10,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/61
Sana25.04.2022
Hajmi10,04 Mb.
#580225
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
Jahon jurnalistikasi tarixi (F.Mo\'minov, A.Nurmatov) (1)

tarafdori
edilar. 1773-yili 
tashkil etilgan «Rivingtons Nyu-York gazetter* gazetasi Torining asosiy 
mafkuraviy quroli bo‘lib, unga 
1762-yili Amerikaga kelgan Jeyms 
Rivington asos soldi. Gazeta ancha ommaviylashgan bo‘Isa-da, inqilob 
arafasida va inqilob davrida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Endi bu 
paytga kelib vaziyat o'zgargan, ya’ni, qirollikni tanqid qilish qoralanm as, 
mustamlaka assambleyalari yoki vatanparvarlarga til tekkizish esa, 
aksincha, tuhm at sifatida qabul qilina boshlagan edi. Rivingtonning 
gazetasi uchun erkinJJk chegaralari toraya boshladi. o ‘sha davrdagi fikr, 
so‘z erkinligi tushunchasi jurnalistning qaysi tarafda turib ijod qilishi bilan 
bog'liq edi — Tori esa yutqazayotgan tom on edi. Urush tugagandan keyin 
Jeyms Rivington Torining boshqa a ’zolari kabi Angliyaga qaytib ketmadi. 
U shu zaminda qoldi. 1802-yili Rivington Nyu-Yorkda vafot etdi.
Jon Dikinson viglarning vakili edi. AQSH matbuoti tarixidan o ‘z 
zamonasining buyuk jumaiisti sifatida joy olgan Dikinson iqtisodiy 
mustaqillik tarafdori bo‘lib, soliqlar asosan Amerikadagi mustamlakalar 
hududida sarflanishini talab qilar edi. Uning maqolalari «rieHCHJiBaHH» 
K poH H K Ji* 
(«Pennsylvania Chronicle») gazetasida m untazam chop etilib 
turildi. G archand Viglar firqasi Britaniyaga qarshi qurolli kurash tarafdori 
bo‘Imasalar-da, ularning falsafasi m ustamlaka aholisi mustaqillik uchun 
kurashga ruh^n tayyorlanishiga ko 'm ak berdi.
Inqilob boshlangan paytda eng zaif bo'lgan, lekin qurolli to'qnashuvlar 
so'ngida eng muhim kuchga aylangan siyosiy guruh — bu radikallar yoki 
vatanparvarlar edi. Radikallaming Tori va Vigdan asosiy farqi shunda ediki, 
ular mustamlaka hududidagi ijtimoiy o'zgarishlarning qat’iy tarafdorlari 
hisoblanardilar. 0 ‘z davrining m ashhur jum aiisti Samyuel Adams radikal­
laming eng yorqin vakili va rahbari edi. Targ‘ibotchi sifatida ham unga hech
www.ziyouz.com kutubxonasi


kim teng kelolmasdi. O 'z faoliyatini 1748-yili Bostonning radikal ruhdagi 
«Independent Advertiser» (Independent edvertayzer) gazetasida boshlagan 
Sem Adams 26 yoshida ushbu nashming bosh muharririga ayiandi. 
Keyinclialik u «Boston gazett»da o ‘z maqolalari bilan qatnaslub turdi. 
Amerika xalqining Britaniya hukmronligiga qarshi mardonavor kurashida 
Sem Adamsning o ‘m i beqiyos.
Vatanparvarlarning yana bir yorqin namoyandasi-jurnalist Isia Tomas
1770-yili Bostonda «M assachusetts spy* (Masschusetts spy) gazetasiga asos 
soldi va uni Britaniyaga qarshi kurashda qurol sifatida q o ‘lladi. Gazeta 
1904-yilgacha chiqishda davom etdi. «Boston gazett* va «Spay» o ‘z 
davrining eng ashaddiy partizan gazetalari edi. Isia Tomas muharrirlikdan 
tashqari, bevosita urush bo'layotgan joylardagi jangohlardan reportajlar 
tayyorlab bordi. U harbiy jurnalist sifatida ham katta obro‘ qozondi.
M atbuotning inqilob davridagi roli. 1776-yilning 4-iyulida Tomas 
Jefferson rahbarligidagi q o ‘m ita tayyorlagan Mustaqillik Dekiaratsiyasi 
qabul qilindi. Shunday qilib, yer yuzida yangi, vaqti kelib eng qudratli 
davlat paydo bo‘lishi e ’lon qilindi. Matbuot Amerika inqilobi davrida 
uchta m uhim vazifani bajardi:
- mustamlaka hududlar-(koloniya)lam i o ‘zaro birlashtirdi;
- yillar davomida Britaniya hukumatiga nisbatan to ‘planib qolgan 
g 'azab va alam lar ovoziga ayiandi;
- mustamlaka aholisi yangi qiyofani-mustaqil davlatning fuqarosi 
qiyofasini o ‘zIashtirib olishiga ko'm ak berdi.
Birinchi vazifa eng qiyini bo'ldi, chunki har bir mustamlaka o ‘zining 
m adaniy xususiyatlariga ega edi. Ulardagi boshqamv ham bir-biridan 
farqlanardi. Lekin, shunga qaram ay, matbuot inqilob davrida bunday 
tarqoq m ustam lakalam ing o ‘zaro birlashuvi va bir-biriga ko‘maklashuviga 
katta hissa qo'shdi. Inqilob rahnam olari Britaniyaning soliqlari, qonunlari 
va qudratli qurolli kuchlariga qarshi turishga ko‘mak beradigan eng kuchli 
vosita m atbuot ekaniga ishonar edilar. Prezident Tomas Jefferson o ‘z d o ‘sti 
Karringtonga yozgan m aktubida m atbuot haqida shunday degan edi: «Agar 
m enga hukum at bo‘lsin-u gazetaiar bo‘lmasin yoki gazetalar b o isin u hu- 
kum at b o ‘lmasin, birini tanlang, deyishsa, men hech ikkilanmasdan 
keyingisini tanlagan bo‘Iar edim *1. Prezident Jeyms Medison esa, mat- 
buotni «ozodlik qal’asi», «xalqning imtiyozi» deb atagan edi.
U m um an, Amerika inqilobi o ’zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra 
takrorlanmas hodisa boMdi. Chunki tarixda hali bironta mustamlaka hududi 
o ‘z ona vatanining roziligisiz undan ajralib chiqmagandi. Ushbu inqilobning 
boshqalaridan farqi shundaki, Britaniya zulmi ostida ezilayotgan Shimoliy 
Amerika mustamlakalarining aholisi begona xalqlar emas, balki Britaniya 
fuqarolari edi. Shuning uchun ham Amerikaning Mustaqillik Deklarasiyasi shu 
paytgacha insoniyat tarixida mayjud bolmagan, qiyosi yo‘q hujjat sifatida 
m aydonga chiqdi. U yangi tarixni boshlab berdi. Natijada, yangi millat -
* amerikalikiar millatining davlati dunyoga keldi.
1 T he Press and America.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tomas Peyn — inqilob kuychist. Asii angliyalik bo‘!ib, o ‘z m am - 
lakatidan majburligi sababli bosh olib chiqib ketgan Tomas Peyn Amerika 
zamiiiiga inqilob arafasida qadam qo'ydi. Qachonlardir Amerika inqUobi 
davrining eng obro‘li kishil&ridan biriga aylanislii, ehtimoi, uning o ‘z 
hayoliga kelmagandir. Peyn o‘z Vatanida ming bir ishga bosh urdi, lekin 
omadi yurishavermagach, bir tiyin pulsiz ne umidlar bilan 1774-yilning 
oxirida Amerikaga kelib qoldi. Uning bu m am lakat tomon intilishiga yana 
bir sabab Benyamin Franklin edi. Britaniyaga tashrifi chog‘ida u tasodifan 
Tomas Peynni uchratib, Amerikaga borishni maslahat berdi.
Tomas Peyn Amerikada m atbuotdan inqilob liarakatining norasm iy 
ovozi sifatida foydalandi. Ehtimoi, u Britaniya hukumatidan norozi 
alamzada sifatida shunday yo'l tutgandir. Lekin nim a bo'lganida ham
uning ishi pirovardida ezgulikka xizmat qildi. U inqilobning eng buyuk 
kuychisiga aylandi.
Tomas Peyn o ‘zining qator pamiletlari orqali amerikaliklami yanada 
mardotiavor jang qilishga va yangi millatni yaratishga undadi. 1776-yil 9-yan- 
varda u o'zining eng birinchi pamfleti bolgan «Sogiom fikr»ni chop etdi. Uni 
mustamlakalardagi o ‘nlab gazetalar ko‘chirib bosishdi. Qirol Joq (Georg) III 
ga qarshi qaratilgan ushbu asar monarxiyaga nisbatan isyon edi. Chunki u 
daviila hali ko'pchilik monarxiyani eng odil va eng to ‘g‘ri boshqaruv usuli deb 
hisoblab kelardi. Hatto Amerikadagi Kontinental Kongress — mustamlakalar 
parlamenti ham urush harakatlarini o ‘rtamiyona bir hoida qo‘llab-quwatlab 
turgan edi. Kongressmenlar hamon tomonlaming o ‘zaro kelishuviga umid 
bog‘lashardi. Shunday bir vaziyatda Peynning pamfletlari qo‘zg'olonchUami 
shiddat bilan olg‘a borishga undadi.
«SogMom fikr» pamfleti o ‘z davrida rekord nusxada sotilgan asar 
hisoblanadi. Agar o ‘sha davrdagi Shimoliy Amerika mustamlakalari ah o - 
lisining soni 2,5 million bo‘lganini hisobga olsak, uning 250 ming nusxada 
tarqalganidan qanchalik ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lganini anglash qiyin 
emas. Buning ustiga qanchadan-qancha oiialar va do'stlar bitta nusxani 
o ‘zaro birlashib o'qishgan.
Tomas Peyn 1776-yili «Amerika inqirozi* pamfletlar turkum ining 
birinchisini e ’lon qildi. Ushbu pamflet yangi davIat-Amerika Q o‘shm a 
Shtatlari fuqarolarini o ‘z tanlagan yo'llaridan og'ishmaslikka d a’vat etdi. 
Inqilobiy kuchlar bosh qo'mondoni Joij Vashington Britaniya qo‘shiniga 
qarshi bo'Iajak eng muhim Kujum oldidan o ‘z askarlariga mazkur pam f- 
letni o ‘qib chiqishni buyurdi. Yetti kundan so‘ng Vashington qo“shinla[i 
aw al Nyu-Jersining Trenton va bir haftadan keyin esa Prinston viloyat- 
larida m uhim zafar quchishdi.
3-fasl.
XIX asr matbuoti. Ilk kundalik gazetalar
Amerikada dastlabki kundalik gazeta 1783-yiIda — Inqilob yakuniga 
yetgach, nashr qilindi. Bu matbaachi Benyam in T aun tomonidan Filadel- 
fiyada chiqarilgan «Pennsylvania Yevening Post» (Pensilvaniya ivning post) 
gazetasi edi. Shunday qilib, mamlakatda c h o p etilgan birinchi ro‘znom a
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan ilk kundalik gazeta orasidagi farq 93 yilni tashkil etdi. Benyamin 
T au n vatanparvar m uharrirlardan edi. 1776-yiIi u Mystaqilllk Dekla- 
ratsiyasini birinchi b o ‘lib o ‘sha paytlar hali kundalikka aylanmagan «Ivning 
post*da e ’ion qilgach, tezda Füadelfiyadagî boshqa beshta gazeta ham 
uning matnini chop etishdi.
XVIII asm ing ikkinchi yarmida Pensilvaniya Amerikaning siyosiy 
jihatdan eng faol sh ta ti b o 'lib qoldi. Buni quyidagi faktlar ham isbotlaydi. 
Masalan, 1800-yiIga kelib mamlakatning yirik bandargoh (port)Iari va 
tijorat markazlarida chiqadigati 16 ta kundalik gazetaning oltitasi Fila- 
delfïyada, beshtasi N yu-Y orkda, uchtasi Baltimorda va ikkitasi Charls- 
tonda chop etilar edi. Qizig‘i shundaki, Amerika gazetachiligi tug'ilgan 
o ‘lka boMmish B ostondek yirik port shaharda hali bironta ham kundalik 
gazeta yo‘q edi.
Filadelfiyada m a ’Ium m uddat hatto Samuel Harrison Smitning bir 
kunda ikki m arotaba chiqadigan «Nyu uorld* gazetasi ham chop etilgan 
edi. Lekin bu tajriba muvaflaqiyatsizlikka uchradi. U m um an, 1820-yilga 
kelib Amerika Q o 'sh m a Shtatlari hududida jam i 512 ta gazeta chop 
qilingan bo‘lsa, ulardan 24 tasi kundalik, 66 tasi haftada uch marotaba 
chiqadigan va 422 tasi haftalik nashrlar edi. G archand gazetalar soni o ‘sib 
borayotgan b o ‘lsa-da, 
narxi qimmatligidan ulam i 
asosan badavlat 
fuqarolargina o'qishardi.
Amerika m atbuotining tarixiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, gazetalaming 
tashkil topishi va tez s u r’atlarda tugatilishidan ushbu mamlakat ju m a- 
listikasi katta qiyinchilik bilan shakllanganini va beqaror rivojlanganini 
ko‘ramiz. M asalan, 1690-yildan 1820-yilga qadar Amerikada 2120 ta 
gazeta chop qilingan. Ulam irig yarmidan ko‘pi ikki yilga yetmasdan 
tugatilgan. Faqatgina 34 tasi bir avlod umri b o ‘yi (2 5 -4 0 yi!) chiqishda 
davom etdi. Bundan xulosa qilsa boladiki, Amerika matbuotining tarixi 
o ‘ziga xos uzoq va qiyin tairaqqiyot yoMini bosib o ‘tib, zamonaviy 
jum alistika uchun zam in yaratdi.
XIX asr boshidagi matbuot. Amerikaning XIX asrdagi tarixi asosan 
o ‘sish va rivojlanishdan iborat: shaharlar ko‘paydi, aholi soni o ‘sdi, yangi 
texnologiyalar paydo b o ‘ldi, biznes taraqqiy etdi, erlar kengaydi. Eng 
muhimi, 1803-yiü Prezident Tomas Jefferson davrida Amerika hayotida 
olamshumul hodisa ro‘y berdi: «Luiziana savdosi* amalga oshdi. O'shanda 
Amerika hukumati Fransiyadan sarhadsiz Luiziana hududini atigi 15 mil­
lion AQSH dollariga sotib oldi. Mazkur savdo natijasida Montana tog‘- 
laridan tortib Meksika b o ‘g ‘ozigacha bo'lgan mülionlab kvadrat kilometr 
maydon AQSH tasarrufïga o ‘tdi. Keyinchalik bu hududda 12 ta yangi shtat 
tashkil etildi. M amlakat erlari ikki barobaiga kengaydi. XVIII asrda AQSH 
tarkibiga asosan shim oli-sharqiy va janubiy hududlardagi 16 ta shtat kirgan 
bo‘lsa, XIX asr davom ida yana 29 ta yangi shtat qo‘shildi.
Um um an olganda, Amerikaning g‘arbiy yerlaiga ekspansiyasi «Luiziana 
savdosi*dan bir m u n ch a ilgari, 1790-yilda AQSH Ittifoqi tarkibiga janubiy 
va janubi-g‘aibiy hududlardagi yangi shtatlami q o ‘shib olishidan bosh- 
langan edi. «Luiziana savdosi» esa AQSHning hududiy ekspansiyasini
www.ziyouz.com kutubxonasi


yanada kuchaytirib yubordi. Bu davrda AQSH m atbuoti rang-barang va 
turfazabon matbuotga ayiandi. f800-yilga kelib g'arbdagi yangi erlar 
hududida 21 ta yangi gazeta faoliyat ko‘rsata boshladi. U lar o 'z hududlari 
uchun ilk nashrlar edi.
Mahalliy tillardagi gazetalar. Amerika Q o'sh m a Shtatlari tashkU 
topganidan keyin mamlakatda ayrim xorijiy gazetalar nashr etila boshladi. 
Shulardan birinchisi 1794— 1798-yillar oralig‘ida Filadelfiyada nashri yo‘lga 
qo'yilgan fransuz tilidagi «Courrier Français» (K urer Franse) edi.
AQSH hududida fransuz tilidagi birinchi m ahalliy «M oniteur de la 
Louisiane» (M onityoor de lya Luizian) gazetasi esa 1794-yili Luiziananing 
N yu-Orlean shahrida chop etildi. Luiziana bu paytlarda hali Ispaniya 
nazorati ostida edi. M amlakatda tspan tilidagi birinchi «El Misisipi» (El 
Missisipi) gazetasi ham 1808-yili Nyu-Orleanda nashrdan chiqdi. Mahalliy 
amerikaliklar — hindilarning ilk nashri bo'lm ish «Cherokee Phoenix» 
(Cherokki finiks) gazetasi 1828-yilda Joijiya shtatida nashr etildi. To‘rt 
betdan iborat bu gazeta qisman ingliz va qisman cherokki tilida bosilardi.
Ommaviy nashrlaming tug‘ilishi. Amerika gazetxonlari partizan 
matbuoti nashrlarining o ‘zaro «jangidan* charchagan edi. Siyosiy ruhdagi 
va tijorat yo'nalishidagi gazetalarni asosan axborotga ega ziyolilar, 
ishbilarmonlar va aholining ma’lumotli qismi m utolaa qilardi. Albatta, bu 
qatlam ozchilikni tashkil etardi. Aholining aksariyatini tashkil qiluvchi 
ishchilar, dehqonlar va turli xizmat sohasi vakillari esa gazetalardan 
ko‘pincha bebahra edi. Qolaversa, gazetalarning qim m at narxi ham ulami 
keng ommadan yiroqlashtirishga xizmat qilardi. M asalan, kundalik gazeta 
o ‘rta hisobda olti sent turardi. Bu oddiy ishchi uchun bir kunlik tushlik 
ovqat narxi bilan barobar edi.
1830-yillarga kelib ommaga moMjallangan gazetalar paydo bo'ldi. 
Ular, birinchi navbatda, o ‘zining arzonligi, tilining soddaligi va siyosatdan 
nisbatan xoli boiganligi uchun ham keng o'quvchi om m asini o ‘ziga jalb 
qila boshladi. Ommaviy nashrlar atigi bir sent turardi. Shuning uchun ham 
bu davr matbuoti Amerika tarixida «Penni press», y a’ni, «bir chaqalik 
gazetalar» nomi bilan mashhur bo'ldi.
Xo‘sh, «bir chaqalik matbuot» yoki keng om m a uchun m o‘ljallangan 
nashrlar qanday paydo bo'ldi? XIX asming birinchi yarmida amalga 
oshgan sanoat inqilobi yangi texnologiyalaming kashf etilîshi va ishchilar 
sinfining o ‘sishiga otib keldi, savodxonlik darajasi oshdi. Asosan qo‘l 
m ehnatini talab qiladigan bosma dastgohlar o 'rn in i bug* yordamida 
ishlaydigan uskunalar egallay boshladi. 1830-yilga kelib Angliyada Devid 
N apier tom onidan bug* kuchi bilan ishlab, soatiga 4 ming nusxagacha 
chop etish qudratiga ega bo‘lgan bosma uskuna kashf etildi. Amerikaliklar 
tez orada ushbu dastgohdan o ‘z mamlakatlarida keng foydalanishni yo'lga 
qo'yishdî. Bu gazeta tannarxining keskin pasayishiga va axborot bozorida 
katta raqobatning yuzaga kelishiga ko‘mak berdi.
Shunday qilib, XIX asming birinchi yarmida Am erikada keng om ­
maga mo'ljallangan matbuot paydo bo4Idi. Ya’ni, bu matbuot o ‘rta hol 
kishilar va ishchilami o ‘z o ‘quvchilari doirasiga qam rab oldi. Tom
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’nodagi b irinchi ommaviy nashr 1833-yili Nyu-Yorkda chop etiidi. Bu 
«Nyu-York m orning post* («New York M orning Post*) gazetasi edi,
A lbatta, b u ndan sal ilgariroq, 1830-yili Filadelfiyada doktor Kristofer 
Kolambas K onvel tom onidan ommaviy nashrga asos solinishga urinish 
bo‘lgandi. L ekin Konvelning gazetasi tezda muvafaqqiyatsizlikka uchradi. 
«Nyu-York m orning post* esa Amerika jurnalistikasida «inqilobiy davr*ni 
boshlab berdi. E ndi gazetalar obuna orqali emas, balki kundalik sotuvga 
ham chiqa boshladi. Ular shov-shuv (sensasiya) orqasidan quvib oldi- 
qochdi m avzulardagi materiallarga liam ko‘proq o ‘rin beradigan bo‘lishdi. 
Shuningdek, reklam a ham ancha joyni egallardi.
Penni m atbuotning adadi kun sayin ko‘paya bordi. Masalan, 1835-yili 
Jeyms G o rd o n Bennet tom onidan asos solingan «New York M orning 
Herald* (N yu-Y ork morning herald) gazetasining adadi bir yil ichida 20 
ming nusxaga etdi. Bu o ‘z davri uchun nihoyatda katta ko‘rsatkich edi. 
Ko‘rinib turganim izdek, «Penni press* dastlab asosan Nyu-Yorkda 
muvafTaqiyatli rivojlanib, tez orada boshqa shtatlarga liam ko‘chdi.
1835-yili Uilyam Dreyn Filadelfiyada asos solgan «Daily Transcript* 
(Deyli transkript) gazetasi tezda ommaviylashib ketdi. Bir yil o ‘ta r-o ‘tmas 
shaharda yana b ir nashr-«Philadelphia Public Ledger* (Ф иладелфия 
паблик лидерь) gazetasi chiqa boshladi va u ikki yil ichida o ‘z raqo- 
batchisi «Deyli Transkript*dan o ‘zib ketib, kuniga 20 ming nusxada 
tarqaladigan b o ‘ldi. 1837-yil 17-mayda Baltimorda ham «Балтимор Сун* 
(Baltim or san) gazetasi dunyoga keldi. N ashr adadi o ‘sha yildayoq 12 ming 
nusxaga etdi. 
1840-yilga kelib Amerikaning sharqiy qirg'oqlaridagi 
shtatlarda o 'n la b «bir chaqalik* gazetalar chop etila boshladi.
G azetalar o ‘rtasida raqobatning kuchayishi natijasida mamlakat 
poytaxti V ashingtonda Jurnalistlar korpusi vujudga keldi. Turli shtatlarda 
nashr etiladigan gazetalaming muxbirlari poytaxtda doimiy faoliyat 
ko‘rsatib, parlam ent va hukumat faoliyatini o ‘z gazetalarida yoritib borar- 
dilar. Bu A m erika jum alistikasi uchun yangi holat edi. Endilikda gazetalar 
faqatgina o ‘zlari joylashgan shaharlar va shtatlar haqida yozib qolmasdan, 
o ‘z muxbirlari orqali mamlakatning boshqa joylaridan tayyorlangan 
reportajlarni ham bera boshlashdi. G azetalar shu tariqa o ‘zlarining ma- 
halliy qobiqlaridan tashqariga chiqib, umummilliy, umumdavlat m uam m o- 
larini ham yoritadigan bo‘lishdi.
XIX asrning ikkinchi yarmi matbuoti. XIX asrning birinchi yarmi, 
xususan, 1800-1833-yilgacha Amerika m atbuoti uchun «yumshash davri* 
bo‘ldi. M a’lum ki, partizan matbuoti, ayniqsa, muxolifatdagi partiya 
nazorati ostida bo'lgan gazetalar raqib firqalar vakillari va hukumatni 
keskin tanqid qilar edi. Bunda jurnalistikaning asosiy unsurlaridan bo‘lgan 
obyektivlik tam oyili partizan matbuoti uchun asosiy xususiyat hisob- 
lanmasdi. Siyosiy partiyalarning o ‘zaro birlashuvi natijasida mamlakatda 
ikki flrqali tizim vujudga keldi. U shbu ikki siyosiy partiya o ‘rtasidagi o ‘zaro 
adovatning pasayishi, shuningdek, ommaviy matbuotning paydo bo‘lishi 
jum alistikada obyektivlik tamoyilini birinchi marraga chiqardi. Bilning 
natijasi o 'la ro q , XIX asrning birinchi yarmida AQSH matbuoti mazm unan 
va sifat jih atid an yaxshilana bordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XIX 
asming ikkinchi yarmi mamlakatning ichki siyosiy ziddiyatlari 
namoyon bo'lishi bilan boshlandi. Janubiy va janubi-g'arbiy yerlar AQSH 
tasarrufiga olingandan 
keyin 
tez 
orada 
m am lakatda 
b o ‘1inish — 
quldorlikning tarafdorlari (janub) va quldorlikka qarshilar (shim ol) paydo 
bo‘ldi. Quldorlik masalasi 1845—1865-yillar oralig'ida matbuotdagi eng 
dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Shu davrda qora tanli amerikaliklar 
tom onidan ham gazetalar chiqarila boshlandi. Sobiq qulvachcha Frederik 
Duglas 1951-yili «Федерик Дуглас Папер» (Frederik Duglas Peyper) 
gazetasiga asos soldi va qulchilikka qarshi kurash oiib bordi. Keyinchalik u 
«New Era* (Nyu Ere) gazetasida ham bosh m uharrir sifatida faoliyat 
ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsa-da, quldorlik masalasida eng asosiy kurash oq 
tanlilar tomonidan boshqariladigan gazetalar o ‘rtasida kechdi.
Mamlakatdagi keskinlik oxir-oqibat fuqarolar urushiga olib keldi.
1861-yil 12-apreldan 1865-yil 9-aprelga qadar Amerika Q o'shm a Shtatlari 
to ‘rt yiliik birodarkushlik urushini boshidan kechirdi. U rushda 620 
mingdan ziyod kishi nobud bo‘ldi. Bu AQSHnlng butun tarixi davomida 
tashqi urushlarda yo'qotilgan jam i askarlar sonidan ham ko‘pdir.
Fuqarolik urushi davri jumalistikasidagi ikki holatga e ’tibor berish 
kerak. Birinchisi, bu davrda haibiy jumalistika rivojlandi. Jum alistlar urush 
maydonlaridan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri repoitajlar berib borishdi. Buning 
natijasi o'laroq jumalistikada tezkorlik ortdi. Ikkinchidan, Amerika shimo- 
lida gazetalar ustidan vaqtinchalik senzura o'm atildj. M atbuot faoliyati 
ma’lum ma’noda nazorat ostiga olindi. Ayrim gazetalar hatto liarbiy 
qo‘mondonlaming buyrug'iga binoan to'xtatib qo‘yildi. Masatan, 1863-yiLi 
«Chikago Tayms* gazetasi general Ambroz Bemsayd buyrug'iga asosan 
yopildi. Nyu-York shahridagi gazetalar ustidan esa qattiq nazorat o ‘matildi.
Fuqarolik urushidan keyingi davrda AQSH m atbuotida keskin 
o ‘zgarishlar ro'y berdi. Bu paytga kelib matbuot eng katta biznes sohasiga 
aylandi. Yirik gazeta magnatlari — Jozef Puliser, Uilyam Xerst, U. Skripps 
va boshqalar aynan shu davrda o ‘z faoliyatlarini boshlashdi. Bu haqda 
keyinroq batafsil to‘xtalamiz, H ozir esa Fuqarolar urushidan keyingi davr 
matbuoti haqidagi fikrimizni davom ettiramiz.
♦Nyu-York Tayms gazetasi*. Bu gazeta ommaviy nashrlar bo‘lgan 
«bir chaqalik matbuot* davrida tug‘ildi. Uning ilk soni 1851-yil 18- 
sentabrda nashrdan chiqdi. 0 ‘sha paytlarda gazeta bir nusxasining qiymati 
chindan ham bir sent turar edt. «The New York Times* (Nyu-York 
tayms))ning yutug'i shunda bo'ldiki, «penní m atbuot*ning qariyb 20 yiliik 
tajribasi davomida to'plangau yutuq va kanichiliklardan chiqaiilgan xulosa 
uning yo'nalishini belgilashda qo'llanildi. Gazeta zam ondoshlari «Nyu- 
York san» va «Nyu-York herald»ga xos shov-shuvlarga giriftorlikni, «Nyu- 
York Tribyun»dagidek bir yoqlama siyosiy qarashlarni ifodalashni rad etdi. 
Faktlardagi aniqlik va tezkorlikka asosiy e ’tiborini qaratib, ehtiroslardan 
nisbatan xoli materiallami bera boshladi. Uning yana b ir e'tiborli tomoni 
shunda bo'ldiki, xorijiy xabarlar talqiniga keng o*rin ajratildi. Nyu-York 
'aholisi orasida turli mamlakatlardan kelgan m uhojirlar ko‘p bo'lganligi 
uchun gazeta tezda keng obro' qozondi. Bugun u nafaqat Amerikada, balki 
butun dunyoda eng nufuzli naslirlardan hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


U m u m an , «Nyu-York tayms* nashr etila boshlagan davrga kelib N yu- 
York sh a h ri ko‘pgina jabhalarda, xususan, iqtisodiyot, savdo, matbaachilik 
bobida va aholisining soni jihatdan mamlakatda qat’iy birincliilikka chiqib 
olgan edi. XIX asm ing o ‘rtalarida shaharda bir paytning o ‘zida o ‘nga yaqin 
kundalik gazeta faoliyat ko‘rsatdi.
X IX asm ing ikkinchi yarmi, xususan, 1880— 1900-yillar Amerika 
uchun katta o ‘sish va o'zgarishlar davri bo‘ldi. Yuqori darajadagi mexa- 
nizatsiyalashtirish, sanoatlashtirish va urbanizasiya jamiyatdagi katta ijti- 
moiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy taraqqiyotga turtki b o id i. Shaharlar 
soni 8 m ingtaga yetib, ularda istiqomat qiladigan aholl ikki barobarga 
ko‘pavdi. Agar buni raqamlarda ko‘rsak, 1880-yili shaharlar aholisi 11 
m illion kishini tashkil qilgan bo'lsa, 1900-yilga kelib bu ko‘rsatgich 25 
m illion kishini tashkil etdi. Ya’ni, bu 1900-yilgi mamlakat jam i aholisining 
(76 m illion) 33 foizi demakdir. Vaholanki, 1880-yilda ushbu ko‘rsatkich 
22,7 foizga teng b o 'ld i1. N yu-Y ork 1,5 million kishi istiqomat qiladigan 
eng yirik shaharga aylandi.
A na sh u 20 yillik davr m obaynida chet ellarda tug‘ilgan 9 million 
fuqaro m am lakat aholisi tarkibiga kelib qo'shildi. Natijada, 1890-yilga 
kelib N yu-Y ork aholisining 80 foizini xorijda tug‘ilganlar yoki aslida 
boshqa yurtlardan kelgan ota-onalardan tu gïlgan farzandlar tashkil yetar 
edi. But un m amlakat bo‘ylab davom etgan bu jarayon, o ‘z navbatida, 
Amerika jurnalistikasining qiyofasini ham o ‘zgartirib yubordi. Bu o*zga- 
rishni ikki jihatdan kuzatish m um kin. Birinchidan, kundalik gazetalar son 
jihatdan o ‘sdi. Masalan, faqatgina ingliz tilidagi kundalik gazetalar soni 
1870-yilda 489 tani tashkil qilgan b o ‘lsa, 1900-yilga kelib 1967 taga etdi. 
H aftalik gazetalar ham ko'rsatilgan davrda uch barobar oshdj. Ularning 
soni 1870-yili 4 mingtadan, 1900-yilga kelib 12 mingga yetdi. Ikkinchidan, 
Amerika tarixida «sariq m atbuot*ning paydo bo‘Iishi aynan XIX asming 
so‘nggi ikki o ‘n yilligiga to ‘g‘ri keldi.
«S ariq matbuot» - yangi davr taqozosi. M azkur iboraning paydo bo‘- 
lishi Jo z e f Puliser va Uilyam R endolf Xerstning gazetachilik faoliyati bilan 
bog‘liq. Bu ikki shaxs, ayniqsa, Puliser Amerikada yangi davr matbuoti 
vujudga kelishiga katta hissa q o ‘shdi. U yakshanbalik gazetani eng 
serdarom ad nashrga aylantirdi. Albatta, 1883-yilga qadar, ya’ni, Puliser 
yakshanba kunlari chiqadigan «Sandi uorld» gazetasini tashkil etishidan 
oldin ham mam lakatda 100 dan ziyod gazetaning yakshanbalik sonlari 
nashr qilib turilar edi. Biroq ular oddiy kundalik gazetalardan unchalik 
farq qilm asdi. «Sandi uorld» ayollar, turli yoshdagi gazetxonlar va spoit 
ishqibozlariga bag'ishlangan maxsus ichki ilovalarni o ‘z o ‘quvchilariga 
taqdim etdi. Puliser ko'ngilochar sahifalarni ko‘paytirish va doimiy yangi- 
liklar qism ini kuchaytirish evaziga yakshanbalik gazetani «qalinlashtirdi*. 
N atijada, b u nashr faqat sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib qol- 
m asdan, k atta darom ad manbaiga ham aylandi.
»
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Sandi uorld»ning kundaük nashri b o ‘lgan «Uorld») 1889-yilda 
Amerika, gazetalari orasida birinchi bo‘lib rangdor bo‘yoqlami ishlata 
boshJadi. 0 ‘sha уШ gazetada doimiy komikslar sahifasi ham yo‘lga qo‘yildi. 
Komikslaming asosiy qahramoni sariq rangda bo‘yalgan kichkintoy edi. U 
tezda m ashhur bo'lib ketdi. Gazetxonlar h ar yakshanba kuni «Sariq 
kichkintoy»ning yangi sarguzashtlarini intizorlik bilan kutadigan bo‘Lib 
qolishdi. «Sariq matbuot» yokl «Sariq jum aüstika» iborasi o'shanda paydo 
bo‘lib, hozir butun dunyoda shov-shuvlar va sensasiyaga moyil matbuotga 
nisbatan ishlatiiadigan atamaga aylandi.
«Sariq kichkintoy» tufayli «Sandi uorld»ning adadi keskin ko‘tarilib 
ketdi. Komikslar keng o ‘quvchilar om m asini o ‘ziga jalb qila boshladi. 
Buning asosiy sababi ulaming tili sodda, tushunarli, mavzulari esa hayotiy 
va qiziqarli ekanligida edi. Hatto, ingliz tilida qiynalib gapiradigan va 
o'qiydiganlar ham bu qisqa izohli rasmlarda ifodalangan mazm unni 
bemalol tushunib olardilar.
«Sariq kichkintoy»ning bunday muvafaqqiyatli «yurishini» ko‘rgan 
Uilyam Rendolf Xerst «Sandi uorld»ning bosh muharriri Morril G od- 
dardni o ‘zining Nyu-Yorkda chop etiladigan «M om ing jornal» gazetasiga 
bir amallab ishga jalb qila oldi. M. Gt>ddard esa, o ‘zi bilan birga ishlab 
kelayotgan qator iqtidorli jum alistlarni, jum ladan rassom Richard 
Autkoltni «Jornal»ga boshlab bordi. Shu bilan, tabiiyki, «Sariq kichkintoy» 
ham «yangi uyga» ko‘chib o 'td i1.
• 
«Jornal» tezda ommaviylashib, «Uorld»ning asosiy raqobatchisiga 
aylandi. 1896-yiIga kelib uning kundalik adadi 437 ming, yakshanba soni 
esa 380 ming nusxaga yetdi. M. G oddard ketganidan keyin m a’lum 
muddat qiyinchilikni boshidan kechirgan «Sandi uorld» gazetasining adadi 
ham yangi m uharrir Artur Brisbeyn rahbarligida tez orada 600 ming 
nusxaga ko‘tarildi. Bu hali so‘nggi nuqta em asdi. AQSH prezidentligiga 
nomzodlar M ak Kinli va Brayenning saylovoldi kampaniyasi davrida 
«Uorld» va «Jomal» har bin kuniga 1,5 m illion nusxada sotildi. Bu 
raqamlar hatto hozir ham Amerika m atbuoti u ch u n rekord ko'rsatkichlar 
hisoblanadi. Mamlakatning «katta matbuoti» ana shunday kurashlar 
natijasida shakllandi. Bugungi kunda uning doirasi kengayib, yirik nashrlar, 
radio va televizion kompaniyalarni o ‘z ichiga oladi.

Pulitscr «Sandi uorld»dagi bu inqirozdan so‘ng ham ancha payitgacha «Sariq 
kichkintoy» sarguzashtlarini kichkintoylar c'tiboriga havola qilishda davom etdi. M. 
Goddard «Jomal»ga o'tib ketganidan so‘ng u N yu-Yorklik mashhur journalist Artur 
Burssbeynni «Sandi uodda»ga jalb etish uchun astoydil harakat qildi va pirovardida 
bunga erishdi. shundan keyin gazeta yanada kuchaydi. Ammo noshir Xerstnning 
hiylakoronajishbilarmonligi yana o‘z ishini ko'rsatdi. 1897-yili A. Brisbeym va uning 
rassomi Jo
tj
Luks Xerst ixtiyoriga ishga o ‘tdi. «Sandi yorld» komikslari berishdan 
to'xtadi. gazetaning adadi ham pasaya bordi. endi uning o ‘zini tiklan olishi qiyinlashdi.
XX asr boshida u bankrotga uchradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish