“pazraftor”
so‘zi ham
yangiligi, ham nashrimizdagi xatoni tuzatish nuqtayi
nazaridan g‘oyat muhim: “Pazraftor” – sayyodlarni rasmi
ermishkim, yangi giriftor bo‘lgan qushning oyoqiga
qochar vahmidin tovug‘ning yumurtg‘asidin
(tuxum)
ulug‘rog‘ g‘uncha suratlig‘ toshni osar ermishlar. Ani
pazraftor, poyi giriftor ham derlar ermish. Chunonchi,
Amirning baytlaridin mundog‘ zohir bo‘lur, bayt:
Ulpariko‘ngliuchunruhumasir-uzorerur,
Bul’ajabtoshiqanotsizqushg‘apazraftorerur”.
(275-bet)
Endi shu baytni Alisher Navoiy “Mukammal asarlar
to‘plami”ning I jildidan ko‘chiramiz:
Ulpariko‘ngliuchunruhumasir-uzorerur,
Bul’ajab toshi qanotsiz qushg‘a badraftor erur.
(1988, 128-bet)
Demak, noshirimiz “pazraftor” so‘zini bilmagani
uchun uni yozuvda shakldosh “badraftor” deb xato
ko‘chirgan.
Ko‘ngil (yurak) g‘unchaga o‘xshaydi. “Pazraftor”
so‘zi hozircha biz tanishgan lug‘atlarda uchramadi.
Bayt mazmun-mantig‘iga bu so‘z juda o‘rinli.
Lirik qahramon ruhi – hush, yor yuragi – uning
oyog‘iga bog‘langan tosh. Shu tosh tufayli qanotsiz ruh
sudralib yurishga ham qiynalmoqda...
Bizningcha,
“pazraftor”
degan so‘z yo‘q. Bu so‘z
“bozraftor”
bo‘lishi mumkin. Chunki boz “tutib qolish”
ma’nosini ifodalaydi (masalan:
bozdoshtan
– to‘xtatib
qolmoq).
Yana bir misol. “Osmona – uyning saqfig‘a ayturlar.
Amir “Sab’ai sayyor”da “Muqbil-u Mudbir” hikoyatida
buyururlar, bayt:
Qasrul,saqf-uosmonahamul,
Taxtul,ofatizamonahamul”.
(267-bet)
Mazkur so‘z “Sab’ai sayyor”ning 1993-yilgi nashrida
xuddi shu baytda “ostona” shaklida berilgan. Agar
qofiyaga e’tibor berilsa, bu baytda ushbu so‘z “ostona”
emas, “osmona” bo‘ladi.
Ushbu lug‘at mutolaasi ilgarigi lug‘atchilik
tajribalarining o‘ta asosli va chuqur ilmiy bir an’anasiga
e’tiborimizni jalb etadi. “Burxoni qote’”, “G‘iyos ul-
lug‘ot”, “Charog‘i hidoyat”larda biror so‘zning har xil
ma’nolari aytilganda o‘sha ma’nolarni talqin etgan
kitoblar yo mualliflarning 2, 3, 4 nomlari ham keltiriladi.
Bu mulohazamizni Navoiy asarlari lug‘atlaridan “adno”
so‘zi talqinida kuzataylik:
– tuban, eng past, pastkash, arzimagan, ozgina
(1972, 30-bet);
– to‘rt jildli Navoiy lug‘atining 1-jildi: 1) eng past,
quyi, tuban; 2) ozgina; 3) kichkina, arzimagan; 4) pastki
tabaqa odamlari (41-bet);
– “Farhangi osori Jomiy”: pasttar, furo‘tar, poyontar
(25-bet);
– Muhammad Xoksorning “Muntaxab ul-lug‘ot”ida:
yaqinroq; ko‘pligi: adoniy (32-bet).
Ko‘rib turganimizdek, Xoksor lug‘atidagi ma’no
talqini yangiligi, o‘zgachaligi bilan diqqatga sazovor.
To‘g‘ri, bu talqin “adno”ning birgina ma’no ifodasi
bilan cheklangan bo‘lsa-da, ohorli. Demak, Xoksor
ko‘p lug‘atlardan voqif bo‘lib, o‘zi topgan yangi-yangi
ma’nolarni qayd etish payida bo‘lgan ko‘rinadi.
Ushbu mulohazamizni
“mazor”
so‘zi ham isbotlaydi:
– “Farhangi osori Jomiy”: go‘r, qabr (355-bet);
– Muhammad Xoksor lug‘atida: ziyoratgoh (206-
bet).
“Misos”
so‘zi talqinida ham har xillik kuzatiladi:
– Navoiy lug‘ati (1972): surkalish, tegib ishqalanish
(394-bet);
– to‘rt jildli Navoiy lug‘atida: surkash, silash,
ko‘rishish, muloqot;
– “Farhangi osori Jomiy”: molidan, sudan (398-bet);
– “Muntaxab ul-lug‘ot”: ba hamdigar basudan (o‘zaro
surkalish) (207-bet);
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
29
Tahlil
Sadriddin Ayniy lug‘ati: 1) biror narsani badanning
biror joyiga ishqalash; 2) qo‘l bilan ishqalash. Mana,
beshta lug‘at talqinlari orasida Xoksor izohi yangi
ma’no qirrasi bilan ajralib turibdi. Xoksorning “Zubd ul-
lug‘ot”idan ko‘chiramiz: “Tanqir – cho‘qimoq demakdur.
Chunonchi, “Farhod va Shirin”da Qoran sangtaroshning
tosh yo‘naturg‘on yerida ayturlar, bayt:
Do'stlaringiz bilan baham: |