Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
til va adabiyot

VI. Uyga vazifa.

 Boshqa asarlardagi ona obrazlari 

bilan taqqoslab, hikoyadagi ona timsoliga o‘z 

mulohazalaringizni yozma  bayon qiling.




veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

13

навбатчи


Qozoqboy YO‘LDOSH,

pedagogika fanlari doktori, professor;



Roza NIYOZMETOVA,

pedagogika fanlari doktori, professor



MILLIY TUYG‘ULAR KUYCHISI

O‘rta  maktabning  8-sinfida 

taniqli shoir T.Sulaymonning 

“Iltijo”, “Armon”, “Tavallo” va 

“Gul bir yon, chaman bir yon” 

singari to‘rtta she’rini ikki soat 

davomida o‘rgatish ko‘zda tutil-

gan. O‘qituvchi bu she’rlarning har birini imkon qadar, 

yoddan ta’sirli va ifodali o‘qib bersa, yaxshi didaktik sa-

mara beradi.

O‘quvchilarga o‘rgatiladigan birinchi she’r “Iltijo”

 

deb 


nomlanadi. Ma’lumki, har qanday asarning emotsio nal 

ta’sir kuchi badiiy tahlil amalga oshirilganda yuzaga 

chiqadi. She’r o‘qib berilganidan so‘ng asar sarlavhasi-

ga diqqat qaratilishi lozim. So‘ng savol-topshiriqlar 

ko‘magida uning bandma-band tahliliga o‘tiladi. She’r-

ning birinchi bandi yuzasidan 



“She’rdagi “Qirlarda 

lola­ sayli,­ qishlovlarda­ yilboshi”­ satrining­ mazmunini­

izohlang.­Yilboshi­nima?”

 tarzida


 

savol so‘ralsa, qish-

loq maktablarining o‘quvchilari qiynalmay javob berib, 

oyning bunday nomlanishiga hayotiy asoslar ham kel-

tirishlari mumkin. Shaharlik bolalar birmuncha qiynal-

ishlari tabiiy. Agar o‘quvchilarga bu savol ustida o‘ylab 

ko‘rish, kattalar bilan maslahatla shish imkoni berilsa

ular izlanishga majbur bo‘ladilar va “Yilboshi” – “Nav

-

ro‘z” bayramining turkiy atamasi ekanini aniqlaydilar. 



So‘ng o‘qituvchi bahor kelganda tabiatda sodir 

bo‘ladigan o‘zgarishlarning shoir tomonidan ifodala-

nishiga o‘quvchilar diqqatini tortadi. Ko‘klam haqida 

kuylagan har bir shoirning o‘z ifoda uslubi bor. 



“T.Sulay-

monning uslubidagi ta’sirchanlik sababi nimada? She’r 

birinchi bandining o‘ziyoq odam ruhiyatida qandaydir 

qo‘zg‘alish, tebranish paydo qiladi. Bu nimadan? Nega 

shunday­bo‘lyapti?”

 yo‘sinida qo‘yilgan savollarga javob 

berish uchun o‘quvchilar she’rning o‘sha bandini qay-

ta  o‘qishlari  va  so‘ng  u  yuzasidan  fikrlashlari  mumkin 

bo‘ladi. Bular inson tuyg‘ulari ifodasi bilan bog‘liq o‘ta 

nozik tasvirlardir. Ayrim o‘quvchilar bandni qayta o‘qish 

paytida shuni tuygan bo‘lishlari, lekin o‘z kechinmalarini 

so‘z bilan ifodalashga qiynalishlari mumkin. Tuyganla-

rini ifodalay olgan o‘quvchilar esa rag‘batlantirilishi ke-

rak. O‘quvchilar bu savollarga to‘la javob berisholmasa 

ham ularni bezovta qilib qo‘yish, hissiyotini taftish etish-

ga undashning o‘zi adabiy ta’limdagi o‘ziga xos yutuq 

hisoblanadi.

“O‘lmaslikka­ ishora­ –­ o‘langa­ oshiqligim”­ tarzida-

gi­ xulosani­ tushuntirib­ bering.­ “O‘langa­ oshiqlik”­ bilan­

o‘lmaslik o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik bor deb o‘ylay-

sizmi?”

 tarzidagi savol-topshiriqqa javob berish asno-

sida bolalar o‘lan ezgulikka xizmat qilgani uchun ham 

unga oshiq bo‘lish o‘lmaslikka ishora ekani haqida mu-

lohaza yuritishlari mumkin. Ma’lumki, ezgulikka o‘lim 

yo‘q. O‘quvchilar o‘z qarashlarini asoslashda, albatta, 

she’rdan parcha keltirishgani ma’qul. 

“Bukun qay bir 

yerda qish, qayda xazonrezgilik, Qaylarda yoz, qayda 

kuz,­ qayda­ jondan­ bezgilik”­ misralari­ faqat­ tabiat­ ho-

latlarigagina­daxldormi?”

 

shaklidagi savol o‘quvchilarni 

hayot, uning shodlig-u tashvishlarini bir lahza xayoldan 

o‘tkazishga undaydi. Bu misralarda ham tabiat holati, 

ham ko‘ngil manzaralari tasvirlangani o‘quvchilar to-

monidan anglab yetiladi. Bolalar quvonch, g‘am, baxt, 

baxtsizlik yonma-yon ekani shu yo‘sin tasvirlanayot-

ganini ilg‘ab olishsagina tahlil samara bergan bo‘la-

di. Ularda dunyoning “jondan bezgilik” jihatlari borligi 

borasida  muayyan  fikr  shakllanadi.  Shu  bandning  ik

-

kinchi qismi bilan bog‘liq 



“Ko‘klamning­har­nafasi­umr-

ga­ arzigulik”­ ifodasini­ tushuntirishga­ urinib­ ko‘ring”

 

topshirig‘i  bolalarni  jiddiygina  o‘ylantiradi.  Javoblarda 



o‘quvchilarning qanchalik mantiqli mulohaza yurita bi-

lishlari namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, o‘z xatti-harakatla-

rini kuzatib yuradigan bolalar ko‘klam kezlarida tabiat 

go‘zalligi tufayli inson ruhiyatida yuksak tuyg‘ular kechi-

shini ilg‘ab olishadi. Tabiiy go‘zallikdan olingan bahra, 

tuyilgan lazzat inson umri, uning shaxsiyati, ma’naviyati 

uchun hal qiluvchi ahamiyatga egaligi haqida mulohaza 

yuritadilar. Shu o‘rinda “ko‘klam” so‘zi yoshlik ma’nosi ni 

anglatishi va yoshlikda insonning butun umriga yetgu-

lik yaxshi ishlar qilish lozimligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi 

mumkinligiga ham e’tibor qaratilishi mumkin. O‘quvchi-

lar she’rning har bandi oxirida takrorlanayotgan naqorat 

shaklining shu bandga kelganda o‘zgarganligi sabab-

lari  haqida  mulohaza  yuritishsa,  maqsadga  muvofiq 

bo‘ladi. 

“She’rning to‘rtinchi bandini qayta o‘qing. Unda-

gi­ anduh­ va­ shikastalik­ sabablarini­ izohlang”,­ “May-

sadagi­shudringlar­kimlarning­ko‘z­yoshlari?”­ifodasiga­

munosabat bildiring. Shudring bilan ko‘z yoshi o‘rtasi-

da­qan­day­aloqa­bor­deb­o‘ylaysiz?”;­“Bu­yerda­yotar­

otam­ham­uzangidoshlari,­Har­bahor­eslar­uni­qavm-u­

qarindoshlari”­misralarining­hayotiy­mazmunini­tushun-

tiring. Shoirning otasi va do‘stlari qayerda yotibdi deb 

o‘ylaysiz?”

 tarzidagi savol-topshiriqlar o‘quvchilar ruhi-

yatida biroz tushkunlik kayfiyatini paydo qilishi mumkin. 

Chunki “Iltijo” she’ri mohiyatida shunday ruh mavjud. 

Qolaversa, hayotda ham shodlik va qayg‘u hamisha 

yondosh keladi. To‘rt misraga shuncha katta fikr, hayo-

tiy haqiqatni go‘zal tarzda joylay bilgan shoirning tas-

vir mahoratiga o‘quvchilarning diqqati qaratilishi kerak. 

Maysadagi shudringlar tiriklar yoki o‘liklar to‘kkan yosh 

ekanini aniqlash, inson uchun qiblagoh bo‘lgan ota 

yotgan so‘nggi maskan – qabristonning muqaddasligi 

Metodik


tavsiya


14

e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Metodik tavsiya

singari jihatlar bolalar tomonidan ilg‘ab olinadi. Uzangi-

dosh – jo‘ra, o‘rtoq ma’nolarini anglatib, lirik qahramon-

ning otasi va uning jo‘ralari ham ushbu qabristondan 

joy olgani shu yo‘sin tasvirlangani tushunilishi lozim. 

Tirilish, jonlanish fasli – ko‘klamda tiriklikdan ketganlar 

yodga tushadi. Shuning uchun ham shoir: “Har bahor 

eslar uni qavm-u qarindoshlari”, – deb yozadi.




Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish