partiyalar faoliyatining kuchayishi va tijoratning avj olishi matbuotning
rivojlanishiga ham katta ta ’sir ko‘rsatdi. Xususan, partizan matbuoti ana
shu davrda tug‘ildi va shakllandi. Uning m ustam lakachi matbuotdan asosiy
farqi mavjud hokim iyatga nisbatan muxolif mavqeda turganligida edi.
Partizan m atbuoti siyosiy matbuot b o iib , biron-bir dunyoqarashni astoydU
himoya qilar y o k i-m a ’Ium bir siyosiy guruh yoxud partiya manfaatlarini
qo‘Uab-quwatlab turardi. Partizan matbuoti odatda, ana shunday guruhlar
tom onidan moliyaviy ta ’m inlanar edi.
Bu m atbuotning maqsadi va yo'nalishi asosan hurriyat va erkinlik
g‘oyaiarini m adh etishdan, xususan, Shimoliy Amerika mustamlakalarining
ozodlik uchun kurashini targ'ib qilishdan iborat edi. Umuman, o ‘z
mohiyati bilan B ritaniya tojining Shimoliy Amerikadagi mustamlakachilik
siyosatiga qarshi qaratilganligi bois uning faoiiyati mustamlaka hokimiyati
uchun o ‘ta noqulay edi. Partizan matbuoti AQSH mustaqillikka erish-
ganidan keyin ham XIX asrning 30-yillariga qadar davom etdi. Faqat bu
davrda ushbu m atbuot mustaqil davlatdagi o'zaro qarama-qarshi siyosiy
partiyalaming quroU sifatida gavdalandi.
Turli siyosiy va o ‘zaro muxolif guruhlar orasidagi tortishuvlar ayrim
paytlar sud ishlari bilan yakunlanardi. Agar ziddiyat matbuotda o ‘z
ifodasini topsa, k o ‘pincha jumalist yoki noshir javobgar bo‘lardi. Shuning
uchun ham m atbuot organi ko‘pincha tuhm at qilganlikda ayblanardi.
Ammo gazetalar bilan bog‘liq sud ishlarining ijobiy tomoni shunda ediki,
ular tufayli sohaga o id qonunchilik asta-sekin shakllanib bordi. Jum ladan,
Shimoliy A m erikaning mustamlaka davrida m ashhur bo'lgan «Zenger ishi»
keyinchalik jurnalistikaning rivoji va erkinligini himoya qilish uchun katta
ahamiyatga ega b o ‘ldi.
Zenger ishi va m atbuot erkinliginiog himoyasi. Mustamlaka davrida
Amerikaning bunday hududlarida matbuot erkinligi bo‘yicha nishonlangan
eng katta bayram - b u , shubhasiz, 1734— 1735-yillardagi Piter Zenger ishi-
d a jurnalistika m anfaatlarining himoyalanishi bo'ldi. Garchand, Zenger
o ‘rnak bo'ladigan voqeaga aylanmagan e sa-d a1, uning jurnalistikada
erkinlik ruhini ko‘tarish borasidagi ta ’siri beqiyos bo‘ldi.
Jon Piter Z enger 1733-yil 5-noyabrda «Nyu York Uikli Jornal»
(«New York weekly journal») gazetasi faoliyatini yo‘lga qo‘yganda sha-
harda yana bir gazeta-U ilyam Bredfordga (Endryu Bredfordning otasi)
tegishli «Nyu-York G azett» («New York gazette») nashr etilar edi. Shun
day qilib, aslida, U . Bredfordning shogirdi bo'lgan P. Zenger ustozi bilan
raqobatga kirishdi. Bu oddiy raqobat emas, balki shahardagi ikki yirik
siyosiy guruhning o ‘zaro kurashi edi.
*
Prcsendent huquqi ingliz-sakson huquqiy tizimi uchun xos bo‘lib, unga ko‘ra,
qabul qilingan m uayyan sud qarori kcyinchalik shu sudda yoki u bilan teng bo‘lgan
yoki quyi instansiya sudlari tom onidan ko‘riladigan boshqa o'xshash ishlar uchun
huquqiy
m e ’y o r g a
aylanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zenger gazeta muharriri bo'lishi arafasida N yu-Y orkda katta ta ’sir
kuchiga .ega siyosiy guruhlar o ‘zaro kelishlnay qotishdi. . Kuchlaming
bo'íinishi Londondan Nyu-York koioniyasiga ser ü ily am Kosbi gabem ator
qilíb jo'natilganidan keyin boshlandi. Kosbi ish boshlaguniga qadar
gubem ator vazifasini Rip Van D am ismli kishi vaqtinchalik bajarib turdi.
Shaharga kelgach, Kosbi Van Dam dan muvaqqat gubem atorlígi davrída
oigan maoshining yarmini berishni talab qildi. Van D am bu talabni rad
etdi, Nyu-York Oliy sudi ham Kosbini qo‘üab-quw atlam adi. Bundan
darg'azab bo‘lgan yangi gubem ator koloniya Oliy sudi raisini o'zi uchun
qulay boigan kishi bilan almashtirdi. Shunday qilib, m ashhur huquq-
shunos Jeyms Aleksandr, sobiq Oliy sud raisi Luis M orís (bu paytda u
Nyu-York assambleyasida o 'rin egallashga ulgurgan edi) sobiq gubem ator
Rip Van Dam gubem ator Kosbi m a’muríyatiga qarshi kuchlarga boshchilik
qilishdi. Kosbi va uning tarafdorlari manfaatini yarim rasmiy hisoblangan
«Nyu-York gazett» himoya qilar edi. Shuning uchun h am gubernatoming
muxoliftari o ‘z mavqelaríni himoya qiladigan nashrga ehtiyoj seza
boshlashdi. Ular Zengeming gazeta chiqaríshidan m anfaatdor bo‘lish bilan
birga, uni har tom onlam a qo'llab-quw atlab turdilar. N atijada, «Nyu-York
Uikli Jornal» shahardagi muxolif nashrga aylandi.
Gazeta gubemator Kosbini tanqid qila boshladi. Ayniqsa, fransuz
harbiy josus kemasining mustamlaka-koloniyaning Iiududiy suvlariga kiri-
shiga shaxsan gubemator tom onidan ruxsat berilganiga keskin munosabat
bildirildi. G ubem ator m a’muriyati Zengerni «mojarolar keltiríb chiqarishda
va qo‘zg‘olonga da’vat etishda» ayblay boshladi. N ihoyat, 1734-yil 17-
noyabrda Zenger hibsga olindi. Sud ish ko‘rilgunga qadar 400 funt sterling
miqdoridagi garov evaziga Zengerni vaqtinchalik ozod qilishga qaror qildi.
Ammo hech kimda garov uchun to'lashga pul topilm adi. Natijada, Zenger
keyingi to ‘qqiz oy umrini qam oqda o'tkazisliga m ajbur b o ‘ldi. Qizig'i
shundaki, u hibsdalik chog‘ida ham gazeta chiqishdan to'xtam adi. Piter
Zengeming xotini Anna uning nashrini davom ettirdi. «Jornal» uzilishsiz
chiqib turdi.
Zenger^a tuhmat qilingan sud ishi 1735-yil avgustda boshlandi. Kosbi
ishning ko'rilishi o ‘zi xohlaganchalik borishi uchun hakam lar qatoriga yana
ikki kishini kiritdi.
0
‘sha paytdagi inglíz qonunlariga ko‘ra, sud qonun
buzilganligini isbotlashi yetarli edi. Buning uchun sudyalam ing ko'pchiligi
haqiqatan ham qo‘zg‘olonga d a ’vat qilishni taqiqlovchi qonunga xilof ish
tutilganligini tasdiqlashi kifoya qilardi. Mazkur voqeagacha barcha sud
ishlari shu tartibda olib borilardi. Ishda haqiqat, ya’ui, e ’lon qiliiigan
materíallaming haqiqatga to 'g 'ri kelishi mutlaqo inobatga oíinm as va sudda
himoya vazifasini o'tam as edi. Qonun buzilish fakti sud qarori uchun
yagona asos hisoblanardi.
Biroq, Zenger ishi Kosbi o ‘ylaganchalik oson kechm adi va qolaversa,
jazolanishi kutilgan odam ishni yutib chiqdi. Bunda birinchi marta
«haqiqat» prínsipi sudda ayblanuvchining himoyasi sifatida* qoilandi.
Qisqacha aytganda, adolat g'alaba qozondi va Zenger aybsiz deb topildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ish m atbuot erkinligi foydasiga ha! bo‘lishining yana bir sababi bor edi.
Sudda filadelfiyaiik obro'li advokat Ejidryu Hamilton Zengeming himoya-
chisi sifatida ishtirok etdi. Keksa oqlovchi haqiqatning fakt sifatida ko‘rilishi
lozimligini astoydil talab qildi va hakamlaidan o ‘z vijdonlariga quloq
solishlarini so'radi. Hamiltonning xatti-harakatlari qonunga bo‘ysunmaslikka
o'xshab ketsa-da, sud raisi Oelansi bunga urg'u berib, qattiq turib olmadi.
Birinchidan, u ayblaiiuvchiga nisbatan haqiqat va adolat prinsiplarini
qo'llashni talab qilishni advokatning huquqi deb bildi va bag'rikenglikni
nam oyon etdi. Ikkinchidan, bu paytga kelib shahardagi ijtimoiy va siyosiy
vaziyat o'zgaigan, jamoatchilik fikri Zenger tom on og‘ib ulgurgandi. Sudya
gubem ator manfaatlarini himoya qilish bilan birga, yuzaga kelgan ijtimoiy
vaziyatni ham hisobga olmasdan iloji yo'q edi. Haqiqat ana shunday qaror
topdi va pirovardida matbuot erkinligi g‘alaba qozondi.
Ilgari t a ’kidlanganidek, Zenger ishi o ‘z zamonida o ‘niak namunasiga
aylanmadi. Bunga Britaniya hukumati va toji yo‘l ham qo‘ymas edi. Lekin
yarim asr o ‘tgach, Zenger ishiga qaytadan murojaat qilindi. M azkur sud
ishining aks-sadosi mustaqillikka erishgan Amerika Qo'shma Shtatlarida
eshitila boshladi. Pensilvaniya shtati birinchi bo‘lib haqiqat prinsipini himoya
vositasi sifatida ta n oldi va bu 1790-yili qabul qilingan shtat Konstitutsiyasiga
kiritildi. N yu-Y ork shtatining o ‘zi esa haqiqat prinsipini 1805-yilda e ’tirof
etdi. Xullas, Zenger ishi AQSH tarixida izsiz yo'qolib ketmadi.
M atb u o t inqilob arafasida. Shimoliy Amerika mustamlaka hudud-
larida B ritaniya hukmronligiga qarshi norozilik xatti-harakatlari tobora
kuchayib borardi. Angliya hukumati mustamlaka hududlarini boshqarishda
qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Bunday hukmronlik tarafdorlari va
unga qarshilar yaqqol ko‘rinib qoldi. Tarafdorlar Tori partiyasi a ’zolari,
qarshilar esa radikal hamda vatanparvar kuchlar edi. Hatto Tori partiya-
sining o ‘zida ham ichki bo‘linish yuz berdi. Tori loyalistlariga (Britaniya
tojiga sodiq kishilar) qarshi tadbirkorlar (kapitalistlar) fraksiyasining «M us
tam laka qanoti» (kolonial vig) q a t’iy qarshi turdi. Hali mustaqil partiya
darajasiga yetm agan bo‘lsa-da, sezilarli ta ’sir kuchiga ega bo‘lgan viglar
iqtisodiy erkinlik tarafdori edilar. H ar bir partiya va guruh o ‘z matbuot
nashriga ega edi.
Inqilobiy nashrlar. Amerika inqilobi mamlakat jumalistikasi rivojini
tezlashtirib yubordi. G azetalar nafaqat son, balki sifat jihatidan ham o ‘sdi.
K o'pgina haftalik nashrlar haftada ikki-uch marotaba chiqa boshladi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaga qarshi olti yillik qurolli kurash
davom ida sobiq shimoliy mustamlakalar hududida (AQSHning hozirgi
shim oli-sharqiy hududidagi shtatlarda) 35 ta yangi gazetaga asos solindi.
U lam ing barchasi vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan haftalik inqilobiy
nashrlar edi. U rush yakuniga kelib ulardan faqatgina 20 tasi qoldi. 40 ming
xonadonga yetib boradigan bu inqilobiy gazetalaming doimiy o ‘quvchilari
soni kam ida
100
ming kishini tashkil etardi.
«New Y ork G azette and Mercury* (Nyu-York gazett end merkyuri),
«The H artfort Post* (Xartfort post), «Connecticut Courant* (Konnektikat
kurant) kabi gazetalar inqilobiy nashrlarning eng ommaviylari edi. «Con
www.ziyouz.com kutubxonasi
necticut CouranU o'sha davr uchun eng katta ko‘rsatkich — 8 ming obu-
nachiga ega edi.
Inqilob namoyandalari. Amerika inqilobi arafasidagi vaziyat va mus-
tamlaka hududlar-koloniyalarda komil jumalistlar hamda ozodlik kurashi
namoyandalari yetishib chiqishiga zamin yaratdi. Tori partiyasining vakili,
«Rivingtons Nyu-York gazetter»ning muharriri Jeyms Rivington, viglaming
mafkurachisi, jurnalist va biznesmen Jon Dikkinson, radikallar tarafdori va
targ'ibotchisi Samyuel Adams, vatanparvarlaming otashin publitsisti va
muharriri Isiya Tomas o 'z davrining eng ko'zga ko‘ringan vakillari edi.
Amerika inqilobi arafasida shim oliy mustamlakalardagi siyosiy vaziyat
tobora taranglashib borardi. M ustaqillik urushida ishtirok etishdan bosh
tortganligi uchun amerikaliklar Tori partiyasi vakiliarini sotqinlikda
ayblashdi. Aslida esa, ular sotqin em as, balki o ‘z mamlakati — Buyuk
Britaniyaning eng sodiq fuqarolari, qolganlar esa, qo'zg'olonchilar edi.
Faqatgina urushdagi mag'lubiyat torichilarni sotqinga chiqardi.
Vaholanki, qurolli to ‘qnashuvlar avjiga chiqqan bir paytda, 1776-yili
20 foiz aholining bosh g‘oyasi m ustam laka jamiyatining asosiy tizim ini
saqlab qolishdan iborat bo'lgan torichilarni qo ilab -q u w atla r edi. Tori
firqasi mustamlaka hududlarini mulkchilik huquqi, merosxo'rlik va ingliz
a n ’analarini saqlab qolgan holda boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |