Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

Ibrohim HAQQUL,

filologiya fanlari doktori



BEDORLIK ZAVQI VA SOG‘INCHI

qolmaslik va yangilanib borishni nozik idrok etadi. 

Samoviy hissiyotlarga erk berish fursatlarini nazardan 

soqit qilmaydi. Uning: 

Ogahiy, jahd et musohib bo‘l haqiqat ahlig‘a,

Tobakay bo‘lg‘ay majoz ahli bila ulfat sanga, –

degan fikrlari ham ayni shu ehtiyojdan tug‘ilgandir. 

Mana shu va boshqa qator sabablarga ko‘ra, 

Ogahiyning  fikr-qarashlarida  na  bir  zo‘rakilik,  na  bir 

quruqlik va mahdudlik bor. Shuning uchun Ogahiy ruh 

va taxayyul kuchiga tayangan san’atkor sifatida voqelik 

bilan yuzma-yuz turib bahslashishdan cho‘chimaydi. 

Ya’ni  “Har  toifaning  holig‘a  loyiq  va  har  jamoaning 

af’olig‘a muvofiq” so‘z aytish salohiyatini namoyish eta 

oladi. Bunda u, xususan, Alisher Navoiy tajribalari va 

ijodiy an’analaridan teran ta’sirlangan.

Badiiy so‘zning taqdirini ham, tarixini ham ijodkor hal 

qiladi. Zero, iste’dod bilan yaratilgan she’rning qismati 

ibratli va umri boqiydir. Bunday she’r vaqt va zamon 

chegarasini pisand qilmaydi hamda dunyoning eng 

muhim muammolarini anglash va yechishda mavjud 

voqelikka hech payt yuza qaramaslik va aldanmaslikka 

o‘rgatadi. Inson g‘amdan cho‘chiydi, ko‘pincha g‘amdan 

qochishga  harakat  qiladi.  Holbuki,  g‘am-g‘ussaga 

qaraganda inson umrini ko‘proq soxta quvonch, ahli 

tasavvuf ta’biri bilan aytganda, makruh shodliklar 

kemiradi va xarob aylaydi. Ogahiy bir g‘azalida xuddi 

shu masalaga diqqatni jalb etadi va nafsoniy shodlik 

sehriga berilmaslik hamda o‘tkinchi shodliklardan 

aldanmaslikka chorlab, she’r nihoyasida yozadi:

Shodlig‘ hirsi balolarg‘a solibdur barchani,

Voqif o‘l, ey Ogahiy, chekma baloyi shodlig‘.

Bu gap qariyb yuz to‘qson yil muqaddam aytilgan. 

Lekin “shodlig‘ hirsi” hanuz insonni balolarga giriftor etib 

keladi. 

Bizning nazarimizda, shoirning:

Mulk-u millatg‘a amin o‘lsa agar ogohlar,

Ikki olam obro‘yin hosil etkay shohlar, –

bayti bilan boshlanadigan g‘azali har bir avlod qayta-

qayta o‘qiydigan va o‘zicha mulohaza yuritadigan 

she’rdir.

O‘zini tanigan, o‘zining insoniy qadr-qimmatini 

hurmat qilishga qodir odam borki, “mulk-u millat” taqdiri 

va kelajagiga befarq bo‘la olmaydi. U istasin-istamasin, 




veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

31

Tahlil


yurti va millati uchun ko‘ngildan ma’lum bir mas’ullik 

sezadi. Millat borki, davlat va hokimiyat bo‘ladi. 

Hokimiyat  va  saltanat  mavjud  ekan  uning  tepasida 

hukmdor,  hukmdor  atrofida  esa  amaldorlar  bo‘lmog‘i 

shart. Insoniyatning eng oliy orzularidan biri – bu odil 

shoh orzusi. Bashariyat asrlar mobaynida adolatli, erkin 

va ma’rifatli jamiyat haqidagi orzu-umidlarini, birinchi 

galda, odil shoh timsolida tasavvur etib kelgan. Shu 

orzu ehtiyoji ila qanchadan-qancha ertak va afsonalar 

to‘qilgan, qanchadan-qancha she’riy va nasriy asarlar 

yozilgan. Zamonasining peshqadam farzandi va 

ijodkori bo‘lgan Ogahiy ham shu masalada ko‘p bosh 

qotirgan. Biroq xayol va orzu – boshqa, hayot – boshqa. 

Hayot goho shunday shafqatsizki, u har qanday yuksak 

orzu va istakning qanotlarini ham qayirib tashlashi 

mumkin. Ammo shunda ham u haqparast shoirni 

adolatdan zulmning qo‘li ustun bo‘lmog‘iga iqror eta 

olmaydi. 

Ogahiyning g‘azali “Agar mulk-u millatga har 

jihatdan bilag‘on, ya’ni ogoh kishilar sarkorlik qilsalar 

va tayanch bo‘lsalar, shohlar bu dunyoning ham, u 

dunyoning ham obro‘yiga musharraf bo‘lurlar”, degan 

nasihatnoma bir istak bilan boshlanadi. Ayni paytda shu 

bayt g‘azalning ma’no yo‘nalishini belgilab beradi. Ya’ni 

g‘azalxon navbatdagi misralarni o‘qimasdanoq, shoir 

nazarda tutgani – ogohlarga zid kimsalar to‘g‘risida 

gapirmoqchiligini darhol biladi. Biroq “mulk-u millat” 

“yuki”ni ko‘tarishga ojiz bu kimsalar kimlar ekanligini 

aniq tasavvur eta olmaydi. Shoir esa go‘yo shuni 

hisobga olganday asl maqsadga ko‘chadi:

Vah nechuk mahkam bo‘lur ul shohg‘a davlat

 qasrikim,

Bo‘lmasa arkoni oning ko‘hna davlatxohlar.

Shoirning  fikricha,  “davlat  qasri”ning  mahkam 

va mustahkamligi bevosita shoh yonida “ko‘hna 

davlatxohlar”ning faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq. Ushbu 

fikr  bir  jihatdan  e’tiroz  qo‘zg‘atishi  mumkin:  nega 

endi amal kursilarini doimo “ko‘hna davlatxohlar” 

egallab turishi kerak? Nega yangilanishni qarshilik 

bilan qarshilash lozim? Keyingi bayt bunday e’tirozli 

savollarga o‘rin qoldirmaydi. Chunonchi, shoir oliy 

martabali donolarning o‘rinlarini himmati past johillar 

egallab olganidan norozidir: 

Past himmat johili nav’ davlat o‘lmas dastyor,

Shohga lozimdur necha donoyi oliy johlar.

“Amalida jahd va g‘ayrat ko‘rsatmoq, – deydi 

Imom G‘azzoliy, – zohirni botinga, botinni zohirga 

muvofiqlashtirmoq erur. Tashqi harakat ichida yo‘q bir 

faoliyatga dalolat qilmasligi, ya’ni qilinajak har qanday 

ish to‘la-to‘kis xulq va ko‘ngildan yuzaga chiqmog‘i 

zarur... 

Ba’zi odamlar vazminlik va viqor ichida yurishsa-

da, aslida botinlarida viqor va donolikdan asar yo‘qdir. 

Bundaylar ish va amallarida sodiq bo‘la olmaslar”.

Ogahiy zohiri botiniga, botini esa zohiriga mos kel-

maydigan kimsalarning davlat dastyori bo‘lganlikla-

riga qarshi gapirmoqda. Bu faqat shoirning shaxsiy 

fikrlari edimi? Yo‘q, albatta. Shoir she’rida o‘z davridagi 

xalqparvar  va  ilg‘or  tushunchali  shaxslarning  fikr-qa

-

rashlarini umumlashtirgan, desak xato bo‘lmaydi.



Shoh har qancha kuchli, ziyrak va qattiqqo‘l bo‘lma-

sin,  uning  atrofini  johil,  kaltabin,  amalparast  kimsalar 

o‘rab olsa, saltanatning ustuvor qonunlari o‘shancha 

kuchsizlanadi. Baland-baland mansab kursilarini qal-

lob ham, qassob ham, juvozkash ham, attor ham egal-

lashiga keng imkon ochilaveradi. Ogahiy bu achchiq 

haqiqatga ko‘pchilikning diqqatini qaratib deydi:

Mulk umurining nizomin bilgusi ahli sipoh,

Ne bilur assorlar, attorlar, jo‘lohlar.

Naqlga ko‘ra, odil xalifa Umar bin Abdulaziz mashhur 

shayx  Hasan  Basriyga  maktub  yo‘llab, 


Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish